Neft va neft mahsulotlari uchun vertikal silindrik poʻlat rezervuarlarning tuzilishiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida (356-son)
17.12.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2011-yil 19-yanvar, 6-24/12-12498/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Neft va neftmahsulotlari uchun vertikal silindrik poʻlat rezervuarlarning tuzilishiga doir qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishib, normativ texnik hujjat sifatida eʼtirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
Boshliq B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-dekabr,
356-son
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 17-dekabr, 356-sonli buyrugʻiga ILOVA
NEFT VA NEFTMAHSULOTLARI UChUN VERTIKAL SILINDRIK POʻLAT REZERVUARLARNING TUZILIShIGA DOIR
QOIDALAR
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida” gi Qonunga (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasining qarorlari toʻplami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi haqidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, tashkiliy-huquqiy shakllari va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, sanoat xavfsizligi boʻyicha faoliyat yurituvchi va “Sanoatgeokontexnazorat” DI nazorati ostidagi barcha tashkilotlarda qoʻllash uchun moʻljallangan.
I bob. UMUMIY QOIDALAR
1 - §. Qoidalarning taalluqliligi va qoʻllanish jabhasi
1. Mazkur “Neft va neftmahsulotlari uchun vertikal silindrik poʻlat rezervuarlarning tuzilishiga doir qoidalar” (quyida — Qoidalar) neft va neftmahsulotlari uchun vertikal silindrik poʻlat rezervuarlarning konstruksiyasi, tuzilishi, yasalishi, montaj qilinishi, sinalishiga oid umumiy texnik hamda sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariyalar, ishlab chiqarishdagi shikastlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan talablarni belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalar yangidan loyihalanayotgan, hajmi 100 dan 50000 m3 gacha, doimiy yoki suzuvchi tomli, neft va neft mahsulotlari solinadigan vertikal silindrik poʻlat rezervuarlar uchun taalluqlidir.
Hajmi 50000 m3 dan katta boʻlgan rezervuarlarni loyihalash, tayyorlash va montaj qilishni, alohida (individual) texnik shartlarga koʻra, mazkur Qoidalar va GOST 31385 dagi holatlarni inobatga olib, ixtisoslashgan tashkilotlar bajaradi.
3. Ushbu Qoidalar izotermik rezervuarlar (suyultirilgan gazlarni saqlash), issiq suv uchun bak-akkumulyatorlar va tajovuzkor kimyoviy mahsulotlar saqlanadigan rezervuarlarga tegishli emas.
2 - §. Umumiy talablar
4. Rezervuarlarni ishlatish sharoitlari va ularning konstruktiv xususiyatlari buyurtmachi tomonidan berilgan boʻlishi kerak (III bob, 3-§). Buyurtmachi tomonidan ishlatish sharoitlari va boshqa talablar yoʻqligida, Oʻzbekiston Respublikasidagi qurilish meʼyorlari va qoidalari, GOST 31385 dagi talablar va holatlarni hisobga olib, loyihachi tomonidan qabul qilinadi va loyihalashga texnik topshiriqda buyurtmachi bilan kelishiladi.
5. Rezervuar parki tarkibidagi rezervuarning geometrik oʻlchamlarini belgilashda, alohida rezervuarlar va ularning guruhlarini oʻzaro joylashtirish boʻyicha QMQ 2.09.19 talablarini inobatga olish lozim.
6. Mazkur Qoidalar buyurtmachi taklifiga binoan turli geometrik oʻlchamdagi rezervuarlarni loyihalashga imkon beradi.
Mazkur Qoidalarga koʻra, tayyorlash va montaj qilish uchun qulayroq oʻlchamga ega boʻlgan, 100 dan 50000 m3 gacha hajmdagi rezervuarlarning asosiy parametrlari 1-ilovada keltirilgan.
7. Loyihalashga shartnoma tuzish paytida rezervuarni ishlatish sharoitlari va konstruktiv maʼlumotlari keltirilgan buyurtma blankini buyurtmachi loyihachiga berishi tavsiya etiladi (2-ilova).
8. Barcha turdagi rezervuarlarni tayyorlashni, ushbu Qoidalar va Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan normalar talablariga mos ravishda tuzatishlar kiritib va loyihachi bilan ularni oldindan kelishib olish sharti bilan oldin amalda boʻlgan namunaviy loyihalar boʻyicha bajarish mumkin.
9. Saqlanadigan mahsulot hajmiga koʻra rezervuarlar 4 klassga boʻlinadi:
a) I - klassga sigʻimi 50000 m3 va undan katta boʻlgan rezervuarlar kiradi;
b) II - klassga sigʻimi 20000 dan 50000 m3 gacha boʻlgan hamda daryolar, yirik suv havzalari qirgʻogʻida va shahar qurilishi doirasida joylashgan, sigʻimi 10000 dan 50000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar kiradi;
v) III - klassga sigʻimi 1000 dan 20000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar kiradi;
g) IV - klassga sigʻimi 1000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar kiradi.
Rezervuarlarning xavflilik darajasi, materiallarga boʻlgan maxsus talablar, metall konstruksiyalar komplektiga doir ishchi hujjatlarni tekshirish hajmi, hamda vazifasining muhimliligiga koʻra, ishonchlilik koeffitsiyenti (74 - punkt) hisob-kitobini inobatga olgan holda belgilanadi.
10. Tutib turuvchi konstruksiyalari 100° S dan yuqori haroratda ishlaydigan rezervuarlarni loyihalashda qoʻllaniladigan poʻlat rusumlarining fizik-mexanik tafsilotlarining oʻzgarishini hisobga olish zarur.
11. Poʻlat himoya devorli rezervuarlarning tuzilishiga doir xususiyatlari III bobning 10-§ da bayon etilgan.
12. Rezervuarlarni loyihalash, yasash va qurish jarayonida mazkur Qoidalar bilan birga, belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat muhofazasi va gigiyena, yongʻin xavfsizligi va atrof-muhit himoyasiga oid meʼyoriy hujjatlarga amal qilish lozim.
II bob. MATERIALLAR
1 - §. Materiallarga oid umumiy talablar
13. Rezervuar konstruksiyalarida qoʻllaniladigan poʻlatlar Oʻzbekiston Respublikasining mavjud standartlari, texnik shartlari hamda mazkur Qoidalar talablariga javob berishi kerak.
14. Konstruksiyalarning barcha elementlari materiallarga doir talablarga koʻra 2 guruhga boʻlinadi:
a) asosiy konstruksiyalar:
1) A kichik guruh — rezervuarning devori, devorga payvandlanadigan tagliklar yoki halqasimon chetlar, devordagi lyuklar va quvurchalarning gardishlari va ularga ulanadigan flanetslar, devorga payvandlanadigan quvvat beruvchi qatlamlar, (mustahkamlovchi qoplamalar) statsionar tomning tayanch halqalari, konstruktiv elementlarni mahkamlash uchun devoridagi qistirma plastinalar;
2) B1 kichik guruh — tom karkasi, karkassiz tomlar;
3) B2 kichik guruh — rezervuar tagining markaziy qismi, suzuvchi tomlar va pontonlar, ankerli (bolt) mahkamlagichlar, karkasli tomning toʻshamalari, tomdagi lyuk va quvurchalarning gardishining lyuk qopqoqlari;
b) yordamchi konstruksiyalar: narvonlar, maydonchalar, oʻtish joylari, toʻsiq (gʻov) lar va boshqalar.
15. Rezervuar konstruksiyalari uchun elektrpech, kislorod-konverter yoki marten usulida eritib quyilgan poʻlatlar qoʻllanishi lozim. Prokatning sifati va qalinligiga doir qoʻyiladigan talablar koʻrsatgichlariga koʻra, poʻlat issiq prokat, termik ishlov (normal holatga keltirilgan yoki toblashdan oʻtgan) dan yoki nazorat prokatidan keyin keltirilishi kerak.
16. A kichik guruhga mansub asosiy konstruksiyalar uchun faqat qulay (kisloroddan toʻliq tozalangan) poʻlatdan foydalanish lozim. Ushbu kichik guruhning konstruksiyasini yasashga keltirilayotgan uglerodli, past uglerodli va past legirlangan poʻlatlarning mustahkamlik sinfi 2.1 jadvalga mos boʻlishi lozim. B kichik guruhdagi asosiy konstruksiyalar qulay va yarim qulay poʻlatlardan yasalishi kerak.
Yordamchi konstruksiyalarni tayyorlash uchun yuqorida bayon etilgan poʻlatlardan tashqari, ishlatish paytidagi haroratni eʼtiborga olib, qaynovchi poʻlatlardan foydalanish mumkin.
2 - §. Kimyoviy tarkibi va payvandlana olishi
17. Eritish usulida payvandlanganda, payvandlash materiallarining sifati va payvandlash texnologiyasi payvand chokidagi metallning mustahkamlik va qovushqoqlik darajasi asosiy metalldagi mazkur koʻrsatgichlardan past boʻlmasligini taʼminlashi kerak.
18. Oquvchanlik chegarasi 440 MRa va undan past boʻlgan poʻlatlarning uglerodli ekvivalenti 0,43 dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Uglerod ekvivalenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(1)
bunda, C, Mn, Si, Cr, Mo, Ni, Cu, V,P — eritib, tahlillash (choʻmichdagi namuna) natijalariga koʻra uglerod, marganets, kremniy, xrom, molibden, nikel, mis, vanadiy va fosforning massa ulushi.
Poʻlatning sertifikatida mis va vanadiyning miqdori haqida maʼlumot boʻlmasa, uglerod ekvivalentini hisoblab chiqarishda, prokatdagi mis va vanadiyning miqdorlari mos ravishda 0,30 va 0,01 % oʻlchamda qabul qilinadi.
* Mikrolegirlangan titanli poʻlat prokati issiq katanka yoki issiqlik bilan ishlov berilgan holatda, mikrolegirlangan vanadiyli (0,020-0,060 %) issiqlik bilan ishlov berilgandan keyin yoki nazorat qilinadigan prokat holatida yuboriladi.
** Bu yerda va keyinchalik mazkur belgi 20 dan yuqori 40 mm gacha sharoitga mosligini bildiradi.
Poʻlatning rusumi quyidagi meʼyoriy hujjatlar asosida tanlanadi:
S255, S345, S590k -GOST 27772 boʻyicha; S315 - TU 14-104-133 boʻyicha; 09G2-U - TU 14-1-5136 boʻyicha; 08GNB - TU 14-1-4152 boʻyicha; 10G2FB - TU 14-1-4083 boʻyicha; 09GBYu - TU 14-1-4358 boʻyicha; YuG2SB - TU 14-1-5270 boʻyicha; 08G2BT-U va 08G2B-U - TU 14-1-4349 boʻyicha; 12GN2MFAYu-U - TU 14-104-167 boʻyicha.
3 - §. Poʻlat varaqlarining turlari (sortament)
19. Rezervuarlarni qurish, qalinligi 4 — 50 mm, eni 1500 — 3000 mm, uzunligi 6000 — 12000 mm oʻlchamdagi, qirralari kesilgan poʻlat prokatlardan tayyorlanadi. Poʻlatning qalinligi barcha tomonlarida simmetrik qoʻyimda yoki nosimmetrik qoʻyimda, ammo pastki ogʻish chegarasi 0,3 mm ga teng qalinlikda yetkazib berilishi kerak.
20. Tayyorlashdagi aniqlik darajasiga koʻra, varaqli prokatlar quyidagicha belgilanadi:
a) qalinligiga qarab: VT — eng yuqori, AT — yuqori;
b) eniga qarab: ASh — yuqori; BSh — normal;
v) tekisligiga qarab: PO — oʻta yuqori; PV — yuqori.
Poʻlat varaqlarning qalinligi va eni boʻyicha tegishli ogʻish chegarasi 2,2; 2,3 va 2,4-jadvallarda berilgan.
Varaqlardagi oʻroqsimonlik (SP) minimal darajada boʻlib, 1 m asosda 2 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Uzunligi boʻyicha aniqligiga, tekislilik normasiga boʻlgan talablar standart talablariga mos boʻlishi lozim.
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan rezervuarlar uchun buyurtmachining istagiga koʻra, varaqning qalinligi va eni ogʻish chegaralaridagi aniqliqda tayyorlanib, amaldagi standart talablari va belgilariga mos ravishda varaq prokatlarni olib keltirish mumkin.
4 - §. Metallning harorat meʼyorlari
22. Metallning haroratini belgilashda quyidagi 2 miqdorning eng kami qabul qilinadi:
a) taxlab qoʻyilgan mahsulotning minimal harorati;
b) muayyan joy (hudud) uchun eng sovuq sutkadagi (sutka boʻyicha minimal oʻrtacha harorat) haroratga 5 °S qoʻshib hosil qilingani.
Metallning haroratini aniqlashda, maxsus isitish effektlari va rezervuarlarning issiqlik izolatsiyasi hisobga olinmaydi.
23. Muayyan hudud uchun eng sovuq sutkadagi haroratni, joyning taʼminlanganligini (butlanganligi) 0,98 deb qabul qilib, QMQ 2.01.01 talablariga muvofiq tashqi havo harorati jadvali boʻyicha aniqlanadi.
24. Rulonli texnologiya boʻyicha yigʻilgan rezervuarlar uchun 23-punkt boʻyicha qabul qilingan metallning hisoblangan harorati, qalinligi 10 mm dan ziyod boʻlganda, 5 ° S ga pasaytiriladi, qalinligi 14 mm dan katta boʻlganda esa, 10 ° S ga pasaytiriladi.
5 - §. Tavsiya qilinadigan poʻlatlar
25. Rezervuarlar konstruksiyasining asosiy elementlari uchun poʻlat rusumlarini tanlashda, talab qilinadigan mustahkamlik klassi (kafolatlangan oquvchanlik minimal chegarasi), zarbaga nisbatan qovushqoqligi, prokatning qalinligini hisobga olish zarur. 2.1-jadvalda mustahkamlik klassi, zarbiy qovushqoqligi talablari boʻyicha farq qiladigan poʻlat varaqlarning rusumlari tavsiya etilib, qoʻllanishi kerak boʻlgan qalinligi koʻrsatilgan.
Mazkur jadvalda olib kelinayotgan poʻlatga doir texnik shartlar ham berilgan.
2.5 - jadvalda poʻlatning kimyoviy tarkibiga, 2.6 - jadvalda esa mexanik xossalariga boʻlgan talablar qayd etilgan.
26. Buyurtmachining talabiga koʻra, rezervuarlar konstruksiyasi uchun xalqaro standartlar va boshqa mamlakatlarning milliy standartlari boʻyicha poʻlatlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ayni paytda, poʻlatning tafsilotlari va sifatiga boʻlgan talablar, mazkur qoidalarda tavsiya etilgan poʻlatlarga qoʻyilgan talablardan past boʻlmasligi kerak.
Izoh. Vanadiy qoʻshilganda, 10G2SB rusumdagi poʻlatning belgisi 10G2SFB boʻladi.
*1 d — gardishning diametri; a — namunaning qalinligi.
**2 Poʻlat rusumidagi zarbiy qovushqoqlikning meʼyorlangan qiymati oʻzgarganda, uning kam qiymatli qoʻllanish doirasi, katta zarbiy qovushqoqlikda meʼyorlanadigan harorat bilan chegaralanadi.
6 - §. Zarbiy qovushqoqlikka oid talablar
27. A va B guruhdagi asosiy konstruksiyalarning elementlari uchun zarbiy qovushqoqligiga doir talablar konstruksiyaning guruhiga, metallning (hisoblangan) harorat meʼyori, poʻlatning mexanik xossalari, hamda prokatning qalinligiga qarab belgilanadi va GOST 31385 ga muvofiq ravishda aniqlanadi. Zarbiy qovushqoqlikka sinashda mayatnikli toʻqmoq (koper), isitgich qurilmalari va GOST 7268 va GOST 9454 ga mos ravishdagi sinalayotgan materialning namunasidan foydalaniladi.
28. Sinov haroratini tanlash, poʻlatning kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasiga bogʻliq boʻladi.
Kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasi 390 MRa va undan past boʻlgan poʻlat varaqlar uchun sinov harorati grafik (2.1-rasm) boʻyicha aniqlanadi. Ayni paytda varaqning kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasini, metallning haroratini, qalinligini inobatga olish lozim.
Kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasi 390 MRa dan yuqori boʻlgan varaqlar uchun sinov harorati metallning hisob-kitob qilingan haroratidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Tanlangan poʻlat uchun kafolatlangan minimal oquvchanlik chegarasi va varaqning qalinligini 2.6-jadvaldan olish mumkin.
2.1-rasm. Oquvchanlik chegarasi, metallning hisob-kitob qilingan harorati va varaqning qalinligini inobatga olib, sinov haroratini belgilash grafigi (shtrix chiziq orqali harakat tartibi ifodalangan).
7 - §. Qabul qilib olish shartlari
29. Konstruksiyaning asosiy elementlari uchun varaqli poʻlat metallurgiya tashkilot (zavod) lari tomonidan partiya (uyum) lar holatida joʻnatiladi. Partiya (uyum) dagi poʻlat bir rusumga, birga (bitta choʻmichda) eritilgan, bir xil qalinlikga ega boʻlib, bir xil texnologiya asosida, jumladan, prokatlash rejimi termik ishlov berilib tayyorlangan boʻlishi shart. Joʻnatilayotgan uglerodli poʻlat prokatining massasi belgilangan standart meʼyorlaridan ziyod boʻlmasligi kerak.
Partiyadagi varaqlarda sifat belgisi haqidagi hujjat boʻlishi lozim. Sifat hujjatlarida standartga oid talablarida koʻzda tutilgan tafsilotlardan tashqari, mazkur Qoidalarning qoʻshimcha talablarida bayon etilgan tafsilotlari ham boʻlishi zarur.
8 - §. Buyurtma varaqlarida koʻrsatiladigan qoʻshimcha talablar
30. Rezervuar konstruksiyasining asosiy elementlari uchun prokat yasashga oid buyurtmada poʻlat rusumi, standart belgisi, varaqning geometrik oʻlchamlari (qalinligi, eni, uzunligi) va ularning massasi (vazni) dan tashqari quyidagi qoʻshimcha talablar ham koʻrsatilishi kerak:
a) qalinligi boʻyicha qoʻyim joylarining yoki 0,3 mm ga teng boʻlgan pastga ogʻish boʻyicha doimiy chegaradagi qoʻyim joylarining simmetrik joylashuvi;
b) qalinligi (VT yoki AT), eni (ASh yoki BSh), tekisligi (PO yoki PV), oʻroqsimonligi (SP) boʻyicha tayyorlash aniqligi;
v) partiya (uyum) ning massasi (40 t);
r) mustahkamlik klassi 440 va undan past boʻlgan poʻlatlar uchun uglerod ekvivalenti (Sekv= 0,43 %) ning chegaralanishi;
d) zarbiy qovushqoqligiga qoʻyiladigan talablar.
Varaqlari yuzasining sifati standart talablariga javob berishi lozim.
31. Mazkur qoidalarning 22-punktiga muvofiq ravishda metallprokatga buyurtma berganda, prokatga boʻlgan oʻlchamlari, qalinligi, eni, qalinligi boʻyicha prokat aniqligi, tekisligi, qirgʻoqlarining oʻroqsimonlik tavsifi va boshqalar, amaldagi talablar asosida koʻrsatiladi.
32. Konstruksiyaning asosiy elementlari uchun poʻlat varaqlar, buyurtmachining talabiga koʻra, ultratovush yordamida tekshirilgandan keyin yaxlitlik kafolati standartlarga mos boʻlishi taʼminlanishi kerak. Yaxlitlik klassi — 0 yoki 1. Varaqning nazorat qilib boʻlmaydigan zonalari boʻylama chetlarida — 5 mm, koʻndalang chetlarida esa —10 mm dan oshmasligi kerak.
9 - §. Shakldor prokat
33. Rezervuarlar konstruksiyasining asosiy elementlari tarkibiga kiruvchi shakldor prokatlar (doimiy tom karkasining elementlari, suzuvchi tomli rezervuarlarning tayanch halqalari, tirgaklari, devorlarining mustahkamlovchi halqalari va boshq.) ham II bobning 2 va 6 - § larida bayon etilgan materiallarga qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak. Mazkur masala rezervuar konstruksiyasini tayyorlovchi tashkilot bilan shakldor prokat beradigan korxona oʻrtasida tuzilgan shartnomada bayon etilishi kerak.
10 - §. Yordamchi konstruksiyalarning materiallari
34. Yordamchi konstruksiyalar materiallariga qoʻyiladigan talablar poʻlat qurilish konstruksiyalari uchun ishlatish shart-sharoitlari, taʼsir etuvchi zoʻriqishlar va iqlimga doir masalalar inobatga olinib, qurilish meʼyorlari va qoidalariga mos boʻlishi lozim.
11 - §. Payvandlash materiallari
35. Payvandlash materiallari (elektrodlar, payvandlash simlari, flyuslar, himoya gazlari) konstruksiyalarni yasash va montaj qilishdagi texnologik jarayon va tanlangan poʻlat rusumiga boʻlgan talablarga mos ravishda tanlanishi kerak. Ayni paytda, qoʻllaniladigan payvandlash materiallari va payvandlash texnologiyasi, payvand choklarining mexanik xususiyatlari mazkur Qoidalarda tavsiya boʻyicha tanlangan poʻlatlar uchun belgilangan xususiyatlardan kam boʻlmasligi shart.
12 - §. Boltlar va gaykalar uchun materiallar
36. Yordamchi konstruksiyalar elementlari (narvonlar, maydonchalar, toʻsiq-gʻovlar) ni, hamda tom, tayanch halqalari va boshqalarni yigʻishda vaqtincha foydalaniladigan montajlash boltlari va gaykalari uchun material sifatida GOST 1050 boʻyicha 20ps yoki 20 rusumdagi poʻlat tavsiya etiladi.
37. Quvuroʻtkazgichlarni patrubkalarga flanets usulida ulovchi bolt va gaykalarning materialini tanlashda metall uchun hisob-kitob qilingan haroratni inobatga olish lozim. Mazkur harorat minus 40° S gacha boʻlganda, bolt va gaykalar uchun StZsp5 rusumdagi poʻlat, harorat minus 40 dan minus 50° S gacha boʻlganda, 09G2S rusumdagi poʻlatning GOST 19281 boʻyicha 12-kategoriyasini, minus 50° S dan past harorat uchun 09G2S rusumdagi poʻlatning GOST 19281 boʻyicha 13-kategoriyasini ishlatish tavsiya etiladi.
38. Poydevorlarda ishlatiladigan boltlar uchun poʻlat rusumi tanlashda, GOST 24379 ga muvofiq bajarish tavsiya etiladi.
III bob. REZERVUARLAR KONSTRUKSIYASI
1 - §. Payvandli ulanma va choklar
39. Payvandli ulamalarga oid atamalar va ularning bayoni, payvand choklarining turlarini payvandlash ishlariga doir meʼyoriy hujjatlarga muvofiq quyidagicha qabul qilish zarur:
a) tutash ulanmalar — uchlari (yoq) ining yuzalari bir-biriga tegib turgan elementlarni payvandlab ulash.
b) burchakli ulanmalar — elementlari burchak ostida joylashgan va ularning tegib turgan joylari payvandlangan, ikkita elementlarni payvandlab ulash.
v) bir-birining ustiga chiqarilgan ulanmalar — parallel joylashgan va bir- birining ustiga qisman chiqarib payvandlangan, ikkita elementlarni payvandlab ulash.
g) tavrli ulanmalar — bir elementning uchi ikkinchi elementning yon yuzasiga toʻgʻri burchak ostida payvandlangan ulanmalar.
d) tutash choklar — elementlarning chetlariga turlicha (toʻgʻri burchakli, X - simon, K - simon, V - simon) payvand choklardan yasalgan ulanmalar.
e) burchakli choklar — burchakli, bir-birining ustiga chiqarib yoki tavrli ulanma qilingan payvand choklar.
j) uzluksiz chok — uzunligi boʻyicha oralatmay yasalgan choklar;
i) boʻlaklangan chok — uzunligi boʻylab kamida 50 mm uzunlikda alohida-alohida yasalgan choklar.
40. Payvandli ulanib va choklangan konstruktiv elementlar, odatda, quyidagi qoʻllanilgan payvandlash turiga doir standartlar talablariga mos boʻlishi lozim:
a) qoʻlda bajariladigan yoyli payvandlash — GOST 5264;
b) flyus vositasida avtomatik va yarimavtomatik payvandlash — GOST 8713;
v) himoya gaz muhitida yoyli payvandlash — GOST 1471.
41. Payvandli ulanma choklar zich va mustahkam boʻlishi, oʻzining oquvchanlik chegarasi, uzilishga vaqtinchalik qarshiligi, nisbiy uzayishi, zarbiy qovushqoqligi, egilish burchagi kabi choklarining standart mexanik xossalarining koʻrsatkichlari boʻyicha asosiy metallga mos boʻlishi lozim.
42. Korroziyaga qarshi pishiqligini yaxshilash uchun chok metalli va asosiy metall kimyoviy tarkibi boʻyicha bir-biriga yaqin boʻlishi shart.
43. Payvandlash texnologiyasida payvandlash davomida sezilarli deformatsiya (shaklining oʻzgarishi) va konstruksiya elementlarining bir-biriga nisbatan siljishiga yoʻl qoʻymaydigan usullarini tanlash lozim.
44. Payvandlashda qoʻllanilgan vaqtinchalik tutqichlar kuch taʼsiriga moʻljallanmaydi.
45. Qalinliklaridagi farq 3.1-jadvalda koʻrsatilgan miqdordan oshmaydigan detallarni ulashdagi choklar bir xil qalinlikdagi detallarni payvandlab ulaganday bajariladi. Detallardagi qirgʻoqlariga beriladigan ishlov va payvand choklarining oʻlchami nisbatan qalinroq detalda oʻtkaziladi.
Mazkur jadvalda koʻrsatilgan detallar qalinligidagi oʻlchamlaridan ziyodroq farq boʻlganda, qalinroq detallar uchini yupqaroq detal qalinligigacha bir yoki ikkala tomonidan 15o burchak ostida yoʻnib, moslashtirish kerak. Ayni paytda konstruksiyaning chetlariga ishlov berish va payvand choklari oʻlchamini yupqaroq metall boʻyicha tanlash lozim.
46. Payvandlanadigan detalning oʻzaro qirgʻoqlari quyidagi oʻlchamlardan koʻpga siljishi mumkin emas:
a) qalinligi t = 4 — 10 mm gacha detallarda 1,0 mm ga;
b) qalinligi t = 10—40 mm gacha detallar (ammo 3 mm dan koʻp emas) payvandlanadigan detallar qalinligidan 10 % miqdorda.
47. Burchakli payvand choklardagi maksimal katetlar ulanayotgan detallarning yupqarogʻining qalinligidan 1,2 barobarga ortishi mumkin emas.
48. Qalinligi 4-5 mm boʻlgan detallardagi payvand choki burchagining kateti 4 mm boʻlishi kerak. Qalinligi kattaroq boʻlgan detallar uchun mazkur katet konstruksiyaga koʻra hisob-kitob qilib aniqlanadi, ammo eng kamida 5 mm boʻlishi kerak.
49. Rulonli yarim fabrikatlar zavod sharoitida uchma-uch (zich) qilib ulanadi.
50. Rezervuarning tagi va tomini rulonli materialdan yigʻayotganda, ulanmalar birining ustiga ikkinchisini chiqarib payvandlash mumkin. Rulonlar bir-birining ustini kamida 30 mm ga yopib turishi lozim. Rezervuarning tagi va tomini taglikka oʻrab, varaqlardan yigʻilayotganda, uchma-uch qilib va bir-birining ustiga 5 t oʻlchamda (ammo 30 mm dan kam emas) payvandlanadi.
2 - §. Qoʻllaniladigan ulanmalar
51. Rezervuar devorlarining vertikal ulanmalari, varaqning butun qalinligi boʻyicha eritilib, tutash chok yasab bajariladi (3.1. - rasm).
3.1 -rasm. Devorlarning vertikal tutash ulanmalari: a) chetlariga ishlov bermay; b) ikkala chetini bir tomonlama yoʻnib; v) chetlarining ikkala tomonini yoʻnib; g) qirralarni egri chiziq boʻylab yoʻnib.
a) chetlariga ishlov bermay;
b) ikkala chetini bir tomonlama yoʻnib;
v) chetlarining ikkala tomonini yoʻnib;
g) qirralarni egri chiziq boʻylab yoʻnib.
Rezervuar belbogʻlariga taqalib turgan varaqlarni vertikal ulashda, ular bir-biriga nisbatan eng kamida 8 t miqdorda siljitilgan boʻlishi lozim. Bunda t belbogʻlarga tiralib turgan varaqning eng katta qalinligi.
II va III klassga mansub rezervuarlarni rulonli tasmalardan tayyorlashda, ularni siljitmasdan zavodda yasalgan va montaj qilingan vertikal chokli ulamalarga ruxsat etiladi.
Varaqlarni mustahkamlovchi patrubkalar choklari bilan devor choklari orasidagi masofa vertikal choklarda kamida 250 mm, gorizontal choklarda esa —100 mm gacha boʻlishi zarur.
Devorning birinchi belbogʻidagi vertikal ulanmalar rezervuar tagligining chekka choklaridan kamida 100 mm masofada boʻlishi kerak.
52. Varaqlarni gorizontal ulash, ularning ikkala tomonidagi metallni toʻliq eritib tutash choklar bilan bajariladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Devorlarni gorizontal tutash ulanmalari:
a) qirralariga ishlov bermay;
b) ustki varaqning bir qirrasini egri chiziq boʻylab yoʻnib;
v) ustki varaqning ikkala qirrasini yoʻnib.
Yuqoridagi belbogʻning varaqlari pastki belbogʻ varaqlarining qalinligi chegarasida boʻlishi kerak.
Qoʻshni belbogʻlar varaqlarining oʻzaro joylashuvi loyihada belgilangan boʻladi.
53. Rezervuarlar tagi (osti) ni zavod sharoitida rulonli tasmalardan tayyorlanganda tutash ulanmalar qoʻllaniladi. Qolgan tagliklardagi tutash ulanmalar halqasimon qirralarni payvandlashda, hamda taglikning markaziy qismini varaqlarni qoʻllab yigʻishda foydalaniladi.
54. Rezervuar tagini rulonli tasmalar bilan bir-biriga ulashda, taglikning markaziy qismini varaqlarni ulab yasashda, hamda markaziy qismining halqasimon chetlarini yasashda tasmalarni birining ustiga ikkinchisini chiqarib (naxlestochnoye) ulash qoʻllaniladi (3.3, 3.4, 3.5 - rasmlar).
3.4 - rasm. Tagining markaziy qismidagi varaqlarni ulash
55. Rezervuar tagini devorlari bilan ulashda, tavrli ulama usuli qoʻllaniladi. Devorning pastki poyas (qism) dagi poʻlat varaqlarning qalinligi 20 mm va undan kam boʻlganda, qirralariga ishlov bermay, tavr usulidagi payvandlash ulamalar tavsiya etiladi (3.6 a) - rasm). Har bir burchakli chokdagi katetning oʻlchami eng koʻpi bilan 12 mm boʻlishi va gardishning nominal qalinligidan kam boʻlmasligi kerak.
3.5 - rasm. Markaziy qismni tagining gardishlariga ulanishi
56. Pastki poyasidagi devorning qalinligi 20 mm dan ziyod boʻlganda, rezervuarlar uchun qirralariga 3.6 b) - rasmdagidek ishlov berib turib, tavr usulida ulab payvandlash lozim. Payvand choklari kamida 2-marta oʻtib yotqizilishi kerak.
3.6 - rasm. Rezervuar tagining devori bilan ulanishi
57. Tomning poʻlat varaqlarini ulashda chokli va bir-birining ustiga chiqarib ulash qoʻllaniladi.
58. Doimiy turadigan (muqim) tomlarni rezervuarning devori bilan ulanishi ushbu bobning 7 - § da berilgan.
3 - §. Loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlar
59. Umumiy holatlar:
a) rezervuarlarning joylashuvi — ish beruvchining buyurtmasiga binoan yer yuzasidagi maxsus poydevor ustiga quriladi.
b) geometrik parametrlar — qurilish meʼyorlari va qoidalari, yongʻinga qarshi meʼyorlar talablarini va geologik tadqiqotlarni hisobga olgan holda, qurilish maydonchalari (1-ilovada mazkur hujjat talablariga muvofiq qoʻllanilishi qulay boʻlgan, hajmi 100 dan 50000 m3 gacha boʻlgan, rezervuarlarning asosiy parametrlari berilgan).
v) tayyorlash (yasash) metodlari — buyurtmachining talabiga koʻra, varaqli yoki rulonli qilib yasash.
60. Buyurtmachi beradigan maʼlumotlar:
a) rezervuarning geometrik parametrlari va hajmi (sigʻimi);
b) rezervuar turi: doimiy tomli (pontonli yoki pontonsiz), suzuvchi tomli va boshqa konstruktiv xususiyatlari;
v) quriladigan hudud (rayon, territoriya);
g) saqlanadigan mahsulot nomi. Bunda zarur tadbirlarni qoʻllash maqsadida mahsulotdagi zararli aralashmalar mavjudligi (oltingugurt, vodorodsulfid va h.k.lar miqdori) yozilishi kerak.
d) mahsulotning solishtirma ogʻirligi;
e) mahsulotning maksimal va minimal harorati;
j) ortiqcha bosim va nisbiy siyraklik;
z) issiqlik izolatsiyasidan zoʻriqish;
i) uskunalarning joylashishi va texnologik uskunalar taʼsiridan hosil boʻladigan zoʻriqish;
k) lyuklar va zulfinlarni tozalashga boʻlgan zarurat;
l) mahsulotning aylanishi (vaqtga bogʻliq holatda mahsulot quyish darajasi-sathining oʻzgarishi);
m) tovarosti suvining darajasi (sathi);
n) rezervuarning ishlash muddati;
o) rezervuar elementlarining korroziyasiga nisbatan qoʻyim.
Mazkur maʼlumotlar yuzasidan buyurtmachi va loyihalovchilar oʻrtasida kelishuv boʻlishi shart.
61. Toʻliq hajmdagi topshiriq belgilanmagan boʻlsa, mazkur Qoidalarning I bobidagi 2 - § ning 5-punktiga amal qilish kerak.
4 - §. Rezervuar tagining konstruksiyasi
62. Hajmi 1000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlarning tagi yassi boʻlishi yoki nishabi markazdan chetga yoki nishabi markaz tomonga qarab konus shaklida (tavsiya etiladigan nishablik darajasi 1: 100) boʻlishi mumkin.
63. Hajmi 1000 m3 va undan kam boʻlgan rezervuarlar tagini tashkil etuvchi varaqlarning qalinligi, korroziyaga nisbatan qoʻyimini hisobga olganda, kamida 4 mm boʻlishi kerak.
Hajmi 2000 m3 va undan ziyod boʻlgan rezervuarlar tubining markaziy qismi va qalinlashgan halqasimon gardishlardan iborat boʻlishi kerak. Mazkur rezervuarlar tubining markaziy qismini tashkil etuvchi barcha varaq (list)lar, korroziyaga hisoblangan qoʻyimdan tashqari, eng kamida 4 mm nominal qalinlikda boʻlishi zarur.
64. Gardishini tashkil etuvchi varaqlar halqasi tashqi tarafidan aylanma shaklida boʻlib, gardishning ichki chegarasi, gardishdagi varaqlar soniga teng miqdordagi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlishi mumkin. Gardishning radial kengligi devorning ichki yuzasi bilan taglikning markaziy qismini payvandlovchi chok oʻrtasidagi oraliqni taʼminlab, kamida 300 mm boʻlishi kerak. Halqasimon gardishning qalinligi 3.2-jadvalda berilgan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi zarur.
65. Halqasimon gardishlar oʻzaro ponasimon tirqishlar shaklida qolib ketadigan taglikka bir tomonlama tutash choklar hosil qilib payvandlanadi (3.5 - rasm).
66. Rezervuarning tagini varaqlar yoki rulonlar qoʻllab bajarish mumkin. Rulonli tasmalar zavodda varaqlarni uchma-uch qilib payvandlab tayyorlanadi.
Rezervuar tagini varaqlar qoʻllab montaj qilinganda, ostida qolib ketadigan taglikning ustiga chiqarib, uchma-uch qilib payvandlanadi (3.4 - rasm).
Rezervuar tagini bir-birining ustiga chiqarib payvandlashda, faqat yuqori tomonidan burchakli chok yasab bajariladi (3.3 - rasm).
Rezervuar tagidagi bir-birining ustiga chiqarib ulangan joylar bilan pastki poyas kesishgan joylarda tekis yuza hosil boʻlishi kerak (3.5 - rasm).
5 - §. Rezarvuar devorining konstruksiyasi
67. Rezervuar devoridagi poʻlat varaqlarning hisoblangan qalinligi gidrosinovlar paytida mahsulot yoki suv toʻldirish sathining loyihaviy balandligiga qarab belgilanadi. Rezervuar devorlaridagi varaqlarning nominal qalinligi prokat uchun hisoblangan minusli qoʻyim va korroziyaga nisbatan qoʻyimni oʻz ichiga oladi.
68. Rezervuar devorining nominal qalinligi 3 etapda aniqlanadi:
a) poyaslar qalinligining dastlabki tanlovida;
b) pishiqligini tekshirishga oid hisob-kitobi paytida qalinlikka tuzatish kiritish (jumladan, seysmik jihatdan xavfli hududlar uchun zilzila taʼsirini inobatga olish);
v) barqarorlik (mustahkamlik) ka doir hisob-kitob qilishda qalinlikka tuzatish kiritish.
69. Poyaslarning nominal qalinligini dastlabki tanlash, ishlatishdagi zoʻriqish, gidrosinovlar oʻtkazish paytidagi zoʻriqish va konstruksiyaga oid talablarni hisob-kitob qilib amalga oshiriladi.
70. Ishlatish sharoitidan kelib chiqib, har bir poyas uchun devorning minimal hisoblangan qalinligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(2) bunda;
r — mahsulotning zichligi (solishtirma ogʻirligi), kg/cm3;
N— mahsulotni quyish balandligi, cm;
z — rezervuar tagidan poyasning pastki chegarasigacha boʻlgan masofa, cm;
r — rezervuar devori yuzasining oʻrtacha radiusi, cm;
Ry — materialning hisoblangan qarshiligi, kgf/cm2;
γs — ishlash sharoiti uchun koeffitsiyent: eng pastki poyas uchun 0,7 qolgan boshqa poyaslar uchun 0,8 ga teng.
71. Gidravlik sinovlar sharoiti uchun har bir poyasdagi devorning minimal qalinligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(3) bunda:
Rv — gidrosinovlarda ishlatiladigan suvning zichligi (solishtirma ogʻirlik, kgf/cm2);
Hg — gidrosinovlarda suvni quyish balandligi, cm;
γs = 0,9 - gidrosinov sharoitidagi barcha poyaslar uchun ishlash koeffitsiyenti bir xil (71-punktdagi belgilanishga qoʻshimcha).
72. Devordagi har bir poyasning nominal qalinligi (t) ni sortament qatordan tanlashda quyidagi shartga amal qilish lozim. Qalinligi, prokat uchun minusli qoʻyimning ∆ va t farqini hisobga olganda, uchta qiymatning maksimal miqdoridan kam boʻlmasligi kerak:
(4) bunda:
s — korroziya uchun hisoblangan qoʻyim, mm;
tk — konstruksiya uchun zarur boʻlgan minimal qalinlik boʻlib, 3.3 - jadval boʻyicha aniqlanadi:
73. Mustahkamlikka tekshiruv va turgʻunlikka tekshiruv hisob-kitobi, nominal qalinlik bilan (t) prokatga moʻljallangan minusli qoʻyim va korroziya uchun qoʻyim (S) larning farqi sifatida aniqlanadigan poyaslarning hisoblangan qalinligini (tp) belgilash uchun oʻtkaziladi:
(5) bunda:
Rezervuar devorining har bir poyasi uchun devorning mahkamligini tekshirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(6)
yoki boshqa formula:
( 7 ) bilan aniqlanadi. Bunda:
σ1— meridional kuchlanish, kgf/cm2;
σ2 — halqa boʻylab kuchlanish, kgf/cm2;
γs — ish sharoiti uchun koeffitsiyent (71 - punkt boʻyicha olinadi);
γn — rezervuarlarning vazifasiga koʻra ishonchlilik koeffitsiyenti:
I — klass uchun γn = 1,2 ga,
II — klass uchun γn = 1,1 ga,
III — klass uchun γn = 1,05 ga,
IV — klass uchun γn = 1,0 ga teng.
Yuqoridagi formulalar doimiy tomli rezervuarlar uchun keltirilgan. Suzuvchi tomli rezervuarlar uchun hisob-kitob qilganda 75-punktdagi formulalarda berilgan, doimiy tomli rezervuar uchun xos boʻlgan nagruzka (zoʻriqish) inobatga olinmaydi.
74. Halqa boʻylab kuchlanish (σ2) har bir poyasning pastki nuqtasi uchun hisoblab chiqiladi:
(8) bunda:
Formulada rezervuardagi ortiqcha bosimdan zoʻriqishga doir ishonchlilik koeffitsiyenti eʼtiborga olingan.
Rp — rezervuardagi ortiqcha bosim kgf/cm2 (71-punktdagi belgilanishga qoʻshimcha).
75. Yuklama (zoʻriqish) boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti va asosiy birikma uchun koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda meridianal kuchlanish poyasning pastki nuqtasi uchun quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(9) bunda:
Gm — hisoblangan nuqtadan yuqoridagi metallkonstruksiyalarning massasi, t;
Go — hisoblangan nuqtadan yuqoridagi statsionar uskunalarning massasi, kg;
Gy— hisoblangan nuqtadan yuqoridagi isitgichning massasi, t;
s— qordan zoʻriqishning toʻliq meʼyoriy miqdori, kgf/cm2.
76. Seysmik (zilzila) taʼsiriga oid hisob-kitoblarni ixtisoslashgan tashkilot bajaradi.
77. 73-punktdagi shartlar bajarilmaganda, tegishli poyasning qalinligini oshirish lozim.
78. Alternativ variant sifatida, buyurtmachi bilan kelishib turib, ish sharoiti uchun har bir poyas devorining minimal qalinligi (tc) va gidravlik sinovlar uchun minimal qalinligi (tg) ni oʻzgaruvchan qalinlikdagi silindrik qatlamning tarkibi hisoblanadigan, devor har bir poyasi uchun membranali halqa boʻylab kuchlanishning eng katta oʻlchami asosida tavsiya etish mumkin. Rezervuar devorini tagi bilan tutashgan chegaraviy sharoit, nolli radial siljishlar va varaq gardishida plastik momentga teng boʻlgan egiluvchi moment tarzida beriladi. Qalinlikni tanlash 71-punktdagi shartlar bajarilishi tufayli 73-punktdagi formula bilan aniqlangan dastlabki qalinlikni kamaytirib, iteratsiya usulida bajariladi.
Katta hajmdagi rezervuarlarda bayon etilgan usul bilan minimal qalinlikni belgilanishi poyaslarning hisoblangan qalinligini kamaytirishi mumkin.
79. Rezervuar devorlarining mustahkamlikka hisob-kitobini quyidagi nisbatni tekshirish yoʻli bilan bajariladi:
(10) bunda:
σσ—dastlabki kritik (meridianal) kuchlanish, kgf/cm2;
σσ —soʻnggi kritik (meridianal) kuchlanish, kgf/cm2.
80. Dastlabki kritik kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(11) bunda:
tp min — devorning eng yupqa poyasining (odatda yuqori poyas) hisoblangan qalinligi.
Koeffitsiyent S ushbu formula bilan chiqariladi:
(12)
(13)
81. Soʻnggi (ikkinchi) kritik kuchlanish ushbu formula yordamida aniqlanadi:
(14) bunda:
Hr — rezervuarning redutsiyalangan balandligi, m, statsionar tomli rezervuarlar devorining qalinligi doimiy boʻlganda, Hr rezervuar devorining toʻliq balandligi (N0) ra teng boʻladi.
82. Rezervuarning redutsiyalangan balandligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(15) bunda:
tri — i poyasdagi varaqning hisoblangan qalinligi, mm;
hi— i poyasning balandligi, cm.
Suzuvchi tomli rezervuarlarning yuqori poyasi uchun hi sifatida poyasning pastki chetidan shamollatish halqasigacha boʻlgan masofa oʻlchamida olinadi.
83. Doimiy qalinlikdagi devorning pastki qirgʻogʻi uchastkasi uchun meridianal kuchlanish ushbu formula bilan hisoblab chiqiladi:
(16) bunda:
Rvak — rezervuardagi nisbiy siyraklanish (vakuum) miqdori, kgf/cm2. Siqilish boʻyicha kuchlanish belgisi σi —shartli ravishda musbat belgisiga almashtirilgan.
84. Statsionar tomli rezervuarlar halqasidagi kuchlanish (σ2) ni turgʻunlikka hisoblangan Rvak va tashqi shamolning ekvivalent bosimiga (Rsh) ga bogʻliq boʻladi:
(17) bunda:
Rsh — rezervuarning eng yuqorisiga No shamol bosimi qiymati (qurilish meʼyorlari va qoidalariga koʻra).
Suzuvchi tomli rezervuarlar uchun Rvak oʻrniga shamoldan siyraklanish darajasi hisobga olinadi.
(18) bunda:
Ci — aerodinamik koeffitsiyent boʻlib, rezervuar balandligi (No) uning diametri nisbatiga bogʻliq ravishda (qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq) aniqlanadi.
Siqilish boʻyicha kuchlanish (σ2) shartli ravishda musbat qiymatga almashtirilgan.
85.79-punktdagi shartlarni bajarish imkoniyati boʻlmasa, rezervuar devorlarining mustahkamligini taʼminlash uchun yuqoridagi poyaslardagi devor qalinligini orttirish yoki oʻrtalariga mahkamlovchi halqalar oʻrnatish lozim. Sharoitga koʻra har ikkalasini ham qoʻllash mumkin.
86. Oraliqlardagi mustahkamlik halqalari holatini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni faqat σ1 / σsg1,σcr,σ2 larning qiymati maʼlum boʻlganda, ikkinchi (soʻnggi) kritik kuchlanish σ σ2 ning hisobini chiqarib, 82-punktdagi nisbatdan redutsiyalashgan balandlik (Hr max) aniqlangandan keyin 79-punktdagi barcha shartlar bajarilgan hisoblanadi.
87. Oʻrtalikka oʻrnatiladigan mustahkamlovchi halqaning oʻrni quyidagi algoritm boʻyicha aniqlanadi. Poyaslarning aniqlangan balandliklari 82-punktdagi formula boʻyicha pastdan yuqoriga qarab yigʻiladi. Suzuvchi tomli rezervuar uchun eng yuqori poyasning balandligi shamollatish halqasi sathiga teng qilib olinadi. Yigʻindi hosil qilinayotganda, keltirilgan (aniq) balandlik Hr max dan ziyod qiymati, hamda mazkur poyasning quyi qirgʻogʻiga mos keluvchi balandlik Hji qiymatini ifodalovchi (j) poyasning tartib raqami boʻladi.
j — poyasning quyi qirgʻogʻi tepasiga halqani oʻrnatish balandligi (hji) — quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(19)
Agar hisob-kitob boʻyicha halqa oʻrnatish joyi gorizontal payvand chokka 150 mm dan yaqinga toʻgʻri kelib qolsa, halqa yuqoriroqqa joylashtiriladi.
Mustahkamlik halqasining parametrlari rezervuarning diametriga koʻra 95-punktda berilgan metodika boʻyicha aniqlanadi.
88. Birinchi mustahkamlovchi halqaning oʻrni belgilangandan keyin, 87-punktda berilgan algoritm boʻyicha ikkinchi (uchinchi va sh.k.) mustahkamlovchi halqalarning oʻrnatiladigan joylari belgilanadi. Ayni paytda statsionar tom (ochiq rezervuarning shamollatish halqasi) oʻrnini oldingi halqa egallaydi deb faraz qilish lozim.
89. Agar eng quyi halqa bilan rezervuar tagi orasidagi keltirilgan balandlik ruxsat etilgan Hg max dan kam boʻlsa, devordagi barcha halqalarning orasidagi masofalarni iloji boricha bir xil qilib taqsimlab chiqish zarur.
90. Mustahkamlikka doir hisob-kitoblar va mustahkamlovchi oraliq halqalarning joylashishini aniqlashning alternativ varianti sifatida buyurtmachi bilan kelishib turib, poyaslar qatlamlaridagi turli qalinlikka eʼtibor berib, oxirgi element metodi boʻyicha bajarish mumkin. Mazkur usul yordamida halqalar soni va ularning joylashuvini, hamda poyaslardagi tasmalar qalinligini aniqlash mumkin. Hisoblashdagi chegara shartlari 78-punktda berilgan.
6 - §. Rezervuar devorlaridagi mustahkamlovchi halqalarning konstruksiyasi
91. Suzuvchi tomli rezervuarlarning eng yuqori poyasi devorlariga oʻrnatilgan mustahkamlovchi halqaga ega boʻlishi kerak. Mustahkamlikka doir hisob-kitoblarga koʻra, rezervuar devorlariga oraliq mustahkamlovchi halqalar oʻrnatilishi mumkin. Mazkur qoʻshimcha halqalarning soni va devordagi holati 88 — 90 - punktlarda qayd etilgan.
92. Statsionar tomsiz rezervuarlarning xizmat koʻrsatish maydonchasi sifatida foydalaniladigan eng yuqoridagi mustahkamlovchi halqaning eni kamida 800 mm boʻlishi va tashqi tarafidan gʻov (toʻsiq) lar oʻrnatilishi lozim. Mustahkamlik halqasi rezervuar devoriga mahkamlangan tirgaklar bilan jihozlanishi zarur.
93. Eng yuqoridagi mustahkamlovchi halqaning kesimi undagi eng maksimal egilish momenti (M) ga muvofiq ravishda tanlanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(20)
Formulada shamoldan yuklama (zoʻriqish)ga kafolat koeffitsiyenti 1,4 deb qabul qilingan.
94. Agar eng yuqoridagi halqa poʻlat varaqlar rezervuar devoriga yoppasiga burchakli chok qilib payvandlangan boʻlsa, halqaning inersiya momentiga payvand joyidan pastga va yuqoriga poyasning 15 karra qalinligi miqdorida devor qatlamining qismini qoʻshib hisoblash lozim.
95. 85-punktda bayon etilgan uslub boʻyicha payvandlanadigan joyi aniqlangan oraliq mustahkamlovchi halqani oʻrnatish zarurati tugʻilganda, kerak boʻlgan kesimning egilish momentini inobatga olib aniqlanadi:
(21) bunda:
Hr max — devorning redutsirlangan balandligi oʻlchami (m) hisoblanib, 81-punktdagi usulda aniqlanadi.
96. Mustahkamlovchi oraliq halqaning inersiya momentiga eni 2(rtpi)0,5 dan yuqori va halqa payvandlangan joydan pastroq darajani yoki devorning tashqi yuzasiga nisbatan hisob-kitob qilib aniqlash mumkin.
97. Yuqoridagi mustahkamlik halqa tirgagining kesimini va ular orasidagi tirqishni hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
98. Mustahkamlik halqalarini devordagi gorizontal payvand choklaridan kamida 150 mm masofaga joylashtiriladi.
99. Mustahkamlik halqalarining elementlarini rezervuar devoriga mahkamlovchi konstruksiyalar loyihada koʻrsatilgan boʻladi. Halqaning seksiyalari oʻzaro uchma-uch choklar qilib toʻliq eritib yoki boshqa usulda ulanadi.
100. Rezervuarda yongʻinga suv sepish tizimi mavjud boʻlsa, mustahkamlik halqasining konstruksiyasini halqadan pastga ham suv sepaoladigan qilib oʻrnatish lozim.
7 - §. Statsionar (doimiy) tomlar
101. Mazkur boʻlimda statsionar (turgʻun) tomlar konstruksiyalariga boʻlgan talablar bayon etiladi.
Konstruksiyalar quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) konussimon qobiq toʻshama hisobiga konussimon oʻzini oʻzi ushlab turadigan tom;
b) karkas va toʻshama elementlaridan iborat karkasli konussimon tom;
v) yuzasi sferik shaklga oʻxshash va karkasning egilgan elementlari va toʻshamaning yirik elementlaridan tuzilgan gumbazli tom.
Mazkur Qoidalarning umumiy talablarini bajarish sharti bilan boshqa konstruksiyadagi tomlarni ham qoʻllash mumkin.
102. Barcha tomlar, perimetri boʻylab, mustahkamlovchi halqa elementlaridan foydalanib, rezervuar devoriga tayanib turadi. Halqa hosil qiladigan burchakning minimal miqdori 63 x 5 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
103. Elementlarning minimal nominal qalinligi 4 mm deb qabul qilinadi. Ishlatish sharoitlari ishlash muddati va korroziya tezligini hisobga olib korroziya uchun qoʻshimcha qalinlik olish mumkin.
104. Tomning barcha elementlari va uzellarini loyihalashda, ularda roʻy beradigan maksimal kuchlanish darajasi hisob-kitobdagi miqdordan ziyod boʻlmasligi kerak (korroziyaga nisbatan qoʻyimni hisobga olmay).
105. Oʻzini-oʻzi ushlab turadigan konussimon tomlar uchun tavsiya etiladigan geometrik parametrlar: tomni tashkil etuvchi elementlarning gorizontal tekislikka nisbatan qiyaligi maksimal 30°, minimali esa 15o boʻlishi lozim.
106. Konussimon tom tasma (polotna)sining hisob-kitob qilingan minimal qalinligi (tk), mustahkamligi shartiga koʻra, korroziyaga nisbatan qoʻyimsiz quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(22) bunda:
R — hisoblangan zoʻriqish (nagruzka), kgf/cm2;
R= 1,05 gm + 0,95x 1,2 gu + 0,9x 1,6s + 0,95x 1,2 Rvak, (23) bu yerda,
gm — 1 m2 tom varagʻi (listi) ning massasi, kg;
gu — 1 m2 issiqlik saqlovchi oʻramaning massasi, kg;
s — qordan zoʻriqishning toʻliq normativ miqdori, kg;
R vak — rezervuar tomi ostidagi hosil boʻlgan nisbiy siyraklanish miqdori (vakuum), kgf/sm2;
E — poʻlatning egiluvchanlik moduli, kg/sm2;
θ —tom bilan gorizontal tekislik oʻrtasidagi burchak, gradus.
Mazkur formulani θksinθ) > 274 sharti bajarilgandagina qoʻllash mumkin va uni tk uchun birinchi yaqinligi aniqlangandan (hisob-kitob qilingandan) keyin tekshirib koʻrish lozim. R — oʻz navbatida tk ning oldindan nomaʼlum boʻlishiga bogʻliq boʻlganligi uchun hisob-kitob paytida bir nechta ketma-ket yaqinlashuv talab qilinib, boshlangʻich yaqinlashuv uchun minimal nominal qalinlik (104-punkt) ni qabul qilish mumkin.
107. Tomning qoplamasini rulonli tasmalar (bitta yoki bir necha qismdan iborat) yoki varaqli tunukalardan montaj qilish usuli bilan yasalishi mumkin.
108. Tomni devorning tepasiga mahkamlash (ulash) uzelini 3.7 - rasmda koʻrsatilgan variantlardan biriga oʻxshatib biriktirish mumkin. Mazkur uzel halqali choʻzilish kuchlanishi (Nk) gorizontga nisbatan quyidagi formulada hisoblangan burchak θ ostida boʻlishi kerak.
(24) bunda:
R — 106-punktdagi formula orqali hisoblangan yuklama (zoʻriqish).
109. Ortiqcha ichki bosimda ishlayotgan rezervuarlar tomini devor tepasiga mahkamlash uzeli halqani siquvchi kuchlanishga hisoblanadi:
(25) bunda:
R — maksimal ortiqcha bosim, kgf/sm2 ;
gmin — tom vaznidan tushadigan minimal vertikal yuklanish, gmin= 0,9 (gm +gu).
Uzel pogon (uzunlik) kuchlanishi (Nk) ning mustahkamligiga moʻljallangan boʻlishi kerak.
110. 3.7-rasmda uzelning koʻndalang kesimi shtrixlab belgilab qoʻyilgan. Undan Nk - kuchlanishning qabul qilish uchun foydalanish mumkin. Hisob-kitob qilingan maydon quyidagi formula bilan aniqlanadigan Ik _ kenglikdagi tomning uchastkasidan iborat:
(26)
rezervuar devori uchastkasining kengligi - ls
(27)
va elementlarning mustahkamlovchi uzellarini hisobga olish zarur.
111. Gorizontal yuzaga nisbatan tomning qiyalik burchagi ≈ 6° (nishablik 1:10) dan ≈ 9,5° (nishablik 1:6) gacha deb qabul qilinadi.
112. Karkasli konussimon tomlarning quyidagi ikkita turini qoʻllash tavsiya etiladi:
a) karkas elementlari bilan qoplama oʻzaro ulanishidan iborat yigʻma shchitlar;
b) asosiy elementlarga payvandlanmagan taglikli tomlar.
Shchitlar va tom stropillari rezervuar devorlari va markaziy halqaga mahkamlanadi.
113. Tomning shchitlari yoki taglik tasmalar oʻzaro bir-birining ustiga chiqarib, yuqoridan uzluksiz burchakli chok yasab payvandlanadi. Tajovuzkor mahsulotlar saqlanadigan rezervuarlardagi tom qoplamasi varaq (tasma) larini karkasga ham ustidan, ham tagidan uzluksiz burchakli chok bilan payvandlanadi.
114. Tomning tagligi devorning yuqorisiga eng minimal oʻlcham (63 x 5 mm) li halqali burchak orqali mahkamlanadi.
115. Oʻzini-oʻzi ushlab turadigan gumbazli (sharsimon) tomlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) sferik yuzaning minimal radiusi 0,8 D boʻlishi;
b) maksimal radiusi — 1,5 D boʻlishi (D — rezervuar diametri);
v) qoplamasining minimal qalinligi - 5 mm.
116. Gumbaz karkasli tomlar shchitlar tarzida yoki karkas elementlari va qoplash varaqlaridan yasalishi mumkin.
117. Konussimon va gumbazli tomlar uchun rezervuar tomlariga karkas va uzellarni mahkamlash, 106-punktda aniqlangan R hisoblab chiqilgan yuklama (nagruzka) taʼsiriga dosh beraoladigan mustahkamlikka va 109-punktda aniqlangan Ri — gmin yuklamadan turgʻunligiga (ortiqcha bosimda ishlayotgan rezervuarlar uchun) hisoblab chiqiladi.
8 - §. Suzuvchi tomlar
118. Suzuvchi tomlar, statsionar (turgʻun) tomsiz, gorizontal yer yuzasining har 1 m2 ga 1,5 kRa massadagi qor qoplamasi hosil boʻladigan rayonlarda joylashgan rezervuarlarda qoʻllaniladi.
119. Suzuvchi tomlar quyidagi turlarda boʻlishi mumkin:
a) perimetri boʻylab joylashgan germetik korobalari bor, yakkadeka konstruksiyali suzuvchi tomlar;
b) butun yuzasi germetik korobalar bilan qoplangan qoʻshdeka konstruksiyali suzuvchi tomlar;
v) qalqib turadigan suzuvchi tom.
120. Suzuvchi tomlarni loyihalashda rezervuarlarni toʻldirganda yoki boʻshatganda, tomning choʻkib ketishi yoki uning konstruktiv elementlari, hamda rezervuarning tubidagi va devorlaridagi texnologik elementlar va moslamalar buzilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini rejalashtirish zarur.
121. Rezervuarda saqlanadigan mahsulotning zichligi (solishtirma ogʻirligi) qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, suzuvchi tomlar solishtirma ogʻirligi 0,7 t/m3 zichlikdagi mahsulot solinganda suza oladigan qilib hisob-kitob qilinadi.
122. Yakkadekali suzuvchi tomlarning markaziy qismidagi va ikkita bir-biriga yaqin suzgich (koroba) laridagi germetiklik yoʻqolganda ham suzib (qalqib) turishi taʼminlanishi kerak.
Qoʻshdekali tomlarning ikkita qoʻshni suzgich (koroba) laridagi germetiklik yoʻqolganda ham suzuvchanligi taʼminlanishi lozim.
Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, suzuvchi tomlarda toʻplangan yogʻin suvlarini bevosita saqlanayotgan mahsulot ustiga tushiruvchi avariyali suv tashlagich oʻrnatilishi mumkin.
Suzuvchi tomning konstruksiyasi rezervuar boʻshatilgan paytda tayanchlarda turganda, taqsimlangan 1,5 kRa yuklama (zoʻriqish) ga dosh beraoladigan, yetarli darajadagi mustahkamlikka ega boʻlishi lozim.
123. Suzuvchi tom va rezervuardagi mahsulot orasida bugʻ-havo aralashmasi hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tom mahsulotga tegib turishi kerak.
124. Suzuvchi tomning markaziy qismi va har bir suzgichi (korobasi) germetik boʻlib, tegishli usullar bilan (vakuum kamera yoki sizib kiruvchi suyuqlik) sinalishi lozim. Suzgichning yuqori qismiga kuzatish lyuki (tirqishi) oʻrnatilib, oʻsha yerdan germetiklikka tekshirib turiladi. Lyukning konstruksiyasi va gardishi suzgich (koroba) ichiga yogʻin tushmasligini taʼminlashi kerak.
3.8 - rasm. Sharsimon tomni rezervuar devoriga ulash usullari
125. Suzuvchi tomlarning konstruksiyasi yogʻin suvlarini suvyigʻish punktiga toʻplab, keyinchalik rezervuarlar (park) tashqarisiga chiqarib yuborishga imkon berishini taʼminlashi kerak. Yakkadekali suzuvchi tomning suvyigʻish qurilmasi, suvtashlagich quvuroʻtkazgichlaridagi germetiklik yoʻqolganda, suzuvchi tomga saqlanayotgan mahsulot tushmasligini kafolatlovchi teskari klapan oʻrnatilishi lozim.
Asosiy suvtashlagichning nominal diametri quyidagicha boʻlishi kerak:
a) diametri 30 m gacha boʻlgan rezervuarlar uchun — 75 mm;
b) diametri 30 m dan 60 m gacha boʻlgan rezervuarlar uchun — 100 mm;
v) diametri 60 m dan ziyod boʻlgan rezervuarlar uchun — 150 mm.
Suzuvchi tomga, uning balandligiga qarab avtomatik tarzda kerakli holatga moslanuvchi narvon orqali chiqiladi. Ishlatiladigan narvonlardan biri sifatida sirpanuvchi narvonni tavsiya etish mumkin. Ushbu narvonning yuqori qismi rezervuar devoriga sharnir yordamida mahkamlanib, pastki qismidagi rolik (gʻildirakcha) lar suzuvchi tomga oʻrnatilgan yoʻnaltiruvchi yoʻl (relschalar) boʻylab harakatlanadi. Sirpanuvchi narvonning ikkala tomonida toʻsiqlar, pogʻonalari oʻz-oʻzidan tekis holga keladigan boʻlib, har qanday holatida ham oʻrta nuqtasiga tushadigan vertikal yuklama (yuk) 5 kN ga moʻljallangan boʻlishi kerak.
126. Tomning tashqi cheti bilan rezervuar devorlari orasidagi hamda tomdagi naycha (quvur) lar bilan yoʻnaltirgich oʻrtasidagi tirqishlar maxsus qurilma (berkitgich) lar yordamida hosil qilinadi.
127. Berkitgich uchun ishlatilgan material saqlanadigan mahsulotga oʻzining gaz zichligi (solishtirma ogʻirligi), eski-yangiligi, eyilishga dosh beraolishi, harorat va boshqa omillar boʻyicha mos kelishi kerak.
128. Rezervuar devori bilan ponton oraligʻidagi tirqishning oʻlchami ishlatiladigan berkitgichning konstruksiyasiga mos boʻlishi zarur.
129. Suzuvchi tomlar, rezervuar tagida odam yuraoladigan balandlik (1800 mm) dagi tayanch ustunlar ustida turadigan holatda boʻlishi kerak. Buyurtmachining talabiga binoan suzuvchi tomlar pastda 2 xil (ishchi va taʼmirlash) holatda toʻxtatib turadigan tayanch ustunli boʻlishi mumkin.
Quvurlar yoki boshqa yopiq profillardan yasalgan tayanch ustunlarida suyuqlikni chiqaruvchi tashlama teshiklar qoldirilgan boʻlishi lozim. Suzuvchi tomning rezervuar tagiga, tushadigan nagruzkasini bir maromda taqsimlanishi uchun suzuvchi tomlar turadigan tayanch ustunlari tagiga, rezervuar tubiga yoppa chok hosil qilib payvandlangan poʻlat qistirmalar qoʻyiladi.
130. Suzuvchi tomlarda nominal diametri kamida 600 mm li, rezervuarni shamollatish yoki unda mahsulot yoʻq paytida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar kiraoladigan eng kamida bitta lyuk (yorugʻlik tuynugi) va diametri 800 mm li bitta montaj qilish lyuki boʻlishi kerak.
131. Suzuvchi tomlar aylanib (buralib) ketishining oldini olish uchun pastki qismi perforatsiyalangan (teshiklari bor) quvurdan yoʻnaltiruvchidan (mahkam ushlab turuvchi) sifatida foydalaniladi. Mazkur quvur bir vaqtning oʻzida texnologik vazifalar (ichida namuna olish uchun yoki mahsulot sathini oʻlchash uchun qurilmali) ni bajarishi mumkin.
132. Suzuvchi tomning barcha qismlari, xususan sirpanuvchi narvon ham elektr tokiga nisbatan bir-biri va devor bilan oʻzaro ulangan boʻlishi lozim.
9 - §. Pontonlar
133. Pontonlar turgʻun tomli rezervuarlarda qoʻllanilib, undagi mahsulotning bugʻlanib isrof boʻlishini kamaytirishga moʻljallanadi. Pontonli rezervuarlar ichki bosim va vakuumsiz ishlatilishi kerak.
134. Pontonlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
a) perimetri boʻylab joylashtirilgan ochiq yoki yopiq suzgich (koroba) li membranali pontonlar;
b) butun maydoni boʻylab qoʻshdekali konstruksiyadagi germetik suzgich (koroba) lari joylashtirilgan pontonlar;
v) germetik qoplamali qalqib turuvchi pontonlar;
g) yuzasi penopoliuretan bilan qoplangan koʻpqatlamli pontonlar.
135. Pontonning konstruksiyasi uni rezervuarning butun balandligi boʻyicha qiyshaymay va aylanmay ishlashini taʼminlashi kerak.
136. Pontonning chetki devori (borti) choʻkib turishini hisobga olganda, mahsulot sathidan kamida 150 mm baland boʻlishi lozim. Pontonning quvurchalari ham xuddi shunday balandlikda boʻlishi zarur.
137. Pontonning konstruksiyasi, rezervuarda saqlanayotgan mahsulotning solishtirma ogʻirligini hisobga olgan holda, oʻzining suza olish zaxirasini taʼminlashi kerak. Ichi boʻsh suzgich (koroba) lari bor pontonning suzuvchanligini hisoblash har qanday ikkita suzgich va pontonning markaziy qismida germetiklik yoʻqolgan holat uchun oʻtkaziladi.
138. Pontonning poʻlat yoki alyuminli qotishmalardan yasalgan elementlarining qalinligini belgilashda, ularning mustahkamlik va deformatsiya (shaklini oʻzgartirish) ga doir hisob-kitoblar, hamda muayyan ishlatish sharoitidagi korroziyaga dosh beraolish xossalarini asos qilib olish lozim.
139. Pontonning mahsulot yoki uning bugʻlari bevosita taʼsir qiladigan barcha ulanmalari zichlangan va germetiklikka tekshirilgan boʻlishi kerak. Zichlovchi materiallar saqlanayotgan mahsulot bilan xossalari jihatidan oʻzaro mos boʻlishi zarur.
140. Pontonning holati turgʻun (mahkamlangan) yoki sozlanuvchan (oʻzgaruvchan) tayanch (ustun) lar yordamida ushlab turiladi. Uning eng quyi (pastki) ishchi holati ponton konstruksiyasi rezervuar ichidagi devorlaridan yoki tagidagi pontonning pastga tushishiga toʻsqinlik qiladigan turli uskuna va qurilmalardan yuqorida boʻlishi kerak. Berk profillardan yasalgan tayanch (ustun) larning pastki va yuqori qismida tashlama va tozalash uchun teshikchalari boʻlishi lozim. Buzilishlar va zichlik yoʻqolishining oldini olish uchun tayanch (ustun) larning ponton elementlariga mahkamlanadigan joylariga alohida eʼtibor berish zarur.
141. 134-punktda tarif berilgan a) va b) turidagi pontonlardan rezervuar tubiga tushadigan dinamik zoʻriqishni bir maromda taqsimlash uchun ponton tayanchlarining tagiga poʻlat qistirmalar qoʻyib, ularni rezervuar tubiga yoppa chok usulida payvandlab tashlanadi.
142. Pontonni yasashga doir hisob-kitob qilganda, quyidagilarga eʼtibor berish kerak. Ponton suzib turganda yoki tayanch ustunlarda turganda, ponton ustida turli yoʻnalishda harakatlanayotgan eng kamida 2 kishini (2 kN) bemalol koʻtarib turaolishi, buzilib ketmasligi, hamda rezervuar ichidagi mahsulot ponton ustiga chiqib ketmasligi kerak.
143. Ponton aylanib (buralib) ketishining oldini olish uchun trosli yoki boshqa konstruksiyalardan foydalanish mumkin.
144. Pontonlarning qoplamasiga yuklanish tushishining oldini olish uchun, ventilatsiya qurilmalarini pontonning quvuriga oʻrnatish mumkin. Mazkur qurilma, rezervuarni toʻldirish yoki boʻshatish paytida, eng quyi ish holatida, tayanchlarda turgan pontonning tagidagi havo va gazni yetarli darajada harakatlantiradigan boʻlishi kerak. Har holda (ventilatsiya qurilmasi bor yoki yoʻqligida) ponton tayanchlarda turganda, rezervuarni toʻldirish yoki boʻshatish tezligi, muayyan rezervuar uchun iloji boricha eng minimal boʻlishi zarur.
145. Turgʻun tomda yoki pontonli rezervuarning devorida eng kamida 2 ta ventilatsiya (shamollatish) quvurcha (teshik) lari boʻlib, ular perimetr boʻyicha har 10 m ga joylashtiriladi. Bundan tashqari tom markaziga bitta quvurcha oʻrnatiladi. Mazkur quvurchalarning umumiy ochiq maydoni rezervuar diametrining har bir metriga 0,06 m2 ga teng yoki undan ziyod boʻlishi kerak. Rezervuarni ishlatish paytida ventilatsiya quvurchalarining teshigining kataklari 10x10 mm li zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan toʻr va yogʻin-sochindan saqlovchi tunuka gʻiloflar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
146. Pontonning ustiga chiqish uchun rezervuarning devorida eng kamida bitta tuynuk (lyuk) boʻlishi va u orqali tayanch ustunlarda turgan pontonga chiqish imkoniyati boʻlishi zarur.
147. Pontonli rezervuarning turgʻun tomiga, pontonning perimetri boʻylab zichlashuvini nazorat qilish uchun, eng kamida 2 ta kuzatish lyuklari oʻrnatilishi kerak. Lyuklar orasidagi masofa 20 m dan katta boʻlmasligi lozim.
148. Pontondagi barcha tok oʻtkazuvchi qismlari oʻzaro va rezervuarning tashqi konstruksiyasiga ulangan boʻlishi zarur. Mazkur ishni rezervuarning turgʻun tomidan pontonga keladigan (teng taqsimlangan kamida ikkita) egiluvchan kabellar yordamida bajarish mumkin. Kabelni ularning pishiqligiga, korroziyaga bardoshligiga, elektr qarshiligiga ulanishning ishonchliligiga, egiluvchanligiga va ishlash muddatiga qarab tanlanadi.
149. Pontonning tepa qismida turib, nazorat qilinishi kerak boʻlgan berk suzgich (koroba) lardagi germetiklikni tekshirish uchun ular qopqoqli lyuklar bilan jihozlanishi kerak.
10 - §. Devorlari himoyalangan rezervuarlar
150. Devorlari himoyalangan rezervuarlarni loyihalab tayyorlash va montaj qilishda mazkur Qoidalarning talablari va ushbu paragrafdagi qoʻshimcha koʻrsatmalarga amal qilish lozim.
151. Devorlari himoyalangan rezervuarlar mahsulotni saqlash uchun belgilangan, ichki rezervuardan va avariya holatlarida yoki asosiy rezervuarning germetikligi buzilganda, mahsulotni ushlab turish uchun belgilangan himoyali tashqi rezervuardan iborat boʻladi.
Asosiy rezervuar turgʻun tomli yoki suzuvchi tomli qilib yasalgan boʻlishi mumkin.
152. Rezervuardagi himoyalovchi devorning balandligi asosiy rezervuar devori balandligining kamida 80 % ini tashkil qilishi kerak.
Himoyalovchi rezervuarning diametrini tanlashda, quyidagilarga eʼtibor berish lozim ichki rezervuar buzilgan (yorilgan) taqdirda va mahsulotning bir qismi himoyalovchi rezervuarga oqib oʻtganda, himoyalovchi rezervuardagi mahsulotning sathi rezervuar devorining eng yuqori nuqtasidan 1 m ga past boʻlishi, hamda devorlar orasidagi boʻshliqning kengligi kamida 1,5 m boʻlishi lozim.
153. Asosiy rezervuarning tubi himoyalovchi rezervuarning tubiga bevosita tayanib turishi yoki sizib (oqib) chiqish holatlarini toʻliq nazorat qilib borish uchun rezervuarlar tubini bir-biridan ajratib turuvchi panjara, armaturali toʻr yoki boshqa qistirmalarga tayanib turishi lozim. Himoyalovchi devorli rezervuarning tubidagi nishablik faqat tashqariga qarab yasalgan boʻladi.
154. Devorlari himoyalangan rezervuarni, rezervuar parkiga joylashtirganda, belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilish meʼyorlari va qoidalari va yongʻinga qarshi talablarga rioya qilish lozim. Ayni paytda himoyalovchi devorli rezervuar diametri uchun asosiy rezervuarning diametrini qabul qilish kerak.
Devori himoyalangan rezervuarlar atrofini marzalash shart emas.
155. Himoyalovchi devorli rezervuarlar 2 etapda sinovdan oʻtkaziladi:
a) birinchi etapda — asosiy rezervuar sinaladi;
b) ikkinchi etapda — himoyalovchi rezervuar sinaladi.
Devori himoyalangan rezervuarni gidravlik sinashni, asosiy rezervuarni himoyalovchi devor balandligigacha suv bilan toʻlatilgan holatda, devorlar orasidagi boʻshliqqa loyihada belgilangan meʼyorgacha suv quyib oʻtkaziladi.
Sinov natijalari asosida asosiy va himoyalovchi devorli rezervuarlarni sinashga oid alohida-alohida dalolatnoma tuziladi.
156. Devori himoyalangan rezervuar uchun buyurtma berayotganda, buyurtmachi 1-ilovadagi blanka shaklida, himoya rezervuarining asosiy parametrlari haqida erkin yozuvda berishi kerak.
11 - §. Devordagi patrubkalar va kirish tuynuk (lyuk) lari
157. Patrubkalar va kirish tuynuk (lyuk)lar konstruksiyasi rezervuar devoriga ekvivalent boʻlaoladigan pishiqlikka ega va germetik ulamali boʻlishi kerak.
158. Rezervuarning pastki poyaslarida joylashgan patrubkalar va lyuklarning ulanish joylari, odatda, gidrostatik vazndan, quvuroʻtkazgichlardan yuklamalar, rezervuar choʻkishidan zoʻriqish va egilish momentlari taʼsiriga uchraydi. Shuning uchun, ulanadigan quvuroʻtkazgichlarning tashqi yuklanishini kompensatsiyalovchi qurilmalar hisobiga ozaytirish maqsadga muvofiqdir.
159. Patrubka va lyuklar oʻrnatish uchun rezervuar devorlarida ochilgan teshiklarning qirgʻoqlari tozalanib, gʻadir-budirlari 1 mm kattalikkacha tekislanishi kerak. Hisob-kitob qilingan harorat (iqlim) minus 40° S dan past boʻlgan joylar uchun mazkur oʻlcham 0,5 mm dan katta boʻlmasligi lozim.
160. Patrubka va lyuklar uchun ochilgan devordagi barcha teshiklar atrofiga butun perimetri boʻylab qoplama (yoqa) oʻrnatilib, mustahkamlash kerak. Diametri 50 mm gacha boʻlgan patrubka oʻrnatiladigan teshiklarga mustahkamlovchi qoplama qoʻyish shart emas.
Qoplamaning koʻndalang kesimidagi minimal maydon (kattaligi) teshik diametrini rezervuar devori qalinligiga (teshik diametriga mos keluvchi vertikal yoʻnalishda) koʻpaytmasidan kam boʻlmasligi kerak. Qoplamaning qalinligini devor qalinligiga teng qilib tanlash tavsiya etiladi.
Devorning muayyan joyiga qalinroq qoplama qoʻyilgan boʻlsa, mazkur nuqtadagi teshikka mustahkamlovchi qoplama qoʻyish shart emas. Mazkur masala tegishli hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
161. Qoplama uchun ishlatiladigan metallning pishiqligi devor materialiga oʻxshash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mustahkamlash samaradorligini saqlash sharti bilan pishiqligi boʻyicha devordagi asosiy metall pishiqligining 80 % ni tashkil etadigan materialni qoʻllash mumkin. Pishiqligi boʻyicha asosiy material pishiqligidan yuqori boʻlgan qoplamani ishlatganda pishiqlik zaxirasi hisobga olinmaydi.
162. Patrubkalarni rezervuar devoriga yoppa chok hosil qilib, devor materialini toʻliq eritish yoʻli bilan payvandlanadi.
Qoplamani rezervuar devoriga va patrubka gardishiga yoppa burchakli chok hosil qilib ulashdagi katet (K) ning parametrlari va oʻlchamlari standart talablariga mos boʻlishi kerak.
163. Mustahkamlovchi qoplamalarda patrubka yoki lyukning gorizontal oʻqi boʻylab joylashgan nazorat teshikchalari (M10) boʻlishi kerak. Gorizontal chok yasab payvandlangan mustahkamlovchi qoplama ikkita qismdan iborat boʻlsa, nazorat teshikchalarni (qoplamaning har bir qismida bittadan) oʻrta qismida yarimqoplama balandligi boʻyicha joylashtiriladi.
164. Patrubkalarning tavsiya etilayotgan shartli kesimi (diametrlari) quyidagilar: 80, 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 500, 600, 700 mm.
Patrubkalarning konstruksiyalari 3.4 - jadvalda berilgan va 3.9-rasmga mos qilib yasaladi.
3.9-rasm. Rezervuar devoridagi quvurning umumiy koʻrinishi
165. Patrubkalar va flanetslarning shartli bosimi uchun hisob-kitoblar loyihalashning texnik topshiriq qismda belgilangan boʻladi. Agar buyurtmada boshqa shartlar aytilmagan boʻlsa, patrubkalarning flanetslari mavjud standartlarga mos boʻlishi lozim.
166. Montaj qilish, koʻrikdan oʻtkazish, taʼmir ishlarini oʻtkazish jarayonida rezervuar ichiga kirish uchun har bir rezervuarning eng pastki poyasida kamida bitta lyuk, bundan tashqari pontonli (suzuvchi tomli) rezervuarlarning yuqori qismida ponton (suzuvchi tom) ustiga chiqish uchun kamida bitta lyuk boʻlishi kerak.
167. Tuynukli lyuklarning shartli diametri kamida 600 mm boʻlishi lozim. Lyuk-tuynuklarning asosiy parametrlari va konstruksiyasi 3.5-jadvalda va 3.10; 3.11; 3.12 va 3.13-rasmlarda berilgan.
3.10-rasm. Devorning I - poyasidagi doirasimon lyuk-tuynuk
3.11-rasm. Devorning I - poyasidagi ovalsimon lyuk-tuynuk (600 x 900 mm)
3.13-rasm. Devorning III - poyasidagi doirasimon lyuk-tuynuk (pontonli rezervuar)
3.5 - jadvalda berilgan lyuklar flanetsining parametrlari, shartli bosim Ru = 0,25 MRa ga mos keladigan standart asosida olinadi.
Ovalsimon 600 x 900 mm oʻlchamli lyuk-tuynuk konstruksiyasi 3.11; 3.12 -rasmlarga va 3.6-jadvalga mos boʻlishi kerak.(shartli diametri Dsh = 600 va Dsh = 800 tt boʻlgan lyuklar uchun To— gardishning qalinligi, chok kateti Ko qabul qilinadi.
Mustahkamlovchi qoplamasi rezervuar tubigacha borgan ovalsimon lyuk-tuynuklarning qoplamani rezervuar tubiga payvandlashdagi chok burchagining kateti (Kf) 3.6 - jadval boʻyicha aniqlanadi.
I - poyasdagi lyuk-tuynukning mustahkamlovchi qoplamasi 2 xil variantda boʻlishi mumkin:
a) tubigacha (3.11 -rasmga qarang);
b) III-poyasdagi ovalsimon lyuk-tuynukka oʻxshash (3.12-rasm).
168. Lyuklarning qopqogʻida uning oson ochilishini taʼminlaydigan burash qurilmasi boʻlishi kerak.
12 - §. Tomdagi quvurchalar va lyuklar
169. Rezervuar tomiga oʻrnatiladigan turli qurilmalarni oʻrnatish uchun moʻljallangan quvurchalarning soni va nomenklaturasi, rezervuarning hajmi va vazifalariga koʻra loyihalash uchun berilgan hujjatlarda belgilangan boʻladi.
170. Quvurchalarning tavsiya qilinadigan diametrlari 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400 va 500 tt boʻlishi mumkin. Ularning konstruksiyasi 3.14-rasm va 3.7-jadvalga mos boʻlishi kerak.
171. Quvurchalarga oʻrnatiladigan flanetslar, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat standartlariga mos boʻlib, Ru = 0,25—1,6 MRa shartli bosimga dosh beraolishi lozim.
172. Ortiqcha bosimda ishlatiladigan rezervuarning tomidagi barcha quvurchalarga rezervuarni sinash paytida germetiklikni taʼminlovchi, vaqtinchalik tiqinlar oʻrnatilishi zarur.
3.14-rasm. Tom ustidagi quvurchalar
173. Rezervuar ichidagi ishlarni bajarishda, uning ichini koʻzdan kechirish, hamda shamollatish uchun har bir rezervuar tomida eng kamida 2 ta lyuk (yorugʻlik lyuklari) boʻlishi kerak. Ularni oʻrnatish konstruksiyasi 3.15-rasmdagiga mos boʻlishi zarur.
3.15 - rasm. Yorugʻlik lyuki Du 500
13 - §. Narvon (zinapoya) lar, maydonchalar va oʻtish joylari
174. Rezervuar ustiga chiqish uchun qoʻllaniladigan narvonlar oʻzining poydevoriga oʻrnatilgan, alohida turadigan yoki rezervuar devorlariga tayanib turadigan halqasimon turlarda boʻlishi mumkin. Alohida turgan narvonni rezervuarning eng yuqori poyasi sathi (balandligi)ga yoki eng yuqoridagi mustahkamlik elementi va oʻtadigan poyaslarga ulab oʻrnatilib, poydevorning choʻkishi tufayli konstruksiyalar siljishini hisobga olish zarur. Shaxtali narvonlar poydevorga ankerli boltlar yordamida mahkamlanadi.
Qoʻshni (yonma-yon) turgan rezervuarlar oʻzaro oʻtish joylari (koʻprikchalar) bilan ulanishi kerak.
Har bir rezervuar guruhida kamida 2 ta (qarama-qarshi tomonlarda bittadan) narvon boʻlishi lozim.
175. Narvonlar quyidagi talablarga mos boʻlishi zarur:
a) pillapoyalari teshik-teshik yoki gʻadir-budir metalldan yasalib, hamda har ikkala tomonida balandligi 150 gat keladigan bortchalar yopishtirilgan, odam oyogʻi sirpanib ketmaydigan boʻlishi kerak;
b) narvonning minimal kengligi (eni)—650 tt;
v) gorizontal tekislikka nisbatan eng kamida 50o qiyalatib oʻrnatilishi;
g) pillapoyalarning minimal kengligi — 200 mm;
d) pillapoyalar narvonning uzunligi boʻylab bir xil masofa (eng koʻpi bilan 250 tt) da, hamda ichkari tomonga 2—5° nishab qilib oʻrnatilishi;
e) narvonning chetlaridagi tutqichlari oʻtish joylari va maydonchalar tutqichlari bilan uzviy bogʻlanishi va eng yuqori nuqtasida 0,9 kN oʻlchamdagi yuklama (ogʻirlik) ga dosh beraolishi zarur;
z) narvon konstruksiyasining bir nuqtasiga tushadigan yuklama (ogʻirlik) 4,5 kN boʻlishi;
i) tutqichlar tayanchlarining orasi 2,5 m dan ziyod boʻlmasligi;
k) agar rezervuar devori bilan narvon oraligʻidagi masofa 200 mm dan ziyod boʻlsa, halqasimon narvonning har ikkala tomoniga tutqichlar oʻrnatilishi va oraliq maydonchaning tagligi bilan rezervuar devori oraligʻi 150 mm dan katta boʻlmasligi kerak;
l) halqasimon narvonlar rezervuar devoriga yoppasiga mahkamlanishi va eng pastdagi pogʻonasi yerdan 100 — 200 tt yuqorida boʻlishi zarur;
m) balandligi 9 m dan ziyod boʻlgan narvonlar konstruksiyasida har 6 m quriladigan oraliq maydonchalar koʻzda tutilishi kerak.
Vertikal qoʻshoyoqli narvon (stremyanka)larni odatda tavsiya etilmaydi. Agar zaruratga koʻra ishlatiladigan boʻlsa, 3 m balandlikka ega boʻlgan stremyankada xavfsizlik qafascha (toʻsiq) boʻlishi lozim.
176. Maydoncha, oʻtish joylari va toʻsiq (gʻov) lar quyidagi talablarni inobatga olgan holda yasalishi zarur:
a) oʻtish joylarining ochiq tomoni tutqichlar bilan jihozlanishi;
b) statsionar tomli rezervuarlarning zarur joylariga (doimiy tekshirish yoki foydalanishni talab qiladigan qurilmalar oʻrnatilgan) borish (xizmat koʻrsatish) uchun maydonchalar joylashtirilishi;
v) tomning butun atrofi, hamda maydonchalarning tashqi (markazdan) tomoni gʻov (toʻsiq) bilan oʻralishi kerak;
g) rezervuarning biror qismini qoʻshni rezervuarning biror qismi yoki alohida turgan konstruksiya bilan bogʻlovchi oʻtish joylarida oson almashinadigan konstruksiyalardan iborat tayanch qurilmalari boʻlishi kerak;
d) maydonchalar va oʻtish joylarining poli (tagligi) sirpanib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan ilma-teshik metalldan yasalishi kerak;
e) maydoncha va oʻtish joylarining eng tagidagi kengligi 700 tt boʻlishi lozim;
j) eng yuqori tutqichning balandligi kamida 1,25 t boʻlishi zarur;
z) boʻylama taxtalar orasidagi masofa 400 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak;
i) bort boʻylab oʻrnatilgan eng past toʻsiqning balandligi 150 mm qilib yasaladi;
k) yuqorida joylashgan maydonchadagi bortning balandligi eng kamida 150 mm boʻlib, suv oqib chiqib ketishi uchun 10 mm tirqish qoldirib oʻrnatiladi;
l) bort boʻylab oʻrnatilgan taxta bilan taglik orasida 20 mm tirqish qoldiriladi;
m) taglik yuzasidan toʻsiqning oʻrta qismigacha boʻlgan oraliq 0,5 m atrofida boʻlishi lozim;
n) toʻsiqning tayanchlari orasidagi minimal masofa 2,5 m boʻladi;
o) maydoncha va oʻtish joylarining konstruksiyasi 4,5 kN yuklama (yuk) ga dosh berishi lozim;
p) tutqichning biror nuqtasiga tushgan 0,9 kN oʻlchamdagi yukni toʻsiq koʻtaraolishi.
14 - §. Rezervuar devoriga ulanadigan konstruktiv elementlar
177. Rezervuar devorlariga ulanadigan konstruktiv elementlar vaqtinchalik (texnologik moslamalar) va doimiy turlariga boʻlinadi.
178. Vaqtinchalik konstruktiv elementlar rezervuarni gidravlik sinovdan oʻtkazishgacha olib tashlanishi natijasida roʻy bergan nosozliklar yoki yuzasidagi notekisliklar bartaraf etilib tekislanadi.
Tozalash va tekislashni prokat qalinligining ruxsat etilgan chegaradan yupqalashib ketmaydigan darajagacha oʻtkazish mumkin.
179. Doimiy konstruktiv elementlar, rezervuarni ishlatish paytida devorlarining (ayniqsa, pastki poyaslardagi) siljishi (holatini oʻzgartirishi) ga xalaqit bermasligi kerak.
180. Konstruktiv elementlarni devorlarga mahkamlash quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) konstruktiv elementlarni mahkamlovchi payvand choklaridagi burchak katetining oʻlchami devor va payvandlanadigan elementlarning qalinligiga qarab belgilanadi ammo 12 mm dan katta boʻlmasligi kerak;
b) doimiy konstruktiv elementlar rezervuar devoridagi va tubidagi gorizontal payvand choklaridan eng kamida devor qalinligining 5 barobarida, vertikal choklardan, hamda devorning biror konstruktiv element chetidan eng kamida devor qalinligining 10 barobaridagi masofaga oʻrnatilishi kerak;
v) doimiy konstruktiv elementlar, chetlari yumaloqlangan kontur boʻyicha yoppa chok yasab yopishtiriladigan qoplama varaqlarga payvandlanadi;
g) vaqtinchalik konstruktiv elementlar devordagi payvand choklaridan 50 tt dan koʻproq masofaga oʻrnatiladi.
15 - §. Devorni ankerli usulda mahkamlash
181. Rezervuar devorlari quyidagi vaziyatlarda ankerli usulda mahkamlanadi:
a) rezervuardagi ortiqcha maksimal bosim rezervuar devori va tomi vaznlarining umumiy yigʻindisidan ziyod boʻlganda;
b) hisobga olingan shamol taʼsiridan hosil boʻluvchi yuklama (zoʻriqish) ichki ortiqcha bosim bilan birga rezervuar devori tashqi konturini enkayishiga olib keluvchi momenti devorlar va tomlar vaznining qayta tiklovchi momentidan katta boʻlganda;
v) seysmik taʼsir ostida boʻlganda.
182. Ankerli usulda mustahkamlashning konstruksiyalari 3.16-rasmda koʻrsatilgan.
3.16 - rasm. Devorni ankerli usulda mahkamlash
183. Rezervuarni gidravlik sinovdan oʻtkazishda uni suv bilan toʻlatib, maʼlum vaqt ichida ushlab turgandan keyin ankerli boltlarni bir maromda burab mahkamlash kerak. Ayni paytda gaykalar oʻz-oʻzidan boʻshab ketmasligi uchun kontrgaykalar oʻrnatish zarur.
Ankerli boltlarning minimal diametri 24 mm boʻlishi kerak.
184. Ankerli boltlardagi kuchlanish (zoʻriqish) oqishi (yumshab ketishi) chegarasining 1/2 qismidan ortmasligi zarur. Mazkur oʻlchamlar ankerli boltlar yasalgan metallga doir meʼyoriy hujjatlardan olinadi.
185. Ankerli boltlar soni va ular orasidagi masofa tegishli hisob-kitoblar asosida belgilanadi.
IV bob. REZERVUAR KONSTRUKSIYALARINI TAYYORLASh
1 - §. Umumiy talablar
186. Rezervuar konstruksiyalarini, mazkur Qoidalarga muvofiq ravishda, zavodda yasash quyidagilar asosida bajariladi:
a) metallik konstruksiyalar (keyingi oʻrinlarda — MK) loyihasi boʻyicha ishlab chiqilgan rezervuar konstruksiyalarining detallashgan metallik konstruksiyalarning (keyingi oʻrinlarda — DMK) ishchi chizmalari asosida;
b) belgilangan tartibda tasdiqlangan, mazkur Qoidalar talablarining bajarilishini taʼminlovchi texnologik jarayon asosida.
Ushbu Qoidalarda quyidagi texnologik usullarni qoʻllab, zavod sharoitida yasab, soʻngra rezervuarning varaq (list) li konstruksiyalarini montaj qilish nazarda tutilgan:
a) rulonlab montaj qilish usuli;
b) list (varaq) larni yigʻish usuli;
v) kombinatsiyalashgan (har ikkalasini qoʻllab) usul.
187. Rulonlab montaj qilish usulini rezervuar devori va tubidagi list (varaq) li konstruksiyalarni, suzuvchi tomning ostki qismini, pontonning ostki qismini, doimiy (statsionar) tomning qoplamasini yasashda qoʻllash mumkin. Mazkur konstruksiyalar transportirovka (tashish) uchun qulay hisoblangan, oʻrab dumaloqlangan rulonli tasmalar shaklida tayyorlanadi.
Ushbu punktda koʻrsatilmagan (rulonlanmagan konstruksiyalar) rezervuarlar konstruksiyasi gabaritli joʻnatiladigan markali-yigʻma va detallar tarzida tayyorlanadi.
188. Varaq (list)lab yigʻish usuli bilan 187-punktda koʻrsatilgan varaq (list) li konstruksiyalar tayyorlanadi; agar rulonlab montaj qilish usulini qoʻllash uchun 210-punkt boʻyicha chegaraviy qiymatdan oshadigan qalinlikka ega boʻlsa, isteʼmolchining maxsus talabi asosida tayyorlanadi.
Kombinatsiyalashgan usul 187, 188-punktlarda bayon etilgan varaq (list) lab konstruksiyalar tayyorlash usullarini umumlashtiradi.
2 - §. Metall prokatni qabul qilish, saqlash va tayyorlash
189. Yasovchi (tayyorlovchi) korxonaga keltirilgan barcha metallprokatlar dastlabki nazoratdan oʻtkazilib, loyiha, meʼyoriy va tovar uzatuv hujjatlarining mosligi tekshiriladi.
190. Keltirilgan metall prokat sort (nav) larga ajratilib, tegishli belgilar qoʻyiladi, profili, poʻlatining rusumi va eritilish jihatiga qarab, alohida-alohida taxlanishi kerak. Keyingi ishlov berishda eritilishiga doir tartib raqami barcha listlarga, rezervuar devori detallari, detallar devoriga va rezervuar tubiga yozib chiqilishi lozim.
191. Metall prokatni ishlab chiqarishga berishdan oldin kuyindi, zang, namlik, qor, muz va kirlardan obdan tozalash zarur.
192. Metall prokatlarni mustahkam soʻkichaklar ustida saqlanishi, ochiq joyda boʻlganda yogʻin suvlari oqib ketadigan nishablik yasash kerak. Metall prokatlar tuproq yoki polga tegib turmasligi darkor.
193. Metall prokatlarni saqlashda va tashishda chekkalari buzilib (egilib, qiyshayib) va shaklini oʻzgartirib qolmasligi zarurligiga eʼtibor berish lozim.
194. Metall prokat qatlamlaridagi tekislik taʼminlanmagan boʻlsa, joʻnatilayotgan holatida koʻp valikli (tekislagich) mashina moslamalar yordamida toʻgʻrilash zarur.
195. Prokatning yuzasi, qirgʻoqlari va shakli standartlar talabiga mos boʻlishi kerak.
3 - §. Metallprokatga ishlov berish
196. Prokatga belgilar qoʻyishni 2-klassga mansub aniqlikdagi ruletkalar, oʻlchov chizgʻichlari, hamda boshqa oʻlchov asboblari va andozalar yordamida bajarish kerak.
197. Prokatni toʻgʻrilashda bukilish, chuqurchalar roʻy berishining oldini olish lozim. Mazkur ishlarni prokat issiq (qaynoq) paytida qilish mumkin emas.
198. Detallar odatda, presslarda, profil egish va varaq egish mashinalarida bajariladi. Bukilish radiusi sovuq holatda egishni hisobga olib, metall konstruksiya loyihasida belgilanadi.
199. Chekkasini bukuvchi presslarda detallarni egishda, bukish radiusi uglerodli poʻlatdan yasalgan detallar qalinligining kamida 1.2 va kamlegirlangan poʻlatdan yasalgan detallar qalinligining 1.8 qismiga teng boʻlishi kerak.
200. Kamlegirlangan poʻlatdan yasalgan detallar, hamda qalinligi 6 mm dan ziyod boʻlgan detallarning egish chizigʻini kesuvchi chetlarini egishdan oldin mexanik usulda tozalash lozim. Chetlaridagi notekislikning balandligi 0,3 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
201. Montaj uchun kerak boʻladigan teshiklarni zarblab bosish yoki parmalash yoʻli bilan hosil qilinadi. Teshiklar diametridagi chetlanish yoki ovalsimonlik 1,5 mm dan ziyod boʻlmasligi darkor. Teshiklar atrofida 1 mm dan katta qulashlar va yoriq (darzlik) lar boʻlishi mumkin emas.
202. Rulonli tasmalar tayyorlash uchun moʻljallangan list (varaq) li detallarning hamda rezervuar devorlarini varaqli yigʻishda boʻylama va koʻndalang chetlarini yoʻnib yoki frezerlab tekislash kerak.
Qalinligi 16 mm gacha boʻlgan list (varaq) li detallarni gilotin turidagi pichoqlar bilan kesishga ruxsat etiladi. Bunda, chetlarini yoʻnish yoki frezerlash shart emas.
203. Mexanik kislorodli yoki plazmali - yoysimon usulda qirqilgan chet detallarida kattaligi 1 mm dan ziyod notekisliklar, boʻrtib chiqqan chuqurchalar boʻlishi mumkin emas.
204. Detal chetlarini payvandlashdan oldin texnologik jarayon talablariga koʻra kuyindi, shlak va boshqa kirlardan tozalash lozim.
205. Detallarning boʻylama oʻlchamlari va shakllari belgilangan oʻlcham va chegaraviy ogʻishlar hamda detallarning bir-biriga oson yondoshishi yoki loyihada nazarda tutilgan payvandli ulanmalarni bajarish uchun oʻrindoshlik qilib yigʻishni taʼminlaydigan boʻlishi kerak.
Mazkur ishlarda rezervuar devorlaridagi list (varaq) li detallar (rulonlanadigan yoki varaqli) ga va rezervuar tubidagi va tomidagi rulonlanadigan tasmalarga ishlov berishga alohida eʼtibor berish lozim.
Detallarning parametrlari 4.1-jadvaldagi talablarga javob berishi zarur.
4.1 jadval
4 - §. Rulonlanmaydigan konstruksiyalarni yasash
206. Rulonlanmaydigan konstruksiyalarni yasash, yigʻish, payvandlash va nazorat qilishni mazkur Qoidalar va metall konstruksiyalar loyiha koʻrsatmalariga binoan bajarish lozim.
207. Montajda konstruksiyalarning yigʻilishini taʼminlovchi rulonlanmaydigan konstruksiyalarning boʻylama oʻlchamlari va shakllaridagi chegaraviy ogʻishlar ishchi chizmalarda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Rezervuarlarning rulonlanmaydigan konstruksiyalaridagi chegaraviy ogʻishlar 4.2-jadvalga muvofiq ravishda belgilanadi.
208. Rulonlanmaydigan konstruksiyalarni yigʻishda texnologik jarayon boʻyicha nazarda tutilmagan shakllarini oʻzgartirish, oʻrnidan qoʻzgʻatish yoki tashish paytida qoldiq deformatsiyaga uchratish mumkin emas.
Konstruksiyalarni yigʻish odatda, konduktorlarda bajariladi.
209. Rulonlanmaydigan konstruksiyalarni oldin ishlatilmagan yangi konduktorlarda yigʻishda yasovchi xodimlar quyidagi rezervuar konstruksiyalarini nazorat yigʻuvidan oʻtkazish (loyihada koʻrsatilgan hajmdan kam boʻlmagan) lari lozim.
a) markaziy shchitni, statsionar tomning radial va tayanch elementlarini;
b) ponton va suzuvchi tomlarning korobalarini.
5 - §. Rulonlanadigan tasmalarni tayyorlash
210. Sigʻimi 5000m3 va undan kam boʻlgan rezervuarlarni rulonlanadigan konstruksiya (tasma) lardan qurishga ruxsat beriladi.
Tasmalar maxsus rulonlovchi qurilmalarda yigʻilib, rulonlab, nazoratdan oʻtkaziladi. Ular 4.1-rasmda koʻrsatilgan 2 asosiy sxema (quyidan yoki ustidan oʻraladigan) asosida bajariladi.
4.1 - rasm. Ustidan oʻrovchi qurilma (a) va quyidan oʻrovchi qurilma (b)
Quyi (past) dan oʻraladigan qurilmalarda rezervuar devorlari qalinligi 18 mm gacha boʻlgan tasmalar, yuqoridan (ustidan) oʻraladigan qurilmalarda devorining qalinligi 16 mm gacha boʻlgan tasmalar oʻraladi. Rezervuar tubi polotnosi, pontonlar va suzuvchi tomlarning ostki qismi, statsionar tomlarning ustki qoplamasi uchun ishlatiladigan tasmalarning maksimal qalinligi 7 mm boʻlishi kerak.
211. Tasma enining oʻlchami loyihada belgilanganidan chegaraviy ogʻishi quyidagi miqdordan oshmasligi kerak:
a) tasmaning eni 9 m gacha boʻlganda — ±11 tt;
b) tasmaning eni 9 m dan-15 mm gacha boʻlganda — ±16 mm;
v) tasmaning eni 15m dan katta boʻlganda — ±19 mm.
212. Rezervuar devorlari uchun moʻljallangan tasmalar uchun pastki qirgʻogʻidagi ayrim detallarning boʻrtib chiqqan joylari eng koʻpi bilan 1 mm, yuqoridagi qirgʻoqlarida esa 3 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Boshqa tasmalar detallaridagi boʻrtib chiqqan joylari, keyinchalik bostirib payvandlanib tashlanadigan, boʻrtib chiqqan joylarning kattaligi (boʻyi) 5 mm gacha, zichlab payvandlanadigan qirgʻoqlardagisi esa 1 mm dan ziyod boʻlmasligi lozim.
213. Tasmalardagi choklarning burchak deformatsiyasi har 1000 mm uzunlikda 20 mm dan ortmasligi kerak (4.2-rasm).
4.1 - rasm.
Tasmalarning boʻsh chetiga chiqadigan choklarning burchak deformatsiyasi 30 mm dan katta boʻlmasligi lozim.
214. Rulonlar oʻraladigan elementlar qattiq, toʻgʻri doira (aylana) shaklida boʻlishi kerak.
215. Rulonlarning eng katta massasi va gabaritlari (eni, boʻyi) ularni tashish sharoitiga qarab (boshqa variantlari xaridor tomonidan belgilanmagan boʻlsa) aniqlanadi.
216. Tasmalarni oʻrovchi halqa elementlarining tashqi diametri eng kamida 2,6 m boʻlib, halqalar orasidagi masofa 3 m dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Halqalar orasidagi masofa 2 m dan katta boʻlganda, tasma osilib qolmasligi uchun oʻrtasiga yarim halqa oʻrnatish tavsiya etiladi.
217. Rezervuar devorlari uchun moʻljallangan rulonli tasmalar uzunligi boʻyicha texnologik qoʻyim (biroz ortiqcha) boʻlishi, devor choklarini yigʻishni va devor diametrining chegaraviy ogʻishiga doir talablarining bajarilishini (4.3-jadvalda koʻrsatilgan) taʼminlashi kerak.
218. Rezervuar devorlari uchun moʻljallangan tasmalarning dastlabki oʻramining qirgʻogʻini burab oʻrovchi halqalarning elementiga zich (jips) tegib turadigan qilib mahkamlash va u (tirqishi 15mm dan koʻp boʻlmasligi kerak), oʻramlarda egilish (bukilish), dastlabki oʻram bilan bogʻliq boʻlgan boʻrtib chiqishlar boʻlmasligini taʼminlashi kerak.
Plankalar yordamida bosh tomondagi qirralarni mahkamlashda plankalardagi payvand choklarni texnologik qoʻyimdan (devor chetidagi chokdan 50 mm) nariga joylashtirish kerak.
Qalinligi 8 mm va undan ziyod boʻlgan tasmalarning birinchi oʻramini bevosita halqa elementlariga mahkamlash uchun, ushbu oʻramda texnologik ustqoʻyma tasmaning ortiqcha (qismi) boʻlishi kerak. Tavsiya etiladigan variantlari 4.3-rasmda berilgan. Ustqoʻyma qalinligi 2 mm dan koʻproqqa payvandlangan devor poyasidan farqlanmasligi kerak.
4.3-rasm. Devor tasmalarining toʻgʻri chiziqli qirgʻogʻidagi texnologik oʻsimta (a) va devor tasmalarining tishli qirgʻoqlaridagi texnologik oʻsimta (b)
Dastlabki oʻramning uchini mahkamlovchi plankaning, plankani tasmaga va ulovchi halqa elementlariga ulashdagi payvand chokining, hamda dastlabki oʻramning uchi (texnologik oʻsimta) halqaga payvandlanadigan choklar tasmani oʻraganda roʻy beradigan tortish kuchiga dosh beradigan qilib hisob-kitob qilinadi.
219. Rulonlangan tasmaning oxirgi uchi, tasma detalning qalinligiga qarab, eni kamida 100 mm, qalinligi 4—10 mm keladigan payvandlanadigan oʻrovchi plankalar yordamida mahkamlanishi kerak.
Oʻrovchi plankalar eng kamida 3 ta boʻlib, ularning orasi 3 m dan koʻp boʻlmay, texnologik ustqoʻymadan nariga payvandlanadi va 219-punktga muvofiq polotnoning chetidagi chokdan 50 mm masofada yasaladi.
Oʻrovchi plankalar tasmaga har ikkala tomondan planka qalinligiga teng kamida 150 mm uzunlikda payvand chok kateti hosil qilib eritiladi.
Tasmaning oxirgi uchi oʻralgan joyi rulondan 100 mm dan ziyodga tashqariga chiqib ketmasligi kerak.
Oʻrovchi grenka chetining boʻsh joyining oʻrtasidan oʻlchangan rulon va oxirgi chekka orasidagi tirqish qiymati, oʻrovchi planka oʻrnatish joylaridagi tirqish qiymatidan 50 mm dan koʻpga oshmasligi kerak.
Oxirgi uchi rulonga zich yotqizish uchun texnologik ustqoʻymadan foydalaniladi (4.3-rasmda keltirilgan).
220. Rezervuar devorlaridagi tasmalarning oxirgi uchi sifatli koʻrinishga ega boʻlishi uchun qalinligi 8 mm dan katga boʻlgan barcha poyaslarda texnologik ustqoʻymalar boʻlishi kerak.
221. Rulon oʻramlari bir-biriga jipslab oʻralib, rulon uchidagi chetlari bir tekis joylashishi lozim.
222. Bitta rulonga bir nechta tasmani oʻrash mumkin. Ayni asnoda har bir tasmaning oxirgi uchi keyingi tasmaning boshlanuvchi uchiga oʻrovchi plankalar vositasida mahkamlab qoʻyiladi.
223. Bitta rulonga rezervuarning turli konstruksiyalari uchun moʻljallangan tasmalarni oʻrash tartibi (ketma-ketligi) montaj paytida rulonni ochgandagi teskari ketma-ketlikka mos boʻlishi kerak.
224. Rezervuar devorlari uchun moʻljallangan tasmalar, ularni montaj qilishda ochish tartibini hisobga olib, rulonga soat mili yoʻnalishida oʻralishi lozim.
225. Rulonlash qurilmalarida polotno (tasma)larni tayyorlashda yonma-yon polotnolarni yoppa chok, uzuq chok yoki kamida 2 ta tortuvchi lentalar yordamida ulash lozim.
Uzuq choklarning uzunligi eng kamida 200 mm boʻlib, polotnolarning boʻylama oʻqi va polotnolar chetiga nisbatan simmetrik tarzda joylashgan boʻlishi kerak. Tortuvchi lentalarni bir-biridan 3,5 m masofada, polotnolarning payvand choklaridan 200 mm nariga payvandlab ulanadi. Lentalarning qalinligi, miqdori va joylashish tartibi ulanayotgan polotnolarning tafsiloti (oʻlchamlari, qalinligi, shakli) va polotnolarni rulonlovchi qurilmada harakatlanishi oqibatida sodir boʻladigan tortish kuchiga bogʻliq ravishda belgilanadi. Tasmalarni oʻraganda, rulondagi teleskopik holatini pasaytirish uchun har bir oʻram oʻrtasiga qalinligi 20 mm gacha boʻlgan yogʻoch texnologik qistirmalar qoʻyish mumkin. Qistirmalarni quyish tayyorlovchi korxona tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik jarayonga muvofiq amalga oshiriladi.
6 - §. Belgilar qoʻyish (markirovka)
226. Konstruksiyalarga montajlash uchun qoʻyilgan belgi (raqam)larda zavodga berilgan buyurtmaning tartib raqami, ishchi chizmalardagi montaj qilish sxemasiga mos ravishda montaj elementlariga qoʻyiladigan tartib raqamlari boʻlishi kerak.
227. Montaj belgilari montaj elementlarining ishchi chizmalarida koʻrsatilgan joylariga qoʻyiladi.
Rulonlanadigan elementlarning montajlashga oid belgilarini rulonga biriktirilgan yorliq (taxtacha) larga, rulonning ichki yoki tashqi yuzalarining qarama-qarshi tomonlariga, 2 joyga yuvilmaydigan boʻyoq bilan yozib qoʻyiladi. Taxtachani rulonning uchidan 500 mm ichkariga biriktiriladi.
Paket qilib oʻralgan bir xil rusumdagi elementlarga montajlash belgisini eng oxirgi elementga yozishga ruxsat etiladi. Ayni asnoda paketdagi elementlar miqdori (soni) koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
228. Transportirovka (tashish) uchun qoʻyiladigan belgilar har bir yuk uchun alohida, amaldagi standartlarga mos qilib yoziladi. Ularda manipulatsiya belgilari, asosiy, qoʻshimcha va axborot maʼlumotlari boʻlishi zarur.
229. Manipulatsiya belgilaridagi standartlarga koʻra, 9 va 12 raqamlar belgilari har bir yuk ustiga, 11 va 14 raqamlar belgilari shchitlar paketlariga yoki statsionar tomlarning karkaslariga qoʻyiladi.
230. Asosiy belgilar standartlarga mos ravishda yoziladi. Tushiriladigan punkt (joy) aniq boʻlmagan yuklarga ushbu belgilar qoʻyish shart emas.
231. Qoʻshimcha yozuvlarda quyidagilar boʻlishi kerak:
a) tovar belgisi yoki yasagan korxonaning qisqacha nomi;
b) ishchi chizmalarga muvofiq rezervuarning shartli belgisi;
v) zavod bergan buyurtmaning tartib raqami.
232. Axborotga oid yozuvlarda yukning vazni (brutto) kilogrammlarda boʻlishi lozim.
233. Transportirovka (tashish) ga doir yozuvlarning oʻrni, yozish usuli, manipulatsiya belgilarining shakli va katta-kichikligi davlat standartlariga mos ravishda belgilanadi.
234. Montaj va tashishga oid yozuv (belgi) uchun materiallar tegishli standartlarni inobatga olib tanlanadi.
7 - §. Upakovkalash (oʻrash, joylash)
235. Konstruksiyalarni maxsus poʻlat moslamalar yordamida, har bir yukni alohida shakllantirib, mazkur transport uchun muvofiq qoidalar va meʼyorlarga muvofiq tashishga moʻljallab upakovkalanadi.
236. Poʻlat tasmalarni mazkur Qoidalarning IV-bobi 5-§ ga mos ravishda upakovkalash lozim.
237. Yirik gabaritli rulonlanmaydigan konstruksiyalar (statsionar tomning shchitlari yoki karkaslari, tayanch halqalarning seksiyalari, pontonlar yoki suzuvchi tomlarning korobalari va sh.k.) payvandlab mahkamlanadigan detallar yoki vintlar bilan mahkamlanadigan paketlarga yigʻib (albatta kontrgayka oʻrnatish sharti bilan) upakovka qilinadi. Mahkamlash uchun payvandlanadigan detallarni konstruksiyalarni montaj qilinadigan joyidan boshqa nuqtaga ulash kerak.
238. Mahkamlash detallarini rezervuar devorlaridagi poʻlat varaqlar chetidan kamida 50 mm masofaga payvandlash lozim.
239. Mayda konstruksiyalar va detallar poʻlat konteynyerlarga joylanadi.
240. Paketlar va konteynyerlarda stropovka qilish uchun halqalar, skobalar va sh.k. lar boʻlishi yoki aniq stropovka qilinadigan joylar belgilab qoʻyilishi zarur.
241. Rezervuarning rulonmaydigan konstruksiyalari, hamda rulonlarning tashqi yuzasini korroziyadan saqlash uchun tayyorlagan zavod tomonidan transportirovka qilish va saqlash muddati (eng kamida 6 oy) uchun GF-021, FL-03K rusumdagi (yoki xossasi boʻyicha ularga teng) gruntni bir qavat qilib surkab qoʻyish lozim. Buyurtmachining xohishiga koʻra metallkonstruksiyalarga grunt surkamaslik ham mumkin.
242. Konstruksiyalarni upakovkalash boʻyicha biror oʻzgarish boʻlsa, buyurtmachi bilan kelishib olish lozim.
8 - §. Rezervuarlar konstruksiyalarini tashish va saqlash
243. Mazkur boʻlimda bayon etilgan talablar tayyorlash (yasash) va montaj qilish uchun umumiy hisoblanadi.
Tashish (transportirovka qilish) va saqlash shartlari tegishli standartlar asosida belgilanadi.
244. Konstruksiyalarni saqlash va tashish paytida deformatsiyaga uchrashi (egilish, pachaqlanish, qirgʻoqlari buzilishi va sh.k.lar) ga yoʻl qoʻymaslik kerak.
245. Konstruksiyalar ochiq joyda saqlanganda, yerga (tuproqqa) tekkizmaslik va ustida yogʻin suvlari toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
246. Konstruksiyalarni transportga shartnomada koʻrsatilgan rekvizitlarga mos ravishda yuklab joʻnatish zarur.
247. Temir yoʻl orqali yuklarni joʻnatishda vagonlarni maksimal ravishda, ham hajmi, ham massasi boʻyicha toʻldirishga erishish lozim. Vagonlarga koʻproq yuk ortish maqsadida, buyurtmachi bilan kelishgan holda bitta yuk oʻrni (rulon, paket, konteyner) ga, bir necha rezervuarlar konstruksiyalarini joylab-butlash mumkin.
248. Yuk oʻrinlarining (rulonlar, paketlar, konteynyerlar) massasi va gabaritlarini cheklash zarurati tugʻilganda, buyurtmachi (xaridor) yuk ortishga doir masalalar haqida yasovchi (tayyorlovchi) korxona bilan kelishib olishi shart.
249. Yuk (konstruksiya)larni xaridor transport vositasida joʻnatganda, tashishga doir barcha masalalar (yuklash, tegishli harakat xizmatlari bilan kelishish va sh.k.) isteʼmolchining oʻzi hal qilib, yuk joʻnatuvchi (konstruksiyani yasagan korxona) bilan kelishib ish yuritadi.
250. Temiryoʻl vagonlaridan rulonlarni, yuklash-tushirish ishlariga oid loyihaga muvofiq, maxsus tayyorlangan maydonchalarga tushiriladi. Rulonlarni vagondan pastga tashlab yuborish taqiqlanadi. Rulonlarning massasi va yuk koʻtarish vositalarining imkoniyatiga koʻra, ularni quyidagi usullardan biri boʻyicha vagondan tushirish lozim:
a) rulonni yukkoʻtargich kran (kranlar) va rulonning ogʻirlik markazidan bir xil uzoqlikdagi 2 ta stropa (tros-arqon) rulonni ushlab (stropalar orasidagi masofa rulon uzunligining yarmidan kam boʻlmasligi kerak) turib tushirish. Mazkur usul yukkoʻtargich kranlar 2 ta boʻlganda, yoki traversli bitta kran boʻlganda qoʻllaniladi;
b) yuk tushirishga moʻljallangan 2 ta balkalar boʻylab chigʻir (lebedka) yordamida rulonni dumalatib tushirish. Bu sharoitda temir yoʻl platformasi boshmoqlar vositasida toʻxtatib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Uning chetlari tagiga, gʻildirab ketishi mumkin boʻlgan tomonga tayanch ustunlar qoʻyiladi. Rulonlar tushiriladigan va saqlanadigan maydonchani temir yoʻl platformasi bilan bir tekis qilib qurish lozim.
Rulonlarni yumalatib tushirish uchun rulonni kamida 2 oʻram bilan tutib turadigan arqondan foydalanib, tortiladigan uchini chigʻir yoki traktorga bogʻlab qoʻyiladi.
251. Rezervuarlarning konstruksiyalarini temir yoʻldan montaj qilinadigan joygacha belgilangan tartibda tasdiqlangan, amaldagi yirik gabaritli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishga doir yoʻriqnomalar va yoʻl harakati qoidalariga muvofiq tashiladi.
252. Rulonlarni tekislab qum toʻkilgan yer yuzasidan yumalatishga ruxsat etiladi. Bunda rulon oʻrami yoʻnalishi boʻyicha yumalatish lozim.
9 - §. Tayyorlovchi (yasovchi) larning kafolati
253. Tayyorlovchi korxona, ishchi chizmalarni ishlab chiqishda qabul qilingan konstruktiv yechimlar, mazkur qoidalarning talablariga va montajlash komplektiga doir loyihaga mosligiga kafolat beradi.
Loyihaga kiritilgan, kelishuv asosidagi, oʻzgarishlar konstruksiyani yasagan korxonada saqlanadi.
254. Tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqarilgan brak (nosoz) konstruksiyalar, brak qaysi etapda aniqlanganligidan qatʼi nazar, tayyorlovchi tomonidan taʼmirlanishi yoki boshqasiga almashtirilishi kerak.
V bob. METALLKONSTRUKSIYALARNI MONTAJ QILISh
1 - §. Umumiy talablar
255. Montaj qilishga keltirilgan konstruksiyalarda yasagan korxonaning maxsus belgisi va mahsulot sifatiga doir sertifikati boʻlishi kerak.
256. Montajni boshlashdan oldin ish bajaruvchi (montajchi) quyidagi meʼyoriy va loyiha hujjatlariga ega boʻlishi lozim:
a) mazkur qoidalarga;
b) montajlash komplektiga oid ishchi hujjatlarga;
v) tayyorlovchi (yasagan) korxona bergan ishchi chizmalarga;
g) rezervuar metallkonstruksiyalarini yigʻishga va payvandlashga loyihachining ishlarni bajarish rejasi (keyingi oʻrinlarda - IBR).
257. Hujjatlar qatorida maxsus talablar boʻlmaganda, montajga keltirilgan konstruksiyalarning geometrik parametrlaridagi ogʻish chegaralari aniqligi boʻyicha 4-klassga mos boʻlishi kerak.
258. Rezervuarlarni montaj qilish ishlari loyihaga va mazkur Qoidalar, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga hamda ish bajarishga oid reja (IBR) asosida ishlab chiqilgan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishi zarur.
259. IBRni loyihalovchi tashkilot ishlab chiqadi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
IBRda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) montaj qilish maydonchasini qurib, jihozlash;
b) metallkonstruksiyalarni montaj qilish va payvandlashga oid texnologik tartib (ketma-ketlik);
v) yuk koʻtaruvchi va tortuvchi mexanizmlar;
g) rezervuar metallkonstruksiyalarini montaj qilish uchun zarur boʻladigan moslamalar va takelaj uskunalari;
d) montaj-payvandlash ishlarini bajarish uchun zarur uskunalar, asboblar va materiallar;
e) nazorat qilishning turlari va hajmlari;
j) elementlarni yigʻishda talab qilinadigan aniqlikni, elementlarni loyihaga binoan joylashtirish, yirik qismlarni yigʻish jarayonida konstruksiyalarni faqat oʻz joyida ishlatishni taʼminlovchi tadbirlar;
z) montaj jarayonining har bir operatsiyasidagi yigʻish-payvandlash ishlarining sifatiga doir talablar;
i) montaj jarayonida konstruksiyalar mustahkamligi va barqarorligini taʼminlash;
k) konstruksiyalarni yiriklashtirish darajasi;
l) rezervuarning mustahkamligini sinash (qabul qilishda)ning ketma-ketligi;
m) xavfsiz ish sharoitlarini yaratish.
IBR da koʻzda tutilgan yigʻish va metallkonstruksiyalarni payvandlash texnologiyasi yigʻilgan rezervuarning shakli, loyihada belgilangan geometrik shaklga mosligini taʼminlashi lozim. Mazkur geometrik shakldan ogʻish darajasi ushbu Qoidalarda berilgan ruxsat etilgan miqdordan ziyod boʻlmasligi kerak.
260. Rezervuarlarni montaj qiluvchilar ish bajarishlari uchun zarur asboblar, payvandlash uskunalari, yukkoʻtarish mexanizmlari va boshqa materiallar bilan taʼminlanadilar.
261. Montaj-payvandlash ishlarining sifatini operatsiyalar boʻyicha nazorat olib borib, belgilangan shakldagi jurnalni toʻldirib borish yoʻli bilan tekshiriladi.
Montaj-payvandlash ishlarining operatsiyalar boʻyicha nazorat jurnali montaj ishlarini oʻtkazish, montajchilar va buyurtmachi vakillari oʻrtasida, yigʻish obyektidagi har bir rezervuar boʻyicha topshirish-qabul qilishni rasmiylashtirish ishlariga doir hujjat hisoblanadi.
Jurnalning tavsiya qilinayotgan shakli mazkur Qoidalarning 3-ilovasida berilgan.
Ushbu jurnal IBRning muallifi hisoblangan ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilgan holda, barcha ishlarning sifatli bajarilganligiga kafolat beruvchi asosiy hujjat boʻlib, qurilish-montaj ishlarini operatsiyalar boʻyicha topshirish va qabul qiluvchi montajchilar va buyurtmachining rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlikni yuklaydi.
262. Rezervuar konstruksiyalarini montaj qilish jarayonida, loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilot belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi va mualliflik jurnalini toʻldirib boradi.
263. Montaj ishlarinigina bajarish uchun, rezervuar yuzasiga payvandlangan detallarni, ish tugagandan keyin asosiy metallkonstruksiyalarga zarar yetkazmay olib tashlash kerak.
264. Rezervuar konstruksiyalarini montaj qilish davomida 4 dan 13 gacha boʻlgan ilovalarda koʻrsatilganga mos ravishda ijro hujjatlari rasmiylashtirilishi lozim.
2 - §. Montaj qilish maydonchasiga doir talablar
265. Rezervuarlarni montaj qilish boshlanguncha poydevorini qurish ishlari bajarilgan boʻlishi kerak. Loyihada koʻzda tutilgan poydevor atrofidagi otmostka (nishab yoʻlakcha) ni, shaxta turidagi narvonning poydevorini va mahsulot keladigan quvuroʻtkazgichlar tagidagi tayanch (ustuncha) larni rezervuar metallkonstruksiyalarini montaj qilib boʻlgandan keyin oʻrnatiladi.
266. Montaj qilish maydonchasi yogʻin suvlarini chiqarib tashlash zaruratini hisobga olgan holda tekislanishi kerak. Montaj maydonchasini tekislash, materiallarni saqlash maydonchasi, ish bajarish va kranlar yuradigan maydonchalar, vaqtinchali yoʻllar, binolar va obodonlashtirishga doir boshqa obyektlarga boʻlgan talablar IBRda belgilangan boʻladi.
Montaj maydonchasining rejasini montajlovchi korxona buyurtmachi bilan kelishib tuzishi shart. Montaj maydonchasining chegarasiga butun perimetri boʻyicha ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Montaj maydonchasi hududida kamida 2 ta kirish-chiqish joylari boʻlishi kerak.
267. Montaj maydonchasida transport yurishi uchun vaqtinchalik yoʻllar va rezervuar metallkonstruksiyalarini montaj qilish maydonchasi boʻlishi zarur. Yuk koʻtarish kranlari uchun maydonchani yuzasi tegishli darajada koʻtaraoladigan boʻlishi lozim.
268. Montaj maydonchasi aloqa va oʻt oʻchirish vositalari, texnik suv, payvandlash asboblari, mexanizmlar va kranlar ishlashi uchun, hamda montaj qilish hududi, vaqtinchalik maishiy va boshqa binolar uchun elektrenergiya bilan taʼminlanishi kerak.
3 - §. Qurilgan taglik va poyvedorlarni qabul qilish
269. Qurib bitkazilgan taglik va poydevorlarni qabul qilish, belgilangan tartibda, montajchilar (ish bajaruvchilar) ning vakili ishtirok etishi sharti bilan amalga oshiriladi. Qabul jarayoni mazkur Qoidalarning 4-ilovasida tavsiya etilgan shakl boʻyicha dalolatnoma tuzib rasmiylashtiriladi.
270. Qabul qilinayotgan taglik va poydevorlar loyihaning ishchi chizmalariga mos boʻlishi kerak.
Taglik va poydevorlardagi chegaraviy ogʻish oʻlchamlari 5.1-jadvalda koʻrsatilgan darajadan ziyod boʻlmasligi zarur.
4 - §. Rezervuar metallkonstruksiyalarini qabul qilish (dastlabki tekshiruv)
271. Rezervuar metallkonstruksiyalarini montaj qilish uchun qabul qilish buyurtmachi vakilining ishtirokida bajariladi.
272. Keltirilgan metallkonstruksiyalarning sifatini tekshirganda, ularni montaj komplekti va mazkur Qoidalar talablaridagi ishchi hujjatlarga mosligi aniqlanadi. Nazorat tashqi koʻrik va oʻlchovlar yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda quyidagilar tekshiriladi: keltirilgan ashyolarning joʻnatish roʻyxati (vedomosti) ga mosligi; nuqsonlari taʼmirlangan joylaridagi payvand choklari koʻrsatilgan kartaning mavjudligi; payvand choklari sifatiga doir xulosalar.
273. Rezervuarning montajga qabul qilinayotgan metallkonstruksiyalarni 12-ilovada tavsiya etilgan shakl boʻyicha qabul dalolatnomasini tuzib rasmiylashtiriladi.
Aniqlangan nuqsonlarni maxsus roʻyxat ilova qilib rasmiylashtiriladi. Nuqsonlar roʻyxati, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun, uni yasagan korxonaga yuboriladi.
274. Montajga qabul qilinayotgan metallkonstruksiyalarning dalolatnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
a) yasagan korxona yuborgan ishchi chizmalar;
b) butlash (joʻnatish) roʻyxati (vedomosti);
v) metallprokatni zavod sharoitida dastlabki tekshirishdan oʻtkazishdagi oʻlchovlar va sinovlar xulosalari;
r) payvandli ulanmalarni fizik usulda tekshirish kartasi.
275. Tashqi koʻrik va oʻlchashlar orqali prokatlar, uzellar, metallkonstruksiya detallar yuzasining sifati, payvand choklarining yuzasi tekshiriladi. Oʻlchov oʻtkazishda aniqlik darajasi 2-klassga mansub ruletkalar, oʻlchash chizgʻichlari, shtangensirkullarni hamda boshqa oʻlchov asboblari va andozalari qoʻllaniladi. Detallardagi egilish holatlari, burchak hosil qilib shaklining oʻzgarishi (deformatsiya), payvandli ulanmalardagi qirgʻoqlarning, chok katetlarining va sh.k. lardagi ogʻish (siljish) larni maxsus andoza (shablon) lar yordamida aniqlanadi.
5 - §. Montaj qilish
276. Metallkonstruksiyalar elementlarini yigʻishda talab qilingan geometrik parametrlarga erishish zarur. Mazkur parametrlardagi ogʻish chegarasi IBR da koʻrsatilgan boʻladi.
Geometrik parametrlardagi ogʻishni chegaralash, loyihada belgilash shakldagi rezervuarni barpo etishga kafolat hisoblanadi.
Montaj qilingan rezervuarning oʻlchami va shaklidagi ruxsat etilgan ogʻish darajasi 5.2-jadvalda koʻrsatilgan meʼyordan ziyod boʻlmasligi kerak.
Izoh: 1. Oʻlchangan joylarning 75 % dagi ogʻish darajasi ruxsat etilgan meʼyorda boʻlishi kerak. Qolgan 25 % dagi chegaraviy ogʻish mahalliy sharoitni inobatga olgan holda 30 % dan ziyod boʻlmasligi lozim. Ayni paytda rezervuar devori bilan ponton (suzuvchi tom) oʻrtasidagi tirqish zichlovchi zatvor konstruksiyalari ishini taʼminlashi kerak.
2. Devorning balandligi boʻylab bitta poyasning ikkita qoʻshni detallarida chegaraviy ogʻish boʻlishi mumkin emas.
277. Rezervuar devoriga lyuklar va quvurchalar oʻrnatiladigan joyni belgilashda payvand choklari orasidagi talab qilingan masofaga rioya qilish shart.
Loyihada koʻrsatilgan lyuklar va quvurchalarni payvandlashdan oldin, ularning oʻqlari joylashuvidagi ogʻish chegarasining va flanetsli yuzalarning 5.3-jadvaldagi meʼyorlarga mos kelishini tekshirib chiqish lozim.
278. Devorga va turgʻun tomga ulanadigan konstruktiv elementlarni montaj qilish quyidagi talablarni inobatga olib bajariladi:
a) konstruktiv elementlar va payvand choklari ishchi chizmalarda ifodalangan geometrik oʻlchamlar va shakllarga mos boʻlishi;
b) konstruktiv elementlarni rezervuar devoriga payvandlashda, mazkur Qoidalarning III bobidagi 14-§ ida bayon etilgan payvand choklari orasidagi ruxsat etilgan masofaga doir talablar bajarilishi zarur.
279. Montaj ishlari oʻtkazilayotganda, harorat minus 25°S dan past va erib-oqish chegarasi 39 kg/mm2 va undan kam boʻlganda, harorat 0°S dan past va erib-oqish chegarasi 39 kg/mm2 dan ziyod boʻlganda, poʻlat konstruksiyalarga zarba berib taʼsir oʻtkazish taqiqlanadi.
280. Rezervuarlarni rulonli konstruksiyalardan qurishda montaj-payvandlash ishlaridagi texnologik ketma-ketlik (tartib) IBR talablariga muvofiq bajarilishi zarur.
281. Rezervuar tubini yigʻish paytida, uning tagligi (poydevori) va gidroizolatsiyalovchi qatlamni montaj jarayonidagi turli taʼsir (buzilish) lardan ehtiyot qilish lozim.
Rezervuar tubida halqasimon qirgʻoqlari boʻlganda, uning elementlarini yigʻish texnologiyasi ishlab chiqiladigan IBR da quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
a) chetlari orasidagi choklarni ponasimon shakldagi tirqishlar qoldirib yasash lozim. Uning oʻlchamlari montajlash komplektining chizmalariga mos boʻlishi zarur.
b) tubni yigʻishni loyihaga mos qilib qirgʻoq detallarini va payvand choklari orasidagi masofa devorning uzunligi boʻyicha 200—250 mm boʻlishi kerak;
v) taglik polosalarga zich yotqizilganda 0,5 mm tirqish hosil qilishi qirralari bir-biridan listning 10 % qalinligidan ortmasligi lozim. Devorga yaqin joylardagi qirgʻoq chetlarida bukilish, pachaqlanish boʻlmasligi lozim;
r) payvandlashdan keyin halqa chetlarining choʻkish holatlari.
Tubning payvandlab yigʻiladigan elementlaridagi oʻlcham va shakllarning ruxsat etilgan ogʻish chegarasi IBR da va operatsiyalar boʻyicha nazorat qilish jurnali (3-ilova) da koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Rulonli metall tasmalardan yasalgan membranali ponton (suzuvchi tom) li rezervuarlarni montaj qilguncha barcha payvandlash va tubning membrana bilan berkitiladigan qismidagi payvand choklarini nazorat qilish ishlari tugallangan boʻlishi shart. Tubning boshqa elementlarini payvandlash ishlarini rezervuar devorini tubga tashqi payvand chokini yasagandan keyin bajarish lozim.
282. Rezervuar devori uchun qoʻllaniladigan rulonni vertikal holatda koʻtarish uchun montajchilardagi mavjud yuk koʻtarish mexanizmlari (kranlar), takelaj va montajlash moslamalariga koʻra, maxsus usullardan foydalaniladi.
Rulonni koʻtarishga doir ish bajarish texnologiyasi devor tasmalarini montajlash va boshqa zoʻriqishlardan saqlanishni taʼminlashi zarur.
Koʻtarishdan oldingi rulonning dastlabki holati, tasmaning ochilayotgan uchi loyihadagi devorning montaj qilish choki oʻqi yaqin holatida boʻlishi lozim.
283. Rezervuar devori uchun moʻljallangan rulonli tasmani yoyish (ochish) jarayonida, tasmani shamol taʼsiri (bosimi), vazni, oʻrnatiladigan shchitlar va suzuvchi tom massasi va montajda roʻy beradigan boshqa zoʻriqish (nagruzka) lardan himoyalab, barqaror turishini taʼminlash kerak.
Tasmaning yoyilgan qismini tutib turish va uni vertikal tekislikka olib chiqishni unga mahkamlab ulab qoʻyilgan maxsus moslama (raschyelka) yordamida amalga oshiriladi. Devorning vertikal holatini doimiy (muntazam) ravishda nazorat qilib borish shart.
284. Devor tasmalarini montajlab yigʻishdan oldin uning boshlangʻich va oxirgi uchlaridagi rulonlashdan qolgan sezilarli deformatsiyalar (bukilish, sinish, egilish) dan ozod etib shakllantiriladi.
Shakllantirish ishlari qalinligi 8 mm va undan ziyod boʻlgan poyaslarda oʻtkaziladi. Shakllantirishdan maqsad tasmaning boshi va oxirini oʻzaro montaj qilish (yigʻish) da loyihada belgilangan egilish radiusini hosil qilishdir.
285. Vertikal montaj chokini yigʻish (hosil qilish) ni maxsus texnologik moslamalardan foydalanib, IBR talablari asosida loyihaviy tirqishlar qoldirish va qirgʻoqlarga ishlov berishda amal qilish lozim.
Yigʻilgan montaj chokining oʻlcham va shakllaridagi ogʻish chegarasi IBR da koʻrsatilgan meʼyorlardan ziyod boʻlmasligi kerak. Montaj qilingan devorni payvandlagandan keyingi oʻlcham va shakllaridagi ogʻish chegarasi 5.2-jadvalda koʻrsatilgan miqdordan katta boʻlishi mumkin emas.
286. Montaj qilingan karkasli turgʻun tomlarning oʻlchamlari va shakllaridagi ogʻish chegarasi 5.2-jadvaldagi berilgan miqdordan ortiq boʻlmasligi lozim.
Rezervuarni montaj qilishga doir IBRni tuzishda suzuvchi tomga tushadigan barcha montaj va uning yigʻish paytidagi konstruktiv uzellarining yuklama (nagruzka)ni eʼtiborga olish kerak.
Tomni montaj qilishda, zaruratga koʻra, deformatsiya roʻy berishiga yoʻl qoʻymaydigan vaqtinchalik tirgaklar, bogʻlagichlar va boshqa qurilmalarni oʻrnatish lozim. Turgʻun tomlarni montaj qilishda quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
a) markaziy ustun yordamida montaj qilish;
b) yuqoridan turib, markaziy ustunsiz montaj qilish;
v) ichkaridan turib, markaziy ustunsiz montaj qilish.
Markaziy ustun yordamida karkasli konussimon va gumbazli tomlar montaj qilinadi.
Mazkur usuldagi montaj ishlari markaziy ustunni oʻrnatishdan boshlanadi.
Markaz shchitli montaj ustunini rezervuar tubiga, pontonli rezervuarlarda esa, ponton tagining markaziga oʻrnatiladi. Montaj ustun rezervuarning markaziga joylashtirilib, kamida 5 ta tirgak (egiluvchan tirgak raschalka) bilan mahkamlanadi. Ustunning pastki uchi taglikka tayanib turib, u yoq - bu yoqqa siljitishga imkon bermaydi. Konstruktiv jihatdan tayanch uzeli “sharnirli” yaʼni taglikka payvandlanmagan boʻladi. Tomning markaziy shchiti montaj ustuniga gorizontal tekislikda mahkamlanadi.
Gorizontal tekislikdan ogʻish miqdori, markaziy shchit diametri uzunligi boʻylab ± 5 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
Shchit markazining rezervuar markaziga nisbatan ogʻishi planda 10 mm dan ziyod boʻlishi mumkin emas.
Gumbazli turgʻun tomli rezervuarlar markaziy shchit va ustunining balandligi loyihaviy va qurilish balandligi, hamda montajlash komplektidagi ishchi hujjatlarda koʻzda tutilgan meʼyorga nisbatan belgilanadi.
Yuqoridan turib, markaziy ustunsiz montaj qilish oʻzini oʻzi tutib turuvchi konussimon tomlar, hamda karkasli va qoplamasi alohida elementlardan iborat boʻlgan gumbazli tomlarda qoʻllaniladi.
Ichkaridan turib, markaziy ustunsiz montaj qilish karkasi va qoplamasi alohida elementli tomlarda qoʻllaniladi.
287. Pontonli va suzuvchi tomlardagi rulonli tasmalardan yasaladigan membranalarni, rezervuar tubini payvandlab, payvand choklarining germetikligini tekshirib boʻlgandan keyin montaj qilinadi.
Koroba (quti) larining halqasi boʻlgan suzuvchi tomning membranalarini yigʻish va payvandlash ishlari qutilarni payvandlab va payvand choklarining germetikligini tekshirib boʻlgandan keyin amalga oshiriladi.
Suzuvchi tomlarning koroba halqasini bevosita rezervuar tubida, devorning ichki tomoni tub bilan choklangan joylari germetiklikka tekshirilgandan keyin montaj qilinadi. Korobalar va membrana karkasiga payvandlangan tayanch ustunli suzuvchi tomlarning konstruksiyalarini suzuvchi tomning eng quyi holatidagi loyihaviy balandligiga montaj qilinadi.
Montaj qilingan shakllaridagi ogʻish chegarasi 5.2-jadvalda berilgan koʻrsatgichlardan katta boʻlmasligi kerak.
288. Rezervuar tubini varaq (list)lab montaj qilishdagi asosiy farq uning markaziy qismini taglik tasmalardan tashkil topgan alohida varaqlardan yoki ularning qisqa tarafini taglik tasmalarga, uzun tarafini esa bir-birining ustiga chiqarib yigʻishdan iboratdir. Yigʻilgan tubdagi oʻlchamlar va shakllardan ogʻish chegarasi 5.2-jadvalda berilgandan ziyod boʻlmasligi kerak.
289. Devorni varaqlab yigʻib-montaj qilish uchun buyurtma (shartnoma) tuzayotgan buyurtmachi konstruksiyalarni joʻnatishdan oldin, uning qirgʻoqlarini, qabul qilingan payvandlash usuliga koʻra, tayyorlash zaruratini aniqlab olishi lozim.
Mazkur ishlarni varaqlarni uzaytirish yoki taglik (maxsus moslama) qoʻyib choʻzish usullari bilan bajarish mumkin. Devor varaqlarini oʻzaro va tubning varaqlari bilan montaj qilishda, loyihada koʻzda tutilgan tirqishlar hosil qilishni, qirgʻoqlari ulanishining tikligini taʼminlaydigan maxsus yigʻish moslamalarini qoʻllash lozim.
Montaj qilingan devorlarning oʻlchami va shakllaridagi ogʻish chegarasi 5.2-jadvalda koʻrsatilgan miqdordan katta boʻlmasligi zarur.
Payvandlab ulangan joylarda burchak roʻy berishi va qirgʻoqlarining oʻzaro mos kelishiga doir talablar rulonli tasmalarga oid talablarga oʻxshash boʻladi.
VI bob. REZERVUARLARNI PAYVANDLASh
1 - §. Umumiy talablar
290. Rezervuar konstruksiyasini ishlab chiqishda montaj komplektiga doir hujjatlarda payvand choklarining mexanik xususiyatlariga, ulanmalarning ishlash sharoiti va ularga tushadigan kuchlanishning miqdoriga qarab, alohida-alohida payvand choklari klasslari (ruxsat etilgan oʻlchamlari va tashqi-ichki nuqsonlarning turlari, hamda miqdori) ga koʻra talablar belgilanishi kerak. Undan tashqari, rezervuardagi turli payvand choklarini fizik usul bilan nazorat qilib borishga doir ish hajmi ham aniqlanishi lozim.
Payvandlash usuli, ulanadigan elementlar chetlarining geometrik parametrlari, hamda rezervuardagi payvand choklarini hosil qilish texnologiyasi rezervuar inshootlari qurish texnologiyasi (IBR) da belgilangan boʻlib, montajlash komplektiga doir loyihada inobatga olinishi lozim. Zavodda yasalgan ulanmalarga doir mazkur muammolar, rezervuar konstruksiyalarini tayyorlash boʻyicha texnik shartlar va texnologik kartani ishlab chiqishda hal qilinib, zarur ishchi hujjatlarda hisobga olinadi.
291. Zavodda va montaj jarayonida bajarilgan payvand ishlari barcha fizik-mexanik tafsilotlar kompleksidagi montaj komplektiga doir loyiha talablarini, hamda kuchlanish konsentratsiyasi koeffitsiyentini hisobga olgan holdagi nuqsonlar uchun ruxsat etilgan oʻlcham va turlariga mos meʼyorlarni taʼminlashi kerak.
292. Zavod sharoitida bajarilgan rezervuar konstruksiyalarini payvandlash ishlari tasdiqlangan texnologik jarayon rejasiga mos ravishda ijro etilishi kerak va unda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
a) payvandlanadigan detallar chetlarini tayyorlash va ularning shakliga doir talablar;
b) payvandlash usullari va ish rejimi, payvandlash materiallari hamda texnologik operatsiyalarning ketma-ketligi;
v) payvandlashdan oldin detallarni mahkamlash boʻyicha aniq koʻrsatmalar;
g) kuyib toblanish, chokning oʻz oʻqidan ogʻishi va boshqa nuqsonlar roʻy berishining oldini oluvchi tadbirlar;
d) payvand oqibatida deformatsiya sodir boʻlishini kamaytirishga doir tadbirlar.
293. Rezervuar konstruksiyalarini payvandlab, montaj qilish ishlari IBRda koʻrsatilgan talablarga rioya qilib bajarilishi lozim. IBRda quyidagilar koʻzda tutilishi zarur:
a) kerak boʻlgan joylashuv holatini hisobga olib, montajlash ulanmalarini payvandlashning eng samarali usullari;
b) montajlash komplektining hujjatlaridagi mexanik xossalar darajasiga oid talablarga javob beradigan payvandlash materiallari;
v) montaj qilinadigan elementlarni payvandlashga tayyorlash boʻyicha talab qilinadigan shakl;
g) payvandlashdagi ketma-ketlik va har bir chokni hosil qilish tartibi;
d) payvand choklardagi zarur mexanik xossalarni, hamda metall chokidagi va chok atrofidagi joylarda talab qilinadigan strukturani taʼminlovchi rejim va payvandlash texnikasiga doir koʻrsatmalar;
e) payvandli ulanmalarni bajarish uchun zarur boʻlgan texnologik jihozlar va uskunalar;
Bulardan tashqari IBRda quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim:
a) payvandlanadigan detallar chetlarini tayyorlashga va payvandlash uchun yigʻishga, hamda mahkamlash sxemasi va buning uchun kerak boʻladigan texnologik jihozlarga doir talablarni taʼminlovchi tadbirlar;
b) choklarni qizdirmay turib payvandlash uchun ruxsat etilgan harorat, hamda payvandlash olib borilayotgan hududdagi shamolning ruxsat etilgan tezligi;
v) rezervuar konstruksiyalarni payvandlaganda, payvand choklarining sovuq tezligiga doir talab qilinadigan diapazonni taʼminlovchi shart-sharoitlar;
g) payvandlash ishlarini qishning (sovuq) sharoitlarida oʻtkazish (agar zarurat ish grafigida koʻzda tutilgan boʻlsa) texnologiyasiga doir koʻrsatmalar.
294. IBRda rezervuar konstruksiyalarning talab qilinadigan geometrik aniqlikni taʼminlovchi chora-tadbirlar nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Shuningdek, IBR da rezervuar tanasidagi yupqa devorli qoplamaning barqarorligining yoʻqolishiga va uning yuzasida botiq va boʻrtmalar hosil boʻlishiga olib keluvchi payvand choklarining choʻkishidagi termodeformatsion jarayonni toʻxtatish yoki uni oʻz holiga qaytarish boʻyicha tadbirlar bayon etilishi kerak.
295. Agar montajlash komplektining ishchi hujjatlarida rezervuarning biror payvand choklariga termik ishlov berish nazarda tutilgan boʻlsa, IBRda mazkur topshiriqni bajarish boʻyicha texnologiya ishlab chiqilib, unda termik ishlovning usuli, rejimi va termik ishlov berilgan ulanmalarning sifatini tekshirishga doir koʻrsatmalar berilgan boʻlishi kerak.
296. IBRda rezervuarning har bir payvand chokini nazorat qilish usuli va hajmini oʻz ichiga olgan payvandli ulanmalar sifatini tekshirish boʻyicha dastur ishlab chiqilishi zarur.
2 - §. Payvandlashning tavsiya etiladigan turlari
297. Rezervuar konstruksiyalarini payvandlash texnologiyasi va uni bajarish usulini tanlash quyidagilarni taʼminlashi zarur:
a) payvandlashdagi ish hajmi (eritilgan metall massasi), payvandlash uskunalariga va texnologik jarayonni uyushtirishga ketgan sarf-xarajatlarni hisobga oluvchi yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni;
b) muayyan sharoit va mexanik xossalar (mustahkamlik, egiluvchanlik, qattiqlik, zarbiy qovushqoqlik va sovuqbardoshlik) kompleksidagi talabchanlik darajasini nazarda tutuvchi payvand choklaridagi metallni bir xil va yoppasiga joylashuvidagi oliy darajani;
v) payvandlanadigan konstruksiyalardagi deformatsiya holatlarining eng minimal darajada boʻlishini.
298. Rezervuar konstruksiyalarini zavod sharoitida tayyorlaganda, varaq (list) li konstruksiyalarni flyus ostida avtomatik usulda yoki panjarasimon konstruksiyalar va uskunalarni argon gazi bilan karbonat angidridi gazi aralashmasi yordamida mexanik usulda payvandlanadi. Flyus ostida avtomatik tarzda rezervuar tasmalarini payvandlaganda, payvandlovchi uskunani chok boʻylab elektrodni yuritadigan tizim bilan jihozlash zaruriy shart hisoblanadi.
299. Rezervuarlarni rulonli yarimtayyor ashyolardan qurishda, hamda varaq (list)lab montaj qilishdagi payvandli ulanmalarning turli xillarini payvandlash usullari 6.1 va 6.2 - jadvallarda tavsiya etilgan.
300. Qoʻlda yoysimon usulda payvandlashda, nisbatan koʻp issiqlik hosil boʻlishi va uning oqibatida payvandlash bilan bogʻliq deformatsiya roʻy berishi hamda mazkur usulning past samaradorligini inobatga olib, rezervuarlarni qurishda ushbu usuldan chegaralangan miqdorda (eng zarur paytlardagina) foydalanish lozim.
Shamol esib turgan paytda, karbonat angidrid gazini qoʻllab payvandlash oʻtkazayotganda, gaz alangasini himoyalash va boʻshliq hosil qilaolishini taʼminlovchi choralar qoʻllash yoki shamoldan toʻsish tadbirlarini amalga oshirish lozim.
Barcha turdagi payvandlash choklari hosil qilish uchun qoʻlda yoysimon usulda payvandlashda, 305-punktdagi talablarni inobatga olish zarur.
3 - §. Konstruksiyalarni payvandlashga tayyorlash va yigʻishga doir talablar
301. Payvandlash ishlari boshlanguncha rezervuarning barcha ulanadigan joylarini tekshiruvdan oʻtkazib, quyidagi texnologik mezonlar boʻyicha payvandlashga qabul qilinishi kerak:
a) payvandlashga tayyorlangan elementlar chetlarining geometrik perimetrlari (chetidagi yoʻnilgan burchakning kattaligi, ulanmalardagi tirqishlar, tekislik darajasi, chetlarning oʻzaro siljishi) loyiha boʻyicha ruxsat etilgan qoʻyimlar miqyosida boʻlishi;
b) qirgʻoq (chet) larning yuzasi, hamda ularga yaqin joy kengligi 20 mm oraliqda iflos va kirlardan tozalanishi;
v) payvandlanadigan elementlarni mahkam ushlab turadigan yigʻuv moslamalari, choklarda haddan tashqari choʻzilish roʻy berishi va payvandlanadigan elementlar bir- biriga nisbatan siljib (jilib) ketishiga barham berish uchun yetarli darajada qattiq va mustahkam boʻlishi.
302. Payvandlanadigan elementlar chetlarini mahkamlashni maxsus yigʻish moslamalari yordamida bajarish maqsadga muvofiqdir.
Montaj qilinadigan devor choklarini elektrtutqichlar bilan mahkamlash zarur boʻlganda, ularni chok hosil qilinayotgan devorning orqa (teskari) tomoniga joylashtirish lozim. Tutqichlar soni iloji boricha kamroq boʻlgani maʼqul. Chok tagiga ishlov berilayotganda, mazkur tutqichlar olib tashlanadi.
Burchakli va bir-birining ustiga chiqarib payvandlanadigan joylardagi tutqichlarni yaxshilab jilolab, tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyin eritib yuborish mumkin. Mazkur ishlarni yuqori malakali payvandlovchilar bajarishi kerak.
303. Payvandlanishi kerak boʻlgan ulanma joylarni payvand ishlari rahbari qabul qilib olib, montaj ishlarini nazorat qilish jurnaliga yozib qoʻyadi.
4 - §. Payvandli ulanma (chok) larni bajarish texnologiyasi va unga doir talablar
304. Rezervuar konstruksiyalarini payvandlash usullari, rejimi va texnikasi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
a) payvand choklarining loyihada belgilangan mexanik xossalarining belgilangan darajada boʻlishi;
b) payvand choklaridagi metallning bir xillik va yaxlitlik zarurati;
v) poʻlat rusumi, uglerod ekvivalenti, metallning qalinligi, payvandlash rejimi (pogonli energiya), payvand chokining konstruksiyasi, atrof-muhitdagi haroratga bogʻliq boʻlgan, payvandlanadigan ulanmalarning optimal (qulay) sovush tezligi;
g) kuchlanish konsentratsiyasining minimal koeffitsiyenti;
d) payvand oqibatida roʻy beradigan deformatsiyaning va elementlarning oʻzaro siljish oʻlchamining minimal miqdori;
e) erkin chok hosil qilish usulida payvandlaganda har bir eritilgan chok (oʻtish) shaklining koeffitsiyenti 1.3 dan 2.0 gacha boʻlishi.
305. Rezervuar konstruksiyalarini sovuq (qish) paytlarda payvandlaganda, metallning haroratini muntazam ravishda nazorat qilib turish, hamda chokdagi metallning choʻkishi (qotishi) mazkur metall rusumi uchun moʻljaldagi meʼyordan ziyod boʻlganda, payvandlanadigan qirralarni oldin payvandlash jarayoni bilan birga yoki payvandlashdan keyin qizdirishni tashkil qilish zarur.
Qizdirish uchun zarur harorat va qizdirish sxemasi IBRda belgilangan boʻlishi kerak. Poʻlatga xos sovush tezligining ishchi diapazoni, uglerod ekvivalenti, metall qalinligi, payvandlash usuli, pogon boʻyicha energiyaga bogʻliq boʻlgan, elementlar chetlarini qizdirish talab qilinmaydigan minimal harorat ham texnologik loyihada koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Elementlar qirralaridagi metall, odatda, chokdan har ikkala tomonga 100 mm oʻlchamda qizdiriladi.
Qishda payvandlash oʻtkazilayotganda, havoning haroratidan qatʼiy nazar, payvandlanadigan qirgʻoqlaridagi namlikni quritish zarur.
306. Payvandlashda ochiq yoy usulini qoʻllaganda, ish bajarilayotgan hududdagi shamolning tezligini tekshirib turish lozim. Qoʻllanilayotgan payvandlash usuli va payvandlash materiallarining rusumiga qarab, shamol tezligining ruxsat etilgan darajasi IBRda koʻrsatilgan boʻlishi zarur. Shamolning tezligi ruxsat etilgan meʼyordan ziyod boʻlganda, payvandlash ishlarini toʻxtatish yoki mazkur joyni tegishli darajada himoyalash (ixotalash) tadbirlarini qoʻllash kerak.
307. Payvandlash ishlari barqaror rejimda oʻtkazilishi lozim. Payvandlash uskunasi ulanadigan elektr tarmogʻidagi tok kuchi va kuchlanishining ogʻishi belgilangan meʼyordan ±5 % ra oshmasligi lozim.
308. Rezervuardagi barcha payvandlab ulashning ketma-ketligi va alohida har bir payvand chokni hosil qilish sxemasi, minimal payvandlash deformatsiyasi va elementlarning oʻzaro siljish sharoiti taʼminlanishiga bogʻliq holatda, IBR koʻrsatmalariga muvofiq bajarilishi kerak.
Rezervuar devoridagi montaj ulanmalarda avval ichki tomonidagi choklar payvandlanadi.
309. Yomgʻir, qor yoqqanda rezervuar ustida payvandlash ishlarini oʻtkazish mumkin emas. Odatda, payvandlanadigan elementlar qirgʻoqlarini yogʻin-sochin (namlik) dan saqlash tadbirlarini qoʻllash lozim.
310. Rezervuarning tubi va devorlaridagi payvandli ulanmalarni qoʻlda yoki mexanizatsiyalangan usullarda, odatda, kamida 2 qavat qilib yasaladi. Qilingan har bir qavatni alohida koʻzdan kechirib chiqib, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
311. Payvand choklardagi nuqsonlarni mexanik usulda (shlifmashina yoki pnevmozubila yordamida) yoki havo-yoy oqimi bilan (kesilgan joylarni jilolash sharti bilan) bartaraf etiladi.
312. Payvand choklaridagi nuqsonli uchastkalarni texnologiyada koʻzda tutilgan usul va materiallar bilan eritib payvandlanadi. Tuzatilgan uchastkalar qaytadan fizik usullar vositasida tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Agar tuzatilgan uchastkada yana nuqsonlar uchrasa, payvand chokni taʼmirlash, payvandlash ishlarining rahbari barcha texnologik operatsiyalarni tekshirish sharti bilan bajaradi.
Bajarilgan taʼmirlash ishlari haqidagi maʼlumotlar montaj-payvandlash ishlarining sifatini tekshirish jurnaliga yozib borilishi zarur.
Bir hudud (uchastka) ning oʻzida 3-martalab payvand choklarini taʼmirlash ishlarini texnologik loyihani ishlab chiquvchi tashkilot bilan kelishib bajariladi.
313. Rezervuar korpusiga payvandlab ulab qoʻyilgan texnologik moslamalar, odatda, mexanik usul bilan yoki kislorodli keskich bilan (kesilgan joyni asosiy metallga oʻxshatib eritib yuborish sharti bilan) olib tashlanadi va mazkur yuzalarning sifati tekshiruvdan oʻtkaziladi. Mazkur joylardagi asosiy metallni yulib olish yoki kesib yuborish mumkin emas.
314. Payvandlashdan keyin chok va uning atroflarini shlak va metall zarrachalardan tozalash lozim.
VII bob. PAYVANDLI ULANMALAR (ChOKLAR) SIFATINI NAZORAT QILISh
1 - §. Umumiy talablar
315. Rezervuar konstruksiyalarning yasash va montaj qilishdagi ishlar sifati buyurtmachi, yasovchi tashkilot va montaj qilgan korxona tomonidan nazorat qilib boriladi.
316. Rezervuar qurilishi ustidan mualliflik tekshiruvini loyihalovchi olib boradi.
Buyurtmachi va loyiha tashkilotining vakillariga mualliflik nazoratini olib borish uchun rezervuar konstruksiyalarini tayyorlash va montaj qilish ishlari olib borilayotgan barcha joylarga erkin kirib-chiqish va ishchi hujjatlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
317. Rezervuarlarni qurish borasida payvandli ulanmalarning sifatini quyidagi turlar boʻyicha nazorat qilib boriladi:
a) kafolatlovchi namunalardagi payvandli ulanmalarni mexanik yoʻl bilan tekshirish;
b) rezervuardagi barcha payvand choklarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish;
v) andaza (shablon)lar, chizgʻichlar, shayton va geodezik asboblar yordamida oʻlchov nazoratini oʻtkazish;
g) “boʻr-kerosin”, vakuum-kamera, ortiqcha havo bosimi yoki rangli defektoskopiya kabi tajribalar oʻtkazib, payvand choklaridagi germetiklik (oʻtkazuvchanlik bor-yoʻqligi) ni tekshirish;
d) ichki nuqsonlarni aniqlash uchun radiografiya yoki ultratovushli defektoskopiya, yuzadagi nuqsonlarni, biroz ochib koʻrish yoʻli bilan topish uchun esa — magnitografiya yoki rangli defektoskopiya kabi fizik usullarni qoʻllash;
e) gidravlik va pnevmatik usulda rezervuar konstruksiyasidagi mustahkamlikni sinash;
j) magnit usuli bilan tekshirish.
2 - §. Tekshiruvni tashkil qilish
318. Loyihaviy hujjat (IBR)da rezervuar konstruksiyasidagi barcha payvand choklarini nazorat qilish usuli va hajmlari, payvand choklaridagi nuqsonlarni baholash meʼyorlari, ish bajarish tartibi (birin-ketinligi) koʻrsatilishi kerak.
319. Payvand choklari sifatini tekshirishni tashkil qilish boʻyicha javobgarlik, odatda, tayyorlovchi (yasovchi) va montaj qiluvchi korxonalardagi payvandlash ishlari boʻyicha rahbarlar zimmasiga yuklatiladi.
320. Rezervuarlardagi payvand choklarni fizik usulda tekshirishni oʻtkazish maxsus buyurtma asosida bajariladi. Buyurtmada ulash tavsifi, turi va chok kategoriyasi, metallning qalinligi va rusumi, joylashgan oʻrni, sinash ishlarining hajmi koʻrsatilishi lozim.
3 - §. Vizual (razm solib) nazorat qilish
321. Rezervuardagi payvandlab ulangan barcha choklar 100 % hajmda vizual nazoratdan oʻtishi kerak.
322. Tashqi koʻrinishi boʻyicha payvand choklari quyidagicha talablarga javob berishi lozim:
a) choklar shakli va oʻlchamlari boʻyicha loyihada belgilangan meʼyorlarga mos boʻlishi;
b) choklarning yuzasi tekis (ravon) yoki bir qolipdagi tangachasimon (baland- pastligi 1 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak) boʻlishi;
v) chokdagi metall asosiy metall bilan tekis qoʻshilib ketishi kerak;
g) choklarda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan tashqi nuqsonlar boʻlmasligi lozim.
323. Rezervuar konstruksiyalaridagi payvand choklarda ruxsat etilmaydigan tashqi nuqsonlarga barcha oʻlchamdagi va turdagi darzliklar, metallning erimay qolishi, erigan metallning toʻplanib qolishi, dagʻal tangachalar hosil boʻlishi, koʻrinib turgan (tashqi) boʻshliqlar, boʻshliqlar qatori, metallning oʻta kuyib ketishi, qavariqlilik va sh.k. lar kiradi.
Tekshirish uchun asosiy metallni kesish (yoʻnish) dagi oʻlchamlar 7.1-jadvalda koʻrsatilgandan katta boʻlmasligi kerak.
Izoh: Kesilgan joyning uzunligi varaqda chok uzunligining 10 % dan ziyod boʻlmasligi kerak.
324. Ulangan choklardagi qavariqlik 7.2-jadvalda berilgan miqdordan ziyod boʻlmasligi lozim. Elektryoy bilan qoʻlda payvandlaganda chok qavariqligining maksimal qiymati 3 mm gacha mumkin.
325. Bir xil qalinlikdagi detallarni ulashda payvandlanadigan qirralarning oʻzaro siljishi quyidagi meʼyordan katta boʻlmasligi kerak:
a) qalinligi 10 mm gacha boʻlgan detallar uchun — 1.0 mm;
b) qalinligi 10 mm dan katta boʻlgan detallar uchun — qalinligining 10 %, lekin eng koʻpi bilan 3 mm.
326. Burchaklardagi choklarda hosil boʻlgan boʻrtma va botiqlar oʻlchami chok kateti kattaligining 20 % dan ziyod boʻlmasligi zarur.
327. Burchaklardagi choklar katetining kichrayishi 1 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Burchakli choklar katetining kattalashishi quyidagi oʻlchamlardan katta boʻlmasligi kerak:
a) uzunligi 5 mm gacha boʻlgan katetlarda — 1.0 mm;
b) uzunligi 5 mm dan katta boʻlgan katetlarda — 2.0 mm.
328. Payvand choklar kesishgan va nuqsonlari tuzatilgan joylardagi hosil boʻladigan kuchlanish konsentratsiyasi chokning asosiy metallga qoʻshilgan joyini bir tekisda boʻlishi hisobiga minimal darajasiga erishish taʼminlanishi lozim.
4 - §. Germetiklikni tekshirish
329. Rezervuarning germetiklik (jipsligi)ni, hamda ponton va suzuvchi tomlarning suzuvchanligi (harakati) ni va germetikligini taʼminlovchi barcha payvand choklari germetiklik (jipslik) ka tekshiriladi.
330. Payvand choklarining germetikligini “boʻr-kerosin” usuli bilan tekshirganda, choklarni kerosin bilan yaxshilab hoʻllab chiqiladi. Chokning orqa tomonini oldin boʻr yoki kaolinning suvli suspenziyasi (eritmasi) bilan qoplab qoʻyiladi. Agar boʻyalgan joyda kerosin dogʻi hosil boʻlsa, chokdagi germetiklik buzilgan boʻladi.
Kapillyar usulda tekshirish davomiyligi (vaqti) metallning qalinligi, payvand chokning turi va sinov oʻtkazish paytidagi havoning haroratiga qarab belgilanadi. Payvand chok ustida, yuzasida nuqson borligi haqida indikator surtgandan kamida 1 soat oʻtgandan keyin xulosa qilinadi.
331. Payvand choklarni vakuum usulida germetiklikka tekshirishda, vakuum-kameralardagi, tekshiriladigan uchastkadagi bosimni eng kamida 250 mm N20 gacha oʻzgartirib (tushirib) havo siyraklashtiriladi. Bosimning oʻzgarishini vakuummetrlar yordamida tekshirib boriladi. Payvand chokdagi nozichlik chok ustiga surtilgan sovunli yoki boshqa koʻpikchalar hosil boʻlishiga qarab aniqlanadi.
332. Devorlaridagi varaq (list) larning qalinligi 12 mm dan katta boʻlgan joylardagi payvand choklarining germetikligini oʻlchash shart emas.
333. Rezervuardagi lyuklar va quvurchalar bor joylardagi mustahkamlovchi varaq (list) li qoplamalar oʻrnatilgan (payvandlangan) choklarning germetikligini bosim yordamida tekshiriladi. Mazkur jarayonda mustahkamlovchi qoplamadagi nazorat teshigi orqali devor bilan qoplama orasidagi tirqishda 400 dan 4000 mm N20 gacha darajada havo bosimini hosil qilib tekshiriladi. Ayni paytda rezervuarning ichidagi va tashqarisidagi payvand choklariga, sizib chiqish (oqish) ni aniqlashga yordam beruvchi sovunli, zigʻir moyi yoki boshqa koʻpik hosil qiluvchi modda surtib qoʻyiladi. Sinov tugaganidan keyin nazorat teshigini korroziyaga qarshi ingibitor bilan toʻldirib qoʻyiladi.
334. Rezervuar tomi qoplamasidagi payvand choklarning germetikligini tekshirishni rezervuarda gidravlik va pnevmatik sinov oʻtkazish jarayonida rezervuar ichida 150—200 mm N20 miqdorda ortiqcha havo bosimini hosil qilib oʻtkaziladi.
5 - §. Tekshirishning fizik usullari
335. Rezervuardagi payvand choklarni fizik usulda tekshirish boʻyicha ish hajmi quyidagilarga bogʻliq holatda, metall konstruksiyaga oid ishchi hujjatlarda belgilangan boʻladi:
a) xavflilik darajasiga koʻra rezervuar klassi;
b) payvand chokning kategoriyasi;
v) payvand choklar uchun moʻljaldagi kuchlanish darajasi;
g) ishlatish paytidagi harorat, toʻldirish sikli (marotabasi), rayonning seysmiklik holati va boshqalarni inobatga olib, rezervuar uchun belgilangan rejim va shart-sharoitlar.
336. Radiografik yoki ultratovushli (rentgenografiya, gammagrafiya) usulda tekshirish, hajmi 1000 m3 va undan ziyod boʻlgan barcha rezervuarlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga koʻra radiografik usulda tekshirish bilan birga rentgentelevizion nazoratni ham oʻtkazish mumkin.
Radiografik tekshiruv payvand choklarni vizual nazoratdan oʻtkazilgandan keyin bajariladi.
Payvand choklarining kesishgan joylarini tekshirish uchun rentgen plenkasini “T” simon yoki xochsimon shaklda har bir kesishgan joy uchun 2 tadan plenka joylashtiriladi.
Olingan rasmlarning boʻyi (uzunligi) 240 mm, eni esa tegishli standartlarga mos boʻlishi kerak.
Rasm (plenka) larning sezgirligi mazkur standartlarning 3-klassiga toʻgʻri kelishi lozim.
Plenkalarga rezervuarning roʻyxatga olingan tartib raqami, tekshirilayotgan konstruktiv elementning raqami, hamda mazkur elementning chizmasida koʻrsatilgan rentgengramma raqami yozilgan boʻlishi zarur.
Qalinligi 8 mm va undan katta boʻlgan detallarning ulanmalarini radiografik oʻrniga ultratovushli defektoskopiya usuli bilan tekshirish mumkin.
337. Payvand choklarning ichidagi nuqsonlarni radiografik usul bilan tekshirib baholash, tegishli standartlarga muvofiq boʻlishi va quyidagilarga mos kelishi shart:
a) xavfliligi IV-klassga mansub rezervuarlar uchun — 6-klass ulanmalariga;
b) xavfliligi Sh-klassga mansub rezervuarlar uchun — 5-klass ulanmalariga;
v) xavfliligi I, P-klassga mansub rezervuarlar uchun — 4-klass ulanmalariga.
Choklarda yaxshi eritilmagan yoki suyultirilmagan joylar boʻlishi mumkin emas.
338. Radiografik usul rezervuar devori bilan tubining chetlari qoʻshilgan joylardagi payvand choklarini tekshirishda qoʻllaniladi.
Rentgenogrammalarning soni va ularning joylashuvi quyidagi taxlitda, yaʼni rezervuar devorini tashkil qiluvchi tasmalarning oʻrni 7.3-jadvalga muvofiq belgilandi.
Izoh: 1. Tekshiruv oʻrnini tanlashda choklar kesishgan joylarga koʻproq eʼtibor berish
2. Rulonli listlardan yigʻilgan (yasalgan), hajmi 1000 m3 va undan kata rezervuarlarning montaj choklarini butun uzunligi boʻylab 100 % hajmda tekshirilishi shart.
339. Payvand choklarda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlar aniqlanganda, ushbu nuqsonlar tarqalgan uchastkaning chegarasini belgilab chiqish, undan tashqari, nuqsonlar chegarasini aniqlash uchun qilingan rasmlardan tashqari nuqson sodir etgan payvandchi hosil qilgan ushbu (nuqsonli) chok yoki boshqa choklarning qoʻshimcha tarzda rasmini olish zarur. Rentgenogrammalar joylashuvini koʻrsatadigan sxemada yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlar topilgan va tuzatilgan joylar koʻrsatilishi kerak. Agar payvand chokidagi nuqsonlar darajasi 10 % dan ziyod boʻlsa, tekshirish hajmini ikki barobar koʻpaytirish lozim.
340. Ultratovushli defektoskopiya payvand choklardagi ichki nuqsonlar (darzliklar, yaxshi erimagan va shaklli, gaz pufakchalari bor joylar) ni aniqlash, nuqsonlar miqdorining ular tarqalgan ekvivalent maydonning joylashuv yoʻnalishi va koordinatini belgilash uchun qoʻllaniladi.
341. Ultratovushli defektoskopiya mavjud standartlarga muvofiq ravishda oʻtkaziladi.
342. Magnit yoki rangli defektoskopiya usullari asosiy metall va payvand choklar yuzasidagi koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydigan nuqsonlarni aniqlash uchun qoʻllaniladi. Quyidagilar magnit yoki rangli defektoskopiya usullari bilan tekshiriladi:
a) saqlanadigan mahsulotining harorati 120 °S dan yuqori boʻlgan rezervuarlar devoridagi barcha vertikal payvand choklar va devor bilan rezervuar tubi qoʻshilgan joydagi payvandli ulanmalar;
b) lyuklar va rezervuar devoriga payvandlab ulangan quvurchalardagi payvand choklariga termik ishlov berilgandan keyin;
v) oqish chegarasi 345 MRa dan yuqori boʻlgan, rezervuar devorlarini tashkil etuvchi varaq (list) lar yuzasidagi texnologik moslamalar olib tashlangan joylar.
343. Rezervuarlarni gidravlik usulda sinash davomida mahsulot oqib (sizib) chiqqan yoki terlashlar paydo boʻlgan joylar belgilanib, yaroqsizlikka chiqariladi. Rezervuarni toʻliq boʻshatilgandan keyin mazkur nuqsonli joylarda zarur taʼmirlash ishlari va takroriy tekshiruv oʻtkaziladi.
344. Turgʻun tomlar qoplamasi va ularning rezervuar devorlariga tutashgan joylaridagi nuqsonlar rezervuarni pnevmatik usulda sinaganda koʻpik hosil qiluvchi eritma bilan qoplangan choklarda pufakchalar paydo boʻlishiga qarab aniqlanadi.
VIII bob. REZERVUARNI XAVFSIZ IShLATISh UChUN QOʻLLANILADIGAN USKUNALAR
1 - §. Umumiy talablar
345. Mazkur Qoidalar rezervuarni xavfsiz ishlatish uchun quyidagi qurilma va uskunalar bilan jihozlanishi shartligini koʻzda tutadi:
a) havo olish klapanlari;
b) saqlagich klapanlari;
v) olovli saqlagichlar;
g) nazorat va signal berish asboblari (sathoʻlchagichlar, pasaytirilgan namunaolgichlar, sath signal bergichlar, gaz muhitidagi bosimni nazorat qiluvchi manometrlar);
d) paqildoqlar;
e) yongʻinga qarshi uskunalar;
j) isitish (qizdirish) uskunalari;
z) qabul qilish taqsimlash quvurchalari;
i) tozalash quvurchalari;
k) ventilatsiya quvurchalari;
l) lyuklar-tuynuklar;
m) yorugʻlik lyuklari;
n) oʻlchash uchun lyuklar.
2 - §. Havo soʻrish apparaturalari
346. Havo soʻrish apparaturalari rezervuarning turgʻun tomlariga oʻrnatiladi va ular loyihada belgilangan bosim va vakuumni yoki ular yoʻqligini (havoli rezervuarlar va pontonli rezervuarlar uchun) taʼminlashi kerak. Birinchi holatda havo soʻrish apparaturalari birga ishlaydigan havo soʻrish klapanlari (bosim va vakuum klapanlari) koʻrinishida yasaladi, ikkinchi holat uchun esa ventilatsiya (shamollatish) quvurlari koʻrinishida yasaladi.
347. Havo soʻruvchi, saqlagich klapanlar va ventilatsiya quvurchalarining minimal havo oʻtkazish imkoniyati qabul qilish-tarqatish operatsiyalari (avariya sharoitlari ham) ning minimal unumdorligiga koʻra quyidagi formulaga binoan belgilanadi.
Ichki bosim boʻyicha klapanning havo oʻtkazish imkoniyati, m 3 /h:
Q= 2,71M1 + 0,026 V; (28)
vakuum boʻyicha klapanning havo oʻtkazish imkoniyati, m 3 /h,
Q= M2 + 0,22V; (29)
Ventilatsiya quvurchasining havooʻtkazish imkoniyati, m3 /h, yoki
Q= M2 + 0,22 V koʻp-ozligiga qarab, (31)
bunda: M1 — mahsulotni rezervuarga quyish unumdorligi, m3/h;
M2 — mahsulotni rezervuardan boʻshatish unumdorligi, m3/h;
V — rezervuarning toʻliq hajmi (turgʻun tom ostidagi gazli joy bilan), m3.
Rezervuarni ishga tushirgandan soʻng, havo soʻrish apparaturalarining havo oʻtkazish imkoniyatiga doir hisob-kitobni oʻzgartirmay, hamda avariya sharoitlarida mahsulotni rezervuardan chiqarishga oid unumdorlikni koʻtarmay turib, qabul qilish-tarqatish operatsiyalarining unumdorligini oʻzgartirish mumkin emas.
Pontonli rezervuarlardagi ventilatsiya quvurlarining minimal miqdori 146-punktda berilgan.
Saqlagich klapanlar havo soʻruvchi klapanlar bilan birga ishlashi uchun saqlagich klapanlarni ichki bosim va vakuum miqdori 5 — 10 % ga koʻtarilganda ham ishlaydigan qilib sozlash kerak.
348. Havo soʻruvchi va saqlagich klapanlar, rezervuarga maʼlum vaqt ichida alanga kirishidan himoyalovchi olovdan saqlovchi klapanlar bilan birga oʻrnatilishi lozim.
349. Havo soʻruvchi klapan ostida mahsulot bugʻlanib, isrof boʻlishini kamaytirish uchun klapan bilan birga butlangan qaytargich disk oʻrnatish zarur.
350. Vertikal silindrik rezervuarlardagi havoolgich armaturalar loyihada qayd etilgan ortiqcha bosim va vakuumga mos boʻlib, normativ hujjat talablariga javob berishi kerak. Tashqi muhitning iqlimiy omillari taʼsiriga dosh beraolishi boʻyicha klapanlar GOST 15150 va GOST 16350 ning 1 grafasiga muvofiq V-kategoriyali qilib yasaladi.
351. Rezervuardagi bosimni tekshirib turish uchun oʻlchash lyuklarining qopqogʻiga berkituvchi qurilmali shtutser oʻrnatish lozim va ushbu shtutser orqali rezervuarga manovakuummetr, bosim va vakuumning chegaraviy miqdori haqida xabar beradigan avtomatik signalizator va boshqa asboblar ulanadi.
352. Yilning sovuq pallalarida harorati 0° S dan yuqori boʻlgan neftʼ va neftmahsulotlari quyiladigan rezervuarlar muzlab qolmaydigan havo olgich klapanlari bilan jihozlanishi lozim.
353. Gorizontal rezervuarlar uchun moʻljallangan havo olish klapanlarini vertikal rezervuarlarga oʻrnatish mumkin emas.
354. Neft va benzin saqlanadigan va bugʻlanish oqibatida isrof boʻlishni kamaytiruvchi vositalar bilan jihozlanmagan rezervuarlardagi havo olish klapanlari ostiga qaytargich-disklar oʻrnatish zarur.
3 - §. Avtomatika va NOʻA
355. Mahsulot sathini nazorat qilish asboblari, mazkur joyning oʻzida yoki masofadan turib, tezkor usulda rezervuardagi mahsulot sathini aniqlashni taʼminlashi kerak. Mahsulotning maksimal sathi, nasos uskunalarning ishini toʻxtatishga xabar beradigan eng kamida 2 ta sath signalizatorlari orqali nazorat qilinadi. Suzuvchi tomli yoki pontonli rezervuarlarda oʻzaro teng masofalarda kamida 3 ta sath signalizatorlari oʻrnatilishi lozim.
356. Mahsulotning maksimal sathini bildiruvchi signalizatorlar yoʻqligida, quyilayotgan mahsulot sathi loyihada belgilanganidan ziyod boʻlishining oldini oluvchi, rezerv idish yoki toʻkish quvuroʻtkazgichiga ulangan quyish (chiqarib tashlash) qurilmasi koʻzda tutilishi kerak.
4 - §. Yongʻin xavfsizligi qurilmalari
357. QMQ 2.09.19, RDPB 01-001 va idoraviy normalar talablariga muvofiq, yongʻin xavfsizligi qurilmalari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi va rezervuarlarni sovutish qurilmalariga boʻlinadi (14, 15-ilovalar).
358. Koʻpikli oʻt oʻchirish qurilmalari rezervuarlarga qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq turgʻun avtomatik yoki koʻchma oʻt oʻchirish qurilmalari tarkibida oʻrnatilishi kerak.
Koʻpikli oʻt oʻchirish qurilmasi tarkibiga koʻpik hosil qiluvchi generatorlar, koʻpik hosil qiluvchi eritmani uzatuvchi quvurlar, koʻpik generatorlariga xizmat koʻrsatuvchi maydonchalar kiradi.
Koʻpik generatorlari turgʻun tomli rezervuarlarning eng yuqori poyasiga yoki suzuvchi tomli rezervuarlar uchun devordan balandroqqa kronshteynlarga mahkamlab oʻrnatiladi.
Quvuroʻtkazgichlarni rezervuar devoriga mahkamlab oʻrnatishda, III bobning 13 - § da bayon etilgan devorning va konstruksiyalarning siljishini hisobga olish zarur.
Oʻt oʻchiruvchi koʻpikni pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarning zichlovchi zatvor zonasida ushlab turish uchun suzuvchi tomning perimetri boʻylab halqa-toʻsiq oʻrnatilishi kerak. Mazkur toʻsiqning eng yuqori qirgʻogʻi zichlovchi zatvordan kamida 200 mm baland boʻlishi kerak.
359. Sovutish qurilmalari (turgʻun sovutish qurilmalari), mavjud qurilish meʼyorlari va qoidalari, hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan yongʻinga qarshi meʼyorlarga mos ravishda rezervuarlarga oʻrnatilishi lozim.
Sovutish qurilmasi, suvni purkagich (perforatsiya, sprinkler yoki drencherli kallak) eng yuqoriga oʻrnatilgan gorizontal halqasimon suv sepish quvuroʻtkazgichi va u bilan oʻt oʻchirish suv tarmogʻini quruq vertikal quvurlar bilan bogʻlovchi pastdagi halqasimon quvuroʻtkazgichdan iboratdir.
Halqasimon quvuroʻtkazgichlar rezervuar devorlariga payvandlangan kronshteynlarga tayanib turadi.
Quvuroʻtkazgichlar xomutlar yoki boltli skobalar bilan mahkamlanadi.
360. Mazkur idishlarda qavatlab oʻt oʻchirish tizimidan foydalanish afzalroq hisoblanadi.
5 - §. Yashindan himoyalovchi qurilma
361. Rezervuarlarga oʻrnatiladigan yashindan himoyalovchi qurilma bino va inshootlarni yashindan himoyalash qurilmasi va loyihalash boʻyicha yoʻriqnoma (RD 34.21.122) ga muvofiq loyihalanadi.
362. Rezervuarlardagi yashindan himoyalovchi qurilma tuzilishi boʻyicha II-kategoriyaga mansub boʻlib, bevosita yashin urishdan, elektrostatik va elektromagnit induksiyadan, katta kuchlanishlarni quvuroʻtkazgichlar orqali oʻtib ketishidan muhofazalangan boʻlishi kerak.
363. Rezervuarlarning eng pastki poyaslari tokoʻtkazgichlar orqali 50 m dan koʻp boʻlmagan masofada devor perimetri boʻylab oʻrnatilgan yertutash tizimiga ulab qoʻyiladi. Yertutash qilib ulangan joylar rezervuarning diametral qarama-qarshi tomonlarida kamida 2 ta boʻlishi shart. Tokoʻtkazgichlar yertutashtiruvchi tizimga payvandlab ulanadi. Ayrim vaziyatlarda payvandlash oʻrniga latunli bolt va shaybalar bilan mis yoki ruxdan yasalgan simlar orqali, rezervuar devoriga payvandlab qoʻyilgan, diametri 45 mm li rezbali, teshigi Ml6 ga teng, bobishkalarga ulash mumkin. Har bir ulanma (devor-tokoʻtkazgich-ertutash) dagi impulsli qarshilik 50 dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Tokoʻtkazgichlar va yertutash tizimi 8.1-jadvalda koʻrsatilgan koʻndalang kesimli poʻlat prokatlardan yasalishi lozim.
364. Bevosita yashindan himoya jarayoni alohida turgan yoki rezervuarning ustiga oʻrnatilgan yashinqabullagich (yashinqaytargich) vositasida amalga oshiriladi. Yashinqaytargich himoyalovchi hududga har bir havo soʻrish apparaturalari tepasida 5 m radiusdagi yarimshar bilan chegaralagan joylar kiradi.
Rezervuar ustiga oʻrnatiladigan yashinqaytargichlar koʻndalang kesimi kamida 100 mm2 keladigan yumaloq tayoqchalar yoki quvurlardan yasaladi. Ular rezervuarga (devorining eng yuqori poyasiga yoki turgʻun tomga) payvandlab ulanadi. Yashinqaytargichlarning zanglashdan saqlanishi uchun ruhlanadi yoki boʻyab qoʻyiladi.
365. “Rezervuarlarni uskunalash” loyihasida (“Yashindan himoyalash” boʻlimida) rezervuardagi mahsulotning elektr tafsilotlari, mahsulot quyish sharoiti va unumdorligi, materialning va rezervuar ichki yuzasining himoyalovchi qoplamaning xossalariga koʻra, rezervuarni elektrstatik va elektrmagnit induksiyasidan muhofazalash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Elektrstatik xavfsizlikni taʼminlash uchun rezervuarga neftmahsulotlarini sachratmay, ohista, guldiratmay (texnologiya boʻyicha aralashishning va elektrstatika xavfsizligi boʻyicha maxsus choralar koʻrilgani bundan mustasno) quyish kerak.
Neftmahsulotlar rezervuardagi qoldiq muhit ostiga tushishi kerak. Mutlaq boʻsh rezervuarga neft (neftmahsulot)ni, qabul qilish quvurchasigacha toʻlganda yoki ponton (suzuvchi tom) yuqoriga qalqib chiqquncha 1 m/sek tezlikda quyish kerak. Keyinchalik rezervuarga tushayotgan suyuqlik oqimining tezligi quyidagi miqdordan ziyod boʻlmasligi zarur:
(32) bunda,
V— oqimning tezligi, m/sek;
d— quvuroʻtkazgichning ichki diametri, m.
IX bob. REZERVUARNI SINASh VA IShLATIShGA QABUL QILISh
366. Turgʻun va suzuvchi tomli barcha rezervuarlarni gidravlik sinovdan oʻtkazish lozim. Pontonsiz, turgʻun tomli, tomiga havo soʻrish klapanlari oʻrnatilgan rezervuarlarni ichki ortiqcha bosim va vakuumga sinash kerak.
367. Rezervuarlarni sinashni, barcha montaj va nazorat ishlari tugallanib, rezervuarga quvuroʻtkazgichlarni ulashdan oldin (sinash uchun suv yuborish va toʻkishga moʻljallangan vaqtinchalik quvuroʻtkazgichlar bundan mustasno) va rezervuar atrofiga marza tortilgandan keyin oʻtkaziladi.
368. Rezervuarni sinash boshlanguncha tarkibida yasash (tayyorlash) ga, montaj qilish va rezervuarlar sifatini tekshirishga doir boʻlimlari mavjud boʻlgan texnik hujjatlar, mazkur Qoidalardagi 13-ilovaga mos qilib taqdim etilgan boʻlishi kerak.
369. Sinash ishlari IBRning tarkibiy qismi hisoblangan texnologik kartaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
370. Gidravlik sinovni rezervuarga mahsulot quyilishi kerak boʻlgan loyiha sathigacha yoki rezervuarning toʻldirish balandligini chegaralovchi nazorat tuynugi (oynasi) gacha, poyaslar boʻyicha suvni ushlab turish va nazorat koʻriklarini oʻtkazishga yetadigan fursat bilan birin-ketin toʻldiriladi.
371. Sinash vaqtida rezervuar markazidan kamida ikkita diametri oʻlchamidagi masofada butun atrofi boʻylab xavfli hududga chegarani bildiruvchi ogohlantirish belgilarini qoʻyib chiqish kerak. Xavfli hududda odamlarning boʻlishi taqiqlanadi. Ayni paytda barcha oʻlchov-nazorat asboblari, sinash oʻtkazish uchun oʻtkazilgan quvuroʻtkazgichlardagi zulfinlar, joʻmraklar, rezervuar atrofidagi marzaning va shunga oʻxshash himoya inshootining tashqarisida boʻlishi zarur.
Sinov oʻtkazayotgan shaxslar xavfli hudud chegarasidan tashqarida boʻlishlari lozim. Rezervuarni koʻrikdan oʻtkazish uchun xodimlar belgilangan sinov natijasiga erishilib, 10 min oʻtgandan keyingina kirishiga ruxsat etiladi.
Himoyalovchi devorli rezervuarlarda gidravlik sinov oʻtkazishdagi xavfli hududning chegarasini belgilashga doir xavfsizlik texnikasi talablari, sinov boʻyicha texnologik kartadagi inshootlarning konstruktiv xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
372. Rezervuarlarni sinashni atrof havoning harorati 5°S dan yuqori boʻlganda oʻtkazish lozim. Atrof havodagi harorat 5°S dan past sharoitda sinov oʻtkazganda, quvur va zulfinlardagi suv muzlab qolishi, rezervuar devorlarining muzlashining oldini oladigan tadbirlar koʻzda tutilgan dastur ishlab chiqilishi lozim.
373. Gidravlik sinov oʻtkazish paytida rezervuarning turgʻun tomiga oʻrnatilgan lyuklar va quvurcha (patrubka) lar ochiq boʻlishi zarur.
374. Pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlarni gidravlik sinashni zichlovchi berkitgichlarsiz oʻtkaziladi. Sinash paytidagi ponton (suzuvchi tom) ning tushish yoki koʻtarilish tezligi ishlatish paytidagi tezlikdan katta boʻlmasligi kerak.
Gidravlik sinov jarayonida pontonning koʻtarilish va pasayishiga qarab quyidagilarni amalga oshirish lozim:
a) rezervuar ichki yuzasining koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan erigan metall zarralari yopishib qolgan qirrali va boʻrtib chiqqan joylarni zichlovchi berkitgichning ishiga xalaqit qilmaydigan qilib tozalab tashlash;
b) ponton (suzuvchi tom) dagi koroba (quti) lar yoki bort bilan rezervuar devori oʻrtasidagi tirqishlarni oʻlchab, ularni zichlovchi berkitgich konstruksiyasiga doir talablarga mosligini tekshirish, yoʻnaltiruvchi quvurlar bilan ponton (suzuvchi tom) dagi quvurchalar orasidagi tirqishlarni oʻlchash;
v) sirpanuvchi narvon, suv tashlamasi va boshqa konstruksiyalar ishini nazorat qilish.
Zichlovchi berkitgichni rezervuardagi barcha sinov ishlari tugallanib, ponton (suzuvchi tom) tayanch ustunlarga joylashgandan keyingina oʻrnatish maʼqul. Zatvorni gidravlik sinovning suvni toʻkish stadiyasida montaj qilish lozim.
375. Rezervuarga suv quyilishi borasida uning konstruksiyalari va payvand choklari holatini kuzatib borish kerak.
Rezervuar tubining chekkalarida yoki otmostka yuzasida nam dogʻlar roʻy berganda, sinovni toʻxtatib, suvni chiqarib tashlab, nosozlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish zarur.
Sinov paytida boʻrtib chiqish, oqish (sizib chiqish) yoki devorlarda darzliklar (nosozlikning katta-kichikligidan qatʼi nazar) sezilganda sinovni toʻxtatib, quyidagi holatlarga koʻra, suvni tegishli sathgacha pasaytirish lozim:
a) I-poyasda nuqson topilganda, suvni toʻliq chiqarib tashlash;
b) II — VI poyaslarda nuqson aniqlanganda, nosoz joydan bir poyas pastgacha suv chiqariladi;
v) VII-poyas va undan yuqorida nuqson boʻlsa, V-poyasgacha suvdan boʻshatiladi.
376. Loyihada koʻrsatilgan darajagacha suv bilan toʻldirilgan rezervuar shu zaylda quyidagi muddat davomida ushlab turiladi:
a) hajmi 20000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlarni — kamida 24 soat;
b) hajmi 20000 m3 dan ziyod boʻlgan rezervuarlarni — eng kamida 72 soat.
Mazkur vaqt ichida devorlarining yuzasida yoki tubining chetlari boʻylab oqib (sizib) chiqish namoyon boʻlmasa va suvning sathi pasaymasa, rezervuar gidravlik sinovdan oʻtgan hisoblanadi. Gidravlik sinov tugaganidan keyin loyiha belgisigacha suv bilan toʻldirilgan rezervuarning vertikal (tiklik) dan ogʻishi, tubining tashqi konturidagi oʻzgarishlar (poydevor choʻkishini aniqlash uchun) oʻlchanadi.
Ogʻish chegarasi 5.2-jadvalda berilgan talablarga mos boʻlishi lozim.
Gidravlik sinov natijalari 8-ilovada berilgan shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
377. Ichki ortiqcha bosim va vakuumga sinov gidravlik sinov paytida oʻtkaziladi. Bosim va vakuumni U — simon manometr yordamida nazorat qilinadi. Mazkur manometr rezervuar atrofidagi marzadan tashqariga chiqarib turib ishlatiladi. Agar boshqa tegishli koʻrsatmalar boʻlmasa, loyihadagiga nisbatan bosim 25 % ga, vakuum 50 % gacha koʻp boʻlgani maʼqul hisoblanadi. Ushbu holatda rezervuar kamida 30 minut turishi kerak. Rezervuarni ortiqcha bosimga sinash paytida rezervuarning turgʻun tomidagi payvand choklarini 100 % hajmda koʻzdan kechirib chiqish zarur.
Ortiqcha ichki bosim va vakuumga rezervuarni sinash natijalari 9-ilovada tavsiya etilgan shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
378. Sinovdan oʻtgan rezervuarga 10-ilovada tavsiya etilgan shakl asosida konstruksiyalarni montaj qilish (yigʻish) ishlari tugallanganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Montaj ishlari tugallangandan keyin rezervuarga biror boshqa detallar va konstruksiyalarni payvandlab ulash mumkin emas. Rezervuarda, loyihada belgilangan tartibda, korroziyaga qarshi himoya, issiqlik izolatsiyasiga oid qurilmalar va jihozlar oʻrnatib, tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.
Barcha ishlar yakunlangandan soʻng, rezervuarga 11-ilovadagi shakl boʻyicha pasport yozilib, uni ishlatishga topshiriladi.
X bob. KORROZIYAGA QARShI HIMOYA
379. Neft va neftmahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlarda korroziyaga qarshi himoya tizimini ishlab chiqish QMQ 2.03.11 va GOST 21.513 talablarini va rezervuarning konstruktiv xususiyatlari, ularni ishlatish sharoitlari va rezervuarni kerak boʻlgan ishlash muddatini hisobga olgan holda bajariladi.
380. Rezervuarning ishdan chiqishiga olib keluvchi metallkonstruksiyalarning zanglab buzilishiga doir xavf-xatarni kamaytirish maqsadida, himoya qoplama qatlamlarini va zanglash oqibatida elementlar qalinligining yupqalanishini hisobga olib, rezervuar metallkonstruksiyalarini qalinroq qilish (zanglashni hisobga olingan qoʻyim) ga doir tadbirlar tizimi koʻzda tutilishi kerak.
Undan tashqari rezervuarning butun sathi (yuzasi)ni har 5 yilda bir marta davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazib, lok-boʻyoq qoplamalari buzilgan yuzali uchastkalardagi korroziya alomatlarini aniqlash va zaruratga koʻra mazkur joylardagi himoya qatlamlarini tiklash zarur. Rezervuar devorlarining yuqori poyaslarida va tomning metallkonstruksiyalarida korroziya jarayonining tez kechishi aniqlanganda, mazkur zonada qoʻshimcha ravishda inert gazlar atmosferasini hosil qilish tavsiya etiladi.
381. Himoya qoplamalarini tanlash va zanglashga doir “qoʻyim” ni belgilashda muhitning rezervuar metallkonstruksiyalari elementlariga va uning tashqi yuzasiga tajavuzkorligini hisobga olish kerak. Rezervuar metallkonstruksiyalarining elementlariga muhitning tajovuzkorlik darajasi 10.1-jadvalda berilgan. Ochiq havoda turgan rezervuar metallkonstruksiyalarining elementlariga muhitning tajovuzkorlik darajasi, atrof havoning harorat va namlik tafsilotlariga, hamda qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq atmosferadagi zanglatishga faol gazlarning konsentratsiyasiga koʻra belgilanadi.
Izoh:
1. Harorati 90°S gacha boʻlganda, mazut taʼsiri darajasi tajovuzkor hisoblanadi.
2. Xom neftdagi vodorod sulfidning konsentratsiyasi 10 mg/ l boʻlganda yoki vodorod sulfidi bilan karbonat angidridining turli nisbatda aralashmasi rezervuar tubining ichki yuzasi, pastki poyas, tom, ponton va suzuvchi tomlarning tepasi va bortlarining yuzasiga boʻlgan tajovuzkorlik taʼsir darajasi bir pogʻonaga yuqoriga koʻtariladi.
382. Kuchsiz tajovuzkor muhit taʼsiridan rezervuarning xavfsiz ishlashini taʼminlovchi qalinlik va korroziyani hisobga olib qoʻyim qoldirish yoʻli bilan oʻrtacha va kuchli tajovuzkor muhit taʼsiridan esa, himoya qoplamalarini hosil qilish va korroziyani inobatga olib qoʻyim qoldirish yoʻli bilan erishiladi. Ushbu tadbirlar natijasida rezervuarda roʻy berishi mumkin boʻlgan lokal (kichik hajmi yuzadagi) buzilishlar oqibatini kamaytirib, navbatdagi koʻrikdan oʻtkazishgacha rezervuar ishi kafolatlanadi.
383. Korroziyaga qarshi ishlar oʻtkaziladigan metallkonstruksiyalar yuzasida quyidagilar boʻlmasligi kerak:
a) payvandlash paytida hosil boʻlgan shlaklar, payvand zarrachalari, oqishlar, payvand choklaridagi notekisliklar;
b) qirqish va gaz yordamida kesish asoratlari;
v) rezervuar tanasi va suzuvchi tomning ichki tomonida radiusi 3,0 mm gacha boʻlgan, tashqarisida esa 1,5 mm gacha boʻlgan qirrasi keskir qirgʻoqlar;
g) yigʻish, montaj qilish, tashish, koʻtarish jarayonlarida foydalanilgan yordamchi elementlar va ularni payvandlab ulashdan qolgan chandiqlar;
d) payvand choklari yuzasida va yonida qolgan kimyoviy iflosliklar (flyus qoldigʻi, payvand choklardagi nuqsonlarni defektoskopiya qilishda foydalanilgan turli tarkibdagi moddalar);
e) yogʻ-moyli, mexanik va boshqa iflosliklar.
Payvand choklari asosiy metall tomonga qarab tekis oʻtishi, unda yoʻnilgan va metall oqiziqlari boʻlmasligi kerak.
Rezervuar ichidagi devorga, tubga va tomga ulangan metallkonstruksiyaning barcha elementlari atrofida tirqish va boʻshliqlar boʻlmasligi uchun yoppasiga yaxshilab eritilib, payvandlanishi lozim.
Undan tashqari metallkonstruksiyalarning ochiq havoda turadigan, atrof havoning oʻrtacha tajovuzkorligi taʼsiridagi barcha elementlarining atrofida boʻshliq va teshikchalar boʻlmasligi uchun toʻliq eritilib payvandlanishi zarur.
384. Himoya qatlamni qoplashdan oldin, metall yuzalarini boʻyash va changsizlantirish tadbirlariga muvofiq barcha yuzalar 2-darajadagi tozalikkacha yogʻsizlantirilishi, metallashgan lok-boʻyoq qoplam uchun 1-darajadagi tozalikkacha yoki GOST 9.402 boʻyicha 1-2 darajadagi tozalikkacha lok-boʻyoq qoplamdan oldin changdan tozalanib tayyorlanishi kerak.
385. Rezervuar ichidagi metallkonstruksiya elementlarini korroziyadan himoyalash uchun lok-boʻyoq yoki metallashgan lok-boʻyoq qoplamlardan, ochiq havoda turadigan elementlar uchun esa lok-boʻyoq qoplamlarni qoʻllash lozim. Har bir himoya qoplamasi eng kamida 10 yil xizmat qilishi kerak. Ochiq havoda turadigan metallkonstruksiyalarning yuzasiga lok-boʻyoqlarini surtish lozim. Lok-boʻyoq qoplamasining rangini yorugʻlik nurlarini qaytarish koeffitsiyentini hisobga olib tanlash zarur.
386. Rezervuar tubining tashqi yuzasini korroziyadan himoyalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
a) rezervuar ostidagi poydevor va tag qismlarini yerosti va atmosfera suvlaridan muhofaza qilishi kerak;
b) tub yuzasiga bitum-qum aralashmasi (massasidagi nisbat 1:9) dan iborat gidrofob (namlikdan saqlovchi) qatlamni surtgandan keyin, mazkur yuzaga himoya qoplamasini qoplash shart emas. Ishlatilgan qum va bitum tarkibida zanglashga moyil agentlar boʻlmasligi kerak.
387. Korroziyaga qarshi ishlarni bajarish borasida qurilish ishlarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi talablari va mazkur ishlarni tartibga solishga doir boshqa meʼyoriy hujjatlar talablarini hisobga olish zarur.
XI bob. ISSIQLIK IZOLATSIYASINING TUZILIShIGA OID TALABLAR
388. Rezervuarda issiqlik izolatsiyasini barpo etishni metall konstruksiya (MK) ni ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishilgan loyiha boʻyicha amalga oshirish mumkin.
389. Issiqlik izolatsiyasi faqat rezervuarning devorlarida yoki devorlar va turgʻun tomlar ustidagina boʻlishi kerak.
390. Issiqlik izolatsiyasi loyihasini ishlab chiqishda rezervuar konstruksiyasi va izolatsiya elementlarining oʻzaro uygʻunligiga doir quyidagi aspektlarni (isitgich, izolatsiya tayanchlari, tashqi qobiq) hisobga olish lozim:
a) issiqlik izolatsiyasi vaznining rezervuar elementlariga bosimi;
b) shamol taʼsiri (bosimi) va unga izolatsiya va rezervuar devorlarining dosh berishi;
v) devordagi issiqlik oʻzgarishi va izolatsiyaning tashqi elementlari orasidagi harorat farqi;
v) devordagi issiqlik oʻzgarishi va izolatsiyaning tashqi elementlari orasidagi harorat farqi;
g) gidrostatik yuk oqibatida devordagi radial siljishdan izolatsiya elementlarga boʻlgan taʼsir;
d) issiqlik izolatsiyasi yoʻq turgʻun tomning keskin sovushi (masalan, qor, yomgʻir taʼsiridan) tufayli uning elementlariga tushadigan yuk.
391. Issiqlik izolatsiyasi uchun isitish materiali sifatida zichligi eng kamida 50 kg/m3 boʻlgan mineral paxtadan yoki yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan boshqa materiallardan foydalanish mumkin.
392. Izolatsiya tayanchlari konstruksiyasiga quyidagilar kiradi:
a) rezervuarga payvandlab ulanadigan dastlabki mahkamlash elementlari;
b) dastlabki elementlarga ulanadigan ikkinchi (keyingi) mahkamlash elementlari.
Mahkamlovchi dastlabki elementlarning materiali mazkur Qoidalarning II bobida (II-guruh konstruksiyalar) bayon etilgan talablarga mos boʻlishi lozim. Dastlabki (birinchi) elementlarni rezervuarga payvandlashni odatda, faqat gorizontal choklar yoki konturi boʻylab choklar yasab, rezervuarni sinashgacha bajarilishi kerak. Ikkinchi (keyingi) mahkamlash elementlarining materiallari III guruhga mansub konstruksiya talablariga javob berishi va dastlabki (birinchi) elementlarga payvandlab yoki boshqa usulda ulanishi kerak. Mazkur ishlar rezervuarni sinab va montaj qilib boʻlgandan keyin amalga oshiriladi.
393. Tashqi qoplam uchun alyumindan tayyorlangan list (varaq) lar yoki ruhlangan poʻlat list (varaq) lardan foydalanish mumkin. Rezervuar devorlarini qoplaydigan list (varaq) larning minimal qalinligi quyidagicha boʻlishi kerak:
a) alyuminiy listlari uchun — 0,9 mm;
b) ruhlangan poʻlat listlar uchun — 0,7 mm.
Rezervuar tomiga qoplangan listlarning minimal qalinligi alyuminli listlar uchun 1,2 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Tarjimon: E.O.Otaqoʻziyev - “Neftgazmeʼyor” MChJ meʼyoriy hujjat ishlab chiqish boʻlimi muhandisi
YAKUNIY QOIDALAR
Mazkur qoidalar OʻzR “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston yonilgʻi — energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV YoXBB bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi Sh. MAXMUDOV
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisining oʻrinbosari Sh. MAJITOV
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi G.XAKIMOVA
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YoXBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari I. YULDASHEV
1-ILOVA (maʼlumot uchun)
Tavsiya etilgan parametrik qatordagi rezervuarlarning geometrik hajmi, m3
Tavsiya etilgan parametrik qatordagi rezervuarlarning geometrik hajmi, m3.
Rezervuarning geometrik hajmi rezervuar devorining butun balandligi boʻyicha ichidagi boʻshliq hajmiga koʻra aniqlanadi.
Rezervuarning foydali hajmi uning loyihaviy sathigacha mahsulot toʻlatib aniqlanadi.
Kursiv bilan belgilangan rezervuarlar yasash va montaj qilish uchun qulay hisoblanadi.
Geometrik hajmi 50 000 m3 dan ziyod boʻlgan rezervuarlarning mahsulot quyish uchun foydali hajmi 50 000 m3 dan katta boʻlmasligi kerak.
2-ILOVA (tavsiya etiladi)
Rezervuarni loyihalash va yasash uchun
BUYuRTMA BLANKI
3-ILOVA (majburiy)
Vertikal silindrik rezervuarlarni qurishdagi montaj-payvandlash ishlarini operatsiyalar boʻyicha nazorat qilish
JURNALI
Jurnalni rasmiylashtirishga doir izohlar
1. Jurnalni va unga ilova qilinadigan topshiruv hujjatlarini oʻz vaqtida toʻldirib borish va rasmiylashtirishga montajchilar vakili (uchastka boshligʻi) mutasaddi hisoblanadi.
2. Operatsiyalar boʻyicha tekshirish jurnali har bir rezervuar uchun 2 nusxada boʻlib, uni montajlash boshqarmasi boʻyicha buyruq bilan tayinlangan prorab toʻldirib boradi.
3. Jurnalni va boshqa hujjatlarni toʻgʻri toʻldirib borish va uni rasmiylashtirishni tekshirib borish buyurtmachining vakiliga yuklanadi.
4. Jurnaldagi barcha yozuvlar siyoh bilan, aniq bitilgan boʻlishi kerak. Tozalash, oʻchirish mumkin emas.
Yozuvlarni oʻchirish yoki toʻgʻrilash holatlari zarur boʻlganda, shunga doir fikrlar bildirilib, montajchilarning va buyurtmachining vakillari imzo chekib tasdiqlashlari zarur.
5. Montaj ishlarini boshlashdan oldin ishlarni topshirish va qabul qilishga huquqi bor shaxslarning (1-shakl) hisob varaqlari toʻldiriladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Montaj ishlarini bajarishga javobgar shaxs;
Montajchilarning mutasaddi vakili;
Buyurtmachining vakili.
Varaqa (1-shakl) toʻldirilgandan keyin montajchi va buyurtmachi korxonalar rahbarlari imzosi bilan tasdiqlanadi.
Izoh:
Bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirishni rasmiylashtirishni 1-shaklga familiyalari kiritilmagan shaxslar bajarishi taqiqlanadi.
6. Payvandlash ishlarini boshlashdan oldin payvandlovchilarning guvohnomalarini yoki uning tasdiqlangan nusxalarini tekshirish asosida payvandlovchilarni hisobga olish varagʻi toʻldiriladi (2-qism).
2-qismning 5-grafasi payvandlovchi bajargan joyning nazorat namunalari boʻyicha mexanik sinovlar xulosasi olingandan keyin toʻldiriladi. Har bir payvandlovchi uchun 5-grafaga yozilganlarning toʻgʻriligini montajlash uchastkasi boshligʻi va buyurtmachining vakili 6 va 7-grafalarga imzo chekib tasdiqlaydilar.
7. Metallkonstruksiyalarni montaj qilish uchun uning poydevorini maxsus komissiya qabul qilib, dalolatnomaga ish nomi, tartib raqami va topshirilgan vaqti jurnalning 3-qismiga yozib qoʻyiladi.
Mazkur dalolatnomaning montajchiga berilgan bir nusxasi operatsiyalar boʻyicha nazorat jurnaliga ilova qilinadi.
Ilovada dalolatnoma mavjudligiga montajchilar va buyurtmachi vakili 3 va 4-grafaga imzo chekib tasdiqlaydilar.
8. Yasagan korxona yuborgan metallkonstruksiyalarni montaj qilishga qabul qilish, dalolatnoma orqali rasmiylashtiriladi. Undagi tartib raqam va sana 4-qismning 3-grafasiga yozib qoʻyiladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi operatsiyalar boʻyicha nazorat jurnaliga tirkab qoʻyiladi. Mazkur dalolatnomaning mavjudligini montajchilar va buyurtmachi vakillari tasdiqlab, 4 va 5-grafaga imzo chekadilar.
9. 5-boʻlim (qism) ga montajchi tomonidan texnik hujjatlar qabul qilinganligi haqida hujjat nomi, tartib raqami, sanasi yozib qoʻyiladi.
Montajchining texnik hujjatlarni qabul qilganligini montajchilar va buyurtmachi vakillari imzo chekib tasdiqlaydilar.
10. Operatsiyalar boʻyicha nazorat va montaj qilish ishlarini topshirish-qabul qilish 6-boʻlim va “Montaj qilishda ruxsat etilgan chetlashishlar” sxemasi talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Har bir operatsiyaning bajarilganligi haqida ishning ijrochi javobgari 7-grafaga imzo qoʻyib tasdiqlaydi.
6-boʻlimdagi barcha operatsiyalar buyurtmachining vakili tomonidan tekshirilishi shart va tekshiruv haqidagi xulosani (baho) 6-grafaga yozishi kerak. Buyurtmachining vakili har bir operatsiyaning bajarilganligini 8-grafaga yozib turadi.
11. Payvandlash ishlarini tekshirish va qabul qilish 7-boʻlimga va “Payvand choklari” sxemasiga mos ravishda bajarilib, payvand choklari sifatining bahosini 6-grafaga yoziladi.
12. 6 va 7-boʻlimlar boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar dalolatnoma orqali rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlarning qabuliga doir rasmiylashtirish jarayoni oʻz vaqtida, yaʼni har bir operatsiyani tekshirgandan keyin amalga oshiriladi. Operatsiyalar boʻyicha nazorat jurnalini, rezervuarga tegishli barcha ishlar tugagandan keyin yoki tekshiruv operatsiyasidan uzoq vaqt oʻtgandan keyin toʻldirish mumkin emas.
Buyurtmachining vakili 6 va 7-boʻlimlardagi (bajarilgan ishlarni qabul qilish) ishning sifatini shaxsan oʻzi tekshirmay turib yozishi mumkin emas.
13. 8-boʻlimga montaj ishlarini nazorat qilish va qabul qilish paytida aniqlangan barcha boshqa fikr va mulohazalar yozilib, ular texnik yechimlarni amalga oshirish yoʻli bilan bartaraf etiladi. Texnik rejimlar qabul qilinishini talab qilmaydigan va zudlik bilan barham beriladigan operatsiyalar boʻyicha nazorat paytida aniqlangan barcha nosozliklar uchun alohida roʻyxat qilib, 8-boʻlim namunasiga oʻxshash tartibda ishchi hujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi va 8-boʻlimga yozilmaydi.
14. Montaj ishlarini bajarish davomida roʻy bergan loyihadan, montaj-texnologik hujjatlar va qurilishga doir meʼyor, qoidalardan chetlashish holatlari 9-boʻlimda aks ettiriladi.
15. 10-boʻlimga hujjatlar jurnaliga ilova qilinadigan barcha roʻyxatlar yoziladi.
16. Operatsiyalar boʻyicha nazorat jurnaliga kiritiladigan oʻzgartishlar, montajchilar vakili bergan “Oʻzgartishlar haqidagi xabarnoma” asosida qilinadi.
Operatsiyalar boʻyicha jurnalga kiritilgan oʻzgarishlarni “Oʻzgarishlarni qayd qilish varagʻi” ga yozib qoʻyiladi.
17. Montaj ishlarining yakuni rezervuarni ishlatish uchun topshirishga doir dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda buyurtmachi tashkilotning rahbari tomonidan montaj ishlari loyiha, montaj-texnologik va meʼyoriy hujjatlar talablariga mos ravishda toʻliq hajmda bajarilganligi, buyurtmachining vakili qabul qilib olganligi va rezervuarning ishlatishga tayyorligi bayon etiladi.
4-ILOVA (majburiy)
Poydevor va asos (taglik) ni qabul qilish
DALOLATNOMASI
5-ILOVA (majburiy)
Rezervuar konstruksiyasining sifati haqida
BAYoNNOMA
6-ILOVA (majburiy)
Radiografik tekshiruv natijalari asosida payvand choklarining sifati haqidagi
XULOSA
7-ILOVA (majburiy)
Rezervuarning yigʻilgan (montaj qilingan) konstruksiyalari sifatini tekshirish haqida
DALOLATNOMA
8-ILOVA (majburiy)
Rezervuarlarni gidravlik sinash haqidagi
DALOLATNOMA
9-ILOVA (majburiy)
Rezervuarni ichki ortiqcha bosim va vakuumga sinash haqidagi
DALOLATNOMA
10-ILOVA (majburiy)
Rezervuar konstruksiyalarini montaj qilish (yigʻish) tugallanganligi haqidagi
DALOLATNOMA
11-ILOVA (majburiy)
Poʻlat vertikal silindrik rezervuarning
PASPORTI
12-ILOVA (majburiy)
Rezervuar metallkonstruksiyalarini montaj qilishga qabul qilish haqidagi
DALOLATNOMA
13-ILOVA (majburiy)
Rezervuarni mustahkamlikka sinash uchun talab qilinadigan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Poydevor va asos (taglik) ni qabul qilish haqidagi dalolatnoma (4-ilova)
2. Rezervuar konstruksiyasining sifati haqida bayonnoma (5-ilova)
3. Metall konstruksiyasi va detallashgan metall konstruksiyasiga doir chizmalar.
4. Ish bajarishga doir reja (IBR).
5. Rezervuar metallkonstruksiyalarini montaj qilishga qabul qilish haqidagi dalolatnoma (12-ilova).
6. Operatsiyalar boʻyicha nazorat jurnali (3-ilova).
7. Rezervuarning yigʻilgan (montaj qilingan) konstruksiyalari sifatini tekshirish haqidagi dalolatnoma (7-ilova).
8. Rezervuar tubining zavodda va montaj paytida qilingan payvand choklarini 100 % tekshiruv haqidagi xulosa.
9. Suzuvchi tomdagi koroba (quticha) larning, quvurchalarning, ponton (suzuvchi tom) ning tayanch ustunlaridagi payvand choklarni tekshirish xulosasi
10. Rezervuar devorlaridagi choklarni fizik usullar bilan tekshirish xulosasi.
11. Devorning tub qirgʻoqlari bilan utor chok hosil qilib ulanishini tekshirishga doir xulosa.
12. Haqiqiy tekshirish oʻlchovlarini bajarish usullari.
13. Loyihani ishlab chiqqan tashkilot vakili tomonidan montaj jarayonida qabul qilingan texnik yechim va eskizlar ilova qilingan mualliflik nazorat jurnali.
14-ILOVA (majburiy)
Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasini ishlatishga qabul qilish haqidagi
DALOLATNOMA
15-ILOVA (majburiy)
Sovutish qurilmasini ishlatishga qabul qilish haqidagi
DALOLATNOMA
16-ILOVA (majburiy)
Meʼyoriy havolalar
