“Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasining apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida (1889-1-son)
30.09.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1889-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1889, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 45-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “Davlat patent idorasining” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
nomidagi “Davlat patent idorasi” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddima va 27-banddagi “Davlat patent idorasining” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-band “a” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)”;
4-banddagi “Patent idorasida” degan soʻzlar “Agentlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7-bandda:
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2002-yil 1-noyabr, roʻyxat raqami 1184)” degan soʻzlar “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “Patent idorasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Patent idorasiga” degan soʻzlar “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
18 va 38-bandlardagi “Patent idorasining” degan soʻzlar “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
