6-modda. Xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻatish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudi:
1) manfaatdor shaxslarning;
2) prokurorning;
3) qonun boʻyicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan soʻnggina xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻatish mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatish taraflar yuqoridagi choralarni koʻrgan-koʻrmaganliklaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
