Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori) (248-son)
06.09.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-sentabr,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“teleradiomahsulotlarga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining “Masʼul davlat organlari” ustunida:
a) 5-16-pozitsiyalardagi “Davlat patent idorasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 44-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Madrid Bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlarning stavkalarini belgilash toʻgʻrisida” 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qarori 2-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “idoraning” va “Davlat patent idorasining” soʻzlari tegishli ravishda “Agentlikning” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot va sanʼat asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisida” 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatida:
a) 73-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 85-banddan “Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 762-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
17. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizom ilovasidagi 2-roʻyxatning 5.1.8-bandidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
