31-modda. Alohida sudlovga tegishlilik
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Bino, inshoot, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi, bino, inshoot, yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdor yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi daʼvolar bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashuvchiga nisbatan daʼvolar, shu jumladan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashuvchi javobgarlardan biri boʻlgan hollarda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Korporativ nizolar boʻyicha daʼvolar yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi.
