52-modda. Vakilning vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudida ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, daʼvo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, daʼvo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va daʼvoni tan olish, daʼvo predmetini yoki asosini oʻzgartirish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy tartibda ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulk yoki pulni olish bundan mustasno. Vakilning ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
