Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlar uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (280-son)
04.12.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2009-yil 9-yanvardagi 20-15-447/12-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlar uchun xavfsizlik qoidalari tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-dekabr,
280-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2008-yil 12-apreldagi 280-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
SUYuLTIRILGAN UGLEVODOROD GAZLARIDAN FOYDALANUVChI OBYEKTLAR UChUN XAVFSIZLIK
QOIDALARI
I-bob. UMUMIY HOLATLAR
1. Mazkur “Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlar uchun xavfsizlik qoidalari” (quyida — Qoidalar)ga rioya qilish sanoat xavfsizligini taʼminlaydi va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlardagi ishlab chiqarishda jarohatlanish tasodiflari, avariyalarning oldini olishga qaratilgan.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
3. Mazkur Qoidalar suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va tarqatish kustli bazalarida, gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida, avtotransport vositalarini suyultirilgan gazlar bilan toʻldirish shoxobchalarida, hamda suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi boshqa obyektlarda sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni reglamentlaydi.
4. Mazkur Qoidalar “Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarining ish Qoidalari” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-sonli Qaroriga Ilova) va “Avtogaztoʻldirish kompressor va avtogaztoʻldirish stansiyalari tarmoqlarini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan va suyultirilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-fevraldagi 30-sonli) Qarorni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
5. Mazkur Qoidalar portlash xavfli kimyo, neft-kimyo va neftni qayta ishlash korxonalari uchun ishlab chiqilgan umumiy qoidalar talablariga qoʻshimcha ravishda suyultirilgan uglevodorodli gazlardan foydalanuvchi obyektlarining oʻziga xos tomonlarini hisobga olib qoʻllaniladi.
6. Ayni paytda, tegishli tartibda tasdiqlangan, normativ hujjatlarda bayon etilgan elektr xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat muhofazasi hamda tabiatni muhofaza qilish organlari talablarini ham nazarda tutish kerak.
1-§. Qoʻllash sohasi
7. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi SUGdan foydalanuvchi barcha tashkilotlarda, ularning tashkiliy-huquqiy va mulkdorlik turlaridan qatʼi nazar, qoʻllanishi uchun moʻljallangan.
8. SUGdan foydalanuvchi obyektlarni loyihalash, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish, yopish va SUGdan foydalanuvchi obyektlarda texnik moslamalarni tayyorlash, montaj qilish, moslash, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.
9. Mazkur Qoidalar SUGni saqlash, tashish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yonilgʻi sifatida SUGni 1,6 MRa dan koʻp boʻlmagan ortiqcha bosimli holda ishlatish obyektlarini loyihalash, qurish, yigʻish, rekonstruksiya qilish va ishlatish uchun sanoat xavfsizligining maxsus talablarini oʻrnatadi.
10. SUG qoidalari quyidagilarga taalluqli hisoblanadi:
a) SUGni saqlash va tarqatish kustli bazalari va gaztoʻldirish stansiyalari (GTS);
b) gaztoʻldirish punktlari (GTP);
v) statsionar avtogazquyish shoxobchalari (AGQSh);
g) belgilangan tartibda ishlatishga qabul qilingan, koʻchma avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalaridan (avtotsisterna) avtotransportlarga va ballonlarga yonilgʻi quyish maydonchalari;
d) turar joylar va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida rezervuarli qurilmalar va shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida guruhli ballon qurilmalari;
e) SUGni suyuq va bugʻ fazadagi tashqi gazquvuroʻtkazgichlari;
j) poʻlat gazuzatgichlarni va rezervuarlarni elektrokimyoviy zanglashdan himoyalash vositalari;
z) tashqi va ichki gazuzatgichlar va sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarishlarning gazli uskunalari (texnik qurilmalar) va suyultirilgan uglevodorod gazlarni saqlash, tashish va ulardan yonilgʻi sifatida foydalanish uchun moʻljallangan boshqa ishlab chiqarishlar;
i) tashqi va ichki gazuzatgich, ishlab chiqarish va isitish qozonxonalarining gazli uskunalari (texnik qurilmalari);
k) suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanganda xavfsizlik, tartibga solish va himoyalash vositalari va texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqaruv tizimlari;
l) SUGdan foydalanuvchi obyektlar gazuzatgichlaridagi binolar va inshootlar.
11. Qoidalar quyidagilarga taalluqli emas:
a) SUGlardan va yonilgʻi va xomashyo sifatida foydalanayotgan texnologik (ichki maydonchalari) gazuzatgichlar, terminallar, rezervuarlar va kimyo, neftkimyo, neftgazqazibchiqarish va neftni qayta ishlash korxonalarining gaz uskunalari, ishlab chiqarish va (yoki) kommunal-ishlab chiqarishga moʻljallangan SUG obyektlari uchun ularni tayyorlash va joʻnatish korxonalari;
b) SUGlarni daryo va dengiz kemalarida tashish uchun SUGlarni saqlash va ularni quyish-toʻkish terminallari;
v) SUGlarni quyish-toʻkish temir-yoʻl estakadalari va estakadalarga olib keluvchi yoʻllar;
g) temir yoʻl va avtomobil tsisternalari va shuningdek, SUGlarni tashish uchun konteynerlar;
d) metallurgiya korxonalarining texnologik (ichki maydonchali) gazuzatgichlari, gaz uskunalari va rezervuarlari;
e) gazdan foydalanuvchi koʻchma qurilmalar, avtomobil va temir yoʻl transporti va uchish apparatlarining gaz uskunalari;
j) harbiy xizmat uchun maxsus gaz va gazdan foydalanuvchi uskunalar;
z) eksperimental gazuzatgichlari va gaz uskunalarining tajribali namunalari;
i) gaz-havo aralashmalarining portlash quvvatidan foydalanuvchi va (yoki) himoya gazlarini olish uchun moʻljallangan qurilmalari;
k) SUGdan ovqat tayyorlash yoki laboratoriya ishlari uchun foydalanuvchi maʼmuriy, ijtimoiy va maishiy binolarning ichki gazquvurlari va gaz uskunalari;
l) kommunal-maishiy xizmatlar uchun guruhli va yakka ballonli qurilmalari;
m) ishlab chiqarish maqsadlarida issiqlik energiya quvvati ishlab chiqarmasdan, xizmat koʻrsatib va (yoki) jami issiqlik quvvati 100 KWga teng va undan kamroq boʻlgan maʼmuriy, ijtimoiy va maishiy binolarni avtonom isitish va issiq suv bilan taʼminlash tizimlarining qozonlari, issiqlik generatorlari.
2-§. Umumiy talablar
12. SUGdan foydalanuvchi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatish boʻyicha faoliyat (portlashdan xavfli obyektlarni ishlatish) qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi kerak.
13. Ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalarini, gaz uskunalarining (texnik moslamalar) namunalarini va avtomatika vositalarini joriy qilish oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnik shartlar boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
14. Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 2006-yil 29-iyundagi OʻRQ-57-sonli Qonunining 16-moddasiga muvofiq har bir sodir boʻlgan avariya sabablari texnik jihatdan taftish qilinadi.
15. Sodir boʻlgan avariyalarni taftish qilish amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.
16. Tashkilotlar koʻrsatilgan obyektlarda noxush hodisalar sodir boʻlishining sabablarini tahlil qilish, bartaraf qilish va oldini olish uchun choralar koʻrishlari kerak.
17. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlarining nazoratida boʻlgan obyektlarda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni belgilangan tartibda taftish qilinadi.
18. SUGdan foydalanuvchi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi tashkilotlar ular, oʻrnatilgan tartibda, Davlat reyestrida qayd qilinadi.
II-bob. LOYIHALASh
1-§. Suyultirilgan uglevodorod gazlar bilan gaztaqsimlash va gazisteʼmol qilish tizimlarini loyihalash
19. SUG gaztaqsimlash va gazisteʼmol qilish tizimlarini va ular elementlarining qurilishini (rekonstruksiya) loyihalash, jumladan gazquvurlarini va rezervuarlarni elektrokimyoviy zanglashdan himoyalashni hamda ishlarni bajarishni shu sohadagi tajribali mutaxassislarga va meʼyoriy-texnik bazasiga ega boʻlgan tashkilotlar amalga oshiradi.
20. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 29-iyundagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkaziladi.
21. Qabul qilingan loyihalash yechimlari uzluksiz va xavfsiz gaztaʼminotini va gazisteʼmollarni tezkor uzib qoʻyish mumkinligini taʼminlashi lozim.
22. Tashqi gazquvurlarning loyihaviy sxemasi va ularning konstruksiyasi, ishlatish meʼyoriy muddati chegarasida xavfsiz va ishonchli ishlatishni, bosim va sarf boʻyicha oʻrnatilgan parametrlarda gaz yetkazib berishni taʼminlashi lozim.
23. Kondensatni jipslanib bekilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
24. Tashqi gazquvurlar va SUG rezervuarlarini joylashish loyihalari yagona davlat yoki mahalliy koordinat tizimlarida ishlab chiqilgan, rasmiylashtirilgan va oʻrnatilgan tartibda qayd qilingan topografik rejalarda bajarish lozim.
25. Loyihalarda geologik — gidrologik ishlanish maʼlumotlari boʻlishi lozim.
26. Aylanishda 200 t va undan koʻproq SUGlarga ega boʻlgan SUGdan foydalanuvchi obyektlarni loyihalashda qoʻllaniladigan texnik yechimlar (rejali va texnologik) xavfli ishlab chiqarish obyektini ishlatishda avariyalar mumkinligining individual qaltislik darajasi 10-6 dan oshmasligi lozim.
27. Individual qaltislik qiymati 10-6 dan oshganda, loyihada qabul qilingan texnik yechimlar SUGdan foydalanuvchi obyektlarning sanoat xavfsizligi meʼyoriy darajasini taʼminlovchi quyidagi tadbirlar bilan qoplanishi lozim:
a) avariyalar qaltisligi va ular bilan bogʻliq tahdidlarni har tomonlama baholash;
b) avariyalarning oldini olish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarning yetarligini tahlil qilish;
v) sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatishga va shuningdek, avariyalar oqibatlarini chegaralash va bartaraf qilishda tashkilotning tayyorligini, ishlarni tashkillashtirish reglamentini baholash;
g) avariya oqibatlarining miqyosini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish.
2-§. Tashqi gazoʻtkazgichlar
28. Gaz quvurlarini oʻtkazish va SUG rezervuarlarini oʻrnatish va ular bilan bogʻliq muhandislik kommunikatsiyalar, bino va inshootlar qurilishigacha shartlarini tanlashni qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan va (yoki) tasdiqlangan boshqa meʼyoriy texnik hujjatlar boʻyicha bajarilishi kerak.
29. Loyihalarda, odatda, yer osti gazquvurlarini yotqizishni koʻzda tutish lozim.
Gazquvurlarni yer usti va yer ostidan va shuningdek, GTS, GTP, AGQSh hududlaridan tegishlicha asoslangandagina oʻtkazish mumkin.
30. SUG bugʻli fazasini oʻtkazuvchi tashqi gazquvurlarini qurish loyihalarida gaztaqsimlash va gazisteʼmol qilish tizimlari talablariga rioya qilish kerak.
31. Rezervuarli (sunʼiy bugʻlanish bilan) va guruhli ballon qurilmalaridan keluvchi past bosimli SUG bugʻli fazadagi yer osti gazoʻtkazgichlarini chuqurlashda gaz bugʻlari kondensatlanishini istisno qilish maqsadida, yer muzlash sathidan kam boʻlmasligini koʻzda tutish lozim.
32. Tashqi gazoʻtkazgichlar uchun poʻlat quvurlar va ulanuvchi detallarni tanlashda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan nomenklaturaga amal qilish lozim.
Yer osti va yer usti gazuzatgichlari marzalanishida quvurlar devorining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, yer usti va yer yuzasida yotuvchi quvurlar marzalanishi uchun — 2 mm boʻlishi lozim.
Poʻlat quvurlar tarkibida uglerod miqdori 0,25 % dan kam boʻlmasligi, oltingugurt — 0,056 %, fosfor — 0,046 % boʻlishi lozim.
Uglerodli va pastlegirlangan poʻlatlar uchun uglerod ekvivalenti qiymati 0,46 % dan oshmasligi lozim.
Polietilendan tayyorlangan quvurlar materialiga, markirovkasiga va sinov usullariga qoʻyiladigan talablar Davlat standartiga muvofiq boʻlishi lozim.
Polietilen quvurlarni qurishda, polietilen tayyorlangan minimal uzoq muddatga chidamliligi 8,0 MRa dan kam boʻlmagan rezervuar qurilmalardan past bosimli SUG bugʻli faza gazquvurlaridan foydalanish mumkin.
33. Rezervuar qurilmalarini loyihalashda quyidagilarni koʻzda tutish lozim: rezervuarlar, suyuq va bugʻ fazali gazquvurlari, berkitish armaturasi, ehtiyot berkitish klapanlari (EBK), gaz bosimining tartiblagichlari, ehtiyot tashlash klapanlari (ETK), nazorat — oʻlchov asboblari (NOʻA).
Zarurat boʻlganda, rezervuar qurilmasi tarkibida bugʻlanish qurilmasi koʻzda tutilishi lozim.
34. Guruhli ballonli qurilma tarkibida SUG uchun ballonlar berkitish armaturasi, gaz bosimi tartiblagich (regulyator)i, EBK, ETK, manometr koʻzda tutilishi lozim.
35. Yer usti qurilmasi uchun ham statsionar, ham koʻchma (echilmali) SUG rezervuarlari koʻzda tutilishi mumkin.
Tartiblagichlardan soʻng SUG ishchi bosim loyihadagidan oshmasligi kerak.
36. ETK qurilmasini har bir rezervuarda 2 tadan, rezervuarlarni guruhlarga birlashtirganda esa (suyuq va bugʻli fazalarda) — har bir guruhdagi rezervuarlarning bittasida oʻrnatilishi koʻzda tutilishi lozim.
ETK oʻtkazish qobiliyati hisob-kitob bilan aniqlanadi.
37. Isitilayotgan binolarda joylashgan guruhli ballon qurilmalaridan va yer osti rezervuarli qurilmalaridan yer usti gazquvurlari yotqizishda loyiha boʻyicha yonmaydigan materiallardan issiqlik izolatsiyasi va gazoʻtkazgichlarini isitish koʻzda tutilishi mumkin.
3-§. Tashqi gazoʻtkazgichlarni va rezervuarlarni elektrkimyoviy zanglashdan himoyalash
38. SUG rezervuarlarining yer ostida bajarilishi va yer osti poʻlat gazoʻtkazgichlarini loyihalashdagi texnik topshiriqqa ularni elektrokimyoviy zanglashdan himoyalash (EZH) boʻlimi kiritilishi lozim.
39. Gazoʻtkazgichlar va rezervuarlarni zanglashdan himoyalash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining hajmi va mazmuni loyihalash jarayonida aniqlanadi.
40. Yer osti poʻlat gazoʻtkazgichlari va SUG rezervuarlari, polietilen gazoʻtkazgichlarida gʻiloflarida poʻlat kirgizmalarni elektrokimyoviy zanglashdan himoyalash juda kuchaytirilgan himoya izolatsiyali qoplanish bilan yuqori zanglash tajovuzkorli tuproqlarda esa yoki (adashgan) toklarning xavfli taʼsirlarida qoʻshimcha elektrokimyoviy himoyalash vositalari bilan amalga oshirilishi lozim.
41. Polietilenli gazoʻtkazgichning tarmoq qismlaridagi uzunligi 10 m dan koʻp boʻlmagan poʻlat kirgizmalar uchun va polietilen-poʻlat ulangan uchastkalarida, binolarga poʻlat kirgizmalari bilan (kirgizmalarda elektroizolatsiya qiluvchi flanetslar mavjudligida) elektrokimyoviy zanglashdan himoyalash koʻzda tutilmasligiga ruxsat beriladi.
Bu holatda zovur (transheya) ni butun uzunligida va chuqurligida qum bilan koʻmish lozim.
42. Elektrokimyoviy zanglashdan himoyalash loyihasini ishlab chiqish buyurtmachining texnik topshirigʻi asosida ishlatuvchi tashkilot (gaztaqsimlovchi) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
43. Yer usti va yer yuqorisidagi gazoʻtkazgichlar issiqdan himoyalangan gazoʻtkazgichlardan tashqari, shuningdek yer ustidagi rezervuarlar, himoyalash gʻiloflari va SUG guruhli qurilmalar shkaflarini qurilish hududi tashqi havosining hisoblangan haroratidagi tashqi ishlar uchun moʻljallangan ochiq rangli kraska, lok yoki emal bilan ikki marta boʻyash lozim.
4-§. Berkitish, tartiblovchi, saqlagichli armatura
44. SUG gazoʻtkazgichlar va rezervuarlarini xavfsiz ishlatishni taʼminlash uchun berkitish va tartiblovchi armatura, saqlagich qurilmalari, himoya, avtomatlashtirish, muhosaralash va oʻlchash vositalari bilan jihozlanishi kerak.
45. Berkitish va tartiblash armaturalarining saqlagich moslamalari, himoya, avtomatlashtirish, muhosaralash va oʻlchash vositalarining soni va ularning joylashishi mazkur Qoidalar talablari gazoʻtkazgichlarni va gazuskunalarini (texnik qurilmalari) ga xavfsiz xizmat koʻrsatishni hisobga olib, loyihalash tashkiloti tomonidan eʼtiborga olingan boʻlishi kerak.
46. SUGdan foydalanuvchi qurilmalar yonilgʻi sifatida SUGdan foydalanilganda texnologik himoyalash, muhosaralash (blokirovka) va signal berish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
47. Odatda, berkitish armaturasi, iqlim sharoitlari va ishchi gaz bosimini hisobga olib, poʻlatdan yasalgani qoʻllaniladi.
48. Saqlagichli berkitish klapanlarining konstruksiyasi davlat standartlari talablariga muvofiq boʻlishi, SUGga chidamli va mustahkamlikni taʼminlashi va germetikligi boʻyicha “A” toifasidan past boʻlmasligi kerak, berkitish armaturasining konstruksiyasi davlat standartlari talablariga muvofiq boʻlishi va germetikligi boʻyicha “V” toifasidan past boʻlmasligi kerak.
III-bob. QURILISh
1-§. SUGdan foydalanuvchi obyektlarni qurish, qurilish-montaj ishlarini tashkillashtirish va olib borilishini nazorat qilish
49. Rezervuarli va guruhli ballonli qurilmalarning GTS, GTP, AGQSh qurish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, qurilish meʼyori va qoidalari, mazkur Qoidalar talablari, bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga, oʻrnatilgan tartibda berilgan va kelishilgan texnik shartlarni hisobga olib ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
50. Qurilish bosqichida qurilish-montaj ishlarini bajarish texnologiyasiga rioya qilish, qurilishga berilgan loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan texnik yechimlarni bajarish taʼminlanishi kerak.
51. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilot SUGdan foydalanuvchi obyektlarni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, qayta jihozlash, konservatsiya va tugatish jarayonlarida oʻrnatilgan tartibda mualliflik nazorat qiladi.
52. SUGdan foydalanuvchi obyektning qurilishini boshlashdan oldin qurilishni texnik nazorat qilinishini tashkillashtirish kerak.
53. Kvartal boʻyicha qurilish-montaj ishlari hajmi rejasini taqdim etganda, qurilish boshlanishi haqidagi xabar muddati 5 kungacha qisqartirilishi mumkin.
54. Qurilish boshlanishidan oldin loyihaga muvofiq gazoʻtkazgichlar trassasi, SUG rezervuarlarini joylashtirish, oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirib, joyi belgilanadi va ishlarni bajarish jurnalida qayd qilinadi.
55. Yer ishlarini bajarayotganda loyihada belgilangan zovur chuqurligini va SUG rezervuarlarini oʻrnatish joylarini, gazoʻtkazgichlar va rezervuarlar ostini tayyorlashni taʼminlashi lozimdir.
Koʻrsatilgan ishlarning bajarilishi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.
56. Zovurni koʻmish va rezervuarlarni marzalash dastlab qum toʻkib, ishlarni bajarish loyihasiga muvofiq zichlanish koeffitsiyenti bilan tuproqni zichlab amalga oshirilishi kerak.
57. Tashqi gazoʻtkazgichlar trassasi boʻylab amaldagi MHda koʻzda tutilgan taniqli belgilar oʻrnatiladi.
58. Guruhli sanoat ballon qurilmalarining balandligi 15 sm dan kam boʻlmagan tayanchlarda oʻrnatilgan, tabiiy shamollatiladigan, yonmaydigan materiallardan tayyorlangan va qulflanadigan shkaflarda joylashtirish kerak.
59. Rezervuar qurilmalarining balandligi 1,6 m dan kam boʻlmagan, yonmaydigan materiallardan tayyorlangan shamollatiladigan toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
Rezervuarlarni oʻrnatish kondensat, suv va bugʻlanmagan qoldiqlar toʻplanish joyi tomoniga 2 % dan kam boʻlmagan qiyalikni koʻzda tutish lozim.
Kondensatni yigʻgich rezervuarning pastki qismida bugʻlanmagan qoldiqlarni yigʻish va chiqarib yuborishga toʻsqinlik qiluvchi doʻng joy boʻlmasligi lozim.
60. Gazoʻtkazgichlar qiyaligi, tashqi gazoʻtkazgichlar uchun kondensat yigʻuvchi joylar tomoniga 5 % dan kam boʻlmasligini koʻzda tutish lozim.
Kondensatni yigʻish joyining hajmi soatiga 1 m3 hisoblangan gaz sarfiga kamida 4 l qabul qilinadi.
61. Rezervuar qurilmalarining armatura va NOʻA ni shikastlanishlardan va atmosfera taʼsirlaridan qulflanadigan gʻiloflar bilan himoyalash lozim.
62. Issiqlik tashuvchi sifatida issiq suv yoki suv bugʻi koʻzda tutilgan bugʻlantirish qurilmalari issiq tashuvchi harorati yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan pasayishi haqida xabar bergich (signalizatsiya) bilan jihozlanishi lozim.
63. Gazoʻtkazgich va rezervuarlarni hamda guruhli ballon qurilmalarini qurish, montaj qilish va taʼmirlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar oʻrnatilgan tartibda ish bajarishini, shuning bilan birga laboratoriyalar bilan nazorat qilishni taʼminlashi kerak.
64. Nazorat quyidagilarni tekshirishni koʻzda tutadi:
a) payvandlash va nazorat qilish uskunalari, apparatura, asbob-uskunalar attestatsiya qilinganligi;
b) materiallar sifati (poʻlat va polietilen quvurlar, izolatsiya qoplamalar, payvandlash va defektoskopiya uchun materiallar ham);
v) gazoʻtkazgichlar va SUG rezervuarlari uchun asoslarining holati;
g) SUG rezervuarlarini oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazish;
d) payvandlash ulamalarini operatsiyali nazorat qilish va tashkillashtirishni amalga oshirish (koʻzdan oʻtkazish va oʻlchash);
e) buzib va buzmasdan bajariladigan usullar bilan (radiografik, ultratovush) payvandlangan tutashmalarning sifatini nazorat qilish, shuningdek izolatsiya qoplamalar sifatini nazorat qilish;
j) nuqsonlarni tuzatish nazoratini tashkillashtirish.
65. Quvur, gazoʻtkazgich detallari, rezervuar, armatura, izolatsiyalovchi materiallar sifatining kirish nazorati, oʻrnatilgan tartibda attestatsiya qilgan laboratoriya mutaxassislari tomonidan bajariladi.
66. Barcha bosimdagi SUG tashqi va ichki poʻlat hamda polietilen gazoʻtkazgichlarining ulangan uchastkalari payvandlangandan soʻng 100 % hajmda radiografik va (yoki) ultratovush usulida nazorat qilinishi lozim.
Har bir payvandchi tomonidan payvandlangan poʻlat tutashmalarining radiografik suratlari nazoratini 20 % hajmda radiografik suratlarni avtomat ravishda rasshifrovka qiluvchi dasturli apparat kompleksida amalga oshirish lozim.
Barcha bosimdagi diametri 50 mm dan kam va 0,005 MRa bosimgacha boʻlgan diametrli 10 mm li SUG tashqi va ichki gazoʻtkazgichlar nazorat qilinmaydi.
67. Barcha turkumdagi tashqi gazoʻtkazgichlar va rezervuarlar havo bosimi bilan mustahkamlikka va germetiklikka sinalishi lozim.
Gazoʻtkazgichlar, rezervuarlar va guruhli qurilmalarini, ularni montaj qilgandan soʻng, sinovdan oʻtkazishni qurish-montaj tashkiloti buyurtmachining texnik nazorati va gaztaqsimlash tashkilotining vakillari ishtirokida oʻtkazadi.
Sinov natijalari protokol va qurilish pasportida yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Zavod ishlab chiqaruvchida tayyorlangan gazoʻtkazgichlari elementlari va gaz armaturasi texnik nazorat xizmati tomonidan sinovdan oʻtkaziladi.
68. Gazoʻtkazgichlarning sinovlarini, payvandlash va izolatsiya qilish ishlari tugagandan, armatura va elektrkimyoviy himoya (EKH) moslamasi oʻrnatilgandan soʻng olib boriladi.
Sinash bosimiga moʻljallanmagan armaturalar, uskuna va asboblarni montaj qilish sinovlar oʻtkazilgandan soʻng bajariladi. Sinov davrida ular oʻrniga gʻaltak va tiqinlar oʻrnatish lozim.
Kiruvchi gazoʻtkazgichlarni taqsimlovchi gazoʻtkazgichlardan alohida qurganda bino va inshootlar oldida oʻrnatilgan oʻchiruvchi qurilmalargacha boʻlgan uchastkalarda sinash mumkin.
69. SUGlarni tashuvchi gazoʻtkazgichlari gaztaqsimlash va gazisteʼmol qilish tizimlarini sinashga boʻlgan talablar boʻyicha pnevmatik (gidravlik) bosim bilan mustahkamlikka va germetiklikka sinaladi:
a) 0,6 MRa dan yuqori 1,6 MRa gacha boʻlgan bosimli tashqi gazoʻtkazgichlar izolatsiyali qoplamidan qatʼiy nazar 2,0 MRa bosim bilan 24 soat davomida sinaladi;
b) 1,2 MRa dan ortiq 1,6 MRa gacha bosimdagi sanoat ishlab chiqarishlar, qozonxona va boshqalarning ichki gazoʻtkazgichlari 1,25 ishchi bosimiga 1 soat davomida sinaladi.
Aniqlik sinfi 0,6 boʻlgan manometr boʻyicha gazoʻtkazgichdagi bosimning koʻrinarli pasayishi yoʻqligida hamda aniqlik sinfi 0,15 va 0,4 boʻlgan va suyuqlik manometrlari boʻyicha agar bosim pasayishi daraja boʻlimining bittasidan oshmasa, germetiklikka sinash natijalari ijobiy hisoblanadi.
70. SUG suyuq va bugʻ fazali bogʻlamali rezervuarlar, bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari talablarga muvofiq sinaladi.
71. Elektrokimyoviy himoya bilan taʼminlanmagan gazoʻtkazgichlar va rezervuarlarni ishlatishga qabul qilish mumkin emas.
72. SUGdan foydalanuvchi obyekt, komissiya tomonidan qabul qilinib, lekin 6 oy mobaynida ishga tushirilmaganda, germetiklikka takroran sinovdan oʻtishi kerak.
73. Nasoslar, kompressorlar va karuselli agregatlarning sinovi salt yurishda va pasport maʼlumotlari va tayyorlovchining ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalari talablariga rioya qilib, yuklanish ostida tekshirib oʻtkaziladi.
Sinovlar natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
74. Suyultirilgan gaz uchun rezervuarlar, separatorlar, puflab dam beruvchi sigʻimlar va bosim ostida ishlayotgan boshqa idishlar texnik koʻrikdan oʻtishi lozim.
Bugʻlatgichlar va gaztoʻldirish kolonnalari gazoʻtkazgichlar kabi sinaladi.
2-§. Ishga tushirishga qabul qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari
75. Montaj ishlari tugagandan soʻng rezervuarlar, gazoʻtkazgichlar va uskunalar ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻtkazishdan oldin qurilish-montaj qilish tashkilotlari tomonidan sinalishi kerak:
a) rezervuarlar bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatilishi talablari boʻyicha;
b) gazoʻtkazgichlar va uskunalar qurilish meʼyorlari va qoidalari, mazkur Qoidalar va (yoki) gaztaqsimlash va gazisteʼmol qilish tizimlarining xavfsiz talablari boʻyicha.
Sinovlar dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
76. Gazoʻtkazgichlar va shuningdek, GTS, GTP, AGQSh gaz uskunalari, rezervuar qurilmalarini sinab qabul qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organi bilan kelishilgan dastur boʻyicha ishga tushirish-sozlash tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.
77. Tashkilotning qabul qilish sinovlarini oʻtkazishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) texnologik uskunalarga, gazoʻtkazgichlarga, avtomatlashtirish vositalariga, sanitar-texnik va shamollatish tizimlariga, elektrjihozlariga xizmat koʻrsatish uchun javobgar shaxslarni tayyorlash, xodimlar safini toʻldirish;
b) ish joylarida gazoʻtkazgichlar va uskunalarning texnologik sxemalarini osib qoʻyish;
v) lavozimli va ishlab chiqarish yoʻriqnomalari, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash grafik (jadval) lari, avariyalarni lokallashtirish va bartaraf qilish rejalarini tasdiqlash, yongʻin oʻchirish, tez tibbiy yordam berish komandalarini, gaztaqsimlash tashkilotlari bilan hamkorlikni taʼminlash;
g) meʼyoriy talablarga muvofiq yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlash;
d) loyihaviy (ijro) va ishlatish hujjatlari, shamollatish tizimlari, elektr uskunalari, xavfsizlik avtomatika vositalariga ega boʻlish.
78. SUGdan foydalanuvchi obyektda, qabul qilish-sozlash ishlarini oʻtkazish vaqtida quyidagi tadbirlar bajarilishi shart:
a) gazdan xavfli ishlarni bajarishga, bosim ostida ishlayotgan idishlarning texnik holati va xavfsiz ishlatishga, elektr xoʻjaligiga va shamollatish uskunalariga javobgar shaxslar tayinlanadi;
b) bosim ostida ishlayotgan idishlar roʻyxatini tuzib, ularni texnik jihatdan koʻrikdan oʻtkazilishi va ishlatishga ruxsatnoma olinishi kerak;
v) ijroviy-texnik hujjatlar rasmiylashtirilishi va ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻtkazishga va uskunalarni kompleks sinab koʻrishga dalolatnoma imzolanishi kerak;
g) texnologik sxemalarga koʻra, nasoslarda, kompressorlarda, bugʻlatgichlarda, rezervuarlarda toʻldiruvchi va toʻkish kolonnalarida, elektr dvigatellarda, shamollatgichlarda, yopqich va saqlagich armaturalarda va boshqa texnik qurilmalarda raqam qoʻyilishi kerak;
d) gazoʻtkazgichlarda gaz harakati yoʻnalishi, berkitish armaturasi maxoviklarida esa ochilishi va yopilishida aylanish yoʻnalishi koʻrsatilishi lozim;
e) belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha va amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq binolarning yongʻin xavfi darajasi va portlashdan xavfli sinfi belgilari qoʻyilishi lozim;
j) sanoat xavfsizligi sohasida xizmatchilarni tayyorlash va attestatsiyalash taʼminlanishi va shuningdek, mazkur Qoidalar va boshqa meʼyoriy-huquqiy aktlar va meʼyoriy-texnik hujjatlarni bilishlari tekshirilishi lozim.
79. Ishga tushirish-sozlash ishlarini boshlashdan, rezervuarlarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirishdan oldin kompleks sinashdan uskunalarni qabul qilish taʼminlanishi, avariyaga qarshi va yongʻindan himoyalash avtomatik vositalari ishga qoʻyilishi lozim.
SUGdan foydalanuvchi obyektlarda ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻtkazayotganda gazoʻtkazgichlar, rezervuarlar va gazuskunalari puflashdan oldin havo yoki inert gaz bilan bir soat davomida 0,3 MRa bosimda nazorat mustahkamlikka sinovdan oʻtkaziladi.
80. Texnologik uskunalarda ishga tushirish-sozlash ishlari salt yurishda yoki nagruzka ostida, loyihaviy rejimda ishlashida bajariladi.
81. Nazorat maqsadida mustahkamlikka sinashda barcha payvandlangan tutash joylari, burama kertikli va flanetsli tutashmalar, salnikli zichlamalar sovunlab yoki oʻta sezgir asboblar bilan tekshiriladi.
Manfiy haroratli sharoitlarda sovun emulsiyasi, uni muzlatmaydigan konsentratsiyagacha spirt bilan suyultiriladi.
82. SUGdan foydalanuvchi obyektlarni ishga tushirish-sozlash ishlari olib borilayotganda, ishga tushirishgacha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) uskunalar, armatura va asboblarni tashqi koʻzdan kechirish;
b) yongʻinoʻchirish, portlashdan xavfli binolarda shamollatish vositalarining ishlash qobiliyatini tekshirish;
v) gazning portlashdan xavfli konsentratsiyasi haqida xabar bergich (signalizator) larning ishlashini tekshirish;
g) rezervuarlar, gazoʻtkazgichlar va uskunalarni tarkibida 1 % dan ortiq boʻlmagan kislorod bilan puflash (suyultirilgan gazning bugʻli fazasi yoki inert gaz bilan);
d) nazorat-oʻlchov asboblari va sathoʻlchagichlarning ishlashini tekshirish;
e) saqlash bazasidagi rezervuarlarga suyultirilgan gazni quyish;
j) barcha kompressorlar, bugʻlatgichlar va nasoslarni ishlayotganda sinab koʻrish;
z) ballonlarni toʻldirish, avtomobil gazballonlarini toʻldirish (zapravka), gazni isteʼmolchilarga yuborish;
i) 72 soat davomida texnologik rejimlarni ishlatib koʻrish.
83. Jihozlarning ishlashida aniqlangan va bartaraf qilinmaydigan nosozliklar dalolatnomada koʻrsatiladi.
Nosozliklarni bartaraf qilish ishga tushirish-sozlash ishlarini davom ettirish masalalari komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
84. Ishga tushirish-sozlash ishlari davomida texnologik operatsiyalar mashq bilan ishlatib koʻriladi, aniqlanadi va ishlab chiqarish yoʻriqnomalari toʻldiriladi.
85. Ishga tushirish-sozlash ishlarini boshlashdan oldin ish joyida xizmatchilar ishga tushirish-sozlash ishlari rahbari tomonidan xavfsizlik choralari haqida yoʻriqnoma oladilar.
86. SUGdan foydalanuvchi obyektlarda ishga tushirish-sozlash ishlari vaqtida oʻsha ishlarni xavfsiz oʻtkazilishiga javobgar ishga tushirish-sozlash brigadasi boshligʻi hisoblanadi.
Hamma ishlar uning koʻrsatmalari boʻyicha bajariladi.
87. Kompleks sinab koʻrish paytida texnologik uskunalarning ahvolini kuzatish va nosozliklar va gaz oqib ketishini oʻz vaqtida bartaraf qilish choralarini koʻrish uchun xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan navbatchilik tashkil qilish lozim.
88. Stansiya xodim (xizmatchi) lari oʻqitilgan, nosozliklar ehtimoli va ularni bartaraf qilish usullari haqida yoʻriqnoma olgan va kerakli sxema, yoʻriqnomalar, himoya va yongʻin oʻchirish vositalari, maxsus kiyim, kerakli asbob-uskunalar, asboblar va uskunalar bilan taʼminlanishi kerak.
89. Obyektni ishga tushirish davlat komissiyasi tomonidan dalolatnoma imzolangandan soʻng amalga oshiriladi.
IV-bob. SUG GAZTAQSIMLASh VA GAZISTEʼMOL QILISh TIZIMLARINI IShLATISh
1-§. Umumiy talablar
90. SUG gaztaqsimlash va gazisteʼmol qilish tizimlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi tashkilot 2006-yil 29-iyundagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida” gi Qonunining huquqiy dalolatnomalariga va meʼyoriy texnik hujjatlariga rioya qilish shart:
a) SUG gaztaqsimlash va gazisʼtemol qilish xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfsiz holatda saqlanishini taʼminlovchi kompleks tadbirlarni bajarish va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish;
b) gazoʻtkazgichlari, inshootlar va gazuskunalari (texnik qurilmalari)ni mazkur Qoidalarda belgilangan muddatda texnik diagnostika oʻtkazilishini taʼminlash.
91. Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlab chiqarish yoʻriqnomalariga gazoʻtkazgichlar va gazuskunalari texnologik sxemalari ilova qilinadi.
Texnologik sxemalar xavfli ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlangandan soʻng qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
92. SUGdan foydalanuvchi obyektlarni taʼmirlash va texnologik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni oʻtkazish va tashkil qilish tartibi mazkur Qoidalar, shuningdek, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan, tayyorlovchi zavodning yoʻriqnomasi, ishlab chiqarish obyektini ishlatish talablari va shartlarini hisobga oluvchi normativ-texnik hujjatlar bilan aniqlanadi.
93. SUGdan foydalanuvchi obyektlarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish (rejalari) jadvallari, gaz uskunalari va gazoʻtkazgichlarga xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi tashkilot bilan kelishiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
94. Loyiha va ijro hujjatlarini xavfli ishlab chiqarish obyektlarini barcha ishlatish davomida saqlash zarur (tashkilot yoʻq qilinmagunga qadar).
95. Har bir tashqi gazoʻtkazgichlar, elektr himoya qurilmasi va rezervuarga asosiy texnik taʼriflari boʻlgan va shuningdek, oʻtkazilgan kapital taʼmirlar toʻgʻrisidagi ishlatish pasporti tuzilishi kerak.
96. Gaz toʻldirish stansiyalari (GTS), gaz toʻldirish punktlari (GTP), avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari (AGQSh) gazoʻtkazgichlarida gaz oqimini harakatlanish yoʻnalishi koʻrsatiladi.
97. GTS, GNP, AGQSh lardagi texnologik uskunalar, gazquvurlari, armatura, elektr uskunalar, shamollatish tizimlari, oʻlchov vositalari, avariyaga qarshi himoya, muhosaralash va signal berish vositalari har oyda koʻzdan kechirilishi va aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinishi lozim.
Stansiyani ishga tushirish, dastlabki koʻrikdan oʻtkazilgandan (tekshirilgandan) soʻng bajariladi.
98. Nosoz agregatlar, rezervuarlar, gazoʻtkazgichlar uzib (ajratib) qoʻyilishi, aniqlangan gaz chiqishi holatlari bartaraf qilinishi kerak.
99. Gazoʻtkazgichlardagi armaturalar rezbali va flanetsli ulamalarni yechishga, ular uzib qoʻyilib, inert gazi yoki bugʻ bilan damlangandan soʻng ruxsat etiladi.
Bosim ostidagi gazoʻtkazgichlarda va uskunalarda boltlarni yechib (almashtirish) olish, flanetsli birikmalar detallarini burab mahkamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
100. Avariya — tiklash ishlaridan tashqari, texnologik uskunalar va armatura va gaz oʻtkazgichlarni taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatishlarni kunduzgi paytda bajarish lozim.
Berkitish armaturasi teskari va tezkor klapanlar tez va ishonchli oʻchirilishini taʼminlashi lozim.
101. Armaturalarni joriy taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish 12 oyda bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
102. Rezervuarlar va gazoʻtkazgichlar saqlagich tashlama klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
103. Saqlagich tashlama klapanlar quyidagi vaqtlarda tekshirilishi lozim:
a) oyida bir martadan kam boʻlmagan holda, qisqa vaqtga majburiy yechish bilan;
b) agarda klapan uzilishi koʻzda tutilmagan boʻlsa, tayyorlovchi — zavod yoʻriqnomasiga mos ravishda.
104. Toʻsqichlarni sozlash parametrlarini tekshirish va taʼmirlash stendda yoki joyida maxsus moslamalar yordamida quyidagi muddatlarda olib borilishi lozim:
a) rezervuarlarning tashlama saqlagich klapanlari — 6 oyda kamida bir marta;
b) boshqalari — joriy taʼmirlash oʻtkazilayotganda, lekin 12 oyda kamida 1-marta.
Taʼmirlash yoki tekshirish uchun yechiladigan klapan soz klapan bilan almashtirilishi lozim.
Sozlash parametrlarini tekshirishdan soʻng klapanlar tamgʻalanadi va jurnalda qayd qilinadi.
105. Kompressorlar va nasoslarni ishlatish rejali, ishlatilgan vaqt miqdori va nosozliklar ishlatish jurnalida qayd qilinishi kerak.
106. Nasos va kompressorlarning ishlashi ustidan nazorat qilish lozim. Nasos va kompressorlarni oʻchirilgan avtomatika va avariya shamollatgichlari muhosaralangan holda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
107. Nasosning soʻrish tarmogʻidagi gaz bosimi, ushbu haroratda suyuqlik faza toʻyingan bugʻlarining tarangligidan 0,1-0,2 MRa ga yuqori boʻlishi lozim.
108. Kompressorning haydash patrubkasida gaz bosimi haydash haroratidagi SUG bugʻlarini kondensatsiyalanish bosimidan yuqori boʻlmasligi kerak.
Kompressordan keyin maksimal gaz bosimi 1,6 MRa dan yuqori boʻlmasligi lozim.
109. Nasos-kompressor boʻlim (NKB) larida taʼmirlash va reglament ishlari, shuningdek gazdan xavfli ishlar olib borilayotganda nasos va kompressorlar oʻchirilishi kerak.
110. Ijro hujjatlarini AGQShni texnik va xavfsiz ishlatishga oid Qoidalarda keltirilgan hajmda olib borish tavsiya etiladi.
2-§. Tashqi gazoʻtkazgichlar va inshootlar
111. Isteʼmolchilarga yuborilayotgan suyultirilgan uglevodorod gazlari (SUG) yonuvchan uglevodorod gazlari uchun texnik tavsiflar oʻrnatuvchi davlat standartlariga muvofiq boʻlishi lozim.
112. Gaz hidi (odoratsiya) jadalligi gaztaqsimlash tarmogʻining soʻnggi nuqtalarida, toʻldirish (zapravka) joylarida va shuningdek, ballonlarda 3-4 ball chegaralarida boʻlishi kerak.
113. Namunalar olishni nazorat qilish va davriyligi, shuningdek gaz hidi jadalligi, GTS, GTP, AGQShlarda va gaztaqsimlash tashkilotlari tomonidan davlat standartiga muvofiq aniqlanishi va jurnalda qayd qilinishi lozim.
114. Gaz bosimi miqdori loyihaga muvofiq boʻlishi zarur.
115. Gazoʻtkazgichlarda kondensat mavjudligi va ularni olib tashlash, bekilib qolish mumkinligini istisno qiluvchi davriylik bilan olib borilishi lozim.
116. Gazoʻtkazgichlarida oʻrnatilgan berkitish armaturalari va kompensatorlarga har yili texnik xizmat koʻrsatilishi va zarur boʻlganda, taʼmirlanishi zarur.
Texnik xizmat koʻrsatish haqidagi maʼlumotlar jurnalda, kapital taʼmirlash haqidagi maʼlumotlar esa, (almashtirish) — gazoʻtkazgich pasportida qayd qilinadi.
117. Amaldagi tashqi gazoʻtkazgichlar davriy koʻrikdan oʻtishi, asbob bilan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi, texnik holati diagnostika qilinishi, shuningdek joriy va kapital taʼmirlanishi lozim.
Yer osti gazoʻtkazgichlari quyidagi ishlatishlarda diagnostika qilinishi lozim:
poʻlat quvurlar — 40 yil;
polietilenli — 50 yil.
Gaz uskunalari (texnik qurilmalar) ishlab chiqargan zavod oʻrnatgan ishlatish muddatidan soʻng diagnostika qilinishi lozim, lekin 20 yil ishlatish muddatidan ortiq boʻlmagan holda.
118. Yer usti gazoʻtkazgichlarini koʻzdan kechirishda gaz oqib ketishi, tayanchlar chegarasidan gaz quvurlarining siljishi, titrashlar, pachaqlanishlar, gazoʻtkazgichlarning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan egilishlari, tayanchlarining oʻtirib qolishi va shikastlanishi, uzib qoʻyish qurilmalari va ajratuvchi flanetsli tutashmalarining holati, elektroʻtkazgichlar tushib ketishidan himoya vositalari gazoʻtkazgichlarning mustahkamligi va boʻyalganligi va avtotransport yuradigan oʻtish joylarida gabaritli belgilarning holati aniqlanishi lozim.
119. Aholi turar joylarida yer osti gazoʻtkazgichlarini koʻzdan kechirib chiqqanda, gazquvurlari trassasida gaz chiqishining tashqi belgilari va asboblar boʻyicha aniqlanishi, gazoʻtkazgichlarning ikki tomonida 15 metrgacha masofada joylashgan yer osti injener inshootlarining (kommunikatsiyalari) quduqlari va kameralarida, nazoratli quvurchalarida, binolarning yertoʻlalarida, shaxtalarda, kollektorlarda, yer osti oʻtish joylarida asboblar yordamida gaz mavjudligining aniqlanishi, devor usti koʻrsatgichlari, elektrokimyoviy himoyalanishning inshoot va moslamalarining oriyentrini saqlanganligi aniqlanishi; gaz quvurlar va quduqlarning qopqoqlari qordan, muzdan va loylardan tozalanishi; tuproqning boʻrtishi, choʻkishi, oʻpirilishi va erroziyaga uchrashi, gazoʻtkazgichlarda yomgʻir bilan yuvilishining (choʻkishi) aniqlanishi; gazoʻtkazgichlarning buzilishlarida ehtiyot qilinishi koʻzda tutilgan qurilish ishlarida ishlab chiqarish sharoitlari nazorat qilinishi lozim.
120. Yer osti gazquvuroʻtkazgichlarini koʻrikdan oʻtkazish davriyligi, ularning texnik holati, elektrhimoya qurilmalarining mavjudligi va effektivligiga, bosim boʻyicha gazoʻtkazgich kategoriyasiga koʻra oʻrnatiladi; kavlash tuproqlarni, tuproqlarning boʻrtib chiqishi, yemirilishi, hududining seysmiyligiga, yil fasli va boshqa omillarga bogʻliq boʻlib, gaztaqsimlash va gaz taʼminoti tizimlarining xavfsizligi talablari oʻrnatgan muddatlardan kam boʻlmagan holatlarda oʻtkazish lozim.
121. GTS ga SUG suyuq fazasini gazoʻtkazgichlar orqali uzatayotganda, GTS hududidan tashqari chegarasidan oʻchirish qurilmasi 50 m dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatish lozim.
122. Tashlama gazoʻtkazgichlarida saqlagich klapanlaridan uzish qurilmalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
123. Ishdan tashqari vaqtda SUG texnologik gazoʻtkazgichlaridagi barcha berkitish armaturasi yopiq boʻlishi kerak.
124. Gazoʻtkazgichning va uskunalarni rejali-ogohlantiruvchi taʼmirlari jadvalda koʻzda tutilgan muddatlarda oʻtkazilishi kerak.
SUG haydovchi gazoʻtkazgichlari va armaturalarini ishlatishda quyidagi ishlar bajarilishi shart:
a) texnik xizmat koʻrsatish;
b) texnik taʼmirlash;
v) davriy sinashlar.
125. Gazoʻtkazgichlar va armaturaga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagi ishlar bajarilishi shart:
a) gazoʻtkazgichlarning payvandlangan choklari va flanetsli tutashmalarida zichlanmaganligini aniqlash uchun har kuni aylanib chiqish va koʻzdan kechirish lozim.
b) mahkamlanganlik, tayanch konstruksiyalari, fundamentlar, osilchoqlar, issiqlik izolatsiyasi va rangi, suriladigan va surilmaydigan ustunlarning toʻgʻri ishlashi, kompensatsiya qurilmalari, sizdirish moslamalari, armatura va quduqlarning ahvolini tekshirish.
126. Armaturani tashqi koʻrikdan oʻtkazishda uning salniklarini germetikligi, zulfin va joʻmraklarda shpindelning silliq yurishi tekshiriladi.
Aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinishi lozim.
127. Saqlagich tashlama klapanlarining sozlash bosimi ishchi bosimidan 15 % dan oshmasligi lozim.
128. Gazoʻtkazgichlar va ularda oʻrnatilgan armatura, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan jadvallar boʻyicha davriy taʼmirlanishi lozim.
129. Armatura, saqlagichli, tashlamali, tezlashtirishli va teskari klapanlarning taʼmiri tayyorlovchi — zavod pasportida koʻzda tutilgan muddatlarda, lekin bir yilda bir martadan kam boʻlmagan holda oʻtkazilishi lozim.
3-§. Nasos, kompressor va bugʻlatgichlarni ishlatish
130. Nasos, kompressor va bugʻlatgichlarni ishlatishda ularni tayyorlagan — zavod bergan yoʻriqnomalar, mazkur Qoidalar va ishlab chiqarish yoʻriqnomalari talablariga rioya qilish lozim.
131. Nasos, kompressor va bugʻlatgichlardan chiqishdagi haydash tarmoqlarida bosim loyihada koʻzda tutilganidan ortiq boʻlganda elektrodvigatellar va bugʻlatgichga issiqlik uzatish avtomat tarzda oʻchirilishi lozim.
132. Shamollatgich (ventilatsiya), nazorat-oʻlchov asboblari oʻchirilganda yoki ularning yoʻqligida binoda gaz konsentratsiyasi alanga tarqalishining pastki konsentratsiyasi chegarasidan 20 % ga oshib ketganda, nasos va kompressorlarni ishlatish taqiqlanadi.
133. Nasos, kompressor va bugʻlatgichlarning ish tartibi, ishlatilgan vaqt miqdori va shuningdek, ishlashida nosozliklar haqida maʼlumotlar ishlatish jurnalida qayd qilinishi lozim.
134. Nasos, kompressor va bugʻlatgichlarni ish rejimidan rezervga chiqarish, ishlab chiqarish yoʻriqnomasiga muvofiq oʻtkazilishi lozim.
135. Nasos va kompressorlarni toʻxtatgandan keyin soʻrish va haydash tarmoqlaridagi berkitish armaturasi yopiq boʻlishi kerak.
Bugʻlantirgich oʻchirilganda issiqlik tashuvchi va gaz chiqishida hamda kirishida berkitish armaturasi yopiq boʻlishi kerak.
136. Suv bilan sovutiladigan uskunali nasos-kompressor boʻlimidagi havo harorati ish vaqtida 10 °S dan past boʻlmasligi kerak.
137. Elektrodvigatel bilan ponsimon qayishli uzatma va ulagich muftasida toʻsiq yoʻqligida kompressor va nasoslarni ishlatish mumkin emas.
138. Nasos-kompressor va bugʻlantirish boʻlimlarida uskunalarning, quvuroʻtkazgich va NOʻA larning texnologik sxemalari, qurilmalarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar va ishlatish jurnallari mavjud boʻlishi lozim.
139. Kompressor va nasoslarga texnik xizmat koʻrsatishda har smenada quyidagilarni bajarish lozim:
a) nosozliklarni va gaz chiqib ketishini aniqlash maqsadida agregat berkitish va saqlagich armaturasi, oʻlchash, avtomatika va muhosara vositalarini koʻrikdan oʻtkazish;
b) jihoz va NOʻA larni chang va loylardan tozalash, yer tutashtirish va mahkamlagichlarning mavjudligi va sozligini tekshirish;
v) begona shovqin, oʻziga xos titrashlar yoʻqligini, podshipniklar haroratini, moy va sovutish suv sathi, bosim va haroratini nazorat qilish;
g) berkitish armaturasi va saqlagich klapanlarining soz holatini nazorat qilish;
d) uskunalarni tayyorlovchi — zavod yoʻriqnomalari talablariga rioya qilish;
e) nosoz uskunalar ishini toʻxtatish.
140. Kompressorlarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalarida koʻzda tutilgan qoʻshimcha ishlar bajarilishi lozim.
141. Kompressorning haydash gazoʻtkazgichlaridagi gaz bosimi haydash temperaturasidagi SUG bugʻlari kondensatsiya bosimidan yuqori boʻlmasligi va 1,6 MRa dan yuqori boʻlishi lozim.
142. Nasosning soʻrish tarmogʻidagi gaz bosimi ushbu haroratda suyuq fazaning toʻyingan bugʻlari tarangligi 0,1-0,2 MRa ga ortiqroq boʻlishi lozim.
143. Nasos va kompressorlarning ponasimon qayishlari ularning mustahkamligiga va kuchlarni uzatishga taʼsir etuvchi moddalardan himoyalanishi va davlat standartlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
144. Nasoslarga texnik xizmat koʻrsatish har oyda oʻtkaziladi. Texnik xizmat koʻrsatishda quyidagilarni bajarish kerak:
a) elektrodvigatel bilan nasos uzatmasining oʻqdoshligini va shuningdek, tutashgich mufta barmoqlarini tekshirish;
b) teskari klapan ishini tekshirish, koʻp bosqichli seksiyali nasoslarning seksiyalar orasida gaz chiqishini bartaraf qilish;
v) yoʻnaltiruvchi va ankerli boltlarni qotirib burash.
Aytib oʻtilgan ishlardan tashqari, nasoslarni ishlatish boʻyicha zavod yoʻriqnomasida koʻzda tutilgan ishlarni bajarish lozim.
Zavod yoʻriqnomasida koʻzda tutilgan nosoz moylarni nasoslar va kompressorlarni moylash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
145. Nasos, kompressor va bugʻlatgichlarga texnik xizmat koʻrsatish, bu ishlarni oʻtkazish uchun javobgar, ishlatuvchi xodim rahbarligi ostida amalga oshiriladi.
146. Nasos, kompressor va bugʻlatgich uskunalarini joriy taʼmirlashda tez eskiradigan qismlarini va detallarini almashtirish bilan taʼmirlash va uskunalarni qisman yechish, uni koʻrikdan oʻtkazish lozim.
147. Nasos, kompressor uskunalarining joriy va kapital taʼmirlash muddati obyekt rahbari tasdiqlagan jadval va ularni tayyorlagan — zavod tomonidan oʻrnatiladi.
148. Kompressorlarni joriy taʼmirlashda quyidagi ishlarni bajarish kerak:
a) silindrlar qopqoqlarini ochish, silindrlarni, porshenlarni qurumdan tozalash, porshen halqalarini qisman almashtirish, porshen halqalarini, porshenlarni, shtoklarni, silindrlarning eskirganligini tekshirish;
b) tirsakli oʻq boʻyinchasini konuslik va ellipslikka tekshirish, zarur boʻlsa, ularni yoʻnish va silliqlash;
v) shatunning pastki kallagi holatini tekshirish va zarur boʻlganda, podshipniklarini shabrovkalash;
g) tirsakli oʻqning motilli boʻyinchasi va ichqoʻyma (vkladish)lar orasidagi oraliqni tartiblashtirish;
d) rolikli podshipniklarni tekshirish, zarurat boʻlsa almashtirish;
e) shatun boltlarini tekshirib chiqish va ularning miqdorini tekshirish;
j) shatunning yuqori kallagi vtulkasini va kreyskofning barmoqchalarini tekshirish, ularni taʼmirlash yoki almashtirish;
z) muzlatgichlar va silindrlar koʻylaklarini loy va qurumdan tozalash;
i) tegib turadigan qismlar orasidagi oraliq va “zararli boʻshliqlar”ni yasagan — zavod yoʻriqnomasida koʻzda tutilgan miqdorga keltirib tartiblash;
k) moyoʻtkazgichlarni taʼmirlash, katerni yuvish va tozalash, moyni almashtirish, salnik va salnik oldini toʻldirish;
l) saqlagich klapanlarni va berkitish armaturasini almashtirish va taʼmirlash;
m) hamma boltli tutashmalarni taʼmirlash va tekshirish, ularni shplintlash;
n) soʻruvchi va haydovchi klapanlarni almashtirish va taʼmirlash;
o) klapan uyasini surtish va sayqallash;
p) havo quritish qurilmalarini taʼmirlash.
149. Texnik xizmat koʻrsatuvchi nasoslari joriy taʼmirlashda quyidagilar bajariladi:
a) rotorni chiqarib olish va korpusning ichki yuzasini koʻzdan kechirish;
b) disklarni qisman almashtirish yoki taʼmirlash;
v) oʻq boʻyinchalarini sayqallash, ularni toʻgʻrilash (zarurat boʻlganda);
g) zichlovchi halqalarni almashtirish;
d) rotorni muvozanatlash (zarurat boʻlganda);
e) qistirmalarni almashtirish;
j) salnik zichlatgichlarini taʼmirlash, toʻldirish yoki almashtirish;
z) podshipniklarni almashtirish (zarurat boʻlganda).
150. Bugʻlatgichlarni ishlatishda bosim ostida ishlayotgan idishlarni xavfsiz ishlatish boʻyicha talablarini bajarishi lozim.
Bugʻlatgichlarning joriy taʼmiri yiliga kamida 1-marta oʻtkazilishi kerak.
151. Bugʻlatgichlarni taʼmirlash va texnologik xizmat koʻrsatish uni yasagan — zavod pasportida koʻrsatilgan muddat va hajmda oʻtkazilishi lozim.
152. Kompressorlar va nasoslarning ishi quyidagi holatlarda toʻxtatilgan boʻlishi kerak:
a) gazning chiqishida va berkitish armaturalarida nosozliklarda;
b) titrash, begona shovqin va taqillash paydo boʻlganda;
v) podshipniklar va salnik zichlagichlar ishdan chiqqanda;
g) elektroʻtkazgichlar va ishga tushirish armaturalari ishdan chiqqanda;
d) muftali tutashmalar, ponasimon qayishlar va ularning toʻsiqlari nosozligida;
e) soʻruvchi va bosimli gazoʻtkazgichda oʻrnatilgan gaz bosimi tushishida yoki koʻtarilishida.
153. Bugʻlatgichlarni quyidagi holatlarda ishlatish mumkin emas:
a) suyuq va bugʻ fazalari bosimining oʻrnatilgan meʼyordan pasayishi yoki koʻtarilishida;
b) saqlagich toʻsqichlari NOʻA va avtomatik vositalarining nosozligida;
v) nazorat — oʻlchov asboblarini tekshirish oʻtkazilganda;
g) mahkamlash detallarining butlanmaganligida yoki nosozligida;
d) payvandlangan choklarda boltli birikmalarda terlash yoki gaz chiqishi aniqlanganda va shuningdek bugʻlatgich konstruksiyasining tashqi tomonlarida butunligi buzilganda;
e) gazoʻtkazgichning bugʻli fazasiga suyuq faza tushishida;
j) bugʻlatgichga issiqlik olib kelinishi toʻxtashida.
154. SUGdan foydalanuvchi xavfli ishlab chiqarish obyektida nasoslarni, kompressorlarni, karuselli gaztoʻldirish agregatlarini va bugʻlatgich qurilmalarga quyidagi hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim:
a) pasport va formulyar;
b) ishlatish xavfsizlik texnikasi, texnik xizmat koʻrsatish, ishga tushirish, sozlash boʻyicha texnik tavsiflar va yoʻriqnomalar, ehtiyot qismlar vedomosti;
v) tez eskiradigan detallar va qismlarning eskirish meʼyoriy chegarasi, taʼmirlash boʻyicha koʻrsatma;
g) texnologik jarayonning bayoni va asbob-uskunalarning taʼmiri;
d) armaturalar, apparatlar va nazorat-oʻlchov asboblari oʻrnatilgan joylari koʻrsatilgan gazoʻtkazgich bogʻlamalari sxemasi, ularning belgilanishi, ishchi parametrlari (bosim, temperatura va boshq.), gaz oqimi harakatining yoʻnalishi;
e) individual sinashlar dalolatnomalari;
j) umumiy koʻrinishdagi asosiy uzellarning chizmalari tez eskiradigan detallarni va shuningdek, detallarni ishlatish jarayonida ularni davriy buzmasdan nazorat qilish;
z) bosim ostida ishlaydigan apparatlar va idishlarning pasportlari, elektr dvigatellar, saqlagich toʻsqichlari;
i) moylash materiallariga sertifikatlar yoki ularni laboratoriya tahlili natijalari;
k) bugʻlantiruvchi qurilmani va karuselli gaztoʻldirish agregatlari, kompressorlar, nasoslarning smena ish jurnali, taʼmirlash formulyari;
l) rejali — ogohlantirish taʼmirlar jadvali
155. Suv bilan sovutiladigan kompressor qurilmalari va nasoslarni alohida nasos-kompressor boʻlimlariga (NKB) joylashtirish lozim. Agar tayyorlovchi bunday joylashtirishga ruxsat bersa, havoda sovutish kompressorlarini va nasoslarni ayvon ostiga joylashtirishga ruxsat etiladi.
156. Suyultirilgan gaz haydovchi nasoslardan tashqari, kompressorlar bilan bogʻliq boʻlmagan uskunalarni nasos-kompressor boʻlimlarida oʻrnatishga ruxsat berilmaydi.
157. Kompressor yoki nasos agregati ostidagi poydevor massasi (kompressor yoki elektr nasos uzatmasi bilan tegishli agregat massasidan katta boʻlishi kerak. Poydevor konstruksiyasi loyiha bilan aniqlanadi.
158. Kompressorlar, nasoslar, elektrodvigatellar korpuslari va tayanch plitalari erga tutashtirilishi lozim.
159. Gazoʻtkazgichdagi nasosxona yoki kompressor qurilmasi titrashi taʼsirining oldini olish uchun kirish va chiqish patrubkalarni tebranishni kompensatsiyalovchi kirgizmalar yordamida gazuzatgichlar bilan tutashtirish lozim.
160. Nasos-kompressor xonasida pol osti kanallari, chuqurlar qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
161. SUG dan foydalanuvchi obyektlarda qoʻllaniladigan nasos-kompressor uskunalari, atrof muhitga gazning chiqishini istisno qiluvchi, germetik zichlagichlar bilan suyultirilgan gazni haydash uchun maxsus belgilangan boʻlishi lozim.
162. Nasosxona va kompressor qurilmalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish obyektning texnik rahbari tasdiqlangan, rejali-ogohlantiruvchi jadval boʻyicha bajariladi.
163. Ishlab turgan nasos va kompressorlarni qarovsiz qoldirish mumkin emas.
164. Kompressorni ishlash paytida ularda titrash va shovqin roʻy berishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Soʻruvchi va haydovchi tarmoqlardagi termometrlar va manometrlar koʻrsatmasi berilgan rejimga mos boʻlishi kerak.
Ishlab turgan kompressorda taqillash yoki titrash, qizish harorati koʻtarilganda ularning sabablarini aniqlash uchun toʻxtatilishi kerak.
165. Kompressorning soʻruvchi tarmoqlarida kondensat yigʻuvchilar (suyuqlik ajratgichlari) koʻzda tutilishi lozim, ular sath signalizatorlari va drenaj qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Sath signalizatorlari kondensat yigʻuvchida suyultirilgan gazning maksimal sathida kompressorni toʻxtatishni taʼminlovchi kompressorlar bilan muhosaraga ega boʻlishi lozim.
Kompressorlarning haydash tarmoqlarida moy ajratgichlar oʻrnatiladi.
166. Suyultirilgan gazning suyuq fazasini haydash uchun nasoslar ishlayotgan paytida quyidagilarni kuzatish lozim:
a) elektrodvigatelning haroratini;
b) podshipniklar haroratini;
v) yon tomon zichlanish haroratini;
g) manometr boʻyicha haydovchi va soʻruvchi tarmoqlardagi bosimni;
d) yon tomon zichlash va armatura bilan flanetsli birikmalar germetikligini;
e) titrashning va begona shovqinlar yoʻqligini.
167. Kompressorlarni avariyali toʻxtatish quyidagi hollarda zudlik bilan amalga oshirilishi kerak:
a) kompressorning himoya vositalari ishdan chiqishida;
b) manometrlarda har qanday bosqichlarida ruxsat etilganidan yuqori bosim koʻrsatgichlarida;
v) sovutish suyuqligining berilishi toʻxtaganda yoki sovutish tarmoqlarida nosozlik aniqlanganida;
g) gazning chiqishi roʻy berganda va zichlagichlar buzilganida;
d) avariyaga olib kelishi mumkin boʻlgan nosozliklar aniqlanganda yoki dvigatellarda va kompressorda begona urilishlar va taqillashlar paydo boʻlganda;
e) nazorat-oʻlchov asboblarining ishdan chiqishida, ularni ishlayotgan kompressor qurilmasida almashtirish imkoni boʻlmagan holda;
j) yoritgichlar yoʻqligida;
z) yongʻinda;
i) poydevorda xavfli yoriqlar aniqlanganda.
168. Nasoslarning avariyali toʻxtashi quyidagi hollarda zudlik bilan amalga oshirilishi kerak:
a) nasosning biror qismidan suyuq gazning oqishida;
b) nasosning titrashida yoki aniq eshitilgan tovush paydo boʻlganda;
v) podshipnik yoki yon tomon zichlagichining harorati oshganda;
g) haydashda toʻsatdan bosim 10 % dan ziyodga tushib ketishida.
169. Nosoz manometrlar va termometrlar bilan yoki ularsiz ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
170. Nasos kompressor binosida nasoslarni, kompressorlarni va quvuroʻtkazgichlarni sizdirish va puflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sizdirilgan mahsulotlarni yigʻish va puflash gazlarini chetlashtirish uchun markazlashtirilgan tarmoqlardan foydalanish lozim.
171. Gazuzatgichlar birikmalarida, nasoslarning yon tomon zichlagichlarida, zulfinlar va nasoslar, kompressorlarning salniklarida oqishlar bartaraf qilinishi lozim.
Ularning bartaraf qilinishigacha nasoslar va kompressorlar toʻxtatilgan boʻlishi kerak.
172. Qurilmalarda gazoʻtkazgichlarning titrashi paydo boʻlishining oldini olish uchun anker boltlarini mahkam qotirilganligini kuzatish zarur.
Kompressorga va nasosga dvigateldan aylanish uzatmasiga toʻgʻri, elastik muftalar orqali yoki ponasimon qayishli uzatma yordamida ruxsat beriladi. Dvigateldan agregatga yassiqayishli uzatishga ruxsat berilmaydi. Ponasimon qayishlar elektr oʻtkazuvchi materiallardan ishlangan boʻlishi kerak.
Qurilma erga tutashtirilgan boʻlishi lozim.
Kompressor va nasoslarning hamma harakatlanadigan qismlari toʻsilgan boʻlishi kerak.
173. Dvigatellar va nasoslar, kompressorlar poydevorlariga, poydevor ramalari tagiga moy yoki boshqa suyuqliklar tushishidan himoyalangan boʻlishi darkor.
174. Nasoslar va kompressorlarning rejali-ogohlantiruvchi taʼmiri jadvalda koʻzda tutilgan muddatda oʻtkazilishi kerak.
Taʼmirlash uchun demontaj qilingan nasos yoki kompressor gazdan boʻshatilgan, ulamalari gazuzatgichlardan tikinlar bilan oʻchirilgan va bugʻlanishi kerak.
175. Qurilma joylaridagi kompressor va nasoslar taʼmirini oʻtkazish qoʻshimcha xavfsizlik talablariga rioya qilish bilan ruxsat beriladi.
Taʼmirlanadigan nasos yoki kompressorning gazoʻtkazgichlarida tiqin oʻrnatish paytida qolgan kompressorlar va nasoslarning ishi toʻxtatilgan boʻlishi lozim.
176. Nasos-kompressor boʻlimida (NKB) moylash materiallarini sutkalik meʼyoridan oshiq boʻlmagan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi.
177. Ishlatilgan moy maxsus ajratilgan joyda saqlanishi va utillashtirilishi lozim.
4-§. Shamollatish uskunalarini ishlatish
178. GTS, GTP, AGQSh da rahbarning qarori bilan shamollatish tizimlarini ishlatishga javobgar shaxs tayinlanadi.
179. Shamollatish tizimlari tartib raqami qoʻyilishi bilan (oquvchi, soʻruvchi, avariyali) funksional alomatlari boʻyicha farqlanadigan boʻlishi lozim.
Belgilar shamollatgich va havooʻtkazgichlar gʻilofiga qoʻyiladi.
180. Korxonalarda quyidagilar saqlanishi lozim:
a) havo haydash tizimlari sxemasida oʻlchamlari koʻrsatilgan, armaturalar, kompressorlar, saqlagichlar, olovni toʻsish va sizdirish qurilmalari, nazorat oʻlchov-asboblari va shuningdek uskunaga taalluqli boʻlgan, asbob-uskunalar joylashishi;
b) shamollatish qurilmalarini qabul qilib olish dalolatnomalari;
v) shamollatish qurilmalarining ajralmas qismi boʻlgan asbob- uskunalarining pasportlari.
Quyidagilarni tashkillashtirish lozim:
a) shamollatish qurilmasining ishlash vaqti hisoboti;
b) qurilmani ishlatish paytida nosozliklar hisoboti;
v) qurilmaning elementlari, uskunalar taʼmiri va ularga xizmat koʻrsatish hisoboti;
g) qurilma elementlarini almashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Shamollatish tizimi konstruksiyasidagi barcha oʻzgarishlar asosiy loyihaga kiritiladi.
181. Shamollatgichlarning soʻruvchi tizimlarini ishga tushirish texnologik uskunalarni qoʻshishdan 15 min oldin, shamollatgich soʻruvchi tizimini ishga tushirish soʻruvchi shamollatish tizimini qoʻshgandan soʻng — 15 mindan keyin bajarilishi lozim.
182. Oquvchi shamollatgich tizimlari bilan havo olish joylarida suyultirilgan uglevodorod gazlarining bugʻlari tushishi mumkinligi istisno qilinishi lozim.
183. Oquvchi shamollatgich tizimlarini toʻxtatish paytida teskari havo oʻtkazishda teskari klapan yopiq boʻlishi lozim.
184. Shamollatgich qurilmasi ishlarining samaradorligiga baho berish ularni ishlatish boʻyicha koʻrsatma bilan maxsuslashtirilgan korxona oʻtkazadigan sinash natijalari boʻyicha texnik hisobot bilan tasdiqlanadi.
185. Shamollatish qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish oʻrnatilgan tartibda jadval boʻyicha SUG dan foydalanuvchi ishlab chiqarish obyekti xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.
186. Shamollatish qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish paytida rejali koʻrik va taʼmirlar (joriy va kapital) oʻtkaziladi.
Shamollatgich qurilmalarini rejali koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar bajariladi:
a) mexanik buzilish, zanglash mavjudligini vizual koʻrib chiqish nazorati;
b) kaloriferlar quvurlarini va shamollatgich kameralarini, havo oʻtkazgichlarning germetikligini; ranglar borligini, begona shovqin va titrashlarni, havo tortgichning buzilmaganligini;
v) tiqin drossellar harakatini, shiberlar va jalyuza chambaraklarini va shamollatgichlarni, markazdan qochma ishchi gʻildiraklarining aylanish tarafini va shamollatgich markaziy parraklarining toʻgʻriligini tekshirish;
g) markazdan qochma shamollatgichlarning tomoni bilan rotor oʻrtasidagi tirqish (oraliq) va oʻqli shamollatgichlarning parragi bilan obechaykasi oʻrtasidagi tirqish (oraliq) ni tekshirish;
d) kaloriferdagi seksiyalar va plastinalar filtrlarining ifloslanganligini aniqlash va kassetalarni filtrlangan materiallar bilan toʻlib qolganligini tekshirish;
e) elektrdvigatellar podshipniklari haroratining nazorati va oxirgi ertutashtirgich mavjudligini tekshirish;
j) xonaga haydaladigan havo parametrlarining nazorati;
z) aylanadigan qismlarning toʻsiqlarini tekshirish.
187. Shamollatgich qurilmalarini joriy taʼmirida quyidagi ishlar bajariladi:
a) rejaviy koʻrik paytida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish;
b) elektrdvigatellarni ajratish va tozalash;
v) salt yurishida va ishlayotgan paytida elektrodvigatellar ishini tekshirish;
g) elektrodvigatellarni portlashdan himoya parametrlarini tekshirish;
d) ertutashtirish qurilmalarining qarshiligini tekshirish;
e) tok yuruvchi qismlarning izolatsiyasini almashtirish yoki taʼmirlash, kontaktorlar va magnit ishga tushirgichlarni taʼmirlash;
j) elektrodvigatellar va podshipniklarni almashtirish yoki taʼmirlash;
z) podshipniklarni moylash va zarurat tugʻilganda flanslar, boltlar, qistirmalar, yumshoq qoʻshmalar orasidagi qoʻygichlarni almashtirish;
i) oʻqli shamollatgich parraklarini va shamollatgichlarning alohida markazdan qochma gʻildiragi kurakchalarini taʼmirlash;
k) ortiqcha shovqinlarni bartaraf qilish, havo uzatgichdagi titrashlarni bartaraf qilish uchun shamollatgich rotorini muvozanatlash va ularni taʼmirlash;
l) gʻilof va rotor oraligʻidagi tirkishni tiklash va tekshirish;
m) shamollatgichlar va elektrodvigatellarning mahkamlanishini nazorat qilish;
n) havooʻtkazgichlar, shamollatish kameralarini, yigʻib olish va soʻrish shaxtalarini, filtrlar elementlarini va boshqa joylarni tozalash;
o) oquvchi shamollatgich tizimlarining teskari klapanlarining germetikligini tekshirish;
p) kaloriferlarda issiqlik tashuvchilardan muhit oqishini bartaraf qilish (zarurat tugʻilganda);
r) shamollatish kamerasi, yenglar, kassetalar, boʻlimlarni toʻsuvchi konstruksiyalar orqali oʻtish joylari va boshqalarni taʼmirlash;
s) havooʻtkazgichlarni boʻyash (zarurat boʻlganda);
t) tartiblash (zarurat boʻlganda).
188. Kapital taʼmirlash paytida shamollatish qurilmasining samaradorligi va ish bajara olishligini koʻtarish uchun zarur boʻlgan ishlar bajariladi.
Hamma elementlar holatini tekshirish, eskirgan uzellarni va detallarni almashtirish, tartiblanishini tekshirish, zarur boʻlgan sinash va kompleks tekshirish, shu jumladan:
a) shamollatgichning oʻqini almashtirish va (yoki) taʼmirlash;
b) ventilyatorning kojuxini taʼmirlash;
v) eskirgan podshipniklarni almashtirish;
g) rotorning statik balansirovkasini tekshirish;
d) konstruksiyadagi elementlarni, shu jumladan shamollatish kamerasining issiqlik izolatsiyalari klapanlarini, eshiklar, toʻsqichlar-drossellari, shiberlar, zulfinlar, mexanizmlar va uzatmalarni almashtirish yoʻli bilan taʼmirlash;
e) havooʻtkazgichning uchastkalarini, mahalliy soʻrgichlarni, zontlarni, deflektorlarni, kaloriferlarni almashtirish va boshqalar;
j) sozlash va sinash.
Shamollatish qurilmasini kapital taʼmirlagandan soʻng ish resurslari va tafsilotlari bilan yangi pasport rasmiylashtiriladi.
189. Shamollatish qurilmalarining rejali koʻrik natijalari SUG obyektining uskunalarini ishlatish jurnaliga yozilishi kerak.
190. Avariyali shamollatgich qurilmalarining ishlashini tekshirish har oyda kamida 1-marta boʻlishi kerak.
191. SUG dan foydalanuvchi obyektda oquvchi-soʻruvchi shamollatgich ishlashi nazoratini taʼminlash, chorakda bir martadan kam boʻlmagan holda xonalarda qayta havo almashinishini tekshirish oʻtkazilishi kerak.
Tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
192. Majburiy shamollatish bilan hosil qilinadigan havoalmashish darajasini tekshirishda xonaning pastki chegarasidan soʻruvchi shamollatgich bilan havo olishining 2/3 va yuqori zonasidan — 1/3 ni taʼminlash zarur.
Havo almashishi yetarli boʻlmaganda suyultirilgan uglevodorod gazlari bilan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
193. Portlashdan xavfli binolarda oquvchi-soʻruvchi shamollatgich tizimi normal muhitdagi shamollatgich xonasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin emas.
Portlashdan xavfli binoga yondosh turgan elektr uskunalari normal oʻrnatilgan xonalar soatida 5-martadan kam boʻlmaganda almashinish karraligi shamollatgich bosimi kamida 0,00005 MRa ga ega boʻlishi kerak.
Havo olish SUG bugʻlarining tushishini istisno qiluvchi, mustaqil boʻlishi lozim.
194. Soʻruvchi shamollatgich tizimlaridan havoni chiqarish bino tomi konka yuqorisidan kamida yuqorida joylashishi kerak.
195. Shamollatgich kameralari uchun har 1 soatda qayta havo almashtirishni taʼminlaydigan, tabiiy shamollatgich koʻzda tutilishi lozim.
196. Oquvchi shamollatgich tarmogʻi uchun havo olish balandligi havo chiqarishda 6 m. dan kam boʻlmagan balandlikda boʻlishi lozim.
197. Hamma havooʻtkazgichlar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi lozim.
198. Yumshoq kirgizma havooʻtkazgichlarni flyanetsli tutashmalarda statik elektrrazryadidan himoyalash uchun elektrsimli shuntrlovchi tutashtirgichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
199. Shamollatgichlarning ish unumdorligini oshirish uchun quyidagilarni taʼminlash lozim:
a) aylanish sonini;
b) parraklarning muvozanatini tekshirish;
v) parrak va gʻilof orasidagi tirqishning muvofiqligini;
g) havooʻtkazgich tutashmalaridan havo chiqishini bartaraf qilish;
d) ularga begona narsalarning tushib qolishini istisno qiluvchi va havooʻtkazgichlarni ifloslanishdan tozalash;
200. Portlashdan xavfli binolarda soʻruvchi shamollatgich tizimlari binoga kirish joyida tashqarida oʻrnatiladigan portlashdan himoyalangan holda tayyorlangan takroriy (dubliruyushiy) ishga tushirish knopkalariga ega boʻlishi lozim.
201. Shamollatgich tizimining ishga tushirish qurilmasining toʻldiruvchi qurilmalari karuselli uzatmalar, nasos va kompressorlar ishga tushirish qurilmalari bilan muhosaralangan boʻlishi kerak.
Muhosaralash shamollatgichlar ishlashi boshlangandan soʻng kamida 15 min. dan keyin kompressorlar, nasoslar va karussellar ishlashga yoqilishini va shamollatgich oʻchirilgan holatda uskunalarning ishlash ehtimoli istisno qilinishini taʼminlashi kerak.
202. Avariyali shamollatgich portlashdan xavfli xonalarda statsionar oʻrnatilgan gaztahlillagichlar bilan muhosaralangan boʻlishi kerak.
203. Texnologik uskunalar bilan xonalar loyiha boʻyicha hisoblangan havoalmashish karraligini taʼminlovchi majburiy oquvchi-soʻruvchi shamollatgich koʻzda tutilishi lozim, ammo quyidagilardan kam boʻlishi lozim:
a) 1 h ish vaqtida oʻn karralik havoalmashishini;
b) 1 h ishlamaydigan vaqtda uch karralik havoalmashishini;
v) 1 h avariyali soʻruvchi shamollatgich uchun sakkiz karralik havoalmashishini.
204. Soʻruvchi shamollatgichlar va elektrodvigatellar ularni shamollatish kamerasiga oʻrnatish bilan portlashdan himoyalanib tayyorlanishi kerak.
205. Avariyali shamollatgich alangalanishning pastgi konsentratsiya chegarasining 20 % dan oshmaydigan xavfli gaz aralashmasi binoda mavjudligida signalizatorlar ishga tushib ketishi lozim.
Avariyali shamollatgich qoʻshilishi bilan nasoslar, kompressorlar va boshqa texnologik uskunalarning elektrodvigatellari oʻchirilishi taʼminlanishi lozim.
206. Shamollatgich kameralari yopilgan boʻlishi lozim.
207. Soʻruvchi tizimning soʻrgʻichlari soʻrib oluvchilari havooʻtkazgichlarga begona narsalarning tushishining oldini olish uchun toʻr bilan yopilgan boʻlishi lozim.
208. Tartiblash qurilmasini sozlashdan soʻng tegishli holatda fiksatsiyalanishi kerak.
209. Ventkamera va “A” toifadagi xonaga texnik xizmat koʻrsatish, jurnalga yozib qoʻyish bilan har oy oʻtkazilishi lozim.
5-§. Rezervuarlarni ishlatish
210. SUG rezervuarining taʼmiri va ularga xizmat koʻrsatish, texnik tekshiruvdan oʻtkazish nazorati, bosim ostida ishlaydigan idishlarning tizimini va ularni xavfsiz ishlatish hamda mazkur Qoida talablariga koʻra amalga oshirilishi kerak.
211. Rezervuarlarga (SUG saqlash bazalariga) texnologik sxema tuziladi, ularda rezervuarlarning joylashishi, ularning raqamlari va shuningdek texnologik gazoʻtkazgichlar va armaturalar koʻrsatiladi.
212. Rezervuarlar toʻldirilishidan oldin ortiqcha bosim mavjudligiga tekshirilgan boʻlishi va 0,5 mRa dan kam boʻlmasligi lozim.
Ishchi holatida rezervuarlarni tekshiruv natijalari jurnalda koʻrsatilishi lozim.
213. Rezervuarlar, tekshiruvdan oʻtgandan soʻng, korxona rahbarining yozma ruxsatnomasi asosida ishlatishga kiritilishi kerak.
214. Rezervuarlarni ishlatishda, ularga har smenada texnik xizmat koʻrsatish quyidagi hajmlarda amalga oshirilishi lozim:
a) gazning chiqishini aniqlash va nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida rezervuarlar va armaturalarni koʻrikdan oʻtkazish;
b) rezervuarlardagi gaz sathini tekshirish;
215. Texnologik xizmat koʻrsatish paytida aniqlangan nosozliklarni jurnalga yozib qoʻyish lozim.
216. Gazning chiqishi aniqlanib, ularni zudlik bilan bartaraf qilishning iloji boʻlmagan holda, texnologik gazoʻtkazgichdan tiqin oʻrnatib uzish kerak.
217. Yechiladigan klapan oʻrniga tiqin oʻrnatib turib tekshirish yoki taʼmirlash mumkin emas.
218. SUG dan foydalanuvchi obyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha quyidagi ishlar bajariladi:
a) sozlangan bosim ostida saqlagich klapanlarning ishlab ketishini tekshirish;
b) joʻmrak va kranlarni, zulfin chervaklari tezlanishini va moylanganligini koʻzdan kechirish;
v) drenaj qurilmasi orqali rezervuarlardan kondensatni toʻkish (zarurat boʻyicha).
219. SUG obyektlarida rezervuarlarga texnik tekshiruvdan oʻtkazish tartibi va muddati, shuningdek rezervuarlarni muddatidan oldin texnik tekshiruvdan oʻtkazish zarurati oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan, amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga koʻra aniqlanadi.
220. Rezervuarlarni suyultirilgan uglevodorod gazlari bilan uning geometrik hajmning 85 % dan koʻp boʻlmagan hajmda toʻldirish kerak.
Rezervuarlar ortiqcha gaz bilan toʻlib ketganda, ortiqcha gazni boshqa rezervuarga quyish kerak.
6-§. Rezervuarlarga suyultirilgan uglevodorodli gazlarni (SUG) quyish
221. Suyultirilgan uglevodorod gazlari SUGdan foydalanuvchi obyektlarga temir yoʻl va avtomobil tsisternalarida va (yoki) tashishga qulay (echiladigan) konteynerlarda va ballonlarda yetkaziladi.
222. Odatda, rezervuarlarga avtomashina va temir yoʻl tsisternalaridan SUGni quyish, ishlab chiqarish yoʻriqnomasi va mazkur Qoida talablariga rioya qilgan holda sutkaning yorugʻ paytida bajarilishi lozim.
223. Temir yoʻl tsisternalaridan suyultirilgan gazlarni quyishga tayyorgarlik GTS hududidan lokomotivni uzoqlashtirgandan va relslar yoʻliga tsisternalarni qotirib qoʻygandan soʻng boshlanishi kerak.
224. GTS hududida temir yoʻl tsisternalarining soni quyish postlari sonidan oshmasligi kerak.
225. Quyish-toʻkish operatsiyalari korxona rahbarining qarori boʻyicha bajarilishi kerak.
Momaqaldiroq paytida va olovli ishlarni oʻtkazish vaqtida quyish-toʻkish operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
226. Temir yoʻllar, avtomobil tsisternalari, rezina matoli yeng (shlang) erga tutashtirilishi lozim.
Yerga tutashtiruvchi qurilmalarni yechishga, quyish-toʻkish operatsiyalari tugagandan soʻng tsisternalar joʻmragi shtutserlariga tiqin oʻrnatganda ruxsat beriladi.
227. Quyish-toʻkish operatsiyalari paytida rezina matoli yenglar, suyultirilgan gazlar uchun ularni qoʻllashga yoʻl qoʻyish, texnik shartlari va (yoki) davlat standartlariga toʻgʻri kelishi lozim.
Statik elektrdan himoyalash uchun ularning oʻram qadami 100 mmdan koʻp boʻlmagan, kesim maydoni 4 mm2 kam boʻlmagan mis troschasi yoki diametri 2 mmdan kam boʻlmagan mis sim bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
Simning (troschani) uchi yeng uchliklari bilan gaykali bolt yoki kavsharlash bilan tutashtiriladi.
Metalkordli yengni qoʻllashda va shuningdek suyultirilgan uglevodorod gazlar muhitiga chidamli sharnirli ulanmalar bilan egiluvchan metall gazoʻtkazgichlar qoʻllaniladi.
228. Quyish-toʻkish operatsiyalari paytida foydalanilgan, yenglarni chiqitga chiqarish, sinash, koʻrikdan oʻtkazish, AGQSni xavfsiz ishlatish boʻyicha talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
229. Bosim ostida turgan yenglarni yechish, yengning tashlama gaykalarini qotirib tortishga va shuningdek gaykalarni qotirish va yechib olish paytida uradigan asboblarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
230. Gazoʻtkazgichlardagi joʻmraklar va zulfinlarni gidravlik urilishlardan oldini olish maqsadida sekin-asta ochish lozim.
231. Avtomobillardan quyish-toʻkish operatsiyalarini bajarishdan oldin, SUGni haydash uchun nasoslar bilan jihozlanganlaridan tashqari, avtomobil dvigatellari oʻchirilgan boʻlishi lozim.
Shtutserlardagi tiqinlarni oʻrnatib, yenglarni yechib olgandan soʻng dvigatellarni ishlatishga ruxsat beriladi.
232. SUGni quyish-toʻkish vaqtida temir yoʻl va avtomobil tsisternalarini toʻldiruvchi, quyuvchi va quyish kolonkalarini qarovsiz nazoratsiz qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
233. Quyish-toʻkish operatsiyalarini bajarayotgan xodimlar va nasos-kompressor boʻlimi mashinisti orasida telefon, qattiq gapiradigan yoki koʻrinadigan aloqa amalga oshirilishi lozim.
234. Avtomobil tsisternalarining dvigatellari avtomobilning old qismiga chiqarilgan uchqunsoʻndirgich va glushitel bilan va ikkita uglekislotali oʻt oʻchirgich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
235. Sisternalarni qabul qilib olishda quyidagilar tekshiriladi:
a) tsisternalarni yuklab joʻnatish hujjatlariga muvofiqligi;
b) tsisterna korpusini buzuq joylari yoʻqligi va berkitish va nazorat armaturalarining sozligi;
v) sathoʻlchagich va nazorat joʻmragi orqali, tsisternadagi SUG sathini va mavjudligi.
236. Yuboriladigan hujjatlarda tsisternaga quyilgan gaz massasi (ogʻirligi), tsisternalar raqami, joʻnatilgan sana, yetkazib beruvchining nomi tekshiriladi.
237. Sisternadagi berkitish armaturasining sozligi tashqi koʻrik bilan tekshiriladi.
238. Sisternadan SUG quyishni boshlashdan oldin quyidagilarni bajarish lozim:
a) tsisternalarni yogʻoch boshmoqlar bilan mahkamlash;
b) tsisternadan SUG ni quyish uchun shlanglarni mustahkamligini va sozligini tekshirish;
v) tsisternalarni erga tutashtirish.
239. Rezervuarlarga tsisternadan SUGni quyish SUGni quyish texnologik operatsiyalari bilan bogʻliq operatsiyalarni, zulfinlarning yopiq va ochiqligini toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng ruxsat beriladi.
240. Quyish bajarish boʻyicha xodim himoya koʻzoynagi, bosh kiyimi va maxsus kiyimlarda bajarishi lozim.
241. Sisternadan SUG ni quyish quyidagilarda amalga oshiriladi:
a) kompressorning ishlashida tsisterna va rezervuar orasidagi bosim farqini hosil qilish bilan;
b) bugʻlatgichdagi SUG bugʻlarini isitish bilan rezervuar va tsisterna orasidagi bosim farqini hosil qilish bilan;
v) SUG ni nasoslar bilan tortib olish;
g) rezervuar tsisternalardan pastroqda joylashganda, oʻz oqimi bilan.
242. Toʻldirilayotgan rezervuardan atmosferaga gazning bugʻ fazalarini tashlash bilan rezervuar va tsisternalar orasidagi bosimning farqini hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
243. SUGni quyish paytida tsisternada paydo boʻladigan bugʻ fazalarining bosimi tsisternada koʻrsatilgan, ishchi bosimidan oshmasligi lozim.
Sisternadagi bosim ishchi bosimidan yuqori koʻtarilganda, kompressor yoki bugʻlatgichlar oʻchirilgan boʻlishi kerak.
244. Rezervuarlar va tsisterna orasidagi bosimlar farqi odatda (0,15 — 0,2) MRa atrofida ruxsat beriladi.
245. Avtomobil tsisternalaridan SUG ni quyish paytida avtomobil dvigatellarining ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
246. SUG quyish operatsiyalariga tayyorgarlik tugagandan soʻng, haydovchi avtomobilni oʻt oldirish kalitini ish rahbariga topshiradi.
247. SUG quyish paytida haydovchi avtomobil kabinasida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
248. Gazuzatgichlardan shlanglarni yechib olgandan va quyish shtutserlariga tiqin oʻrnatilgandan soʻng avtomobil dvigatelini ishlatishga ruxsat beriladi.
249. SUG ni quygandan soʻng tsisternadagi bugʻning bosimi 0,05 MRa gacha pasaytirilishi kerak.
Atmosferaga gazni chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
250. Quyish operatsiyasida band boʻlmagan xodimlar ish joyida boʻlmasliklari kerak.
251. SUG quyilmayotgan vaqtda gazoʻtkazgichlarga ulangan tsisternalarni qarovsiz qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
252. Quyish jarayonida gazoʻtkazgichning germetikligini kuzatish zarur.
253. SUG quyish vaqtida bosim ostida boʻlgan ulamalarni zichlash boʻyicha ishlar oʻtkazish mumkin emas.
254. Quyish davrida tsisternadagi gazning sathidan va qabul qilish rezervuaridagi bosimdan xabardor boʻlishi lozim.
255. Quyish tugashi bilan tsisternadagi joʻmraklar tiqinlangan va germetiklikka tekshirilgan boʻlishi lozim.
256. Quyuvchi gazoʻtkazgichlarning va armaturalarning muzini eritish uchun isitilgan qum, issiq suv yoki suv bugʻi qoʻllashi kerak.
257. SUG oqib ketishi mavjud boʻlgan tsisternalar kelganda qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilib, gazdan boʻshatilishi kerak.
258. Quyidagi holatlarda ballonlar va rezervuarlarni gaz bilan toʻldirishga ruxsat berilmaydi:
a) flanetsli tutashmalarda va payvandlash choklarida terlash yoki chiqarishlar, qabariq yoriqlar aniqlanganda;
b) saqlagich klapanlar nosozligida;
v) sathoʻlchagich qurilmalari nosozligida;
g) lyuklardagi va kirish joylaridagi mahkamlash detallarining toʻliq emasligida yoki nosozligida;
d) gaz kelayotgan quvurlarning tayanch ustunlari va rezervuarlar fundamentining choʻkishida.
259. Rezervuarlar, taʼmirlash va tekshiruv oʻtkazishdan oldin, gazdan bugʻlanmagan qoldiqlardan boʻshatilishi, ishlov berilishi (gazsizlantirilishi) kerak.
Ballonlarni va rezervuarlarni ishlov berish ularni iliq suv bilan toʻldirish yoki inert gazi bilan damlash va ularni bugʻlantirish yoʻli bilan oʻtkazilishi lozim.
Rezervuarlarni gazsizlantirishda (degazatsiya) havodan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Gazoʻtkazgichlardan rezervuarning bugʻli va suyuq fazasini tiqinlar bilan ajratiladi.
260. Ketma-ketlik, rezervuarlarni gazsizlantirish vaqti va zarur boʻlgan xavfsizlik choralari ishlab chiqarish yoʻriqnomasi bilan aniqlanishi kerak.
Demontaj qilingan gazoʻtkazgichlarning nam holatdagi uchastkalari va rezervuarlardan olingan pirafor yotqiziqlar stansiya hududidan uzoqlashtirilishi kerak.
261. Gazsizlantirilgandan keyin ishlatilgan suv, SUGning kanalizatsiyaga tushishini istisno qiluvchi tindirgichga yuborilishi darkor.
262. Gazsizlantirish sifati idishning pastki qismidan olingan namunani tahlil qilish yoʻli bilan tekshirilishi lozim.
Uglevodorod gazining konsentratsiyasi alangalanishning pastki konsentratsiyasi chegarasining 20 % dan oshmasligi kerak.
Tekshirish natijalari jurnalda koʻrsatilishi lozim.
7-§. Gazballonli avtomobillarga yonilgʻi quyish
263. Jamoa va shaxsiy gazballonli avtomobillar transportiga yonilgʻi quyishda bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga rioya qilinishi lozim.
AYoQS da avtotransportlarga yonilgʻi quyish maydonchalarida alohida kirish va chiqish yoʻli mavjud boʻlishi kerak.
264. Gazballonli avtomobillarga gaz quyish ishlab chiqarish yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Gazballonli avtomobillarning texnik nosoz ballonlariga gaz quyishga ruxsat berilmaydi.
Ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
265. Ballonlarning sozligi toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻrnatilgan tartibda ularni toʻldirishdan oldin tekshiriladi.
266. Ballonda quyidagilarning mavjudligi tekshiriladi:
a) ballonning hisob raqami;
b) ballonning sigʻimi litrlarda;
v) ballonlarni texnik koʻrikdan oʻtgan sanasi;
g) uni qayd qilish toʻgʻrisidagi belgisi.
267. Bundan tashqari, avtomobilda oʻrnatilgan ballonda quyidagilar koʻrinarli qilib oʻyib yozilgan boʻlishi kerak:
a) tayyorlovchi zavodning tovar belgisi;
b) ballonning tartib raqami (zavodniki);
v) davlat standart yoki ularning tayyorlanishi texnik shartiga asosan boʻsh ballonning haqiqiy massasi (kg);
g) tayyorlangan sana (oy, yil) va keyingi shahodatlash yili;
d) ishchi bosim (R), MRa;
e) gidravlik sinash bosimi (Ra), MRa;
j) davlat standartlari yoki tayyorlash texnik shartlariga koʻra, ballon sigʻimliligi (/);
z) tayyorlashga standart tartib raqami.
268. SUG uchun avtomobillardagi ballonlar gazoʻtkazgichlarga germetik ulangan va mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak.
269. Avtomobillarda oʻrnatilgan quyidagi ballonlarga SUG toʻldirish mumkin emas:
a) davriy texnik koʻrikdan oʻtish muddati tugaganda;
b) klapan va joʻmraklari nosozligida ;
v) ballonning korpusi buzilishida (rakovinalar, zaboinalar, chirish, majoqlanishlar);
g) ballonning mahkamlagichlari boʻshaganda;
d) birikmalardan oqish mavjudligida.
270. Yonilgʻi sifatida SUG dan foydalanayotgan, avtomobil ballonini toʻldirishda dvigatelda ish toʻxtatib qoʻyish lozim.
Berkitish qurilmasida tiqin oʻrnatgandan soʻng dvigatelni ishlatish kerak.
Gaz quyish uchun GTS (AGQSh) hududiga avtomobil kirishidan oldin yoʻlovchilar tushirilishi kerak.
271. Ballonlarning toʻlish darajasi maksimal toʻlish nazorati joʻmragi yoki keskich toʻsqichi bilan aniqlanadi.
Ballonlarni ortiqcha toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Avtomobil gaz uskunalarida zichsizlik aniqlangan paytda yoki ballonlar toʻlib ketishida undan rezervuarga quyiladi.
272. Gazballonli avtomobillarga gaz qoʻygandan soʻng quyidagilar tavsiya qilinadi:
a) agar avtomobil dvigateli oʻt olmasa, uni kalitni burab oʻchirish kerak va gaz quyish kolonkasidan 15 m dan kam boʻlmagan masofaga itarib olib borish lozim;
b) AGQSh hududida avtomobil dvigatelini bir turdagi yonilgʻidan boshqasiga oʻtkazmaslik;
v) AGQSh hududida gazballonli avtomobillarning gaz apparaturalarini taʼmirlash va tartiblashni oʻtkazmaslik;
g) ballonning ishchi bosimidan oshiq boʻlgan bosimni, gaz quyish kolonkasida hosil qilmaslik;
d) ballonlar va kommunikatsiyalarda yechiladigan tutashmalarni qotirmaslik;
e) avtomobillar va gaz quyish kolonkalarini qarovsiz qoldirmaslik;
j) ballon toʻlib ketganda atmosferaga ballonlardan SUG ni tashlamaslik.
8-§. Ballonlarni toʻldirish qurilmasini ishlatish
273. Obyektda SUG (GTS, GTP, AGQSh) bilan ballonlarni toʻldirish quyidagilarni xavfsiz ishlatish va sozligini kuzatish zarur:
a) karuselli toʻldirish qurilmasini;
b) polda oʻrnatilgan oʻlchov qurilmalari (tarozilar).
274. Suyultirilgan gazlar bilan ballonlarni toʻldirish oquvchi-soʻruvchi shamollatgich va gazlanganlik signalizatsiyasi ishlab turganda, plyus 10° S past boʻlmagan havo haroratida isitilayotgan xonada oʻtkazilishi lozim.
275. Polda oʻrnatilgan ogʻirlikni oʻlchash (tarozilar) moslamalari ayvon tagida, ochiq maydonchalarda joylashishi mumkin. Maydonchada ballonlarni toʻldirishga, tashqi havoning minus 20° S dan past boʻlmagan haroratda ruxsat beriladi.
276. Gaztoʻldirish qurilmalarida gaz bosimi tushishidan ehtiyot boʻlishi avtotsisterna, quvuroʻtkazgichlarning nasos-kompressor boʻlimidan avtotsisterna va ballonlarni toʻldirish uchun beriladigan gaz alohida boʻlishi lozim.
277. Ballon toʻldirish qurilmasining ishlashini rejali tekshirish yilida ikki marta oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) berkitish moslamasi ishlarini tekshirish;
b) saqlagich klapanlari ishini oyda bir marta tekshirish;
v) filtrlarni tozalash va koʻrikdan oʻtkazish;
g) ishqalanadigan qismlarni moylash va salniklarni joylash;
d) tartiblash toʻsqichlarining zich yopilishini tekshirish;
e) tashlash klapanining toʻgʻri sozlanganligini tekshirish.
278. Ballonlarning toʻldirish qurilmasini ishlatishga quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyilmaydi:
a) oʻrnatilgan meʼyordan bosimning yuqori koʻtarilishida;
b) saqlagich klapanlarini, manometrlar, nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarning nosozligida;
v) tekshirilmagan nazorat-oʻlchov asboblarida;
g) mahkamlash detallarining toʻliq boʻlmagan sonida yoki nosozligida;
d) birikmalarda payvandlash choklarining terlashi yoki gaz chiqishida;
e) bugʻ fazalari quvuroʻtkazgichlarida suyuq fazalarning tushishida.
279. Ballonlarni toʻldirish qurilmalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish tayyorlovchi zavodi pasportida koʻrsatilgan muddat va hajmida bajarilishi lozim.
280. Toʻldirilgan ballonlarni 100 % ga toʻldirish nazoratidan oʻtishi kerak.
281. Gaz bilan toʻldirilgandan keyin ballonlar toʻldirilganlik darajasi tekshirilishini taʼminlaydigan tarozida tortib koʻrish va boshqa usullar bilan tekshirilishi kerak.
Ballonlarni tortish uchun nazorat tarozilari har bir smena boshlanishidan oldin tekshirilishi lozim.
Ruxsat etilgan xato quyidagini tashkil qilishi lozim:
a) sigʻim 1 L li ballonlar uchun — + 10 g ;
b) 5 L va 120 L li ballonlar uchun — +20g;
v) 27 L va 50 L li ballonlar uchun — +100 g.
282. Barcha toʻldirilgan ballonlar germetiklikka tekshirilgan va tiqinlar bilan berkitilgan boʻlishi lozim.
Nogermetik ballonlardagi gaz toʻkib olinishi kerak.
283. Toʻldirish sexidagi ballonlar soni bir soatda toʻldiriladigan ballonlar sonining yarmidan oshmasligi lozim.
284. Oʻtish joylarida ballonlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
285. Taʼminotchilarga SUG bilan toʻldirilgan ballonlarni berib yuborish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
286. Stansiya (punktlar) hududiga avtomobilda kirish, ballonlarni tashish uchun belgilangan avtomashinalar uchun ruxsat beriladi:
a) maxsus jihozlangan (kletka turdagi);
b) yuk avtomashinalari uning old qismiga chiqarilgan toʻrli uchqunsoʻndirgichli shovqinsoʻndirgich, ikkita uglekislotali oʻt oʻchirgich, yogʻoch oʻrindiqlar va (yoki) rezinali (arqon) halqa va ballonlarni mahkamlash uchun moslama bilan jihozlangan.
287. Avtomobillar yukning xavfliligi toʻgʻrisidagi bildirish belgilari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
288. Koʻchma avtotsisternalarni maydonchalarda joylashtirish uchun ularga yer ajratilishi oʻrnatilgan tartibda kelishilib amalga oshirilishi lozim.
Koʻchma avtotsisternalardan maishiy ballonlarning toʻldirish uchun maydonchalar, toʻla ballonlardan idishlarga gaz quyish uchun idishlar va mazkur Qoidaga koʻra ballonlarni toʻlish aniqligini nazorat qilish uchun oʻlchov moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
AGQS da maishiy ballonlarni toʻldirish maydonchalari uning hududidan tashqarida alohida avtomobillarni kirish va chiqishini joylashtirish lozim.
9-§. Gazalangali ishlov berish
289. Metallarga gazda kesish, payvandlash va boshqa turdagi gazalangali ishlov berish ishlari shuningdek boshqa manbalardagi ochiq olovdan foydalanishga quyidagi masofalardan kam boʻlmaganda ruxsat beriladi:
a) guruhli gazballonli qurilmalardan —10 m;
b) propan-butan bilan toʻldirilgan alohida ballonlardan — 5 m;
v) suyultirilgan uglevodorodli gazlar, rezinomentli yenglar, gaz quvurlaridan, shuningdek qoʻlda ishlaydigan gazalangali gaz olish postlaridan — 3 m;
g) avtomatik va yarim avtomatik tarmoqlardan — 1,5 m.
290. Ish paytida suyultirilgan uglevodorodli gazli ballonlar tik holatda turishi lozim.
291. Gazalangali ishlar uchun suyultirilgan uglevodorodli (propan-butan) gazli ballonlarni tanlash paytida gazning ruxsat etilgan harorati 45°S dan ziyod boʻlmasligi lozim.
292. Binolarda oʻrnatiladigan, ballonlar, isitish radiatorlari va boshqa isitish asboblaridan 1 m. dan kam boʻlmagan masofada, ochiq olov bilan issiqlik manbaidan esa — 5 m.dan kam boʻlmagan masofada turishi lozim.
293. Koʻchma yondirgichlarni suyultirilgan uglevodorodli gazlar uchun tayyorlangan rezinali yeng (shlang)lar yordamida ulash lozim.
Eng oʻzaro ikki tomonlama nippellar bilan ulangan, uch boʻlakdan koʻpni tashkil qilmasligi va uzunligi 30 m. dan oshmasligi kerak.
Englar uchlari gazquvur va yondirgichga xomut bilan mustahkam qotirilishi lozim.
294. Qoʻshimcha oʻchirib qoʻyish joʻmragi yenggacha oʻrnatiladi.
Yoriqlar, kesilish, boʻrtib chiqish va qirilgan joylari bor rezina matoli yenglarni qoʻllash mumkin emas.
295. Gaz payvandlash, kesish va boshqa turdagi metallarga ishlov berishni tsokol va yertoʻla xonalarida va shuningdek quduqlarda, shaxtalarda va yer osti inshootlarida oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
296. Bosimi 0,5 MRa dan kam boʻlmagan ballonlardan suyultirilgan gaz olish mumkin.
297. Transportlar yurish va oʻtish joylarida ballonlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
298. Ish joyida yondirgich, kesgich va boshqa apparaturalarni taʼmirlash mumkin emas.
299. Ishlash paytida gaz ballonlarni metall ekran bilan toʻsish lozim.
300. Guruhli qurilmalarda ballonlarni almashtirish, imorat yoki binoning qoʻshimcha xonalarida joylashtirilishida ularning texnik koʻrsatilishini, odatda ikkita ishchi bilan oʻtkazish lozim.
301. Guruhli ballonli qurilmalar bilan binolar va shkaflarda “Olovdan xavfli-gaz” lavha yozuv yozib qoʻyiladi.
10-§. Elektr uskunalarini ishlatish
302. Elektr qurilmalari va elektruskunalaridan tayyorlash zavodining yoʻriqnomasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi talablariga mos boʻlgan isteʼmolchilar elektrqurilmalarini ishlatish texnik qoidalari talablariga rioya qilgan holda, foydalanishi lozim.
11-§. Avtomatika va nazorat-oʻlchov asboblarini (KIP) ishlatish
303. Xavfsizlik avtomatikasi qurilmalari, avtomatik tartiblash va nazorat-oʻlchov asboblari (KIP) yasovchi zavodning talablariga muvofiq koʻrsatgichlar aniqligini taʼminlashi lozim.
304. Gazquvurlarida oʻrnatilgan asbob-uskunalar va avtomatik xavfsizlik qurilmalari, avtomatik tartiblash va nazorat-oʻlchov asboblari quyidagilardan oʻtishi lozim:
a) texnik xizmat koʻrsatish;
b) taʼmir;
v) koʻrsatgichlar toʻgʻriligi va sozligining tekshiruvi;
g) himoyalash, muhosaralash va signal berish qurilmalarini ishlatishning tekshiruvi;
d) davlat tekshiruvi.
305. Hisobga olish, nazorat qilish, sanoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlatishga moʻljallangan oʻlchov vositalarini majburiy tekshiruv muddatlari davlat standartlariga muvofiq qabul qilinadi.
Tekshiruv muddatidan oʻtgan nazorat-oʻlchov asboblarini ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
306. Statsionar va koʻchma gaztahlillagichlar va signalizatorlar tayyorlovchi zavodning yoʻriqnomasiga asosan alanga tarqalish konsentratsiyasining pastki chegarasidan gazning konsentratsiyasida ishlab ketishi 10 % boʻlganda 3 oyda bir martadan kam boʻlmagan holda tekshiruvdan oʻtishi lozim.
Himoyalash, muhosaralash va signal berish qurilmalari oyida 1-marta ishlab ketishga tekshiriladi.
307. Oʻlchov asboblari va xavfsizlik avtomatika vositalariga texnik xizmat koʻrsatish tayyorlovchi zavodning yoʻriqnomasi hisobga olingan holda bajariladi.
308. KIP va xavfsizlik avtomatikasi vositalariga, texnik xizmat koʻrsatishga, gazquvurlariga, nasos-kompressor uskunalariga, rezervuarlarga va elektruskunalariga texnik xizmat koʻrsatish bilan birga tavsiya qilinadi.
Xodimning oʻzi asboblarni ochishi mumkin emas.
Ishda oʻlchov va avtomatika xavfsizlik vositalarida aniqlangan nosozliklar toʻgʻrisida rahbarga xabar beriladi.
309. KIP ga texnik xizmat koʻrsatish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) asboblarning tashqi koʻrigini;
b) impulsli tarmoqning mahkamlanishi va germetikligini tekshirishni;
v) elektrsimlari va boshqa kommunikatsiyalarning sozligini tekshirishni;
g) tamgʻaning mavjudligini tekshirishni;
d) ishlatishda vujudga keladigan nosozlikni aniqlashni;
e) harakatlanish mexanizmlarini moylash;
j) asboblarga suyuqliklar va siyoh toʻldirish, diagramma qogʻozini, perolarni almashtirishni.
Asboblarning koʻrsatgichlarini qayd qilish har smenada oʻtkaziladi.
Asboblarni tekshirish uchun oʻz vaqtida taqdim etish texnik xizmat koʻrsatishga kiradi.
310. Avtomatik xavfsizlik muhosaralari va signal qurilmalarini ishlab ketishini tekshirish oyida bir martadan kam boʻlmagan holda oʻtkazilishi kerak.
Signal berish xavfsizlik avtomatikasi qurilma mazmuni uskunalarni sozlash toʻgʻrisidagi hisobotga toʻgʻri kelishi lozim.
311. Impulsli quvuroʻtkazgichlar va armaturalar asboblarning germetikligini nazorat qilish. Texnologik uskunalar va gazquvurlarining germetikligini tekshirish bilan bir oyda bir martadan kam boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
312. Asboblarning joriy taʼmirini, yechilgan asbobni yangisiga almashtirishni maxsus ustaxonada bajarish kerak.
Joriy taʼmir quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) asboblarni ochish va tozalash, tashqi koʻrikdan oʻtkazish;
b) harakatlanayotgan tarmoqlarni qisman yechish;
v) buzilgan stryelkalar, prujina, trubkalar, vintlar, kontaktlar, diagrammalarni ushlab turuvchilarini, pero richaglarini almashtirish yoki tuzatish va zarur boʻlganda yetishmaydiganlarini toʻldirish va eskirgan mahkamlash detallarini va shuningdek stryelkalarni almashtirish.
Nazorat-oʻlchov asboblarini joriy taʼmiridan soʻng tekshiruvdan oʻtkazish kerak.
313. Xavfsizlik avtomatikasi va muhosarasi qurilmalarini oʻchirish (uzib qoʻyish), obyekt rahbarining qarori boʻyicha ishlar xavfsizligi taʼminlanganda qisqa vaqtga ruxsat beriladi.
314. Gazlanish signalizatorning ishdan chiqishida zaxiradagi bilan almashtirish zarur.
Ishlab chiqarish binolarida gaz konsentratsiyasining nazoratini almashtirish vaqtida ish smenasi mobaynida har bir 30 min. da koʻchma gaztahlillagich bilan amalga oshiriladi.
315. Siqiq havo talab qilinmaydigan gazlanish signalizatorlari kecha-kunduz ishlashi lozimdir.
Ulardan signal berish esa, doimo odamlar boʻladigan xonaga chiqarilgan boʻlishi lozim.
316. Gazlanish signalizatorlari oʻrnatilgan tayyorlovchi zavodining yoʻriqnomasi boʻyicha tuzatilishi lozimdir.
317. Gazoʻtkazgichlar va uskunalarga oʻrnatiladigan manometrlar shkalaga ega boʻlishi, ularning oʻlchash chegarasi, uning uchdan qismida turishi lozim.
318. Ruxsat etilgan xatolikning yarmidan oshadigan asbobni oʻchirganda stryelka shkalaning nol holatiga qaytmagan, buzilishlari boʻlgan, tekshirish muddati oʻtgan, tamgʻa yoki plombasi yoʻq boʻlgan oʻlchov vositalarini qoʻllash mumkin emas.
319. Siferblatda yoki koʻrsatadigan manometrlar korpusida ishchi bosimiga muvofiq boʻlgan qiymati boʻyoq bilan belgilangan boʻlishi lozim.
320. Kapital taʼmirlashda quyidagilar bajariladi:
a) asbobning alohida uzellarini va harakatlanadigan oʻlchash qismlarini yigʻish va toʻla yechish;
b) hamma detallarni yuvish va ularni quritishi;
v) turumostligi va boshqa oʻlchash tarmoqlari detallarini, kernlarni tuzatish va almashtirishni;
g) hamma oʻlchash chegarasida asosiy nuqtalar boʻyicha koʻrsatgichlarni toʻgʻrilash va tartiblash, asbob sxemalarini tekshirishni;
d) armaturalarni tuzatish yoki almashtirishni;
e) chegara qayta ulagichlarini sozlash yoki almashtirish, zarurat boʻlganda esa, asbobni gradirovkalashni.
Taʼmirdan soʻng unga tutashtiriladigan kommunikatsiyalar boʻyoq bilan boʻyaladi va tamgʻalanadi.
Kapital taʼmirlashdan soʻng nazorat-oʻlchov asboblari davlat nazoratidan oʻtishi lozim.
321. Texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashlarning bajarilish davriyligi rejali ogohlantirish taʼmirlash jadvalida belgilanadi.
322. Avtomatika va NOʻA vositalari taʼmirlashni asosiy uskunalarda taʼmirlashni bajarish muddatiga toʻgʻrilashga tavsiya qilinadi.
Taʼmirlash yoki tekshirishga yechilgan asboblar ishlatish sharti boʻyicha oʻxshashiga almashtirilishi lozim.
323. NOʻA va A vositalarining taʼmiri va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlari jurnalga yozib qoʻyiladi.
324. Signal berish va avariyaga qarshi himoya, avtomatika vositalarini taʼmirlash va tartiblash boʻyicha ishlarga gazlanish sharoitlarida yoʻl qoʻyilmaydi.
325. SUG obyektida quyidagi hujjatlar saqlanadi va olib boriladi:
a) loyiha va ijro, shu jumladan NOʻA;
b) asboblarning pasporti;
v) asboblarni yasagan korxona bergan yoʻriqnoma.
12-§. Texnologik gazuzatgichlar, armaturalar va muhandislik kommunikatsiyalarni ishlatish
326. Gaz sizib yoki oqib chiqishini aniqlash uchun foydalaniladigan asboblar tegishli kategoriya va guruhi (propan-butan)ga mos boʻlgan portlashdan himoyalanib yasalgan boʻlishi kerak.
327. Gazoʻtkazgichlar va armaturalarga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
a) payvandlangan choklar, flanetsli va rezbali ulamalarda, salnikli zichlamalarda nozichlikni aniqlash va boʻyalishi hamda issiqlik izolatsiyasini aniqlash uchun gazoʻtkazgichlarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish;
b) armaturalarni koʻzdan kechirish va taʼmirlash, armatura va uzatma qurilmasini iflosdan va muzdan tozalash;
v) quvuruzatgichlar, quduqlar hamda yongʻin gidrantlarining tayanchlari holatini tekshirish.
328. Gazuzatgichlar va armaturalarga xizmat koʻrsatish quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
a) gaz sirqib chiqishi va nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida barcha gazoʻtkazgichlar va armaturalarni koʻzdan kechirish — har oyda;
b) quvuruzatgich va armaturalar, xonadagi salnikli zichlamalarning barcha rezvali va flanetsli ulamalarini ishchi bosimda germetiklikka tekshirish — har oyda;
v) SUGdan foydalanuvchi obyektning hududidagi barcha yer osti kommunikatsiyalar quduqlarining gazlanganligini tekshirish — tashkilot texnik rahbari tasdiqlangan grafik boʻyicha tekshiruvlar jurnallari qayd qilinishi kerak.
329. Armaturaga texnik xizmat koʻrsatishda gaz sirqishi borligini aniqlash, flanetsli ulamalar germetikligini, maxoviklar butunligi va ishonchli mahkamlanganligini aniqlash darkor.
Armatura shpindelining ogʻir harakati yoki salnikli zichlamalar germetikligini yoʻqolishi hollarida zichlagich almashtirilishi yoki qoʻshimcha xavfsizlik choralarini qoʻllash sharti bilan zichlantirilishi kerak.
Qayd qilingan ishlardan tashqari, yopqich armaturaga uzatma taʼsirining sozligi tekshirilishi va belgilari qayta tiklanishi tekshirilishi kerak.
Nosoz va norgermetik armatura almashtirilishi kerak.
330. Gazuzatgichlarda, rezervuarlarda oʻrnatilgan saqlagich prujinali klapanlar sozligi va ishlatishini, ularni qisqa vaqtli ochib, oyiga kamida bir marta tekshirilishi kerak.
331. Saqlagich tashlama klapanlar bosimini sozlash, rezervuarlar va gazuzatgichlar ishchi bosimining kamida 15 % dan oshmasligi kerak.
332. Texnologik uskunalar, rezervuarlar va gazuzatgichlardagi nosoz va tartiblanmagan saqlagichli tashlamalardagi nosoz va tartiblanmagan saklagichli tashlama klapanlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
333. Klapanni sozlash parametrlarini tekshirish, ularni rostlash stendda yoki joyida maxsus moslamalar yordamida oʻtkaziladi.
Sinovdan soʻng klapanlar plombalanadi, tekshiruv natijalari jurnalda qayd qilinadi.
334. Taʼmirlash yoki tekshirish uchun yechib olingan klapan oʻrniga sozlangan klapan oʻrnatilishi kerak.
335. Gazuzatgichlarda joriy taʼmirlashni oʻtkazish muddati koʻrik natijalari asosida aniqlanadi. Gazuzatgichlarni joriy taʼmirlash ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) texnik xizmat koʻrsatishda aniqlangan defektlarni bartaraf qilish;
b) yer usti gazuzatgichlar solqiligini bartaraf qilish, yer usti
336. Yopqich armaturalarni joriy taʼmirlash yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) armaturani zang va iflosdan tozalash;
b) armaturalarni boʻyash;
v) zulfin (joʻmraklar)dagi chervyakni tezlatish (shigash), uni moylash;
g) salniklardagi zichlagichlarni tekshirish;
d) zulfin (joʻmrak)ning uzatma qurilmasining nosozligini bartaraf qilish;
e) barcha payvandlangan, rezvali va flanetsli ulamalarni, salnikli zichlamalarni sovun emulsiyasi yoki asbob qoʻllash usuli bilan germetikligini tekshirish;
j) armaturani tekshirish va taʼmirlash natijalari jurnalda qayd qilinadi.
337. Joriy taʼmirlash boʻyicha ishlar reja boʻyicha yoki SUGdan foydalanuvchi obyekt texnik rahbari tasdiqlagan grafik boʻyicha bajariladi.
338. Gazoʻtkazgichlarni kapital taʼmirlash zarurat boʻyicha quyidagi hajmlarda oʻtkaziladi:
a) gazoʻtkazgich uchastkalarini almashtirish;
b) gazoʻtkazgich shikastlangan uchastkalardagi izolatsiyani taʼmirlash;
v) zulfin, joʻmraklar, kranlarni almashtirish (zarurat boʻyicha);
g) harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan tayanchlarni almashtirish.
Gazoʻtkazgichlarni kapital taʼmirlashda kundalik taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishda nazarda tutilgan ishlar ham bajariladi.
Kapital taʼmirlangandan soʻng gazoʻtkazgichlar va rezervuarlar germetiklikka sinalishi kerak.
339. Kapital taʼmirlash oʻtkazilishida kapital taʼmirlashni bajarayotgan tashkilot tomonidan ishlarni bajarish rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi va obyekt rahbari bilan kelishiladi.
340. Gazuzatgichlar, inshootlar, armaturalarni almashtirish, kapital taʼmirlashga ishlarni bajarish rejalarida ishchi kuchi va materiallarga boʻlgan ehtiyoj, ishlarni bajarish muddatlari aniqlanadi.
341. Kapital taʼmirlash boʻyicha ishlar natijalari jurnalga yozilishi kerak.
342. Muhandislik tarmoqlarini joriy taʼmirlash davriyligi quyidagicha oʻrnatiladi:
a) suvoʻtkazgich va kanalizatsiya tashqi tarmoqlari — 2 yilda bir marta;
b) tashqi issiqlik tarmoqlari — yiliga bir marta;
v) suvoʻtkazgich, isitish va boshqa ichki tarmoqlar — yiliga bir marta.
343. Avtotsisternadan SUGni quyish va gazballonni avtomobillarga yonilgʻi quyish uchun metallkordli yenglar hamda egiluvchan metall gazoʻtkazgichlar (silfonli)ni qoʻllash mumkin.
344. Quyish-toʻkish operatsiyalarida qoʻllaniladigan yenglarda yoriq, kertma, shish va yedirilgan joylar boʻlmasligi kerak.
Koʻrsatilgan defektlar yengda boʻlsa, u yangisi bilan almashtiriladi.
345. Englar har 3 oyda bir marta 1,25 ishchi bosimga teng boʻlgan bosim bilan gidravlik usulda mustahkamlikka sinaladi. Sinov natijalari jurnalga yoziladi.
346. Har qaysi yeng tartib raqami, sinov oʻtkazilgan sanasi (oy, yil) belgilariga ega boʻlishi kerak.
347. Metallkordli va rezina matoli yenglar statik elektr dan himoyalangan boʻlishi shart.
348. Bosim ostida turgan yenglarning tashlama gaykalarini tortib mahkamlash, yenglarni yechib ajratish hamda gaykalarni burab ochish va burab yopishda zarba beruvchi asboblarni qoʻllash taqiqlanadi.
13-§. Bino va inshootlarni ishlatish
349. SUGdan foydalanuvchi obyektlarni loyihalashda ularga keladigan avtomobil yoʻllarini qurish koʻzda tutilishi kerak.
AGQSlari uchun hududga avtomobillar kirishi va undan chiqishi uchun alohida yoʻllarni nazarda tutish kerak.
350. Portlashdan xavfli muhit (nasos-kompressor xonalari, toʻldiruvchi, bugʻlatuvchi xonalar, shu xonalar uchun soʻruvchi ventkameralar) hosil boʻlish ehtimoli boʻlgan SUGdan foydalanuvchi obyektlarning ishlab chiqarish xonalari A kategoriyaga kiritilishi kerak.
351. A kategoriyasidagi ishlab chiqarish zonasidagi binolarning olovga chidamliligi I va II darajali, bir qavatli, yongʻindan xavflilik sinfi P-I, tomi birga qoʻshilgan va isitgichi yonmaydigan qilib ishlashi koʻzda tutilishi kerak.
Tegishli darajada asoslanganda olovga chidamliligi III darajali va yongʻindan xavfliligi P-II sinfdagi binolardan foydalanishga ruxsat etiladi.
352. A kategoriyadagi xonalarni boshqa kategoriyadagi xonalardan ajratuvchi qurilish konstruksiyalari I-turdagi yongʻinga qarshi va gaz oʻtkazmaydigan boʻlishlari kerak.
353. A kategoriyadagi xonalarda oson olib tashlanadigan toʻsuvchi konstruksiyalar koʻzda tutilishi kerak.
Oson olib tashlanadigan konstruksiyalar maydoni qurilish meʼyorlari va qoidalarini hisobga olib qabul qilinishi kerak.
A kategoriyali xonalarda chuqurchalar joylashtirish mumkin emas.
A kategoriyadagi xona poli erning tekislangan sathidan kamida 15 cm baland boʻlishi kerak.
354. A kategoriyadagi xonalarda SUGning xavfli konsentratsiyasidan signal beruvchi qurilma oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
355. A kategoriyadagi xonalar devori orqali oʻtgan gazoʻtkazgichlar va boshqa kommunikatsiyalar boshqa kategoriyali xonalardan zichlangan gʻiloflar ajratish vositasi sifatida koʻzda tutilishi kerak.
356. Oqib keluvchi shamollatish tizimlarining havo olish joyini aniqlashda SUG bugʻlari tushish ehtimoli istisno boʻlishi kerak.
A kategoriyadagi xonalar tabiiy portlashdan himoyalanib ishlangan sunʼiy yoritilishga va tabiiy yorugʻlikka ega boʻlishlari kerak.
357. Nasos-kompressor xonalarining toʻldiruvchi va bugʻlatuvchi boʻlimlari, ishchi yoritilishdan tashqari qoʻshimcha avariyali yoritish koʻzda tutilishi kerak.
358. Ishlab chiqarish qurilmalari zonalar sinfi boʻyicha quyidagilarga kiradi:
a) V — 1a sinfiga — nasos-kompressor xonalari, toʻldiruvchi, ballonlarni gazsizlantirish, bugʻlatish boʻlimlari, ish xonalar uchun tortma ventkameralar;
b) V — 1 g sinfiga — SUG rezervuarlari, kolonka (ustun)lar, avtotsisternalar turishi uchun maydonchalar, yuklash-tushirish maydonchalari, ochiq maydonchalarda joylashgan bugʻlatgichlar, nasoslar, kompressorlar.
359. Ballonlarni yuklash-tushirish maydonchalarini toʻldirish boʻlimining ikki sutkalik ish unumi miqdorida ballonlarning joylashtirilishi taʼminlanishini hisobga olib loyihalash kerak.
360. Ochiq maydonchalarda joylashish SUG rezervuarlari, ustunlari, yuklash-tushirish maydonchalari, bugʻlatgichlar, ballonlar, nasoslar, kompressorlar A toifadagi qurilmalarga kiritilishi kerak.
361. Zonalar sinfiga koʻra bino, inshootlar, tashqi qurilmalar uchun yashin himoya koʻzda tutilishi kerak.
SUGdan foydalanuvchi obyektlar uchun tashqi telefon aloqasi va dispetcherli xabarlash tizimi oʻrnatish nazarda tutilishi kerak.
362. SUGdan foydalanuvchi obyektlarda quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
a) qurilish meʼyorlari va qoidalariga koʻra SUG ni saqlash rezervuarlardan SUG dan foydalanuvchi obyektga kirmaydigan bino va inshootlargacha va SUG dan foydalanuvchi obyektdagi binolar va inshootlar oraligidagi uzilishlar;
b) hududni shamollatishni taʼminlovchi, SUG dan foydalanuvchi obyekt perimetri boʻylab qurilgan toʻsiqlar;
v) xona havosida statsionar gaztahlillagichlar bilan gaz miqdori aniqlanishi ustidan va (yoki) ularni ishdan chiqishida ish smenasining har 30 min da koʻchma gaztahlillagichlar bilan gazlashganlikni aniqlash ustidan nazorat qilish;
g) yer usti rezervuarlarining maydoni atrofini marzalash va SUG ni saqlash yer osti rezervuarlarini joylashtirish;
d) binolarning A kategoriyadagi xonalari bilan portlashga chidamli (turgʻun) ligini va A kategoriyalardagi xonalarni boshqa kategoriyadagi xonalardan ajratuvchi toʻsiqli konstruksiyalarning gaz oʻtkazmasligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar;
e) yongʻinga qarshi suvoʻtkazgich va (yoki) yongʻin rezervuarlari (zarurat) boʻyicha.
Toʻldiruvchi va nasos-kompressor boʻlimlarida avtomatik avariyali tizimlar oʻrnatilishi kerak. Ular quyidagilarni taʼminlaydilar:
j) avariya vaziyatlarida signal berish tizimining ishga tushirilishini;
z) oqma shamollatgich toʻxtaganda oraliq stansiyada elektr manbani uzib qoʻyishni;
i) ishlamayotgan oqma shamollatgichning elektr dvigatellarini ishga tushirishni taqiqlashni;
k) nasoslarni, ularni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish yoʻqligida, starter qobigʻining qizib ketishida va soʻruvchi potrubkada bosim pasayishida oʻchirib qoʻyishni;
l) moy uzatilishi buzilganda, moy tizimida bosim va haydash bosimi oshganda kompressorlarni oʻchirib qoʻyish.
363. Ishlatishnning birinchi 2 yilligida bino va uskunalar, inshootlar fundamentlari ustidan har 3 oyda bir marta kuzatish oʻrnatish kerak.
364. Keyingi yillarda choʻkadigan gruntlarda va ish olib borilayotgan hududlarda fundament choʻkishi ustidan kuzatish majburiy.
Bino, inshootlar va uskunalar fundamentlari choʻkishini oʻlchash uchun reper oʻrnatiladi.
365. Bino va inshootlardagi barcha taʼmirlash-qurilish ishlari turlari, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan rejali-ogohlantiruvchi grafikka mos ravishda bajarilishi kerak.
366. Portlashdan xavfli ishlab chiqarish joylashgan binolarni choʻkish hollarida, portlashdan xavfli xonalarni portlashdan xavfli boʻlmagan xonalardan ajratib turuvchi devorlardagi yoriqlar bartaraf qilinishi va ularning paydo boʻlish sabablari aniqlanishi kerak.
367. Nasos-kompressor uskunasi, bugʻlatgichlar va rezervuarlar osti fundamentlarining holati ustidan nazorat oʻrnatish kerak.
Vibratsiya, temperatura taʼsiri va boshqa sabablar natijasida devor va fundamentlardagi yoriqlar va buzilishlar bartaraf qilinishi kerak.
368. Metall konstruksiyalar yiliga kamida 1-marta, temir betonlilari esa yiliga kamida 2-marta koʻrikdan oʻtishi kerak. Nosozlik va buzilishlar aniqlanganda, ularni bartaraf qilish boʻyicha choralar qoʻllanilishi kerak.
369. Bino va inshootlar metall konstruksiyalarini korroziyadan saqlash uchun vaqti-vaqti bilan boʻyash zarur(tashqilari yiliga kamida 1-marta, xona ichidagilari zarurat boʻyicha 3 — 5 yilda kamida 1-marta).
370. SUG dan foydalanuvchi obyekt bino va inshootlarining tomlari vaqti-vaqti bilan koʻrikdan oʻtishi va soz holda ushlab turilishi va oʻz vaqtida qor va muzlardan tozalanishi shart.
371. Portlashdan xavfli xonalar pollari doʻng va chuqurlarsiz tekis boʻlishi kerak.
Xonalarning eshik va derazalari tuzilishi, polining materiali uchqun hosil qilmaydigan materialdan yasalgan boʻlishi kerak.
372. Portlashdan xavfli xonalarda va rezervuar parklarida metall narvonlar va maydonchalar mavjudligida, ishlaganda ular yuzasini tegishli material bilan qoplab, uchqun hosil boʻlishini istisno qiluvchi choralar qabul qilinishi zarur.
373. SUGdan foydalanuvchi obyektlarda yer osti rezervuarlari marzalarining holati ustidan kuzatuv olib borilishi kerak.
Yerosti rezervuarlari marzalari ularning eng yuqori nuqtasidan 0,2 m ga baland boʻlishi kerak.
374. SUG dan foydalanuvchi obyekt hududi begona predmetlar va yonuvchan materiallardan tozalangan boʻlishi shart.
375. Yoʻllar, avtomobil yoʻllari va umumiy foydalanish yoʻllariga chiqish soz holatda boʻlishi kerak.
Yoʻl chetlari oqova, jala suvlari uchun tozalanishi kerak.
376. Tuproq ishlarini bajarishda “Gaztaqsimlash tarmoqlarini muhofaza qilish Qoidalari” talablariga mos ravishda gazoʻtkazgichlarning saqlanishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
377. Bino va inshootlarni taʼmirlash boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik va ishlar jurnalda aks ettirilishi kerak.
378. Har bir ishlab chiqarish xonasiga kiraverishda ularning portlash va yongʻindan xavflilik kategoriyasi belgilari, hamda isteʼmolchilar elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga muvofiq zonalar sinflari belgisi osib qoʻyilishi kerak.
379. Suv bilan taʼminlash tizimi toʻxtab qolganda SUG dan foydalanuvchi obyektlardagi ishlar ham toʻxtatiladi.
380. A kategoriyadagi bino va inshootlar va A kategoriyadagi tashqi qurilmalar hamda V-la va V-1g sinfli zonalari boʻlgan xonalardan 50 m narida joylashgan suvoʻtkazgich va kanalizatsiya quduqlari ikkitadan qopqoqqa ega boʻlishlari kerak.
Qopqoqlar orasidagi boʻshliq qum bilan va (yoki) kamida 0,15 m balandlikka germetiklovchi material bilan toʻldirilishi kerak.
Ishlatish jarayonida lyuklar kopqoqlari zich yopilganligini kuzatish zarur.
381. Quduqqa tushishdan oldin, ularda gaz borligiga tekshirish va zarur boʻlganda shamollatish kerak.
Skobaga ega boʻlmagan quduqlarga tushishda, quduq chetlariga mahkamlanadigan moslamali metall narvonlar qoʻllanilishi kerak.
Quduqda qutqaruvchi belbogʻ va shlangli gazniqob bilan himoyalangan bir kishidan ziyod ishchilar boʻlmasligi kerak.
Shamol esish tomonidan ikki kishi boʻlishi kerak, ular quduq ichida ishlayotgan ishchilarning qutqaruv belbogʻlari arqoni uchlarini ushlab turishlari, ular ustidan kuzatish olib borishlari va begona shaxslarni ish joyiga yaqinlashtirmasliklari kerak.
Ishlar bir soatdan ortiqqa choʻzilib ketganda vaqti-vaqti bilan gazlashganlik tekshiruvini oʻtkazish va zarur boʻlganda quduqni shamollatish kerak.
382. Kompressorni sovutgandan, ishlatishda boʻlgan uskuna, gazoʻtkazgich rezervuarni gidravlik sinagandan soʻng suvni chetlatish, gazni kanalizatsiyaga tushishi istisno qilingan boʻlishi kerak.
383. Binolarni va qurilish konstruksiyalarini koʻrikdan oʻtkazish (yoriqlar, armatura)ning ochilib qolishi, fundament choʻkishi, toʻsiqlarning ushlash qobiliyati kamaygani, tomining buzilishi va boshqalar) bino va inshootlarni funksional belgilanishi oʻzgargandan oldin ham bajarilishi kerak.
14-§. Havo kompressorlarini ishlatish
384. Pnevmatik qurilmalar, avtomatik tartiblash va tekshirish tizimlari uchun siqilgan havodan foydalanish kerak. Siqilgan havo quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) shudring nuqtasi temperaturasi — kamida minus 40° S;
b) bosim — kamida 0,8 MRa;
v) suyuq holdagi suv va moy boʻlishi mumkin emas;
g) qattiq aralashmalar miqdori — 2 mg/m3 dan koʻp emas;
d) onda-sonda uchraydigan qattiq zarralar oʻlchami — 10 mkm dan katta emas.
385. Siqilgan havo, havoni quritish va tozalash qurilmasi boʻlgan havo kompressoridan avtomatik tartiblash va tekshirish pnevmatik tizimiga uzatilishi kerak.
386. Siqilgan havoni uzatish tizimiga texnik xizmat koʻrsatishda, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan, grafik boʻyicha kundalik koʻriklar va rejali taʼmirlashlar oʻtkaziladi.
387. Havo uzatish tizimiga ishlatish pasporti tuzilgan boʻlishi kerak.
388. Quritish qurilmasi va havo tozalash ishlari havo kompressori qurilmasini yasagan zavod pasportlari talablariga mos ravishda oʻtkazilishi kerak.
V-bob. SUG DAN FOYDALANUVChI OBYEKTLARDA IShNI TAShKIL QILIShDA SANOAT XAVFSIZLIGI TALABLARI
389. Obyektda ishlab chiqarish yoʻriqnomalari tuzilishi va tasdiqlanishi kerak. Bu yoʻriqnomalarda ishlarni bajarish, ishlab chiqarish xonalarida va SUGdan foydalanuvchi obyekt hududida xodimlarning xatti-harakatiga doir qoidalari belgilanadi.
390. Havo olish joylarida, havoyigʻgichga SUG bugʻlari tushishni keltirib chiqaruvchi ishlar bajarishga ruxsat berilmaydi.
391. SUG rezervuarlarini, atmosferaga gaz fazasini tashlash hisobiga ularda gaz bosimini kamaytirish orqali toʻldirishga ruxsat berilmaydi.
392. Avtomobil ballonlarini toʻldirish, ular hajmining 85 % dan koʻp boʻlmagan miqdorda bajarilishi kerak.
393. Rezervuarlar va gazoʻtkazgichlarda taʼmirlashni boshlashdan oldin gaz va bugʻlanmagan qoldiqlardan boʻshatilishi va ularni gazoʻtkazgichning bugʻli va suyuq fazasidan tiqinlar yordamida uzilgandan soʻng bugʻlash, inert gazi bilan damlash yoki iliq suv bilan toʻldirish orqali ishlov berilishi kerak.
394. Gazoʻtkazgichlar ulamalarini ajratish, ularni elektr kimyo himoya qurilmasi oʻchirilgandan, shuntirlovchi tashlama yigʻilgandan va gazoʻtkazgichlarda ortiqcha bosim olib tashlangandan soʻng bajarilishi kerak.
Bosim ostida turgan flanetsli ulamalarni tortib mahkamlashga ruxsat berilmaydi.
395. Gazoʻtkazgichlarda oʻrnatiladigan taqinlar 1,6 MRa bosimga moʻljallangan boʻlishi va flanets chegaralaridan turtib chiquvchi dumchaga ega boʻlishi kerak.
Dumchada gaz bosimi va gazoʻtkazgich diametri oʻyib yozilgan tamgʻa boʻlishi kerak.
396. Gaz paydo boʻlganda taʼmirlash ishlari toʻxtatilishi, ishchilar esa xavfli zonadan olib chiqilishi kerak.
Alangalanishning pastki konsentratsiya chegarasi 20 % ga teng yoki yuqori boʻlganda — havodagi gaz konsentratsiya xavfli hisoblanadi.
397. Taʼmirlash ishlari, faqat gaz sirqib chiqishi tugatilgandan va bartaraf qilingandan va ishchi joyida havodagi gazning xavfli konsentratsiyasi yoʻqligiga tahlil qilingandan soʻng qayta boshlanishi mumkin. Ishlab turgan texnologik uskunada gaz sirqib chiqishini bartaraf qilish mumkin emas.
398. Toʻxtatish va gazdan oʻchirish bilan bogʻliq uskuna va gazoʻtkazgichlarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashdan soʻng ishga tushirish, faqat SUG dan foydalanuvchi obyekt rahbarining yozma ruxsatnomasi boʻyicha bajariladi.
399. Tiqinlarni yechib olish, gazoʻtkazgich va uskunaning oʻchirilgan uchastkasi tekshiruv mustahkamlikka sinalgandan soʻng, gazdan xavfli ishlar rahbari koʻrsatmasi boʻyicha bajariladi.
400. Gazoʻtkazgichning shikastlangan uchastkasi va deformatsiyaga uchragan flanetsli ulamalari, uzunligi kamida 200 mm katushkani payvandlab almashtiriladi.
Yamoqlar qoʻyish, yoriqlar, uzilishlar va boshqa nuqsonlarni eritib butunlash mumkin emas.
401. Gaz oʻtkazgichlarni puflashda SUGning bugʻ fazasini tashlash, gazni atmosferaga maksimal tarqalishini hisobga olib amalga oshirish zarur. SUG ni bino va ishootlar yaqiniga yoki yondosh hududlarning shamol yurmaydigan uchastkalarga tashlashga ruxsat etilmaydi.
402. Avariyani bartaraf qilish paytida va quyish-toʻkish ishlari vaqtida smenani topshirish va qabul qilish tartibi texnologik operatsiyani tanaffussiz yakunlanish imkoni nazarda tutilishi kerak.
VI-bob. TEXNOLOGIK USKUNANI IShGA TUShIRISh VA TOʻXTATISh
403. Texnologik uskunani ishga tushirish va toʻxtatish obyekt rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
404. Ishda bitta smenadan koʻp tanaffusdan soʻng uskunani ishga tushirish, rezervuarlarni va gazoʻtkazgichlarni koʻrikdan oʻtkazgandan soʻng amalga oshirilishi kerak.
405. SUGdan foydalanuvchi obyektning texnologik uskunalarini (kompressorlar, nasoslar, bugʻlatgichlar) ishga tushirishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) uskunani ishga tushirishdan 15 min oldin oqma-tortma shamollatgichni ishlatib, xonalardagi havo muhiti holatini tekshirish;
b) uskuna, armatura va gazoʻtkazgichlar, saqlagich klapanlari va nazorat-oʻlchov asboblarining sozligi va germetikligini, ishga soluvchi va ertutash qurilmalarining sozligini tekshirish;
v) uskunani toʻxtash sabablarini aniqlash (jurnal boʻyicha) va nosozlik bartaraf qilinganligiga ishonch hosil qilish;
g) kompressor, nasoslar, bugʻlatgichlar, elektrdvigatel ankerli boltlarni tekshirish va zarur boʻlsa tortib mahkamlash;
d) xavfsizlik avtomatikasi va muhosaralash sozligini tekshirish.
406. Kompressorni ishga tushirishdan oldin quyidagilar zarur:
a) tirsak valini qoʻlda aylantirish;
b) karter da moy borligini tekshirish;
v) suvni sovituvchi qobiqqa yuborish;
g) kompressordagi soʻruvchi va haydovchi patrubkalardagi joʻmraklar yopiqligiga ishonch hosil qilish, shundan soʻng soʻruvchi va haydovchi kollektorlardagi yopiq joʻmraklarini ochish;
d) kompressorning soʻruvchi potrubkasidagi suyuqlik ajratgichdan kondensatni germetik sigʻimga chiqarib tashlash.
407. Kompressor elektrdvigatelini yoqqandan soʻng quyidagilar zarur:
a) karterni old qopqogʻida valni stryelka boʻyicha toʻgʻri aylanishiga ishonch hosil qilish;
b) aylanishni nominal soniga erishgandan keyin kompressorning haydash patrubkasida joʻmrakni va soʻngra asta-sekin kompressorning soʻruvchi patrubkasidagi joʻmrakni ochish.
408. Kompressorni ishga tushirishda soʻruvchi gazoʻtkazgichda SUG ning suyuq fazasi yoʻqligini kuzatish (kondensat yigʻgich ishini tekshirish). Suyuq fazani borligi kompressorda taqillash namoyon boʻlishi yoki soʻrish temperaturasi keskin tushib ketishi bilan aniqlanadi.
Kompressorda taqillash paydo boʻlgan holda, darhol kompressorni toʻxtatish darkor va keltiruvchi gazoʻtkazgichdan gaz kondensatini chiqarib yuborish, undan soʻng kompressorni yana ishlatib yuborish kerak.
409. Kompressorni toʻxtatish quyidagi tartibda bajariladi:
a) kompressorning soʻruvchi patrubkasida joʻmrakni yopish;
b) kompressor elektrdvigatelini toʻxtatish;
v) val aylanishi toʻxtagandan soʻng kompressorning haydovchi patrubkasidagi joʻmrakni yopish;
g) suv uzatilishini toʻsib qoʻyish;
d) magistral soʻruvchi kollektordagi tarmoq joʻmragini yopish;
e) uzoq davrga toʻxtatishda kompressor sovutish gʻilofidan suvni toʻkish kerak.
410. Nasoslarni ishga tushirishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) podshipniklar moyini tekshirish;
b) nasos rotorini tekshirish (qoʻlda);
v) soʻruvchi gazoʻtkazgichda zulfinni ochish (haydovchi gazoʻtkazgichdagi zulfin yopiq boʻlishi kerak);
g) nasosga gazning suyuq fazasini quyish;
d) aylanma tarmoqdagi joʻmrakni ochish;
e) elektrdvigatelni ishga tushirish;
j) haydovchi gazoʻtkazgichdagi zulfinni ochish.
411. Haydashga talab qilinadigan bosimga erishilgandan keyin aylanma tarmoqdagi joʻmrakni yopish kerak.
412. Kavitatsiya hosil boʻlishining oldini olish uchun gaz suyuq fazasining bosimi nasos oldidan SUG bugʻlari tarangligidan yuqori boʻlishi kerak.
Ishlab turgan nasos va kompressorlarni qarovsiz qoldirish mumkin emas.
413. Nasoslarni quyidagi tartibda toʻxtatish lozim:
a) elektrodvigatel ishini toʻxtatish;
b) aylanma tarmoqdagi joʻmrakni ochish;
v) nasosning haydovchi va soʻruvchi tarmoqlaridagi zulfinlarni hamda gazoʻtkazgichdagi barcha ajratuvchi qurilmalarni yopish.
414. Texnologik uskunani toʻxtatgandan soʻng nasoslar, kompressorlar va bugʻlatgichlar nosozliklarini (gaz sirqishi, boʻshagan boltlarni tortish va boshq.) aniqlash maqsadida koʻrikdan oʻtkazish kerak.
Barcha aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinishi va jurnalda qayd qilinishi kerak.
415. Uskunani (kompressorlar, nasoslar, bugʻlatgichlar) texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashdan soʻng ishga tushirish, ishlab chiqarish yoʻriqnomalariga mos ravishda oʻtkazilishi kerak.
416. Avtomatika, avariyadan signal berish tizimi toʻxtatilgan nasoslar va kompressorlar hamda tortma tizimlarining shamollatgichlari bilan muhosaralab ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
VII-bob. REZERVUARLARNING ShAHODATLAShDA XAVFSIZLIK TALABLARI
417. Rezervuarlar ichki koʻrikdan oʻtishidan, gidravlik sinashdan, taʼmirlashdan yoki demontaj qilinishidan oldin gazdan, bugʻlanmagan qoldiqdan boʻshatilishi va gazsizlantirilishi kerak.
418. Rezervuarlarni svecha orqali atmosferaga gazni tashlab boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bugʻ faza qoldigʻini yondirish, diametri kamida 20 mm, balandligi 3 m, gorizontga 50° qiyalikda, rezervuar qurilmalari chegarasidan 15 m masofada oʻrnatilgan “svecha”da bajariladi.
Rezervuarni suv bilan toʻldirish svechada alanga 20 — 30 cm gacha kamayib oʻchganda boshlanishi kerak.
Suv bilan siqib chiqarilayotgan bugʻ fazasini yoqish alanga soʻnishigacha davom etishi kerak.
Rezervuar butunlay toʻlganda suv berish toʻxtatiladi.
419. Rezervuarlarga ishlov berish, gazoʻtkazgichdan bugʻli va suyuq fazasi tiqinlar yordamida uzib qoʻyilgandan soʻng, bugʻlatilgandan va (yoki) inert gazi bilan puflangandan soʻng hamda suv bilan toʻldirilgandan soʻng bajariladi.
420. Gazsizlantirish sifati, idishning pastki qismidan olingan havo namunasini tahlil qilib tekshirilishi lozim.
Gazsizlantirgandan soʻng SUG namunalari konsentratsiyasi ishchi zonasi REK dan oshmasligi kerak.
421. Rezervuardagi bosimini avval atmosfera bosimigacha kamaytirmay turib germetiksizlantirish hamda havoni gazsizlantirish uchun qoʻllashga ruxsat berilmaydi.
422. Rezervuar ichidagi ishlar, naryad-ruxsatnoma boʻyicha kamida uch kishidan iborat tarkibli brigada bilan, javobgar shaxs rahbarligi ostida bajariladi.
Brigada aʼzolari ishlarni xavfsiz olib borishdan yoʻl-yoʻriq olgan boʻlishlari kerak.
Rezervuarga bittadan koʻp odam tushishiga ruxsat berilmaydi.
Rezervuarda ishlayotgan shaxs shlangli gazniqobda boʻlishi va qutqaruv belbogʻi va unga bogʻlangan qutqaruv arqonini kiyib olishi kerak.
Rezervuar tashqarisida kamida ikki ishchi boʻlishi, ularning qoʻllarida arqonning ikkinchi uchi boʻlishi, rezervuarda ishlayotganni kuzatishlari, unga zarur yordam berishga tayyor boʻlishlari va ish oʻtkazish joyiga begona shaxslarni qoʻymasliklari zarur.
Rezervuarda ishlash vaqti 20 min dan oshmasligi kerak.
Har 30 min da rezervuarning gazlashganligini tekshirish zarur.
423. Rezervuardan chiqarilgan pirofor choʻkmalari hoʻl (nam) SUG dan foydalanuvchi obyekt hududidan chiqarilishi kerak.
424. Rezervuarni yuvishdan va sinashdan chiqqan suv SUGning kanalizatsiya tizimiga tushishini istisno qiluvchi tindirgichlar orqali kanalizatsiyaga yoʻnaltirilishi kerak.
VIII-bob. GAZDAN XAVFLI IShLAR
425. SUGdan foylanuvchi obyektlarda gazdan xavfli ishlar mazkur Qoidalar va gaztaqsimlash va gazistyemol qilishning xavfsiz tizimlari boʻyicha talablarga mos ravishda bajariladi.
426. Gazdan xavfli ishlarni oʻtkazishda naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
427. SUGdan foydalanuvchi obyektlardagi gazdan xavfli ishlarga quyidagilar kiradi:
a) qurilish tamom boʻlgandan, rekonstruksiya, kengaytirish va kapital taʼmirlash konservatsiyadan chiqarishdan soʻng, gazoʻtkazgichlar va boshqa texnologik uskunalarni ishlatishga kiritishda ularga gaz berish;
b) ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻtkazish;
v) rezervuarlarni ishlatishga kiritishda hamda taʼmirlash, tozalash texnik shahodatlashni oʻtkazishdan soʻng ularni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish lozim;
g) amaldagi gazoʻtkazgichlarda tiqilib qolishni yoʻqotish, tiqinlarni oʻrnatish va ochib olish hamda gazoʻtkazgichdan agregatlar, uskunalar va alohida uzellarni ajratib olish;
d) gazoʻtkazgichlarni ishlab turgan tarmoqdan uzib qoʻyish va puflash, gazoʻtkazgichlar va texnologik uskunalarni konservatsiya qilish va konservatsiyadan chiqarish;
e) SUG rezervuarlarini texnik shahodatlashga tayyorlash;
j) ishlab turgan ichki va tashqi gazoʻtkazgichlarni, nasos-kompressor boʻlimlarining uskunalarini, yonilgʻi quyish ustunlarini, SUG rezervuarlarini taʼmirlash;
z) gazoʻtkazgichlar, rezervuarlar, texnologik uskunalarni demontaj qilish;
i) armatura, nasos, kompressorlarni ish oʻtkazish joyida qismlarga ajratish bilan bogʻliq kundalik taʼmirlashlar;
k) gaz sirqishi joylarida ularni bartaraf qilingunga qadar tuproqni ochish;
l) SUGdan foydalanuvchi obyekt hududidagi payvandlash va olovli ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan taʼmirlanishning barcha turlari;
m) portlashdan xavfli zonalarda elektr sinovlarini oʻtkazish.
428. Texnologik jarayonning ajralmas qismi hisoblangan bir xil sharoitlarda, odatda doimiy tarkibdagi ijrochilar bilan bajariladigan, vaqti-vaqti bilan qaytarilib turiladigan gazdan xavfli ishlar, har qaysi ish turi uchun tasdiqlangan ishlab chiqarish yoʻriqnomalari boʻyicha naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan oʻtkazilishi mumkin.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
a) yopqich armaturalar, saqlagichli klapanlarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni sozlash parametrlarini tekshirish;
b) texnologik uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish;
v) quduqlarni koʻzdan kechirish, taʼmirlash va shamollatish;
g) quduq, transheya va chuqurlarda payvandlashni va kesishni qoʻllamasdan taʼmirlash ishlari;
d) SUGni avtotsisternadan rezervuarga toʻkish, rezervuarlardan suyultirilgan bugʻlanmagan qoldiqlarini tortib olish, avtomobil gazballonlariga quyish, toshirib quyilgan ballonlardan gazni quyib olish;
e) texnologik uskunada NOʻAni almashtirish.
Koʻrsatilgan ishlar, maxsus hisobga olish jurnalida qayd qilinishi kerak. Jurnal shnurlanadi, betlari raqamlanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
429. Gazoʻtkazgichlarga va texnologik uskunalarga gaz yuborish ishlari, payvandlash va gaz bilan kesishini qoʻllab taʼmirlash, uskunani konservatsiyadan chiqarish, ishga solish-sozlash ishlarini oʻtkazish, SUG rezervuarlarini dastlabki toʻldirish, SUG dan foydalanuvchi obyekt rahbari tasdiqlangan maxsus reja va naryad-ruxsatnoma boʻyicha oʻtkaziladi.
430. Ish rejasida ularni oʻtkazish ketma-ketligi, odamlarga boʻlgan ehtiyoj, har qaysi gazdan xavfli ishlarni oʻtkazishga va tayyorgarlik ishlariga javobgar shaxs koʻrsatilgan xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlovchi tadbirlar nazarda tutiladi.
431. Gaz sirqishini bartaraf qilish va avariyalarni bartaraf qilish boʻyicha ishlar, xizmat qiluvchi personalga, moddiy boyliklarga, bino va inshootlarga toʻgʻridan toʻgʻri tahdid qilishigacha naryad-ruxsatnomasiz bajariladi va avariyalarni chegaralash va bartaraf qilish rejasi boʻyicha amalga oshiriladi.
432. Naryad-ruxsatnoma SUG dan foydalanuvchi obyekt rahbari tomonidan gazdan xavfli ishlarni bajarishga javobgar hisoblangan shaxsga beriladi.
Agar ish tamom boʻlmagan boʻlsa, uni oʻtkazish sharoitlari va tafsilotlari oʻzgarmagan boʻlsa, naryad-ruxsatnomaning ishlash muddati, uni bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin.
433. Gazdan xavfli ishlarga tayyorlanish uchun naryad ruxsatnomada va tegishli yoʻriqnomalarda nazarda tutilgan tayyorgarlik tadbirlari majmuasi bajariladi.
434. Gazdan xavfli ishlarni boshlashdan oldin, uni oʻtkazishga masʼul shaxs shaxsiy himoya vositalari borligi va sozligini tekshirishi hamda ijrochilarda ishlarni bajarishda zarur xavfsizlik choralari haqida yoʻl-yoʻriq berishi, shundan soʻng har qaysi yoʻl-yoʻriq olgan shaxs naryad-ruxsatnomada imzo chekishi shart.
435. Naryad-ruxsatnomalar jurnalda qayd qilinadi. Jurnal shnurlanadi, betlar raqamlanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Naryad-ruxsatnomalar kamida 1 yil saqlanadi.
Dastlabki gaz quyishga, texnologik gazoʻtkazgichlar va rezervuarlar elementlarida erda payvandlashni qoʻllab taʼmirlash ishlarini bajarishga beriladigan naryad-ruxsatnomalar SUG dan foydalanuvchi obyektning ijro-texnik hujjatlarida doimo saqlanadi.
436. Naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarilayotgan SUG dan foydalanuvchi obyektdagi gazdan xavfli ishlar odatda sutkaning yorugʻ vaqtlarida oʻtkaziladi.
Favqulodda holatlarda, qoldirib boʻlmaydigan gazdan xavfli ishlarni sutkaning tungi vaqtlarida oʻtkazishga, ishlarning xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha tadbirlarni bajarish sharti bilan ruxsat beriladi.
437. Ishlab turgan gazoʻtkazgichlarda payvandlash va kesishni oʻtkazishga hamda ularni uzib qoʻymasdan va inert gazi yoki bugʻ bilan puflamasdan flanetsli va rezvali ulamalarini qismlarga ajratishga ruxsat berilmaydi.
Gazoʻtkazgichlardagi yopiq uzib qoʻyuvchi qurilmalarida tiqinlar qoʻyilishi kerak.
438. Gazdan xavfli ishlarni bajarish vaqtida nasos-kompressor boʻlimi xonalaridagi nasoslar va kompressorlar toʻxtatilgan boʻlishi kerak.
439. Barcha gazoʻtkazgichlar va gazli uskunalar, ishlab turgan gazoʻtkazgichlarga ulanishdan oldin hamda taʼmirlangandan soʻng tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi va havo yoki inert gazi bilan nazoratli mustahkamlikka sinalishi kerak.
Ichki gazoʻtkazgichlar va uskunalarni nazoratli mustahkamlikka sinash 0,01 MRa bosim ostida oʻtkaziladi. Bosim pasayishi bir soatga 0,0006 MRa dan oshmasligi kerak.
SUG rezervuarlari, gazoʻtkazgichlar va bogʻlamalar bir soat mobaynida 0,3 MRa bosim ostida sinaladi. Manometr boʻyicha va sovun emulsiyasi yoki asbob yordamida aniqlanadigan koʻrinarli oqishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nazorat mustahkamlikka sinov natijalari gazdan xavfli ishlarni bajarishga beriladigan naryad-ruxsatnomada qayd qilinadi.
440. Gazoʻtkazgachlar va uskunalar gaz berilishidan oldin inert gazi yoki suyultirilgan gaz bugʻlari bilan havoni siqib chiqarguncha puflanishi kerak.
Idishlarni puflash uchun moʻljallangan shtutserlar orqali puflovchi reagentlarning minimal sarflanishi bilan puflash taʼminlanishi kerak.
Suyultirilgan gaz bugʻlari bilan puflashni tashkil qilishda uni xavfsiz oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Puflash tamom boʻlgandan soʻng kislorod hissasi 1% dan oshmasligi kerak.
441. Gazdan xavfli ishlarni bajarish jarayonida barcha farmoyishlar ishga masʼul shaxs tomonidan berilishi kerak.
442. SUG dan foydalanuvchi obyektlardagi avariya-tiklash ishlari, odatda, ularni avariya-qutqaruv ishlari bilan (zarur hollarida) shtatdagi xodimlar bajaradilar.
Gaztaqsimlovchi tashkilotlarning avariya-dispetcherlik xizmati, ixtisoslashgan avariya-qutqaruv boʻlimlarining ularda qatnashishi avariyani kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uni tugatish rejasi va oʻzaro harakatlanish rejasi belgilaydi.
Kommunal-ishlab chiqarish uchun belgilangan obyektlarda avariya-tiklash ishlarini gaztaqsimlovchi tashkilotlarning avariya-dispetcherlik xizmati bajaradi.
IX-bob. OLOVLI IShLAR
443. Ochiq olovni qoʻllash bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari hamda rezervuarlardan chiqqan SUG bugʻli fazasi qoldiqlarini yoqish mazkur Qoida va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida payvandlash va olovli ishlarni xavfsiz oʻtkazish boʻyicha talablarni oʻrnatuvchi, belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilgan hollarda ruxsat beriladi.
444. Olovli ishlar naryad-ruxsatnoma, obyekt rahbari tasdiqlangan maxsus reja boʻyicha kunduzgi vaqtlarda bajariladi.
445. Olovli ishlarni oʻtkazishga naryad-ruxsatnoma ishga zarur tayyorgarlikni oʻtkazish uchun oldindan rasmiylashtiriladi.
446. Olovli ishlarga tayyorgarlik oʻtkazilib, reja, naryad-ruxsatnomada koʻzda tutilgan tadbirlar bajarilgandan soʻng ruxsat beriladi.
Gazdan xavfli tayyorgarlik ishlari (puflash, uskunani uzib qoʻyish, tiqinlarni oʻrnatish, gazsizlantirish va boshq.) mazkur Qoidalar talablariga mos ravishda bajariladi.
447. Taʼmirlanishi kerak boʻlgan gazoʻtkazgich uchastkasidan gazni tashlash puflash svechalari orqali amalga oshiriladi.
Ayni paytda mexanizmlar muhofaza zonasidan tashqarida, shamol kelayotgan tomonida boʻlishi kerak.
448. Olovli ishlar oʻtkaziladigan joy oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishi shart.
449. Uskunalar yonadigan konstruksiyalarni himoyalash uchun payvandlovchilarning ishchi joylari himoya ekranlari, zarurat boʻlsa, asbestli odeyallar bilan toʻsilishi kerak.
450. Olovli ishlar oʻtkazilayotganda SUGni qabul qilish va avtomobillarga gaz quyish mumkin emas.
SUGdan foydalanuvchi obyekt hududiga avtotransportlar kirishini taqiqlovchi yoʻl belgilarini oʻrnatish zarur.
451. Xona ichida ishlarni bajarishda, tashqaridan ish joyiga begona shaxslarning kirib kelishini istisno qilish maqsadida postlar qoʻyiladi.
452. Xonada ishlash mobaynida oqib keluvchi-tortma shamollatgich ishlab turishi kerak.
453. Olovli ishlarni boshlashdan oldin va ish vaqtida xonalarda hamda ish joyidan 20 mm zonadagi hududda SUG miqdorini aniqlash uchun har 10 min dan kam boʻlmagan muddatda havo muhitini tahlil qilish kerak.
Havodagi mavjud SUG bugʻlari, qanday konsentratsiyadaligidan qatʼi nazar, olovli ishlar toʻxtatilgan boʻlishi kerak.
454. Ish tamom boʻlgandan soʻng ishlar oʻtkazilgan joy koʻzdan kechiriladi, yonadigan konstruksiyalarga suv sepiladi, yongʻin paydo boʻlish iloji istisno qilinadi.
455. Olovli ishlar oxirida yonuvchan gazli va kislorodli ballonlar ish joyidan doimo saqlanadigan joyiga olib boriladi.
456. Mazkur qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar va fuqarolarning javobgarlikka tortilish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
X-bob. YAKUNIY QOIDA
457. “Suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi obyektlar uchun xavfsizlik qoidalari” “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi va OʻzR IIV YoHBB bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U. NAZAROV
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi A. GʻULOMOV
OʻzR IIV YoHBB boshligʻi A. ISLAMOV
