Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida (PF-636-son)
05.08.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Investitsiya faoliyatini boshqarishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, qurilish kompleksining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, yangi arxitektura va shaharsozlik siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi hamda Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi huzuridagi Davlat arxitektura va shaharsozlik qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tashkil etilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishlari uchun majburiydir.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga doir qaror qabul qilib, qoʻmitaning Nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 5-avgust,
PF-636-son
