Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini oʻrnatish va ularni saqlab turish ishlari xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (203-son)
30.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 21-oktabr, 20-15-348/12-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi № 323 sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini oʻrnatish va ularni saqlab turish ishlari xavfsizligi qoidalari tasdiqlansin.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-sentabr,
203-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2009-yil 30-sentabrdagi 203-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Qoidalari
I bob. Umumiy qism
1. “Qoidalar” oʻzida atomabsorbsiyali spektrometriya, olovli fotometriya, emissiyali spektrometriya (“optik” diapazon usuli — shartli ravishda), spektral analiz, rentgen spektrometriya, rentgenradiometrik analizdan iborat spektral analiz ishlarini bajarishda ish xavfsizligi toʻgʻrisidagi qoidalarni koʻzda tutadi.
2. Ushbu meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan boʻlib, faqatgina rentgen va rentgenradiometrik spektral analiz oʻlchash ishlari yopiq turdagi nurlanishni ionlovchi jamlovchi qurilmalar, shuning bilan birga GOST 27212-87 talablari boʻyicha yopiq radionuklid qurilmalarni qoʻllagan holda bajarilgan holatlarda tatbiq etiladi.
3. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlari oʻrnatish muddatlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq tashkilot va korxona rahbarlari tomonidan tegishli Yoʻriqnoma asosida belgilanadi.
II bob. Xavfsizlikning umumiy talablari
4. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini oʻrnatish va ularni saqlab turishda ishlarni xavfsiz tashkil qilish “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom” talablariga muvofiq ravishda olib borilishi lozim (“Oʻzbekiston Respublikasining imtiyozli pensiya taʼminoti va mehnat muhofazasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlari” toʻplamida nashr qilingan. “Adolat” nashriyoti, Toshkent 2000-y.).
5. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlari xodimlarini oʻqitish, bilimlarini tekshirish va yoʻriqnomadan oʻtkazish “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarni tekshirishni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom” talablariga muvofiq ravishda olib borilishi lozim (“Oʻzbekiston Respublikasining imtiyozli pensiya taʼminoti va mehnat muhofazasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlari” toʻplamida nashr qilingan. “Adolat” nashriyoti, Toshkent 2000-y.).
6. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini oʻrnatish va ularni saqlab turishda qoʻshimcha mehnat xavfsizligi talablari qoʻyilgan, xavflilik darajasi yuqori boʻlgan kasb va ishlar barcha turdagi uskunalarda spektral analiz ishlarini bajarishda xavfli va zararli unsurlar bilan aloqada boʻlish darajasiga (“Qoidalar”ning II. 1-bandiga qarang) hamda taʼmirlash ishlariga qarab belgilanadi (“Qoidalar”ning V-bandiga qarang).
§ 1. Spektral analiz ishlarini bajarishdagi xavfli va zararli unsurlar
7. Emissiyali spektroskopiya, atom-absorbsiya spektrometriyasi, olovli fotometriyada xavfli unsurlar yuqori kuchlanishdagi elektr toki, elektrodlar qizigan vaqtdagi yuqori harorat, shuningdek bosim ostidagi tabiiy gaz solingan idishlar hisoblanadi.
8. Zararli unsurlarga elektr yoyi yonganda atmosferaga ajralib chiqadigan ozon, azot oksidi, oksidlar hamda mis, rux, kadmiy, simob, selen, tellur, margimush bugʻlari kiradi. Grafitli elektrodlarni charxlash vaqtida koʻmir changi ajralib chiqadi. Bundan tashqari, elektr yoyi yonganda bir vaqtning oʻzida tovushning tiniq eshitilishiga toʻsqinlik qiluvchi ultrabinafsha nurlar va elektromagnit toʻlqinlari tarqalishi yuz beradi.
9. Spektral analiz ishlari olib borilayotgan hududda havoda zararli moddalar miqdori GOST 12.1005-88 va ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasi (PDK) 0046-95 SanPiN talablaridan oshmasligi lozim. Bunda, agarda havoda bir yoʻnalishda harakatlanuvchi bir necha zararli moddalar boʻlsa, ularning har birining (C1, S2...Sn) havodagi haqiqiy konsentratsiyasi jami ularning ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasiga (PDK1, PDK2...PDKn) boʻlgan nisbati quyidagi birlikdan oshmasligi lozim, yaʼni:
Ish olib borilayotgan hududdagi havo tarkibida bir vaqtning oʻzida bir yoʻnalishdagi harakatga ega boʻlmagan bir necha zararli moddalar boʻlganda, u holda ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasi izolatsiyalangan taʼsirda qolaveradi.
10. Rentgen spektrometriyasi (jumladan, rentgenfluoressent) va rentgen—radiometrik analizdagi xavfli unsurlarga, yuqori kuchlanishdagi elektr toki, bosim ostidagi tabiiy gaz solingan idishlar, shuningdek suyuq azot kiradi.
11. Zararli unsurlarga ish hududidagi rentgen nurlanishlar, izotop manbalarning radiatsiyaviy nurlanishlari kiradi (gamma va tormoz nurlanishlar, alfa va beta nurlanishlar, neytronlar oqimi).
12. Oʻzbekiston Respublikasining 0029-94 sonli SanPiN “Sanitariya normalari va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari” talablariga muvofiq yopiq rentgen-spektrometriya qurilmalari bilan ishlash jarayonida nurlanish ekvivalent kuch quvvati bilan bir qatorda foydalanilmaydigan rentgen nurlar hosil boʻlib, ushbu foydalanilmaydigan rentgen nurlari qurilma yuzasidan 0,1 m masofada 1 mkZv* soat-1 dan oshmasligi lozim.
13. Rentgen-radiometrik analizatorlarning yopiq radioizotop asboblaridagi nurlanishning ekvivalent kuch quvvati yopiq manbadagi asbob bloki yuzasidan 1 m masofada 1 mk3v* soat-1 dan oshmasligi, yopiq manbadagi asbob bloki yuzasiga zich boʻlganda esa 100 mk3v* soat-1 dan oshmasligi lozim.
Nurlanishning bir necha yopiq turdagi manbalarini blok, bir agregatda yoxud bir xonada oʻrnatish jarayonida ekvivalent kuchining jami quvvati yuqorida keltirilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
§ 2. Spektral analiz uskunalari va ularning individual himoya vositalariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga qoʻyiladigan talablar
14. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlashga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyun kungi 300-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ishchi xodimlarini ishga tushish jarayonida dastlabki hamda davriy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib borish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi Buyrugʻiga ilovaga muvofiq ravishda tibbiy qarshi koʻrsatmalarga ega boʻlmagan shaxslarga ruxsat etiladi (2000-yilda xuddi shu nomda broshyura shaklida nashr qilingan). Tashkilot yoki muassasa maʼmuriyati tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtish uchun masʼul hisoblanadi.
15. Spektrometrlar bilan ishlashga ushbu “Qoidalarni” oʻrgangan, spektrometrik qurilmalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek yuqori voltli kuchlanishdagi qurilmalar bilan ishlashda bundan tashqari, “Sanitariya normalari va radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalarini” bilish ham talab etiladi.
16. Spektrometrlarga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar 1000 V dan katta kuchlanishga ega boʻlgan elektr qurilmalarda ishlashga ruxsat guruhlariga ega boʻlishlari lozim:
1. II guruh va undan yuqori — operatorlar uchun;
2. III guruh va undan yuqori — remont qiluvchi xodimlar uchun.
17. Spektrometrlarda murakkab ishlarni bajarishda ruxsat guruhi laboratoriya rahbari tomonidan PTE talablariga asosan koʻpaytirilishi lozim.
18. Rentgen va rentgenradiometrik spektral qurilmalar operatorlari SanPiN 0029-94 boʻyicha A kategoriyaga mansub hisoblanadi.
19. Spektral qurilmalarning barcha xodimlari ishga tushish jarayonida tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart, shuningdek yil davomida bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari shart.
20. Rentgen va rentgenradiometrik qurilmalarda oʻlchash ishlarini bajaruvchi ayollar homiladorligi aniqlangan vaqtdan boshlab, shuning bilan birga bolasini koʻkrak suti bilan boqishi davrida ishdan ozod qilinishi lozim.
21. Barcha turdagi spektral asbob-uskunalarda oʻlchash ishlarini bajaruvchi xodimlar uchun mehnat xavfliligi va zararligi darajasiga koʻra boshqa toifalarga oʻtkazish, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatini 1, 2, 3 roʻyxatga oʻtkazish (imtiyozli pensiya taʼminoti va imtiyozli daromad soligʻi huquqini beruvchi), har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtillari, uni berish tartibi va shartlarini belgilash, mehnat sharoitlarini sogʻlomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish, kasb kasalliklari profilaktikasi va ish vaqtining davom etish chegarasi, dam olish tanaffuslarini oʻrnatish, oziq-ovqatlarni qabul qilish tarmoqlaridagi kelishuvlar, jamoa shartnomalari (agarda ushbu shartnoma tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan), “Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoiti boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish metodikasi”, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.1997-yildagi 133-sonli qaroriga 8-sonli ilovaga muvofiq belgilanadi. Asos: OʻzR MK ning 137-m. (“Metodika” va “8-sonli Ilova” “Oʻzbekiston Respublikasida imtiyozli pensiya taʼminoti va mehnat muhofazasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar” toʻplamida nashr qilingan. “Adolat” nashriyoti, Toshkent 2000-y.).
22. Spektral analiz laboratoriyalar va punkt xodimlari “Oyoq kiyimlari, maxsus kiyimlar va boshqa IHVlarini bepul berish boʻyicha namunaviy meʼyor” talablariga koʻra ( maxsus kiyim va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori, 14.31 va 14.37- bandlar). Oʻlchash ishlari quruq, soz holdagi maxsus kiyimlarda, GOST 12.4.013-85 talablari boʻyicha himoya koʻzoynaklarida va GOST 12.4.028-76 talablari asosida respiratorlarda bajarilishi lozim.
23. Xodimlarni maxsus kiyim, oyoq kiyimi, boshqa individual himoya vositalari bilan taʼminlash tartibi, shartlari va gigiyena meʼyorlari jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari bilan belgilanadi, agarda ushbu shartnomalar tuzilmagan taqdirda ishchilar vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Maxsus kiyimlar va himoya vositalarini saqlash va ulardan foydalanish “Maxsus kiyim, oyoq kiyim va ehtiyot moslamalarni berish, saqlash, foydalanish tartibi toʻgʻrisida” gi Yoʻriqnoma talablari asosida amalga oshirilishi lozim (Asos: OʻzR MK ning 217-m.).
Maxsus kiyimlar va himoya moslamalarining mavjudligi, soz holatdaligi va ularni kiyish qoidalariga rioya qilinishi ish boshlanishidan oldin laboratoriya mudiri tomonidan tekshirilishi lozim.
Spektral analiz oʻtkazilayotgan xonalarda ishchilarning maxsus kiyim va individual himoya vositalarisiz boʻlishi taqiqlanadi.
24. Rentgen yoki ionlovchi radionuklid manbalar mavjud boʻlmagan spektral laboratoriya va punktlarda ishlovchi xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitar vrachi tomonidan 2003-yil 6-oktabrda tasdiqlangan “Zararli mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga sut yoki unga teng boʻlgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish tartibi”ga asosan sut yoki uning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan taʼminlab turilishi lozim. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlash jarayonida xodimlar oʻta zararli mehnat sharoiti sababli tekin davolash-profilaktika taʼminoti olish huquqiga egadir.
25. Xodimlarni sut (unga teng boʻlgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika taʼminoti bilan taʼminlash tartibi, shartlari va meʼyorlari jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari bilan belgilanadi, agarda ular tuzilmagan boʻlsa, xodimlar vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi (Asos: OʻzR MK ning 217-m.).
§ 3. Spektral analiz laboratoriya va punktlari muhandislik (sanitar-texnik) asbob-uskunalari
26. Spektral analiz punktlari va laboratoriya xonalari oʻlchamlari, rejalashtirish va konstruktiv elementlari SanPiN 0021-94 va 0029-94 talablariga, shuningdek texnik tavsif hamda spektral analiz qurilmalaridan foydalanish yoʻriqnomasiga muvofiq bajarilishi lozim. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini isitish, yoritish, yerga ulash, ularga vodoprovod va kanalizatsiya tizimlarini oʻrnatish KMK 2.04.05-97, KMK 2.01.05-98, KMK 2.04.01-98 va SanPiN 0065-96 talablariga muvofiq ravishda bajarilishi lozim.
Spektral analiz punktlari va laboratoriyasining maishiy xonalari, ularning soni, holati, ularni joylashtirishga qoʻyiladigan talablar KMK 2.03.04.-98 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga mos kelishi lozim.
27. Xona pollari izolatsiyalovchi materialdan tayyorlangan boʻlishi va 9 kPa dan kam boʻlmagan yukni koʻtarishga moʻljallangan boʻlishi lozim. Pol tebranishi mumkin emas.
28. “Optik” diapazondagi spektral analizator punktlari va laboratoriya xonalari GOST 12.4.021-75 talablariga koʻra umumiy aylanuvchi-soʻruvchi ventilatsiya (qishda havoni isituvchi va yozgi mavsumda havoni sovituvchi) bilan jihozlanishi lozim.
Spektral analiz rentgen va rentgenradiometrik qurilmalaridan foydalaniluvchi punktlar va xonalarda ventilatsiya tizimlari boʻlishi koʻzda tutilmaydi.
29. Ishchi xonalari havosida 0,1 va 0,5 mg/m3 dan koʻp ozon va azot oksidlari toʻplanishiga olib keladigan miqdordagi radionuklid manbalarni saqlashda tegishli tartibda doimiy ravishda harakatlanuvchi ventilatsiya tizimlari koʻzda tutilishi lozim.
30. Zaharli gazlar va bugʻlar (elektr yoyi, uchqun, spektral qurilmalar alangasi) ajralib chiqqan joylarda havoni 0,2-0,3 m3 sek-1 tezlikda havo soʻruvchi ventilatsiya tizimlari boʻlgan himoya qutilari oʻrnatilishi lozim.
31. Havoning aylanma harakatda boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Havo oqimining miqdorini ish hududlariga kelib tushayotgan zaharli bugʻlarning (gaz) qoʻshilishi sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlash kerak, kelib tushayotgan havoning tarkibida ruxsat etilgan konsentratsiyaga qadar (PDKrz) boʻlgan sharoitlarda zaharli bugʻlar (gaz) PDKrz 30% ga qadar boʻlishi mumkin.
32. Havoning koʻp miqdorda zaharli gazlar ajralib chiqayotgan xonadan kam miqdorda zaharli gazlar ajralib chiqayotgan xonaga yoki zaharli gazlar ajralib chiqmayotgan xonaga kelib tushishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Havo oqimi, odatda, xonaning tepa qismiga, qisman ishchi xonalarga uzatilishi lozim.
Zaharli bugʻlar (gaz) ayniqsa, ularning ish hududlari havosiga kelib tushishi mumkin boʻlgan joylardan soʻrib olinishi lozim.
33. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlashga moʻljallangan muassasalar va qurilmalarni turar joylar hamda bolalar muassasalariga joylashtirish taqiqlanadi.
34. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlashga moʻljallangan muassasalar, xonalar va qurilmalar ular foydalanishga tushirilishidan oldin SanPiN 0029-94 10.1 va 10.2-bandlar talablariga asosan tarkibi va amal qilish tartibi belgilab berilgan komissiya tomonidan qabul qilinishi lozim. Komissiya ishchi xonasini qabul qilish dalolatnomasini tuzadi, mazkur dalolatnomaga asosan analizatorni foydalanishga ruxsat beruvchi sanitariya pasportida rasmiylashtiriladi (pasport shakli 0029-94 SanPiN da keltirilgan).
35. Qurilmalar (apparatlar)dan foydalanilganda, atrofida nurlanish kuchi ish sharoitida va manbani saqlash vaqtida qurilmaning yuza qismidan 1 m uzoqlikda ZmkZv.soat-1 dan oshmagan taqdirda binolarga va qurilmalarni joylashtirishga maxsus talablar qoʻyilmaydi.
36. Yopiq radionuklid manbalar bilan (rentgen-radiometrik analiz) ishlash jarayonida xonani pardozlashga radiatsiyaviy xavfsizlik boʻyicha maxsus talablar taqdim qilinmaydi.
Bu vaqtda ushbu xonalar (nurlanishning radionuklid manbai boʻlgan koʻchmas qurilmalar joylashtirilayotgan) blokirovka tizimlari va manbaning (manba blokining) holati, nurlanish kuchi quvvatining oshib ketishi haqida xabar beruvchi signalizatsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
37. Yopiq radionuklid manbali asboblar va nurlanishni jamlovchi qurilmalardan foydalanishda xona tashqarisida va umumiy xonalarda begona odamlarning kirishining oldi olingan boʻlishi va manbaning saqlanishi taʼminlangan boʻlishi lozim.
38. Rentgen va radiometrik spektral analizatorlar joylashtirilgan xonalarning eshiklariga tashqi tomondan GOST 17925-72 talablari boʻyicha “radiatsiyaviy xavflilik” belgisi yopishtirilgan boʻlishi lozim.
§ 4. Yongʻinga qarshi, sanitar qoidalar va gigiyenik meʼyorlar
39. Spektral analiz ishlarini bajarish davomida sanitar qoidalar va gigiyenik meʼyorlar quyidagi meʼyoriy hujjatlar talablari asosida belgilab beriladi:
elektr yoyi yonishi, uchqun, spektral analizatorning oʻt olishida ajralib chiquvchi zararli moddalar bugʻlarining (gazlar) ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasi GOST 12.1.005-88 va SanPiN 0046-95 talablariga mos kelishi lozim;
rentgen qurilmalarda xizmat koʻrsatuvchi shaxslar uchun nurlanishning asosiy kuch chegarasi va rentgenradiometrik qurilmalarda (bir kalendar yilida) nurlanishning asosiy kuch chegarasi va ruxsat etilgan darajasi SanPiN 0029-94 va 0073-97 da keltirilgan darajadan oshmasligi lozim; ushbu kabi shaxslar uchun kalendar yilida nurlanishning 1700 soat/yil standart vaqtida jami tashqi va ichki nurlanishning ruxsat etilgan chegara kuchi 20 mZv ga teng (yoki 0,2 ber) boʻladi.
xonadagi ish hududlari mikroiqlimi GOST 12.1005-88 va SanPiN 0058-96 talablariga mos kelishi lozim;
xonalarni tabiiy va sunʼiy yoritish tabiiy va sunʼiy yoritishni loyihalashtirish meʼyorlariga mos kelishi lozim; ish hududlarining yoritilganlik darajasi 300 lk dan kam boʻlmasligi kerak;
ish joylarida shovqin darajasi GOST 12.1.003-83 va SanPiN 0120-01 talablariga mos kelishi lozim;
ish joylarida tebranish parametrlari GOST 12.1.012-90 va SanPiN 0122-01 talablaridan oshmasligi lozim;
elektromagnit chastotalar darajasi SanPiN 0064-96 talablaridan oshmasligi lozim.
40. Spektral analiz ishlari bajarilayotgan ish joylarida (xonalarda) oziq-ovqat saqlash va qabul qilish, shuningdek chekishga ruxsat etilmaydi.
Oziq-ovqatni qabul qilishdan oldin maxsus kiyimlar va individual himoya moslamalarini echish va qoʻllarni yuvish lozim.
Ishlar yakunlanganidan keyin maxsus kiyimlar echilib, dush qabul qilish yoki yuz, boʻyin va qoʻllarni yuvish, tishlarni tozalab yuvish lozim.
§ 5. Atrof-muhitni muhofaza qilish
41. Soʻruvchi ventilatsiya tizimlari tomonidan laboratoriya spektrometrik qurilmalari va spektral analiz punktlaridan chiqarilgan havo (havo bilan) aralashtiriladi va tozalanadi. Soʻrib olingan havo aralashtirilib, tozalanganidan keyin atmosferaga chiqishi oldidan quyidagi shartlarga javob berishi lozim: zaharli gazlarning (bugʻlar) ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasi korxona hududida ventilatsiya tizimlaridagi havo oqimi toʻsigʻi hududlarida 1/3 PDKishchi hududlar dan oshmasligi lozim; zaharli gazlarning (bugʻ) aholi yashash joylari atmosferada havosidagi ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasi aholi yashash joylari uchun moʻljallangan PDK dan oshmasligi lozim.
Atmosferaning yerga tutash qatlamlarida korxonaning sanoat maydonlari tashqarisida spektral analiz laboratoriya va punktlari tomonidan chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar yuzasidan atmosfera havosi sifati monitoringini oʻtkazish lozim. Ushbu moddalarning roʻyxati har bir laboratoriya yoki punktlarda analiz qilinayotgan mahsulotlarning turidan (ruda, flotatsiyali konsentratlar, metall qotishmalari va boshq.) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
42. Spektral analiz laboratoriyalar va punktlari oqova suvlarini havzalariga ajratish, tozalash va tushirish shart-sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan yuzadagi suvlarning oqova suvlar taʼsirida ifloslanishidan muhofaza qilish qoidalariga mos kelishi lozim.
43. Uchqun bilan kondensatsiyalangan yuqori voltli va metall qutilar bilan jihozlangan spektral qurilmalarda havo aspiratsiyasi uchun qutilar yerga ulangan boʻlishi lozim. Bu radio qabul qilish va har xil oʻlchamlarda xalaqit beruvchi elektromagnit nurlanishlardan efirni ekran qoʻyish yoʻli bilan saqlashda muhim ahamiyatga ega.
44. Katta oʻlchamdagi namunalarni analiz qilishda yorugʻlik manbai va besoʻnaqay buyum namunalari yoki tayyor buyumlarni hamma tomondan oʻrab turuvchi qutilarni tayyorlash juda qiyin boʻlganda xona yerga ulangan metall yaproqlar bilan ekranlashtirilgan boʻlishi lozim. Bunday hollarda derazalar yerga ulangan metall setkalar bilan mahkamlangan boʻlishi lozim.
45. Ekranning yerga ulangan liniyalari uzilgan hollarda spektral qurilmalarning elektr manbaidan avtomatik ravishda uzilishi koʻzda tutilishi lozim.
46. Spektral (rentgenradiometrik) analiz punktlari va laboratoriyalari uchun ionlovchi nurlanish manbaini yetkazib berish, hisobini yuritish, saqlash va tashib keltirish qatʼiy tartibda SanPiN 0029-94 11-band talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
47. Kelgusida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan rentgenradiometrik spektral qurilmalarning radionuklid manbalari radioaktiv chiqindilar tariqasida koʻrib chiqilib, SanPiN 0029-94 12.21-bandi talablariga muvofiq oʻz vaqtida roʻyxatdan chiqarilib, mahalliy sanitariya epidemiologiya nazorati organlari bilan kelishilgan muddatlarda yerga koʻmish uchun topshirilishi lozim. Foydalanishga yaroqsiz boʻlgan manbalarning yerga koʻmish uchun qabul qilinganligi haqidagi dalolatnoma nusxalari sanitariya epidemiologiya nazorati organlari va ichki ishlar boʻlimiga beriladi.
48. Barcha radionuklid manbalar yerga koʻmilguniga qadar himoya qurilmalarida joylashgan, ionlashgan nurlanishlarni jamlovchi qurilmalar esa — tokdan uzilgan boʻlishi lozim.
Bunda radionuklid manbalar joylashtirilgan qurilma mexanik, kimyoviy, harorat va boshqa taʼsirlarga chidamli boʻlishi hamda qurilmadan foydalanish shartlariga muvofiq boʻlishi lozim.
49. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlari ishlarida atrof-muhit muhofazasi ustidan davlat nazoratini davlat hokimiyati boshqaruv organlari va tabiat muhofazasi boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari amalga oshiradi. Idoraviy va ishlab chiqarish nazorati tegishli ekologik xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi. Spektral analiz laboratoriyalari va punktlari ishlarida tabiatni muhofaza qilish sohasida jamoat nazorati jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va alohida fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
III bob. Spektral analiz uskunalarida oʻlchash ishlarini bajarishda texnologiya jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
50. Spektral analiz qurilmalarida oʻlchash ishlarini bajarish ushbu qurilmalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi.
51. Yongʻinning kelib chiqish xavfi mumkin boʻlgan spektral analiz ishlari GOST 12.1.004-91 talablariga hamda sanoat korxonalarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq bajarilishi lozim. Ish xonalarida GOST 12.4.009-83 talablari boʻyicha oʻt oʻchirish vositalari boʻlishi lozim.
52. Laboratoriyalarning har bir alohida xonasida yongʻin xavfsizligi uchun laboratoriya mudiri (boshligʻi) tomonidan tayinlangan xodim masʼul hisoblanadi.
53. Laboratoriya mebellari va asbob-uskunalari odamlarni evakuatsiya qilishga xalaqit bermaydigan tarzda joylashtirilishi lozim. Asbob-uskunalar oraligʻidagi oʻtish joylarining kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
54. Laboratoriya ishchi va yuvish xonalari pollari suyuqlik shimib olmaydigan hamda yonmaydigan materialdan ishlangan boʻlishi lozim.
55. Laboratoriya xonalarida maʼlum bir analiz ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
56. Spektral analiz laboratoriya va punktlari xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy vositalarni, materiallarning yongʻinga xavfliligini bilishi va ular bilan ishlash jarayonida xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozim. Punktlar va laboratoriyalarda narsa va materiallarni saqlash assortiment boʻyicha qatʼiy amalga oshirilishi lozim. Kimyoviy oʻzaro taʼsirlariga koʻra yongʻin yoki portlashni keltirib chiqaruvchi narsalarni yonma-yon, birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
57. Nosoz ventilatsiya sharoitida laboratoriyada ishlarni oʻtkazish taqiqlanadi. Laboratoriya va punktlar ventilatsiya tizimlari yongʻin vaqtida uni avtomatik ravishda oʻchirishni taʼminlovchi qurilmalar, shuningdek oʻtdan himoya qilish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
58. Spektral qurilmalarning xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi qismlariga kirish faqatgina elektr kuchlanishi avtomatik ravishda oʻchirish holatlari mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
59. 1000 V dan yuqori kuchlanish manbaini oʻchirish yuqori kuchlanish mavjudligini koʻrsatib turuvchi qizil yorugʻ filtrli indikator yordamida avtomatik ravishda oʻchirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
60. Spektrometrik qurilmalardan uning barcha bloklarining yerga ulangan himoya qiluvchi simlarisiz foydalanish taqiqlanadi.
61. Spektral analiz qurilmalarda elektr yoyi (uchqun) hosil qilish uchun elektrodlarni almashtirish qisqichlar yoki katta pinsetlar yordamida bajarilishi lozim, bunday hollarda qisqich yoki pinsetlar operator ish joyida boʻlishi shart.
62. Ventilatsiya tizimlarini avariya holatlarida oʻchirishda spektral laboratoriya va punkt xodimlari himoyasini taʼminlash maqsadida ventilatsiya tizimlarining harakatsiz turganda ishlab ketmasligi uchun spektral qurilmaning ishga tushirish apparaturasi yordamida barcha ventilatsiyali qurilmalar birlashtiriladi.
63. Rentgen spektral analizatorlar bilan ishlash jarayonida rentgen nurlari tarqalishining asosiy yoʻllari quyidagilar boʻlishini esdan chiqarmaslik lozim:
nurlanishning devor orqali yoki devor himoya qobigʻidagi kamchiliklar orqali yoxud himoyaning kamchiliklari orqali oʻtishi;
ochiq deraza qobiqlari va apparat detallari oʻrtasidagi himoya qilinmagan tashqi yuzada rentgen nurlanishining yoyilishi;
rentgen apparatlarining ochiq qismlari orqali havo, apparatning mexanik detallari va namunalari (orqa planka olib tashlanganida) bilan rentgen nurlarining yoyilishi;
havo, apparatning mexanikaviy detallari va namunalari yordamida rentgen nurlarining yoyilishini rentgen nurlarining ochiq qismlari orqali tarqatilishi.
64. Yopiq radionuklid manbali asboblar hamda ionlovchi nurlanishni jamlovchi qurilmalardan foydalanishda:
nurlanishni asosan yerga yoki odamlar yoʻq joyga yoʻnaltirish;
manbani xizmat koʻrsatuvchi xodim va boshqa shaxslarga nisbatan uzoqroq masofada saqlash;
manbalar yaqinida odamlarning boʻlishi muddatini cheklash;
koʻchma toʻsiqlar va himoya ekranlarini qoʻllash;
3 metrdan kam boʻlmagan masofada aniq koʻrinib turgan, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi plakatlarni osib qoʻyish maqsadga muvofiqdir.
65. Radionuklid manbalarni (rentgen trubalarni ham) oʻrnatish, sozlash, ularni qaytadan zaryadlash va texnik xizmat koʻrsatish muassasa (korxona, tashkilot) mutaxassislari yoki ixtisoslashtirilgan korxona mutaxassislari tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi shaxsda ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlashga ruxsatnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-sonli qaroriga asosan litsenziyasi boʻlishi lozim.
66. Nurlanish manbalarini bloklardan chiqarib olish, agarda spektral analiz qurilmalaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomada koʻzda tutilmagan boʻlsa, qatʼiy tartibda taqiqlanadi.
Agarda qurilmadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomada nurlanish manbalarini blokdan chiqarib olish koʻzda tutilgan boʻlsa, bu hollarda masofadan boshqariladigan asbob-uskunalar, himoya ekranlari va boshqa moslamalardan foydalanilishi lozim.
Radionuklid nurlanish manbalariga qoʻl bilan tegish taqiqlanadi.
Nurlanish manbalari germetikligi buzilgan hollarda asosiy himoya choralari ishlab chiqarish vositalari, asbob-uskunalar, ishchilarning maxsus kiyimlari, badani va qoʻllarining ifloslanishining oldini olishga qaratilgan boʻlishi lozim, manbalar esa foydalanishdan chiqarib tashlanishi shart.
IV bob.Spektral analiz asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
§ 1. “Optik” diapazondagi spektral qurilma asbob-uskunalari
67. “Optik” diapazondagi (emissiyali spektroskopiya, atom-absorbsiyali spektrometriya, olov fotometriyasi) spektral qurilmalarning konstruksiyalari xodimlarning elektr tokidan shikastlanishlari, ularning toʻsatdan termik va ultrabinafsha nurlar taʼsirida kuyishlari, zaharli bugʻlardan (gaz) zaharlanishlari, elektromagnit toʻlqinlardan nurlanishlarining oldini olishi lozim.
68. “Optik” diapazondagi spektral qurilmalar GOST 12.2.008.0-91 01-toifa talablariga koʻra insonni elektr tokidan shikastlanishidan himoya qilish usullariga ega boʻlishi lozim.
69. Ushbu qurilmalarni yerga ulash uchun 0,5 Om dan kam boʻlmagan qarshilikka ega boʻlgan alohida yerga ulanuvchi kontur qilinishi lozim.
70. Spektrni qoʻzgʻatuvchi manbalardan (elektr yoyi, uchqun, olov) ish hududlari havosiga ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasidan oshiqcha miqdorda ozon, azot oksidlari, metall ajralib chiqishi hamda inson organizmiga zararli taʼsir koʻrsatishi oldini olish, shuningdek elektromagnit nurlanishdan himoya qilish va ultrabinafsha nurlar taʼsirida kuyishning oldini olish maqsadida spektrni qoʻzgʻatuvchi har bir manba ichki tomonda havoni soʻrib olish uskunalari va himoya ekranlari bilan jihozlangan moslamalar (quti) joylashtirilishi lozim.
71. Qutilar ovoz yutuvchi va elektr tokini oʻtkazmaydigan xususiyatga ega materiallardan bajarilgan boʻlib, metall setkalar yoki yerga ulanish uchun qisqich bilan mahkamlangan tunuka bilan qoplangan boʻlishi lozim. Qutilarning oʻlchami unga shtativlar va analiz qilinayotgan namunalarning erkin joylashishlari lozim boʻlgan shaklda tanlanadi. Birmuncha katta gabaritli namunalarni oʻrnatishda elektr tokini oʻtkazuvchi qismlar bilan qutining eng yaqin devorlari orasidagi masofa kamida 50 mm boʻlishi lozim. Qutidagi elektrsizlanish ustidan nazorat olib borishga moʻljallangan teshiklar qora oyna bilan yopilishi lozim.
Quti soʻrib oluvchi ventilatsiya bilan birlashtiriladi. Spektral qurilma generatorining korpusi ham spektrni qoʻzgʻatuvchi manbani tashqi tomondan oʻrab turuvchi quti singari u yerga ulanadi.
§ 2. Rentgen qurilma asbob-uskunalari
72. Spektral analiz rentgen qurilmalari konstruksiyasi (jumladan rentgen fluoressent analizatorlari) spektral laboratoriya va punkt xodimlarini elektr tokidan shikastlanishlari hamda asosiy kuch chegarasiga muvofiq tarzda ruxsat etilgan darajadan oshiqcha miqdorda rentgen nurlari taʼsirida nurlanishlaridan himoya qilishni taʼminlashi lozim.
Rentgen qurilmalarni oʻrnatish, sozlash, ularni qaytadan zaryadlash va texnik| xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-sonli qaroriga asosan litsenziyaga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
73. Rentgen qurilmalarda insonni elektr toki taʼsirida shikastlanishidan himoya qilish toifasi GOST 12.2.007.0-75 talablari boʻyicha 0,1 ga teng.
74. Ushbu qurilmalarni yerga ulash uchun 0,5 Om dan kam boʻlmagan qarshilikka ega boʻlgan alohida yerga ulanuvchi kontur qilinishi lozim.
Rentgen qurilmalarning har xil qismlari va modullariga xavfsiz ravishda kirish imkoniyatlarini taʼminlash uchun ushbu qurilmalar tegishli blokirovka qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim (yuqori kuchlanishdagi elektr tokini oʻchiruvchi, rentgen trubkalar ishini toʻxtatuvchi va boshq.).
75. Rentgen analizatorlarning barcha elektr toki oʻtkazuvchi qismlari tasodifan bir-biri bilan tutashib ketishidan himoya qiluvchi qobiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim. Himoya darajasi GOST 14254-96 talablari boʻyicha 1R20 toifada boʻlishi lozim.
Analizatorlarning elektr kuchlanishdagi barcha metall qismlari boltli birikmalar bilan yerga ulangan boʻlishi lozim. Yerga ulanish qisqichlarida (boltlarida) lak-boʻyoq qatlamlari boʻlmasligi lozim. Yerga ulangan himoya simlarining qisqichlari yonida GOST 21130-75 talablari boʻyicha yerga ulanganlik belgisi qoʻyilishi lozim.
Yerga ulangan himoya simlari qisqichlari (boltlar) orasidagi hamda apparatning elektr kuchlanishga ega tutashishi mumkin boʻlgan metall qismlaridagi elektr qarshiligi 0,1 Om dan oshmasligi lozim.
Analizator birlamchi elektr zanjirlari izolatsiyasining qarshiligi normal iqlim sharoitlarida 10 MOm dan kam boʻlmasligi lozim.
Analizator birlamchi elektr zanjiri va yerga ulangan koxuj hamda qobiqlar orasidagi izolatsiya halqa va ustki toʻsiqlarsiz analizator turiga bogʻliq holda va analizatordan foydalanish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada koʻrsatilgan kattalikdagi sinov kuchlanishlariga 1 minut davomida bardosh berishi lozim. Analizator ikkilamchi elektr zanjirlari orasidagi izolatsiya halqa va ustki toʻsiqlarsiz analizatordan foydalanish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada koʻrsatilgan sinov elektr kuchlanishlariga bardosh berishi lozim.
76. Ulangan holdagi rentgen trubkalarida nurlanish ehtimolining oldini olish maqsadida:
kanalning ichki hajmiga kirish;
kanalning chiqish kollimatoridan detektorni olib qoʻyish;
tirgakning orqa tomonidagi (ariq orqasidagi) plastinka va kojuxlarni olib qoʻyish taqiqlanadi.
Analizator spektrometrik qurilmasida va rentgen trubkasi himoya kojuxlarida tayyorlovchi korxona chizmalariga muvofiq tarzda radiatsiyaviy xavflilik belgisi osib qoʻyilishi lozim; rentgen trubkalarning yuqori kuchlanishdagi manbalarida va detektor bloklarida elektr kuchlanish belgisi boʻlishi lozim.
Manbaga ulangan rentgen trubkasiga trubkaga olib boruvchi yuqori kuchlanish mavjudligini koʻrsatib turadigan yorugʻlik indikatori ulanishi lozim.
§ 3. Rentgenradiometrik spektral qurilmalar asbob-uskunalari
77. Rentgenradiometrik spektral qurilmalar konstruksiyasi spektral laboratoriya va punktlar ishchilarini elektr toki taʼsirida shikastlanishlari, suyuq azot taʼsirida kuyishlari, asosiy kuch chegarasiga muvofiq tarzda ruxsat etilgan darajadan oshiqcha miqdorda radioaktiv nurlanishlaridan himoya qilishni taʼminlashi lozim.
78. Rentgen radiometrik qurilmalarda insonni elektr toki taʼsirida shikastlanishidan himoya qilish toifasi GOST 12.2.007.0-75 talablari boʻyicha 01 ga teng.
Qurilma barcha bloklarini yerga ulash 1 mm2 dan kichik boʻlmagan kesma simlar bilan ishchi xonaning yerga ulangan umumiy shinasiga (qizimaydigan yoʻgʻon sim) ulash orqali amalga oshirilishi lozim.
Rentgenradiometrik qurilmalari yuqori kuchlanishdagi elektr manbaiga ulanib turgan vaqtida uning yuqori kuchlanishdagi kabellarini ajratish taqiqlanadi.
79. Rentgenradiometrik spektral qurilmalarda nurlanish generatori sifatida foydalaniluvchi yopiq radionuklid ionlovchi nurlanish manbalari GOST 27212-87 umumiy texnik talablariga mos kelishi lozim.
§ 4. Suyultirilgan, qizib turgan gaz balloning qurilmalari
80. Siqilgan, suyultirilgan va aralash qizib turgan gaz solingan gaz ballonlarini gaz ballonlarning sigʻimidan qatʼi nazar, laboratoriya binosining tashqarisiga, metall shkaflarga oʻrnatilishi lozim, metall shkaflar shamollatish uchun jalyuziga oʻxshash panjaralari va kesilgan joylarga ega boʻlishi lozim.
81. Ballonlarni birinchi qavat devorlariga joylashtirishda ular eshik va derazadan kamida 0,5 m masofada, pastki va podval qavati devorlariga, shuningdek kanalizatsiya quduqlari va chuqurlariga joylashtirishda deraza va eshiklardan 3 m masofada oʻrnatilishi lozim.
Ballonlarni xonadan zaxira (yongʻin vaqtida) chiqish joylariga, bino asosiy old tomoniga va transport serqatnov oʻtish joylariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ballon joylashtirilgan shkaflar hamda qulflanadigan kojuxlardagi ballonlar yonmaydigan tagliklarga oʻrnatilishi lozim, taglik balandligi yer sathidan kamida 0,1 m boʻlishi lozim.
82. Har bir ballon qurilmasi gaz bosimini kamaytirib turuvchi regulyatorga (reduktor) ega boʻlishi lozim.
83. Ballonlarni gaz asbobiga ulash rezina gazlamali shlanglar asosida amalga oshirilishi lozim. Gazoprovod rezina gazlamali shlangdan ishlanganda yaxlit boʻlak qilib 10 m dan oshiq boʻlmagan uzunlikda bajarilib, devorlarga maxsus skobalar bilan mahkamlanishi lozim. Gazoprovod, asbob hamda reduktorga ulangan joylardagi shlanglarga burmali uchliklar kiydirilib, birikmaning ishonchli va germetik boʻlishini taʼminlash uchun metall xomutlar yordamida mahkamlanishi lozim. Sim xomutlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ballonlarni gaz asboblari bilan ulashda foydalaniladigan rezina gazlamali shlanglar davlat standartlari talablariga mos kelishi lozim, gaz ballon qurilmalarini montaj qilish ishlarini oʻtkazayotgan tashkilot esa ushbu ishlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim.
Rezina gazlamali shlanglarda rezinalarning tashqi qatlamlariga shikast yetkazilgan joylari boʻlmasligi lozim.
§ 5. Suyuq azotli Dyuar idishlari
84. Qaynash harorati t = -198°S boʻlgan suyuq azot rentgen-radiometrik apparatlar yarim oʻtkazgich detektorlarini sovutishda foydalaniladi. Undan foydalanishdagi xavf suyuq azotning inson badaniga tushishda barcha darajali kuyish jarohatlarini olish bilan bogʻliqdir.
Dyuar idishi ikki devorli sigʻimdan iborat boʻlib, ikkala devor oraligʻidagi boʻshliq vakuumlashtirilgan va koʻp qatlamli izolatsiya (alyuminiy folgasi) bilan toʻldirilgan.
Uzoq vakuum holatini saqlab turish maqsadida devorlar oraligʻidagi boʻshliqda absorbent va vodorod yutuvchi joylashgan. Boʻshliq ogʻzi lenta bilan mahkamlangan, zanglamaydigan poʻlatdan ishlangan silfondan tashkil topgan.
85. Dyuar idishi boʻsh holatda ham suyuq azot solingan holatda ham barcha turdagi transport vositalarida tashilishi mumkin. Avtomobil transportida tashishda faqatgina yuk koʻtarish quvvati 1500 kg dan oshiq boʻlmagan avtomashinalarda tashishga ruxsat etiladi. Istisno tariqasida, yuk koʻtarish quvvati 3500 kgdan oshiq boʻlmagan maxsus avtomobillarda tashishga ruxsat etiladi. Har qanday yoʻnalishda idishlarni transportda tashish vaqtida tayanch yuzasiga nisbatan joyini oʻzgartirish qayd qilinishi lozim. Avtomobil kuzovini ichkaridan amortizatsiya beruvchi materiallar, jumladan gʻalvirak rezina, namat, porolon (poliuretandan hosil qilingan yengil elastik material) joylashtirilgan uyalar bilan jihozlash tavsiya qilinadi. Samolyot va vertolyotda tashilgan vaqtda idishlarga 50% sigʻimda suyuq azot solinishi lozim.
Idishlarni qiya va gorizontal holatda tashish taqiqlanadi.
Idish bilan birgalikda yoʻlda harakatlanganda qattiq qoplamali yoʻllarda yer usti transportining tezligi 80 km/soatdan oshmagan holda, tuproqli yoʻllarda yoʻl profili va qoplamaning yoki tuproqli yerning holatiga bogʻliq holda 40 km/soatdan oshmagan tezlikda harakatlanish lozim.
Idishlarni foydalanishga tushirishga qadar xonalarda (isitiladigan va isitilmaydigan) saqlash lozim. Idishlarni xonadan tashqarida saqlashga ruxsat etiladi. Bunday hollarda idishlar zavod tomonidan tayyorlangan upakovkada ayvon tagida saqlanishi lozim.
Idishlarni kislota va ishqor suvlari bugʻlari bilan toʻyingan atmosfera sharoitida saqlashga ruxsat etilmaydi.
Idishlarni saqlash va tashish vaqtida ular vertikal holatda boʻlishi lozim.
86. Analizator detektorini toʻldirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
apparatura detektor blokining qopqogʻini ochish;
dastlab ikki vintni buragan holda detektor blokining yon devorini chiqarib olish;
detektor blok stoliga shlang uzunligini detektor blokida turgan Dyuar idishi qopqogʻi teshigigacha yetishini hisoblab chiqqan holda maxsus voronkani mahkamlash;
shlang oxirini Dyuar idishi teshigiga 5—10 sm kiritish;
maxsus voronkani Dyuar idishidan suyuq azot bilan toʻldirish;
voronkadan suyuq azot oqib chiqqanidan keyin detektorlovchi blokda turgan Dyuar idishini toʻldirgunga qadar voronka suyuq azot bilan toʻldirilishi lozim. Dyuar idishini toʻldirish suyuq azotning Dyuar idishi boʻgʻzidan har tomonga intensiv oqishi boʻyicha belgilanadi;
detektor bloki stolidan maxsus voronkani olib tashlash va shlang oxirini idish qopqogʻi teshigidan chiqarish faqatgina shlang va voronkalarning suyuq azotdan toʻliq boʻshaganidan keyingina amalga oshirish lozim.
87. Dyuar idishlari bilan ishlashda quyidagi xavfsizlik choralarini koʻrish lozim:
Dyuar idishi ogʻzini biror-bir tiqin bilan yopish taqiqlanadi. Dyuar idishlarining ogʻzi faqatgina shtatli qopqoqlar yordamida yopilishi lozim.
Idishga suyuq azot solish vaqtida xizmat koʻrsatuvchi xodim tana yuzasini toʻliq yopib turuvchi maxsus kiyimda, qoʻllarida qoʻlqop va koʻzoynakda (ayniqsa, organik oynadan ishlangan soyabon) boʻlishi lozim. Ayniqsa, tananing ochiq qolgan joylarining suyuq azot yoki uning bugʻlari taʼsirida sovutilgan metall detallariga tegib ketishini oldini olish lozim.
Suyuq azot solingan idishlar turgan xona aylanuvchi-soʻruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim. Idishlarga suyuq azot solishda azotning polga toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik lozim, suyuq azot polga toʻkilgan hollarda xonani shamollatish choralarini koʻrish lozim. Suyuq azotning idishdan bugʻlanishining oldini olish maqsadida idishlarni isituvchi asboblar (radiator, pechka) yaqiniga va toʻgʻridan toʻgʻri quyosh yorugʻligiga qoʻymaslik lozim.
Suyuq azotdan foydalanish jarayonida idish kojuxi yuqori qopqogʻi yuzasida paydo boʻlgan qirov qatlami azotning bugʻlanishini kuchaytirib, vakuum holatining yoʻq boʻlishiga va azotning toʻkilishiga sabab boʻlgan hollarda idishni xona sharoitida odamlar kirishini taqiqlagan holda bir sutka davomida qizdirishga qoʻyish lozim. Bu esa idishning portlashi mumkin boʻlgan holatining oldini olishda zarurdir.
V bob. Spektral analiz laboratoriya va punktlarida sozlash va taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari. Radionuklid manbalar bilan ishlashda avariya holatlarini tugatish
88. Har qanday turdagi spektral qurilmalarda sozlash va taʼmirlash ishlarini bajarishda qurilmaning har xil bloklaridagi elektr kuchlanish manbadan uzilishi lozim.
89. Rentgen spektral qurilmalarda sozlash ishlarini nurlanish kuchi quvvati dozimetrik nazoratini olib borish bilan bir vaqtda minimal rejimda oʻtkazish lozim. Bunda nurlanishning ekspozitsiyaviy kuchi qoʻllar uchun 1,084*10-9 Kl*(kg*s)-1 dan oshmasligi, butun tana uchun esa 1,81*10-10 Kl*(kg*s)-1 dan oshmasligi lozim.
90. Manbaga ulangan rentgen trubkasida nurlanish ehtimollarining oldini olish maqsadida:
kanalning ichki hajmiga kirish;
kanalning chiqish kollimatoridan detektorni olib tashlash;
tirgakning orqa tomonidagi (ariq orqasidagi) plastinka va kojuxlarni olib qoʻyish taqiqlanadi. Kojux va zichlash tizimi rentgen trubkalarida xodimlarni rentgen nurlari taʼsirida nurlanishlaridan ishonchli himoya qiladi. Bu maqsadlarda elektr blokirovka tizimlari rentgen trubkalarini ish faoliyati davomida buzilish sodir boʻlganda hamda germetik holatlarda elektr manbadan ajratadi.
91. Radionuklid manbalardan foydalanish jarayonida avariyaviy holatlarga quyidagilar kiradi:
nurlanish manbalari bloklaridagi biologik himoya qilish sifatining buzilishi;
nurlanish manbalarini “ish” holatidan “saqlash” holatiga oʻtkazish mexanizmlari ishlarining buzilishi;
nurlanish manbalarining asboblar bloklaridan tushishi; nurlanish manbai germetikligining buzilishi; radionuklid manbalar va ularning bloklarining yoʻq boʻlishi.
92. Avariyaviy holatlar vujudga kelganda:
odamlarni nurlanish manbalari bloklari oʻrnatilgan hududdan olib chiqish;
dozimetrik nazorat yoʻli bilan ekspozitsiyaviy kuch quvvati 3 k 3v*soat-1 yoki 30 mk Rentgen*soat-1 dan oshgan radiatsiyaviy xavfli hududni aniqlash;
radiatsiyaviy xavfli hududlar chegarasiga toʻsiqlar va radiatsiyaviy xavflilik toʻgʻrisidagi ogohlantirish belgilarini qoʻyish;
avariyaviy holatlar vujudga kelganda zudlik bilan yuqori turuvchi tashkilotga, joylardagi ichki ishlar boʻlimiga va sanitariya - epidemiologiya nazorat xizmatiga xabar berish lozim; nurlanish manbalarining yoʻq boʻlishi bilan bogʻliq avariya holatlarida uni qidirishga qaratilgan choralarni qoʻllash lozim.
93. Avariya holatlarining kelib chiqishi sabablarini tekshirish va uni tugatish uchun korxona maʼmuriyati avariya sabablarini tekshirishi va avariya oqibatlarini tugatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishi lozim boʻlgan komissiyani tuzish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Komissiya avariya oqibatlarini tugatish rejalarini tuzadi, ushbu reja joylardagi ichki ishlar boʻlimi va sanitariya - epidemiologiya nazorati xizmati bilan kelishilgan boʻlishi lozim. Avariya oqibatlari tugatilgan hududda ishlarni qaytadan boshlashga faqatgina sanitariya - epidemiologiya xizmatining roziligi bilangina ruxsat etiladi.
VI bob Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
94. Ushbu “Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini oʻrnatish va ularni saqlab turish ishlari xavfsizligi qoidalari”ni buzilishiga yoʻl qoʻygan xodimlar qoida buzilishining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
VII bob. Yakunlovchi qoida
95. Ushbu “Spektral analiz laboratoriyalari va punktlarini oʻrnatish va ularni saqlab turish ishlari xavfsizligi qoidalari” Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, shuningdek “Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati” OAJ bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
2008-yil 22-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
2008-yil 12-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2008-yil 2-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
2008-yil 8-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi B. ALIXANOV
2008-yil 4-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2008-yil 20-iyun
“Olmaliq togʻ -metallurgiya kombinati” OAJ bosh direktori N. RUZIYEV
2008-yil 4-iyun
