Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-302-son) · Sana: 05.10.2011 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarning sogʻligʻini, avvalo, yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarning sogʻligʻini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zararli taʼsiridan, shu bilan bogʻliq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1880029
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-302-son). neolex.uz/uz/laws/law-1880047/1 (lex.uz/docs/-1880029)