Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etilishiga, daʼvo taʼminlanishiga va undiruv chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasidagi mulkiga qaratilishiga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatiya vakillari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki xalqaro huquq normalari bilan belgilanadigan doiralardagina Oʻzbekiston Respublikasi sudining yurisdiksiyasida boʻladilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 389-modda. Chet davlatlarga daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/389 (lex.uz/docs/-186105)