226-modda. Sud topshiriqlari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida chet davlatlar sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda oʻziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qogʻozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza oʻtkazish, joyni koʻzdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:
1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki uning xavfsizligiga tahdid solsa;
2) topshiriqni ijro etish xoʻjalik sudining vakolatiga kirmasa.
Xoʻjalik sudi tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarni ijro etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xoʻjalik sudlari chet davlatlarning sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlar bilan belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
