Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida (293-son)
01.11.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fargʻona viloyatining sanoat salohiyatini va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi punktlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirishni taʼminlash, shuningdek viloyat aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-oktabrda Fargʻona viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir Tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
tasdiqlangan Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsinlar;
Tadbirlar rejasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlasinlar;
Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsinlar hamda muammoli masalalarni har oyda koʻrib chiqsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov):
bir hafta muddatda ushbu qarorni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin, unda bajarish muddatlari va bajarish uchun masʼullarni koʻrsatgan holda qarorni bajarishning kalendar jadvalini tasdiqlashni nazarda tutsin;
har oyda tadbirlarning bajarilishi muhokamasini tashkil qilsin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va Fargʻona viloyati hokimligi rahbarlari Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-noyabr,
293-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-noyabrdagi 293-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-oktabrda Fargʻona viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir
TADBIRLAR REJASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 43-44-son, 469-modda)
