11-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun gauptvaxtalardan foydalanish
Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida (O‘RQ-298-son) · Sana: 29.09.2011 · Amalda
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida garnizon va qorovullik xizmatini tashkil etish hamda oʻtash tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va shart-sharoitlarda saqlanadi.
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda koʻpi bilan yigirma sutka, olis joylarda esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchining gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishning sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar sudning hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
