“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-304-son)
12.10.2011
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561–XI-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 22-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22-modda. Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi”.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-oktabr,
OʻRQ-304-son
