Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudning hal qiluv qarori, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qonuniy kuchga kirgan paytidan boshlab uch yil ichida majburiy tartibda ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
Davrli toʻlovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu toʻlovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga topshirilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt uchun davrli toʻlovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning oʻtishi har bir toʻlov muddati tugagan kundan eʼtiboran davom etadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 377-modda. Ijro varaqasini ijroga topshirish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/377 (lex.uz/docs/-186105)