Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2136-2-son)
22.09.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2136-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi 192-son “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 304-modda), 2011-yil 25-iyuldagi 212-son “Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 313-modda), 2011-yil 25-iyuldagi 213-son “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 314-modda) va 2011-yil 25-iyuldagi 214-son “Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 315-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67, 329-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2136, 2010-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 296-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-sentabr,
61-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-sentabr,
376-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 13-sentabrdagi 61, 376-sonli qaroriga ILOVA
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2-ilovaning “Oliy taʼlim muassasalari nomlari” grafasida:
a) 3-guruhdagi “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti”, “Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti” va “Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti” degan soʻzlar tegishli ravishda “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti”, “Andijon mashinasozlik instituti” va “Namangan muhandislik-texnologiya instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 6-guruhdan “Andijon davlat tillar pedagogika instituti” qatori chiqarib tashlansin.
