Yadro xavfsizligi xizmatlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy normalarini tasdiqlash haqida (2302-son)
21.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2302]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Yadro xavfsizligi xizmatlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-noyabr,
75-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-noyabrdagi 75-B-sonli buyrugʻiga ILOVA
Yadro xavfsizligi xizmatlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY NORMALARI
T/rKasb va lavozim nomlariMaxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlariFoydalanish muddati (oylar hisobida)1.Yadro reaktori, yadro reaktorida radioaktiv moddalar va ionli nurlanish manbalari bilan bevosita band boʻlgan hamda maxsus omborxona va radiatsion himoya xizmati bilan bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kostum yoki xalat12Ip gazlama ichki kiyim6Ip gazlama paypoq3Ip gazlama beret6Ip gazlama qoʻlqop3Rezina qoʻlqop6Charm shippak12Plastik fartuk (navbatchi)6Plastik yengcha (navbatchi)6Protivogaz (navbatchi)Yaroqsiz boʻlgunchaRezina astarli etik (navbatchi)24Tashqarida bajariladigan ishlarda qishda qoʻshimcha ravishda:Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka362.Umumiy aktivligi 10 mikrongacha boʻlgan ochiq radioaktiv moddalarni qoʻllaydigan laboratoriya yoki sanoat ishlari bilan bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kostum yoki xalat6Ip gazlama beret6Rezina qoʻlqop3Plastik fartuk (navbatchi)12Plastik yengcha (navbatchi)12Protivogaz (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha3.Laboratoriyada yoki umumiy aktivi 10 mikrondan yuqori boʻlgan ochiq radioaktiv moddalar qoʻllaydigan ishlarda, avariyaviy holat sodir boʻlganda ishlaydigan ishchilarIp gazlama kostum12Ip gazlama ichki kiyim6Ip gazlama beret6Ip gazlama paypoq3Ip gazlama qoʻlqop3Plastik yarim kombinezon (navbatchi)6Plastik fartuk (navbatchi)6Plastik yengcha (navbatchi)6Plastik qoʻlqop (navbatchi)6Rezina astarli etik (navbatchi)244. Radioaktiv moddalar bilan zaharlangan jihozlar, havo tortuvchi shkaflar,bokslar, maxsus shamollatish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini taʼmirlash, shuningdek avariya ishlarida bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kostum12Ip gazlama ichki kiyim3Ip gazlama beret6Ip gazlama paypoq1Rezina qoʻlqop6Plastik yarim kombinezon (navbatchi)6Plastik fartuk (navbatchi)6Plastik yengcha (navbatchi)65.Tezlatgich uskunalarida bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kostum12Rezina qoʻlqop3Plastik yengcha (navbatchi)3Rezina astarli etik (navbatchi)12Himoyalovchi koʻzoynak (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha6.Radioizotop texnikalarini quvvatlovchi, yumshatuvchi va qayta quvvatlash ishlari bilan bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kombinezon6Ip gazlama beret6Ip gazlama qoʻlqop3Rezina qoʻlqop3Rezina etik127.Maxsus kir yuvish xonasida ishlaydigan ishchilarIp gazlama kostum12Ip gazlama beret6Ip gazlama paypoq3Rezina qoʻlqop3Plastik fartuk (navbatchi)12Plastik yengcha (navbatchi)12Rezina astarli etik (navbatchi)128.Radioaktiv chiqindilar, ishlatilgan ionli nurlanish manbalari va zararli chiqindilarni koʻmish bilan bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kostum12Ip gazlama qalpoq6Kombinatsiyalangan qoʻlqop3Rezina astarli etik (navbatchi)12Havo va nam oʻtkazmaydigan plastik kostum yoki kombinezon (navbatchi)12Tashqarida bajariladigan ishlarda qishda qoʻshimcha ravishda:Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36Issiq etik249.Sex omborxonasida ishlaydigan tabelchi, liftchi, omborchi, shuningdek radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari mavjud ishlarda bevosita band boʻlgan barcha ishchilarIp gazlama xalat12Ip gazlama beret12Charm shippak12Rezina etik1210.Umumiy aktivligidan qatʼi nazar, radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan doimiy maydon farroshi, ish maydonini tozalash bilan bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama xalat12Charm shippak6Rezina qoʻlqop12Rezina astarli etik (navbatchi)12Plastik fartuk (navbatchi)12Plastik yengcha (navbatchi)1211.Mashina haydovchi va mashinani boshqarishda nurlanish miqdorini oʻlchash vazifasini birgalikda olib borishda bevosita band boʻlgan ishchilarIp gazlama kombinezon12Ip gazlama ichki kiyim6Ip gazlama qalpoq6Ip gazlama paypoq6Rezina qoʻlqop12Rezina astarli etik (navbatchi)12Havo va nam oʻtkazmaydigan plastik kostum yoki kombinezon (navbatchi)12Plastik yengcha (navbatchi)6Tashqarida bajariladigan ishlarda qishda qoʻshimcha ravishda:Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim3612.Koʻchma va statsionar gamma-defektoskopiya qurilmalarida bevosita ishlaydigan ishchilarIp gazlama kostum12Ip gazlama beret12Ip gazlama qoʻlqop3Tashqarida bajariladigan ishlarda qishda qoʻshimcha ravishda:Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
Yakuniy qoida
Mazkur Namunaviy normalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2011-yil 28-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 28-noyabr
