Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2303-son)
21.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2303]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-oktabrdagi 399-f-son farmoyishi, 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2003-y., 1-son, 12-modda), 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, 2003-y., 2-son, 15-modda) va 2007-yil 27-iyundagi 131-sonli “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2007-yil, 25-26-son, 264-modda) qarorlariga asosan buyuraman:
1. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-noyabr,
174-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi 174-sonli buyrugʻiga ILOVA
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan
TOʻLOVLAR STAVKALARI
I. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish, yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki buzilganlari oʻrniga yangi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish
1. Avtotransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (keyingi oʻrinlarda ROʻDRB deb yuritiladi) uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida2. Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) ROʻDRB uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida 3. Tranzit ROʻDRB uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida 4. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun —bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida5. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida
Izoh:
yoʻqotilgan bir dona yoki bir juft ROʻDRB oʻrniga yangi bir juft ROʻDRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
yoʻqotilgan bir dona ROʻDRB (mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) oʻrniga yangi bir dona ROʻDRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida undiriladi;
ROʻDRBni oʻn ikki oy muddatdan soʻng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida undiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat organlari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli shartlarda berilgan transport vositasiga ROʻDRBlarini berish uchun toʻlov undirilmaydi.
II. Avtomototransport vositalarni va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni sotish uchun maʼlumotnoma-schyot berish
6. Bir dona maʼlumotnoma-schyot uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
III. Avtomototransport vositalarni va ularning tirkamalari (yarim tirkamalar)ni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish
7. Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyxatdan oʻtkazish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida
Izoh:
notariuslar tomonidan boshqa shaxsga berish shartnomalari tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) roʻyxatga olingan joydagi yoki bitim sodir etilgan (sotib oluvchining tanloviga koʻra) joydagi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining organlarida raqamli agregatlarning texnik hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan koʻrikdan oʻtkazilishi shart. Koʻrikdan oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.
71. Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va avtotransport vositalari tirkamalaridan (yarim tirkamalaridan) boshqa barcha avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida
72. Avtotransport vositalari, elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
8. Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning, shu jumladan vaqtinchalik guvohnomaning dublikatini berish uchun toʻlov undirilmaydi.
81. Avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnomani berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
IV. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
9. Yuridik shaxslarga tegishli:Yuk va maxsus avtotransport vositalari uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 40 foizi miqdorida;avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;yengil avtotransport vositalari uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida.10. Jismoniy shaxslarga tegishli:Yuk va maxsus avtotransport vositalari uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida.
Izoh:
Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ular Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi (birinchi marta roʻyxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno) va belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
V. Imtihonlarni olish va haydovchilik guvohnomasini berish
11. Nazariy imtihon topshirish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida 12. Har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida 13. Avtomototransport vositalarini, shu jumladan transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun —bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida 14. Har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida 15. Haydovchilik guvohnomasini berish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida 16. Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida17. Chet davlat fuqarosi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga va diplomatik xizmat xodimlariga haydovchilik guvohnomalarni berish uchun—bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida fuqaroning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini berish uchun toʻlov undirilmaydi.
18. Mazkur toʻlovlar stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2011-yil 23-noyabr
