“Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻmajildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1710-1-son)
17.11.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1710-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 23-iyuldagi 118-son “Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻmajildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1710, 2007-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 368-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-oktabr,
64-son
