Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida (PF-221-son)
20.06.1991
Oʻzbekiston SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI Prezidentining
Farmoni
Musulmonlarning koʻplab istak va xohishlarini qondirish va Oʻrta Osiyo musulmonlari diniy boshqarmasining murojaatini eʼtiborga olib hamda fuqarolar hamjihatligi va mehr-oqibatini yuksaltirish maqsadida “Qurbon hayit” (“Iyd al-adha”)ni bu yil 22-iyun kuni va keyingi yillarda esa “Qurbon hayit”ning birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlansin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-iyun,
PF-221-son
