Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (2282-son)
17.11.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2282]
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 563-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) muvofiq buyuraman:
1. Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-oktabr,
63-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-oktabrdagi 63-son buyrugʻiga ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnoma
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 563-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb yuritiladi) uchun pensionerlarning va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning yigʻmajildini rasmiylashtirish va yuritish tartibini belgilaydi hamda pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash boʻyicha zarur hujjatlar shakllarini va ularni toʻldirish qoidalarini oʻrnatadi.
I. Umumiy qoidalar
1. Pensionerning va ijtimoiy nafaqa oluvchining pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi (keyingi oʻrinlarda – pensiya yigʻmajildi deb yuritiladi), shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlar mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq (2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — sugʻurta badallari) toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma uning yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida beriladi.
2. Pensiya yigʻmajildi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqa toʻlovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek arizalarni roʻyxatga olish uchun Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq roʻyxatga olish kitoblari yuritiladi.
3. Ushbu kitoblarda roʻyxat yil boshida birinchi raqam bilan ochiladi, yil davomida qatorlar toʻlib qolganda va yangi kitoblar ochilganda raqamlash davom ettiriladi, yil yakunida esa kitob soʻnggi raqam bilan yakunlanadi, bunda roʻyxatning yakunlovchi varagʻi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar tayinlash guruhi rahbari (keyingi oʻrinlarda – pensiya tayinlash guruhi deb yuritiladi) tomonidan imzolanadi hamda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi muhri bilan tasdiqlanadi.
4. Kitobning yopilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi tomonidan tasdiqlanadi (soʻnggi varagʻiga imzo qoʻyiladi) va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
5. Pensiya yigʻmajildining toʻgʻri rasmiylashtirilishi pensiya tayinlash guruhiga yuklanadi. Pensiya yigʻmajildini rasmiylashtirish va yuritish yagona tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni olib borish pensiya tayinlash guruhi rahbariga, umumiy nazorat esa Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻiga yuklanadi.
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining har bir xodimi, oʻz vakolati doirasida oʻziga biriktirilgan hudud boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq hujjatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishiga doir ishlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha javobgardir.
6. Pensiya tayinlash guruhi inspektori (keyingi oʻrinlarda — inspektor deb yuritiladi) oʻz lavozimidan ozod qilinganda, boshqa lavozimga oʻtkazilganda yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, pensiya yigʻmajildlarni va boshqa hujjatlarni qabul qilish va topshirish ishlari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻining buyrugʻi asosida pensiya tayinlash guruhi rahbari, inspektori, arxivarius va yuriskonsultdan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya yigʻmajildlari va boshqa hujjatlarni qabul qilish va topshirish ishlari ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning pensiya yigʻmajildlari mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
II. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni rasmiylashtirish
8. Pensiya, ijtimoiy nafaqa, uy-joy-kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya pul toʻlovlarini tayinlash, pensiyani qayta hisoblash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya va ijtimoiy nafaqa toʻlovini tiklash, shuningdek pensiyadan ulush ajratish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Yoʻriqnomaning 2—5-ilovalarida keltirilgan shakl boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga belgilangan tartibda topshiriladi.
9. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun arizachi taqdim etgan hujjatlar inspektor (yoki katta inspektor) tomonidan koʻrib chiqiladi. Inspektor taqdim etilgan hujjatlar kseronusxalarini asl nusxalar bilan solishtiradi va ushbu kseronusxalarni asliga toʻgʻriligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Barcha hujjatlar (asl nusxalari va kseronusxalari), shuningdek ariza, inspektor tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi (u boʻlmagan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻi oʻrinbosari)ga taqdim etadi va oʻz navbatida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi arizaga oʻz rezolyutsiyasini qoʻyadi, shundan soʻng, hujjatlarning kseronusxalarini asl nusxalar bilan solishtirib, ushbu kseronusxalarni asliga toʻgʻriligini oʻz imzosi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining muhri bilan tasdiqlaydi.
10. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilishda, inspektor quyidagilarga eʼtibor qaratishi lozim
ariza, taqdimnoma blankasi, ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilganligini, shuningdek, unda aks ettirilgan maʼlumotlarni pasport maʼlumotlari, mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati va arizachining boshqa hujjatlariga mos kelishini. Bunda shaxsning qonunchilik hujjatlari talablariga asosan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlashga boʻlgan huquqi koʻrib chiqiladi;
kseronusxalarni arizachining birlamchi hujjatlari bilan solishtirilishining toʻgʻriligi (agar kseronusxalar notarius tomonidan tasdiqlanmagan boʻlsa).
11. Inspektor arizachi yoki tashkilot vakiliga taqdim etilgan hujjatlarning (mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati, arxiv maʼlumotlari, tashkilot tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomalar, yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xoʻjaligi aʼzosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi aʼzosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurta badallari, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa ijtimoiy soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar va soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyalaridan tashqari) asl nusxalarni qaytaradi va unga arizaning tegishli qismini qirqib olgan holda, hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tilxat beradi, bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida saqlanadi. Mehnat daftarchasining, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining pensiya tayinlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya deb yuritiladi) tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng arizachiga qaytarilishi shart.
Mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash arizasining orqa tomoniga mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati olinganligi toʻgʻrisidagi sanasini koʻrsatgan holda arizachi yoki tashkilot vakilining imzosi bilan qaytariladi.
12. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻining tegishli rezolyutsiyasi bilan ariza qabul qilingandan soʻng, pensiya tayinlash guruhi rahbari (bunday lavozim boʻlmaganda esa Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻi buyrugʻi bilan ushbu vazifa yuklatilgan xodim):
pensiyani tayinlash toʻgʻrisidagi arizani pensiya tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasi);
ijtimoiy nafaqani tayinlash toʻgʻrisidagi arizani ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasi);
bola tugʻilganligi boʻyicha bir martalik nafaqani toʻlash toʻgʻrisidagi arizani bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasi);
dafn marosimi uchun nafaqani toʻlash toʻgʻrisidagi arizani dafn etishga nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasi);
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari toʻgʻrisidagi arizani uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasi) qayd etadi.
Qayd etgandan soʻng, pensiya tayinlash guruhi rahbari arizani (ilova qilingan hujjatlar bilan birga) pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun hujjatlar tayyorlashga inspektorga topshiradi.
III. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun hujjatlarni tayyorlash, pensiya yigʻmajildini rasmiylashtirish
13. Inspektor pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlar asosida kompyuter bazasiga maʼlumotlarni kiritadi, ish staji, oʻrtacha ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa toʻlovlar miqdorini hisoblaydi, hisob-kitoblarni chop etadi va pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida komissiya qarori loyihasini tayyorlaydi. Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, kompyuter bazasi orqali pensiya ishiga raqam beriladi hamda pensiya yigʻmajildiga ushbu raqam qayd etiladi.
Inspektor ariza beruvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va shaxsiy jamgʻarilib boradigan pensiya hisobvaragʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki bilan axborot almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlik, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ariza beruvchining ish staji, ish haqi va 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun hisoblangan sugʻurta badallarini, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasini oʻzaro solishtiradi.
14. Pensiya yigʻmajildida mavjud hujjatlar mazkur Yoʻriqnomaning 11, 12-ilovalarida keltirilgan tartibda tikiladi va pensiya tayinlash guruhi rahbariga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
15. Pensiya tayinlash guruhi rahbari barcha zarur maʼlumotlarni (pasport maʼlumotlari, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa toʻlovlar turi, ish staji, oʻrtacha ish haqi, ustama miqdori, pensiya miqdorini oshirish va boshqalarni hisoblash), shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash muddatini kompyuter bazasiga toʻgʻri kiritilganligini tekshiradi, shundan soʻng pensiya yigʻmajildini koʻrib chiqish uchun komissiyaga kiritadi.
16. Komissiya Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash toʻgʻrisidagi ariza barcha hujjatlar bilan kelib tushgandan soʻng, oʻn kun muddat ichida tegishli qarorni qabul qiladi (pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish va boshqalar toʻgʻrisida).
17. Taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish komissiya tomonidan tekshirish lozimligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish, tekshirish sanasi koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
18. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot majburiy tartibda koʻrsatiladi.
19. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish ishlari amalga oshirilgandan soʻng, komissiya pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa toʻlovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
20. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash boʻyicha komissiya qarorining mazmuni tegishliligi boʻyicha pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash boʻyicha arizalarni qayd etish kitoblariga yoziladi.
Komissiyaning tayinlashni rad etish, tekshirish oʻtkazish va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi, ortiqcha toʻlangan summalarni pensiyadan chegirib qolish toʻgʻrisidagi qarorlari, shuningdek arizalarni koʻrib chiqishda qabul qilingan boshqa qarorlar (pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarordan tashqari) mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasida keltirilgan pensiya tayinlashni rad etish, qoʻshimcha tekshirishni oʻtkazish va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorlarini roʻyxatga olish kitobiga qayd etiladi.
21. Komissiya tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, pensiya yigʻmajildi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobiga (mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasi) qayd etilgandan soʻng Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalarni toʻlovi monitoringi guruhiga beriladi. Ushbu kitobda nazorat uchun toʻlov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va pensiya yigʻmajildlarini qaytarish muddatlari aks ettiriladi.
22. Toʻlov hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng pensiya yigʻmajildi inspektorga qaytariladi, inspektor oʻz navbatida pensiya yigʻmajildini Pensiya jamgʻarmasi arxivida saqlash uchun arxivariusga topshiradi.
23. Inspektor pensiya yigʻmajildi asosida mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq shaklda pensiya guvohnomasini yozib beradi. Pensiya guvohnomasi blanki qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi tomonidan tayinlangan masʼul shaxsda saqlanadi.
24. Pensiya guvohnomasini olish uchun shaxs Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ikkita fotosurat taqdim etadi, shundan bittasi guvohnomaga, ikkinchisi esa pensiya yigʻmajildi oldi qismining ichki tomoniga yelimlanadi. Pensiya guvohnomasining berilishi pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobida (mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasi) qayd etiladi.
Pensiya guvohnomasi yoʻqolgan taqdirda, guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikatga yoʻqolgan pensiya guvohnomasining raqami beriladi, dublikatning qayd etish raqami esa pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobiga kiritiladi.
25. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobiga shaxsning maʼlumotnoma olganligi toʻgʻrisidagi imzo qoʻyilishi orqali beriladi.
28. Ishlovchi pensionerga f-25 topshiriqnomasi berilishi ishlovchi pensionerlarga beriladigan topshiriqnomalarni (f-25) roʻyxatga olish kitobida (mazkur Yoʻriqnomaning 21-ilovasi) roʻyxatga olish bilan rasmiylashtiriladi.
30. Pensioner (nafaqa oluvchi) vafot etgandan soʻng uning pensiya yigʻmajildi uning oila aʼzolariga tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yigʻmajildiga tikiladi.
301. I guruh nogironi va 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — tekshirish dalolatnomasi deb yuritiladi) har 12 oyga ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Tekshirish dalolatnomasining bir nusxasi I guruh nogironi va 80 yoshga toʻlgan keksalarning pensiya yigʻmajildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi qarab turgan shaxsga beriladi.
Qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda tekshirish dalolatnomasi ushbu shaxsning pensiya yigʻmajildiga tikiladi.
Tekshirish dalolatnomasi I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga toʻlgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini roʻyxatga olish kitobida qayd etilishi lozim (mazkur Yoʻriqnomaning 22a-ilovasi).
IV. Pensiyani (ijtimoiy nafaqani) qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklashi uchun taqdim etilgan hujjatlarni rasmiylashtirish
31. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklashni soʻrab belgilangan tartibda taqdim etilgan ariza ilova qilingan qoʻshimcha hujjatlar bilan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
inspektor va pensiya tayinlash guruhi rahbari arizani ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi arizaga rezolyutsiya qoʻyadi;
pensiya tayinlash guruhi rahbari taqdim etilgan arizani uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga qayd etadi va inspektorga rasmiylashtirish uchun beradi;
inspektor arizachiga arizaning tegishli qismini qirqib olgan holda arizani qabul qilganligi toʻgʻrisida tilxat beradi, bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida saqlanadi.
32. Arizani kerakli hujjatlar bilan birga qayd etilgandan soʻng, inspektor pensiyaning yangi hisob-kitobini (qayta hisoblashni) amalga oshiradi va pensiya tayinlash guruhi rahbariga beradi hamda qaror qabul qilish uchun komissiyaga taqdim qiladi.
Pensiyani qayta hisoblash hujjatlari mazkur Yoʻriqnomaning 25-ilovasida koʻzda tutilgan tartibda pensiya yigʻmajildiga tikiladi.
33. Komissiya Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklash toʻgʻrisidagi ariza barcha hujjatlar bilan kelib tushgandan soʻng, besh kun muddat ichida tegishli qarorni qabul qiladi (pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklash yoki ularni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish va boshqalar toʻgʻrisida).
34. Taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish komissiya tomonidan tekshirish lozimligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish, tekshirish sanasi koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
35. Tekshirish tashkilot yoki arxiv vakili ishtirokida oʻtkazilishi lozim, bunda tekshirish natijasi boʻyicha dalolatnoma Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi xodimi, tashkilot yoki arxiv vakili tomonidan imzolanadi, shundan soʻng tashkilot (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) yoki arxiv muhri bilan tasdiqlanadi.
36. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish ishlari amalga oshirilgandan soʻng, komissiya pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga oʻtkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish) hamda qayta tiklash yoki ularni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
37. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni notoʻgʻri tayinlanganligi toʻgʻrisidagi holatlar aniqlangan taqdirda, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻxtatish masalasi komissiya tomonidan qaror rasmiylashtirish orqali koʻrib chiqiladi, bunda qaror nusxasi besh kun muddat ichida pensioner (nafaqa oluvchi)ga yoki tashkilotga beriladi (yuboriladi).
38. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlar toʻxtatilishi yoki toʻxtatib turilishi (masalan, pensiya toʻlash muddati tugaganligi, pensioner (nafaqa oluvchi) vafoti munosabati bilan, tibbiy mehnat ekspert komissiyasida (keyingi oʻrinlarda TMEK deb yuritiladi) qayta koʻrikdan oʻtish muddati tugaganligi munosabati bilan pensiya toʻlash toʻxtatilgan holatlarida, pensioner (nafaqa oluvchi) ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganda (bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan shaxslar mustasno), shuningdek boshqa holatlarda) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi tomonidan rasmiylashtiriladi va pensiya yigʻmajildi maxsus grafasida toʻlov toʻxtatilishi yoki toʻxtatib turilishi sanasi va sababi koʻrsatiladi.
39. Shaxs TMEKda oʻz vaqtida qayta koʻrikdan oʻtmagan taqdirda va belgilangan muddatdan keyin qayta koʻrikdan oʻtgan taqdirda pensiya toʻlovi komissiya qarori Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) 55-moddasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Bunda murojaat etish kuni deb I yoki II guruh nogironligini belgilash sanasi hisoblanadi.
40. Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) toʻgʻrisidagi TMEK maʼlumotlarini roʻyxatga olish (koʻrik dalolatnomalaridan koʻchirmalar) mazkur Yoʻriqnomaning 26-ilovasida koʻzda tutilgan kitoblarda amalga oshiriladi.
41. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarning toʻlanishini tiklash komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladi.
V. Pensioner (nafaqa oluvchi) yashab turgan joyini oʻzgartirganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildining hisobini yuritish
42. Pensioner (nafaqa oluvchi) doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga koʻchib oʻtganda, pensioner (nafaqa oluvchi) avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi pasport nusxasini ilova qilgan holda ariza (yoki yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan soʻrovnoma) taqdim etadi.
43. Avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi (avval hisobni yuritgan boʻlim) tomonidan koʻchib ketayotgan pensioner (nafaqa oluvchi)ga u hisobdan chiqqunga qadar bir oy oldingi pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi (toʻlov toʻxtatilganda, pensioner (nafaqa oluvchi) esa toʻlovni tiklash masalasi boʻyicha uzoq muddatdan beri murojaat qilmagan holatlardan tashqari).
44. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlar toʻlovi amalga oshirilgan muddat pensioner (nafaqa oluvchi)ning pensiya yigʻmajildiga kiritiladi.
45. Pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarish avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi tomonidan rasmiylashtiriladi. Bu haqdagi tegishli yozuv pensiya yigʻmajildi, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaning 28-ilovasiga muvofiq, pensioner (nafaqa oluvchi) yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarishni roʻyxatga olish kitobiga kiritiladi.
46. Pensioner (nafaqa oluvchi) yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobga olish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan yangi yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi yangi yashash manzili boʻyicha propiska qilinganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan pasport asosida pensiya yigʻmajildini hisobga oladi.
47. Yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobga olish pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensiyani tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobiga qayd etish orqali rasmiylashtiriladi.
48. Pensiya yoki ijtimoiy toʻlovlardan chegirmalar ushlangan taqdirda, chegirmalar uchun asos boʻlgan ijro hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) boʻlimiga qaytariladi. Qaytarishda qaytarish sabablari va pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili yoki manzil-koloniyasi joylashgan manzil koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 30-ilovasiga muvofiq pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar toʻgʻrisida ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobiga kiritiladi.
Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar boʻyicha ijro hujjatlar ijrosining oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat, shuningdek uning saqlanishi, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhi rahbariga yuklanadi.
49. Oʻzbekiston Respublikasi doirasida pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash joyi oʻzgargan taqdirda pensiya yigʻmajildi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining soʻrovi asosida pochta orqali joʻnatiladi yoki pensioner (ishonchli vakil)ning qoʻliga beriladi.
Bunda pensioner (nafaqa oluvchi)ga pensiya yigʻmajildi bilan birga qaysi muddatgacha pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovi amalga oshirilganligi toʻgʻrisida attestat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz manzilini oʻzgartirganda, attestat va kuzatuv xat nusxalari soʻrov xati bilan birgalikda alohida yigʻmajildda tikiladi va kalendar oy tugagandan soʻng Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxiviga saqlash uchun yuboriladi.
50. Pensiya taʼminoti sohasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi qatnashchilari boʻlgan davlatlarning fuqarolari huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida 1992-yil 13-martdagi Bitim qatnashchilari boʻlgan davlatlarga va ijtimoiy taʼminot (pensiya taʼminoti) toʻgʻrisidagi ikki tomonlama shartnomalar qatnashchilari boʻlgan davlatlarga doimiy yashash uchun joʻnab ketayotgan shaxsning pensiya yigʻmajildi, agar ahdlashayotgan davlatlar tomonidan oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, avval kseronusxasi olinib, pensioner (ishonchli vakil)ning arizasiga asosan shaxsan qoʻliga berilishi yoki pensionerning yangi yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi soʻroviga asosan pochta orqali joʻnatilishi mumkin.
Bunda attestat, ilova xat, pensiya yigʻmajildi olinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma va tilxat nusxasi pensiya yigʻmajildi kseronusxasiga tikiladi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (ataylab notoʻgʻri maʼlumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiya yigʻmajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi.
Pensioner (nafaqa oluvchi) ijtimoiy taʼminot (pensiya taʼminoti) toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzilmagan davlatga Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun joʻnab ketayotganda pensiya yigʻmajildi berilmaydi va u Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxivida ish yuritishdagi jildlardan alohida saqlanadi.
51. Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya yigʻmajildini olgandan soʻng, nazorat tariqasida pensioner (nafaqa oluvchi)ning avvalgi yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oʻrnatilgan shaklda qabul qilingan komissiya qarori asosida kompyuter hisob-kitoblarini (pensiya miqdori, oʻrtacha ish haqi, mehnat staji hisob-kitobi va boshqalar) qaytadan amalga oshiradi va chop etadi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa toʻlovlarni pensioner (nafaqa oluvchi)ga avvalgi yashash joyi boʻyicha toʻlov toʻxtatilgan muddatdan boshlab, lekin uning tomonidan hisobga qoʻyish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanishi boshlanadi.
Boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan, ilgari Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya yigʻmajildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qatʼi nazar, pensiya hisobga qabul qilish toʻgʻrisida murojaat qilingan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat etgan kundan boshlab toʻlanadi.
Pensiya yigʻmajildini hisobga qabul qilish komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladi.
52. Pensiyadan ulush oluvchi oila aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtganda, yangi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya ulushini oluvchining avvalgi yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya ulushini ajratish toʻgʻrisidagi komissiya qaroridan koʻchirma berish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
53. Pensiya ulushi toʻlovini amalga oshiruvchi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi soʻrovni olgandan soʻng uch kun muddat ichida pensiya ulushi oluvchining yangi yashash manzili yoki pensiya ulushini oluvchi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga qarordan koʻchirma va ulush qaysi muddatga qadar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani yuboradi. Bir vaqtning oʻzida pensiya ulushini oluvchi oila aʼzosi yashash manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma asosiy pensiya yigʻmajildi saqlanadigan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboriladi.
54. Pensiya yigʻmajildlarini yuborish xatlari va kelib tushgan pensiya yigʻmajildlari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining alohida kitoblarida qayd etiladi.
VI. Pensiya yigʻmajildini saqlash va arxivni yuritish
55. Pensiya yigʻmajildlari pensioner (nafaqa oluvchi)ning doimiy yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida maxsus jihozlangan xonada saqlanadi.
Ijrodagi pensiya yigʻmajildlarini saqlash boʻyicha javobgarlik Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tegishli hududining inspektori va arxivariusiga yuklatiladi.
56. Qariyalar va nogironlar internat uylarida (“Saxovat” va “Muruvvat” uylarida) yashovchi shaxslar, shuningdek ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan shaxslarning pensiya yigʻmajildlari ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Pensiya jamgʻarmasining boʻlimida saqlanadi. Ushbu shaxslarga pensiyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan toʻlanadi.
57. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari toʻxtatilgan pensiya yigʻmajildlari ijrodagi pensiya yigʻmajildlaridan alohida Pensiya jamgʻarmasi arxivida saqlanadi va alfavit tartibida roʻyxatga olish kitoblarida (mazkur Yoʻriqnomaning 32-ilovasi) roʻyxatga olinadi. Bunda alfavit kitobidagi qayd etish raqami pensiya yigʻmajildiga beriladi. Alfavitning har bir harfi boʻyicha bir raqamidan boshlab alohida tartib raqamlari qoʻyib chiqiladi.
59. Pensiya jamgʻarmasi arxividagi pensiya yigʻmajildlarining saqlanishi uchun javobgarlik arxivariusga (yoki Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul xodimga) yuklatiladi.
60. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash rad etilgan shaxslar yigʻmajildlari arxivda alohida saqlanadi. Ushbu yigʻmajildda quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash yuzasidan ariza;
ariza va ilova qilingan hujjatlarning olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat nusxasi;
ish staji va ish haqi hisob-kitobi;
arizachi tomonidan taqdim etilgan yoki Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar kseronusxalari yoki koʻchirmalari;
pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisidagi komissiya qarori yoki xabarnoma kseronusxasi. Agar xabarnoma arizachining shaxsan qoʻliga berilgan boʻlsa, uning kseronusxasida qaytarilayotgan hujjatlarning olingan sanasi koʻrsatilgan holda, arizachining imzosi boʻlishi lozim. Agar qaytarilayotgan hujjatlar pochta orqali joʻnatilgan boʻlsa, buyurtma xat orqali joʻnatilganligi toʻgʻrisida kvitansiya raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar pensiya yigʻmajildi muqovasiga tikiladi va alfavit tartibida saqlanadi. Pensiya yigʻmajildi muqovasida arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili koʻrsatiladi.
61. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida saqlanayotgan pensiya yigʻmajildlari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida pensiya yigʻmajildlarini olishga huquqi boʻlgan xodimlarga, arxivdan pensiya yigʻmajildlarining berilishini roʻyxatga olish kitoblarida (mazkur Yoʻriqnomaning 32, 33-ilovalari) berilishi holatini oldindan qayd etish orqali beriladi.
Pensiya yigʻmajildlarini arxivdan berish va qaytarilishini nazorat qilish arxivariusga yuklatiladi.
62. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻrtasida axborot almashinuvi boʻyicha oʻzaro hamkorlik asosida, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, har kuni vafot etgan pensioner (nafaqa oluvchi)lar roʻyxati Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etiladi. Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi inspektori ushbu roʻyxatga asosan vafot etgan pensioner (nafaqa oluvchi)lar pensiya yigʻmajildlarini yopish ishlarini amalga oshiradi.
63. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi xodimlari pensiya yigʻmajildlari butligini taʼminlash uchun barcha zarur choralar koʻrishi lozim. Maʼlum bir sabablarga koʻra (yongʻin, suv toshqini va favqulodda xaraktyerga ega boʻlgan boshqa hodisalarda) pensiya yigʻmajildi yoʻqolgan yoki saqlanmagan taqdirda pensiya yigʻmajildi dublikati tiklanadi. Pensiya yigʻmajildi dublikatida pensiya yoki ijtimoiy nafaqa tayinlash (qayta hisoblash)ga doir barcha hujjatlar, shaxsiy hisobvaraq kseronusxasi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxivida pensiya yigʻmajildi mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tikiladi.
Pensiya yigʻmajildi muqovasida, shuningdek unda mavjud barcha hujjatlarda “Dublikat” belgisi va uning rasmiylashtirilgan sanasi yoziladi.
Pensiya yigʻmajildi dublikati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
64. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxivariusi oʻzi egallab turgan lavozimidan ozod qilingan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi buyrugʻi asosida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan pensiya yigʻmajildlari qabul qilish-topshirish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi guruh pensiya tayinlash guruhi rahbari, inspektori va yuriskonsultdan iborat boʻladi.
Inspektor ishdan boʻshatilgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arxividan pensiya yigʻmajildlarini qaytarish boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida aylanma varaqda arxivarius belgisi qoʻyilishi lozim.
VII. Yakuniy qoida
65. Pensiya yigʻmajildlarini rasmiylashtirish va yuritish hamda pensiya hujjatlari shakllarining toʻgʻri toʻldirilganligi boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Pensiya yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun roʻyxatga olish kitoblari
ROʻYXATI
T/r Hujjat nomi Masʼul Nazoratchi 1. Pensiyani tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi Pensiya tayinlash guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi 2. Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi Pensiya tayinlash guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi 3. Bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi Pensiya tayinlash guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 4. Dafn etishga nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Boʻlim boshligʻi 5. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish kitobi Pensiya tayinlash guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi 6. Pensiya tayinlashni rad etish, qoʻshimcha tekshirishni oʻtkazish va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorlarini roʻyxatga olish kitobi Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Boʻlim boshligʻi 7. Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish kitobi Pensiya tayinlash guruhi inspektori Pensiya tayinlash va Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhlari rahbari 8. Pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobi Ish yurituvchi Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 9. Ishlovchi pensionerlarga beriladigan topshiriqnomalarni (F-25) roʻyxatga olish kitobi Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 10. Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) toʻgʻrisidagi TMEK maʼlumotnomalari (koʻrikdan oʻtish dalolatnomalaridan koʻchirma)ni roʻyxatga olish kitobi Ish yurituvchi Boʻlim boshligʻi 11. I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga toʻlgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini roʻyxatga olish kitobi Pensiya tayinlash guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 13. Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarishni roʻyxatga olish kitobi Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 14. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar toʻgʻrisida ijro hujjatlarini roʻyxatga olish kitobi Pensiya va nafaqa toʻlovlari monitoringi guruhi rahbari Boʻlim boshligʻi va yuriskonsult 15. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari toʻxtatilgan pensiya yi�majildlarini hamda ularning berilishini roʻyxatga olish kitobi Arxivarius Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari 16. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari amalga oshirilayotgan arxivdagi pensiya yigʻmajildlarining berilishini roʻyxatga olish kitobi Arxivarius Boʻlim boshligʻi
YURITIShGA DOIR TALABLAR
T/r Barcha koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarda quyidagilar amalga oshirilgan boʻlishi lozim: Masʼul 1. Nomerlangan Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari 2. Tikilgan Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari 3. Imzolar bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari 4. Muhr qoʻyilgan Boʻlim boshligʻi 5. Yozuvlar oʻchirishlar va oʻzgartirishlarsiz Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari 6. Barcha rekvizitlar bilan toʻldirilgan Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari 7. Oʻz vaqtida yopilgan Pensiya tayinlash, Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhlari rahbarlari
Izoh: Eski namunada ochilgan roʻyxatga olish kitoblaridan undagi barcha qatorlar toʻldirilgunga, ammo 2017-yil 1-yanvardan koʻp boʻlmagan muddatga qadar foydalaniladi.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 29-maydagi 67-sonli (roʻyxat raqami 2282-6, 17.06.2019-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 10/19/2282-6/3292-son)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 29-maydagi 67-sonli (roʻyxat raqami 2282-6, 17.06.2019-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 10/19/2282-6/3292-son)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Pensiyani tayinlash (yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r Arizachining F.I.O., tugʻilgan yili va yashash manzili Avvalgi yashash manzili (davlat, viloyat, shahar, tuman nomi) Pensiya tayinlash uchun hujjatlar taqdim etgan tashkilot nomi Hujjatning kelib tushgan sanasi Pensiya (nafaqa) turi Talab qilinadigan ish staji/ ortiqcha ish staji Komissiya qarori mazmuni Pensiya yigʻmajildi raqami taqdimnoma (tashkilot tomonidan kelib tushgan sanasi) ariza (fuqaro tomonidan kelib tushgan sanasi) umumiy ish staji oʻrtacha oylik ish haqi qaror sanasi Pensiya (nafaqa) miqdori Pensiya (nafaqa) tayinlash (hisobga qoʻyish) muddati 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. 2. 3.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Dafn etishga nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r Arizachining F.I.O., tugʻilgan yili va yashash manzili Arizaning kelib tushgan sanasi Pensiya (ijtimoiy nafaqa) turi Pensiyani qayta hisoblash (tiklash, boshqa turiga oʻtkazish) uchun asos (ish staji, ish haqi, pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish, qoʻshimchaning miqdori) Komissiya qarorining mazmuni Pensiya yigʻmajildi raqami ish staji ish haqi komissiya qarorining sanasi avvalgi pensiya miqdori yangi tayinlangan pensiya (ijtimoiy nafaqa) miqdori Pensiya (ijtimoiy nafaqa) qayta hisob-kitob qilingan (tiklangan) sana 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 1. 2. 3.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 20-martdagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2282-8, 20.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2020-y., 10/20/2282-8/0478-son)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 12-ILOVA
Ijtimoiy nafaqa tayinlash boʻyicha yigʻmajildlarda hujjatlarni tikish tartibi: T\r Hujjatning nomlanishi Yoshga doir nafaqa tayinlash boʻyicha yigʻmajildda 1. Ariza 2. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror 3. Pasport nusxasi 4. Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar (nikoh toʻgʻrisida guvohnoma, mehnat daftarchasi, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasi nusxalari va b.) 5. Bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandning tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi 6. Farzandi bolalikdan nogiron deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida hujjat Nogironlik nafaqasi tayinlash boʻyicha yigʻmajildda 1. Ariza 2. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror 3. TMEK maʼlumotnomasi 4. Pasport nusxasi 5. Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar (nikoh toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi va b.) Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlash boʻyicha yigʻmajildda 1. Ariza 2. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror 3. Oʻlim toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi 4. Vafot etgan boquvchi bilan oila aʼzolarining qarindoshlik aloqasini tasdiqlovchi hujjatlar 6. Nogiron boʻlgan oila aʼzolariga TMEKdan berilgan maʼlumotnoma 7. Pasport nusxasi 8. Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar (nikoh toʻgʻrisida guvohnoma, vasiy etib tayinlash qaroridan koʻchirma va b.) Bolalikdan nogironlik nafaqasini tayinlash boʻyicha yigʻmajildda 1. Ariza 2. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror 3. TMEK maʼlumotnomasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan beriladigan meditsina xulosasi 4. Nogiron bola pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi 5. Ariza bergan ota-onasi, boqib olgan yoki vasiyning pasporti nusxasi 6. Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 13-ILOVA
Pensiya tayinlashni rad etish, qoʻshimcha tekshirishni oʻtkazish va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorlarini roʻyxatga olish
KITOBI
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 14-ILOVA
Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxatga olish
KITOBI
Izoh:
1. Koʻchib ketish yoki yangi tayinlangan pensiyalar boʻyicha pensiya yigʻmajildiga shaxsiy hisobvaraq raqami faqatgina toʻlov boʻyicha inspektor tomonidan pensiya tayinlashni rasmiylashtirish yakunlangandan soʻng kiritiladi.
2. F-25 — ishlovchi pensionerlarga ish joyidan pensiya toʻlash uchun talabnoma.
3. T-2 — Pochta boʻlimlari orqali pensiyalar toʻlash.
4. T-8 — Xalq banki boʻlimlari orqali pensiyalar toʻlash.
5. T-6 — plastik (bank) kartochkalari boʻyicha tijorat banklari orqali pensiyalarni toʻlash.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 17-ILOVA
Pensiya guvohnomasi (namuna)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 18-ILOVA
Pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, maʼlumotnomalar va jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisida guvohnomalarni roʻyxatga olish
KITOBI
T/r Shaxsiy varaq Pensioner (nafaqa oluvchi) F.I.O. Pensiya yoki nafaqa turi Guvohnoma raqami Berilgan sanasi Maʼlumotnoma qayerga taqdim etish uchun berilganligi toʻgʻrisida belgi Pensioner (nafaqa oluvchi) imzosi Inspektorning F.I.O. va imzosi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1. 2. 3.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 21-ILOVA
Ishlovchi pensionerlarga beriladigan topshiriqnomalarni (F-25) roʻyxatga olish
KITOBI
(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 11-maydagi 28-sonli (roʻyxat raqami 2282-4, 06.06.2016-y.) buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 270-modda)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 22a-ILOVA
I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga toʻlgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini roʻyxatga olish
KITOBI
(22a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 24-iyundagi 45-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2282-2, 08.07.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 347-modda)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 25-ILOVA
Pensiya qayta hisob-kitob qilinganda hujjatlarni pensiya yigʻmajildiga tikish
TARTIBI
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 26-ILOVA
Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) (koʻrik dalolatnomalaridan koʻchirma) toʻgʻrisida TMEK maʼlumotnomalarini roʻyxatga olish
KITOBI
T/r F.I.O. Yashash manzili Nogironlik oʻrnatilgan (bekor qilingan) sana TMEK maʼlumotnomasi raqami Nogironlik guruhi Nogironlik sababi TMEK koʻrigi (birlamchi, qayta), nogironlikni bekor qilish sababi Maʼlumotnoma bergan TMEK raqami TMEK maʼlumotnomasi olingan sana TMEK maʼlumotnomalarining mutaxassis tomonidan olinganligi Maʼlumotnoma asosida qayta ishlangan sana sana xodim imzosi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 1. 2. 3.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 28-ILOVA
Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobdan chiqarishni roʻyxatga olish
KITOBI
(29-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 11-maydagi 28-sonli (roʻyxat raqami 2282-4, 06.06.2016-y.) buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 270-modda)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 30-ILOVA
Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar toʻgʻrisida ijro hujjatlarini roʻyxatga olish
KITOBI
(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 11-maydagi 28-sonli (roʻyxat raqami 2282-4, 06.06.2016-y.) buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 270-modda)
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 32-ILOVA
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari toʻxtatilgan pensiya yigʻmajildlarini hamda ularning berilishini roʻyxatga olish
KITOBI
T/r Shaxsiy hisobvaraq raqami Pensioner (nafaqa oluvchi)ning F.I.O. Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash manzili Pensiya (ijtimoiy nafaqa) turi Pensiya yigʻmajildini qayd etish sanasi Pensiya yigʻmajildi berilgan sana Pensiya yigʻmajildi qaytarilgan sanasi Arxivarius imzosi Izoh (arxivdan pensiya yigʻmajildini olish, olinish sanasi va x.k.) 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1. 2. 3.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 33-ILOVA
Pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlovlari amalga oshirilayotgan arxivdagi pensiya yigʻmajildlarining berilishini roʻyxatga olish
KITOBI
Izoh: Mazkur roʻyxatga olish kitobi har bir hudud boʻyicha alohida yuritiladi.
