60-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ishning xoʻjalik sudi hammaga maʼlum deb topgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Xoʻjalik sudining ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, xuddi shu shaxslar ishtirokchisi boʻlgan boshqa ishni sud koʻrayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
Umumiy sudning fuqarolik ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi uchun umumiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga aloqador holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir.
Jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
