Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (291-son)
28.10.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2-bandning birinchi xatboshidagi “3973” va “200” raqamlari tegishli ravishda “3934” va “190” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-oktabr,
291-son
