24-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ovqati
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-298-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ular organizmining normal yashashi uchun yetarli boʻlgan bepul ovqat bilan taʼminlanadi.
Qamoqda saqlash joylaridagi ovqat normalari ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning sogʻligʻi holatiga hamda yoshiga, shuningdek qamoqqa olinganlar jalb etilishi mumkin boʻlgan ishning xususiyati va ogʻirligiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan homilador ayollarga va yonida ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, voyaga yetmaganlarga, shuningdek bemorlarga, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi.
