221-modda. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning protsessual huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) oʻzlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari bilan baravar protsessual huquqlardan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarni bajaradilar.
Sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklashlarga yoʻl qoʻyilayotgan davlatlarning shaxslariga nisbatan javob tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati cheklashlar belgilashi mumkin.
