Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida (PF-617-son)
15.07.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublika kommunal xizmatlari ishini takomillashtirish, koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
4. 1994-yilning 1-yanvarigacha mulk egalari bilan uy-joylarni ijaraga oluvchilar va kommunal-foydalanish tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimiga oʻtkazish zarur deb hisoblansin.
Aholining kam taʼminlangan tabaqalarini va koʻp bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutgan holda, ularga davlat dotatsiyalarining asta-sekin, bosqichma-bosqich kamaytirilishini inobatga olib, uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va kommunal xizmatlarga davlat tomonidan beriladigan bunday mablagʻlar saqlab qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimini joriy etish masalalariga doir qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 15-iyul,
PF-617-son
