Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1168-1-son)
30.09.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1168-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 19-avgustdagi 42-son buyrugʻi (2002-yil 27-avgust, roʻyxat raqami 1168) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 15-16-son) bilan tasdiqlangan Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibiga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
36-son
