Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi boshqa viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududidagi dalillarni olishi zarur boʻlib qolgan hollarda tegishli xoʻjalik sudiga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan xoʻjalik sudi toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay bajarilishi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 74-modda. Sud topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/74 (lex.uz/docs/-185986)