2011-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (292-son)
31.10.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qaroriga muvofiq respublikamizda atrof tabiiy muhit monitoringining yagona tizimi faoliyat koʻrsatmoqda, Oʻzbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish hamda davlat nazoratini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish uchun atrof tabiiy muhitning holatini va tabiiy resurslardan foydalanishni muntazam ravishda kompleks baholash amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, monitoringning mavjud tizimida vazirliklar va idoralar monitoring markazlarini zamonaviy tahliliy priborlar bilan taʼminlash va monitoring natijalarini umumlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish ishlari yetarli olib borilmayapti.
Kelgusida atrof tabiiy muhitning ifloslanish holatini muntazam ravishda baholash va darajasini prognozlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar koʻrsatib oʻtilgan Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni kalendar yil uchun ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtirishsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-oktabr,
292-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-oktabrdagi 292-son qaroriga ILOVA
2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi
DASTURI
Izoh: Respublikada I toifa suv oqimlari mavjud emas.
2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturini bajarish boʻyicha moliyaviy xarajatlar mazkur Dasturga ilovada keltirilgan.
2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturiga ILOVA
2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturini bajarish boʻyicha
MOLIYAVIY XARAJATLAR
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 43-44-son, 468-modda)
