Mineral xomashyolarni (qattiq foydali qazilmalar) oqilona kompleks tarzda qayta ishlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (83-son)
11.04.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2011-yil 27-aprel, 6-24/11-4666/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda), “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 1-2-son, 1-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Mineral xomashyolarni (qattiq foydali qazilmalar) oqilona kompleks tarzda qayta ishlash qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida eʼtirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
Inspeksiya boshligʻi B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-aprel,
83-son
