21-modda. Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Monopoliyaga qarshi organ:
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritadi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolarini oʻtkazishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini aniqlaydi, ular boʻyicha ishlar qoʻzgʻatadi va ularni koʻrib chiqadi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qoʻyish haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
qonunchilikda belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarini bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi;
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish toʻgʻrisida, bojxona tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilishi va buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudda koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazadi;
