“210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish
“Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-299-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga berilishi taqiqlangan narsalarni koʻzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar) 217-moddasining oʻzbekcha matnidagi “izolyatorlarida” degan soʻz “hibsxonalarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-sentabr,
OʻRQ-299-son
