97-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Yillar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi yilining tegishli oy va kunida tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni to soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va boshqa hujjatlar aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kunida soat yigirma toʻrtga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
