215-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati xoʻjalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablar bilan oʻtkazib yuborilganda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudiga yoki ijro etish joyi boʻyicha xoʻjalik sudiga beriladi. Ariza xoʻjalik sudining majlisida undiruvchi va qarzdor ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilingan holda koʻriladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
