Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha pul summasi undirish toʻgʻrisidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi, aliment undirish toʻgʻrisidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash uchun haq undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan hal qiluv qarori daʼvogar bergan soxta maʼlumotlarga yoki u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa, qaytarma ijroga yoʻl qoʻyiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 385-modda. Alohida toifadagi ishlar boʻyicha qaytarma ijroning oʻziga xos jihatlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/385 (lex.uz/docs/-186105)