55-modda. Isbotlash majburiyati
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi. Tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini (bundan buyon matnda huquqiy taʼsir choralari deb yuritiladi) qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Xoʻjalik sudi, agar ishni koʻrib chiqish uchun mavjud materiallar yetarli emas deb hisoblasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqlidir.
