Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (511-6-son)
22.12.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 511-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-avgustdagi 224-son “Aviatashuv xizmatlari amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 329-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 232-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibi”ga (roʻyxat raqami 511, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-noyabr,
35/2-son
