Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini oʻzgartirish, ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (573-3-son)
14.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 573-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirish davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga ((Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 9-noyabrdagi 426-sonli qarori (roʻyxat raqami 573, 1998-yil 19-dekabr) bilan tasdiqlangan “Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini oʻzgartirish, ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-noyabr,
34/4-son
