29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida (167-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatga olingan xalqaro tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) Oʻzbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning boʻlinmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning boʻlinmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga oʻtkaziladi.
