“Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1349-6-son)
04.10.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1349-6]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlar va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-sentabr,
115-son
