Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumot va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar fuqarolik ishi boʻyicha dalil hisoblanadi. Bu maʼlumotlar quyidagi vositalar, yaʼni: taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosasi bilan aniqlanadi.
Muallifi koʻrsatilmagan xatlar va manbai nomaʼlum boʻlgan yoki gʻayriqonuniy tarzda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 56-modda. Isbotlash vositalari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/56 (lex.uz/docs/-186105)