Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish berishga (eʼtiroz bildirishga) haqli, bu tushuntirishni (eʼtirozni) tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi.
Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-186105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 3488-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (eʼtiroz bildirish) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-186098/3488 (lex.uz/docs/-186105)