Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2261-son)
05.09.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2261]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 193-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 47-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga, ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-avgust,
53-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 16-avgustdagi 53-sonli buyrugʻiga ILOVA
Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari Roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 16-avgust
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 16-avgust
