36-modda. Ragʻbatlantirish choralari va ularning qoʻllanilish tartibi
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-298-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga nisbatan majburiyatlarini namunali bajarganlik, qamoqda saqlashning belgilangan tartibi va shart-sharoitlariga rioya etganlik uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
tashakkur eʼlon qilish;
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan ilgari olib tashlash;
har kungi sayr vaqtini koʻpaytirish;
voyaga yetmaganlarga qoʻshimcha kinofilm namoyish etish, telekoʻrsatuvlar tomosha qilishni tashkil etish, sport mashgʻulotlari xonasiga qoʻshimcha ravishda kirish, shuningdek boʻsh vaqtni oʻtkazishning boshqa shakllari uchun ruxsat berish.
Ragʻbatlantirish choralari qamoqda saqlash joyi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning buyrugʻi bilan qoʻllaniladi va ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga eʼlon qilinadi. Ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi toʻgʻrisida ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi.
