1997-yil 29-apreldagi 335-sonli garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yoʻriqnomaga 1-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (335-2-son)
14.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 335-2]
Buyuraman:
1. Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 10-aprelda 25-09-198-son bilan tasdiqlangan 1997-yil 29-apreldagi 335-sonli Garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yoʻriqnomaga 1-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 335-1, 1998-yil 11-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-dekabr,
75-son
