57-modda. Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni xoʻjalik sudi ular joylashgan yerda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, ularning kelmasligi koʻzdan kechirish va tekshirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun ekspertlar va guvohlar chaqirilishi mumkin.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan xoʻjalik sudi tomonidan darhol koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Dalillar turgan joyida koʻzdan kechirib va tekshirib boʻlinishi bilanoq bayonnoma tuziladi.
