99-modda. Protsessual muddatlarni tiklash va uzaytirish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida xoʻjalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida koʻrsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Xoʻjalik sudining protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning oʻzi uzaytirishi mumkin.
