Tugatiladigan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (887-3-son)
29.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 887-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 67-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 25-dekabrda 17-son bilan tasdiqlangan Tugatiladigan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 887, 2000-yil 3-fevral) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-dekabr,
12-son
