Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1361-2-son)
30.09.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1361-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 21-apreldagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1361, 2004-yil 20-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 20-son, 243-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
33-son
